Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə193/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

10-MAVZU. 

MANTIQ 

ILMINING 

PREDMETI, 

ASOSIY QONUNLARI.


TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 

145


Mantiq inson tafakkuri madaniyatini ko‘tarish va insoniyatning uzoq tajribasi 
natijasida takomillashgan tafakkur shakllari, qonunlari va qoidalarini bilish uchun
xizmat qiladi. U inson fikrining ketma – ket, ziddiyatsiz va asosli bo‘lishini 
ta’minlaydi. Mantiq fani mazmunini chuqurroq o‘rganish kishilarning o‘z tafakkuri
va o‘zgalar tafakkuri natijalariga tanqidiy qarash xislatlarini rivojlantiradi. 
Tafakkurning bu sifatlari esa insonning turli ilmiy va amaliy faoliyatlari sohasidagi
ishi uchun katta ahamiyatga ega. Mantiqiy usullardan to‘g‘ri foydalana olish, ta’lim 
tarbiya jarayonida isbot va raddiyaning mantiqiy tomonlarini bilish talabalarda o‘z
nutqining asosli bo‘lishini ta’minlaydi, fikrdagi ziddiyatlarni ochishga yordam 
beradi.
Mantiqni yaxshi bilish turli ilmiy uchrashuvlar, munozaralar, muhokamalarda 

muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Xususan, bunday hollarda fikrlash sub’ekti


haqiqatni aniqlash yoki uning sofligini saqlab qolish, asoslash uchun mantiqiy qonun 
– qoidalarni to‘g‘ri tadbiq eta bilishi, suxbatdoshining fikridagi xatolarni tez topa
olishi, o‘z fikrini dalilli qilib bayon etishi zarur. Bu esa uning mantiq fanini yaxshi 
bilishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Tushuncha – tafakkurning mantiqiy shakli
Tushuncha – predmet va hodisalarning umumiy, muhim belgilarini aks ettiruvchi 

tafakkur shaklidir.


Belgilar deb, predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir-biriga 

o‘xshashligini ifoda qiluvchi tomonlarga, xususiyatlarga aytiladi.


Belgilar muhim yoki nomuhim bo‘ladi. Predmet belgisining muhim yoki nomuhim 

bo‘lishi, bizning predmetga amalda qanday munosabatda bo‘lishimizga qarab ham


belgilanadi. Xususan, bir munosabatda muhim bo‘lmagan belgilar boshqa 
munosabatda muhim bo‘lishi mumkin. Masalan, kishining layoqati uning qanday
kasbni tanlashi uchun muhim bo‘lsa, inson sifatida mavjud bo‘lishi uchun muhim 
emas. Bunday muhim belgilar predmetning ma’lum bir munosabatdagi muhim
belgilari deyilib, ob’ektiv muhim belgilardan (predmetning mavjud bo‘lishi bilan 
zaruriy aloqada bo‘lgan belgilardan) farq qiladi.
Predmet to‘xtovsiz harakatda, taraqqiyotda bo‘lganligi uchun vaqt o‘tishi bilan 

uning muhim bo‘lgan belgisi nomuhim bo‘lgan belgiga yoki aksincha, nomuhim


belgisi muhim belgiga aylanishi mumkin. 
Masalan, bevosita kuzatiladigan faktlar empirik bilish bosqichida muhim 

ahamiyatga ega bo‘lsa, nazariy bilish bosqichida unga kamroq murojaat qilinadi.


Demak, tushunchada predmet o‘zining muhim belgilari orqali fikr qilinib, bu 
belgilar predmetning umumiy va individual belgilari bo‘lishi mumkin. Masalan,
«G‘afur G‘ulom» tushunchasida predmetning umumiy belgilari (inson, shoir) bilan 
bir qatorda, individual muhim belgilari (xususan, «Sen etim emassan» she’rining
muallifi) ham fikr qilinadi. 
Tushunchaning hissiy bilish shakllaridan tubdan farq qilishiga alohida e’tibor berish 

zarur. Sezgi, idrok va tasavvur predmetning yaqqol obrazlaridir. Biz faqat birorta


konkret predmetni, masalan, o‘zimiz yozib o‘tirgan qalamni idrok qilishimiz yoki u 




Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin