Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə196/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

10-MAVZU. 

MANTIQ 

ILMINING 

PREDMETI, 

ASOSIY QONUNLARI.


TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 

148


Mazmuni bo‘yicha tushunchalar, avvalambor, abstrakt va konkret tushunchalarga 
bo‘linadi. Konkret tushunchalarda predmet o‘zining belgilari bilan birgalikda fikr
qilinadi. Abstrakt tushunchalarda esa predmetning belgilari undan fikran ajratib 
olinib, alohida aks ettiriladi. Masalan, «Inson», «Tabiat» tushunchalari – konkret
tushunchalar, «Qahramonlik» (insonga xos xususiyatni aks ettiradi), «Go‘zallik» 
(borliqdagi predmetlarga xos xususiyatni ifoda qiladi) tushunchalari abstrakt
tushunchalardir. 
Mazmuni bo‘yicha yana nisbatsiz va nisbatdosh tushunchalarni ham ajratish 

mumkin. Nisbatsiz tushunchalar nisbatan mustaqil, alohida mavjud bo‘lgan


predmetlarni aks ettiradi. «Davlat», «Badiiy asar» ana shunday tushunchalardir. 
Nisbatdosh tushunchalar esa zaruriy ravishda bir-birining mavjud bo‘lishini taqozo 

qiladigan predmetlarni aks ettiradi. Masalan, «O‘qituvchi» va «O‘quvchi», «Ijobiy


qahramon» va «Salbiy qahramon», «Sabab» va «Oqibat» tushunchalari nisbatdosh 
tushunchalar qatoriga kiradi.
Ba’zi hollarda ijobiy va salbiy tushunchalar ham farq qilinadi. Ijobiy 

tushunchalarning mazmunida predmet unga xos belgilar orqali fikr qilinsa, salbiy


tushunchalarning mazmunida predmet unga xos bo‘lmagan belgilar orqali fikr 
qilinadi. Masalan, «savodli kishi», «vijdonli kishi» – ijobiy tushunchalar, «savodsiz
kishi», «vijdonsiz kishi» esa salbiy tushunchalardir. 
Biz yuqorida tushunchalarning bir qancha turlari bilan tanishib chiqdik. U yoki bu 

tushunchaning ana shu turlardan qaysilariga mansub ekanligini aniqlash unga


mantiqiy tavsif berish demakdir. Masalan, «talaba» – umumiy, ayiruvchi, 
chegaralangan, aniq, nisbatsiz, ijobiy tushuncha; «A. Navoiy nomli O‘zbekiston
davlat kutubxonasi» – yakka, to‘plovchi, chegaralangan, konkret, nisbatsiz, ijobiy 
tushunchadir.

Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlar


Ob’ektiv dunyodagi barcha predmet va hodisalar o‘zaro aloqada bo‘lganligi uchun 

ularni aks ettiruvchi tushunchalar ham o‘zaro ma’lum bir aloqalarda,


munosabatlarda mavjud. Bu munosabatlar turli xil bo‘lib, ularni aniqlash uchun, 
avvalambor, taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan tushunchalarni farq qilish
lozim.

Taqqoslanadigan tushunchalar umumiy belgilarga ega bo‘lgan, mazmuni va hajmi 


jihatidan bir-biriga yaqin turgan tushunchalardir. Masalan, «paxtakor» va «dehqon»
tushunchalari 
ana
shunday

taqqoslanadigan


tushunchalar 
hisoblanadi.
Taqqoslanmaydigan tushunchalar esa bir-biri bilan uzoq aloqada bo‘lgan, ko‘p 
hollarda moddiy yoki ideal bo‘lishdan boshqa umumiy belgiga ega bo‘lmagan
predmetlarni aks ettiruvchi tushunchalardir. «Ijtimoiy progress» va «Zuhro 
yulduzi», «ideal gaz» va «go‘zallik» tushunchalari taqqoslanmaydigan tushunchalar
deb hisoblanadi. Mantiqda faqat taqqoslanadigan tushunchalar o‘rtasidagi mantiqiy 




Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin