Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə197/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

10-MAVZU. 

MANTIQ 

ILMINING 

PREDMETI, 

ASOSIY QONUNLARI.


TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 

149


munosabatlar o‘rganiladi. Taqqoslanadigan tushunchalar esa hajm jihatidan 
sig‘ishadigan va sig‘ishmaydigan bo‘ladi.
Sig‘ishadigan tushunchalarning hajmi bir-biriga butunlay, to‘laligicha yoki qisman 

mos keladi. Ular o‘rtasida uch xil munosabat mavjud: moslik, qisman moslik va


bo‘ysunish. Moslik munosabatidagi tushunchalar bitta predmetni (predmetlar 
sinfini) aks ettiruvchi tushunchalar bo‘lib, ular bir-biridan faqat azmuni bilangina
farq qiladi.
Qisman moslik munosabatidagi tushunchalarning hajmi qisman umumiylikka ega. 

Masalan:


A – Sportchi. 

V – Talaba. 


Doiralarning shtrixlangan qismi bir vaqtning o‘zida ham sportchi, ham talaba 

bo‘lganlarni bildiradi.


Bo‘ysunish munosabatida tushunchalardan birining hajmi ikkinchisining hajmiga 

to‘liq kirib, uni tashkil qiluvchi qism hisoblanadi. Masalan:


A – Fan.

V – Mantiq.


Bu munosabatdagi tushunchalardan biri bo‘ysundiruvchi (A), ikkinchisi (V) 

bo‘ysunuvchi bo‘lib, ular jins-tur munosabatida bo‘ladi. Jins tushuncha


predmetlarning birorta sinfini, tur tushuncha esa shu sinfga mansub predmetlarning 
bir guruhini yoki bittasini aks ettiradi. Mantiqda u yoki bu tushunchaning jins yoki
tur ekanligi nisbiy xarakterga ega. Har bir tushuncha o‘zidan umumiyroq 
tushunchaga nisbatan tur, kamroq umumlashgan tushunchaga nisbatan jinsdir.
Masalan, milliy g‘oya, g‘oya, fikr tushunchalari o‘rtasida quyidagi nisbat mavjud: 
«g‘oya» tushunchasi «fikr» tushunchasiga nisbatan tur, «milliy g‘oya»
tushunchasiga nisbatan jins bo‘ladi. 
Sig‘ishmaydigan tushunchalar hajmi jihatidan umumiylikka ega bo‘lmagan 

tushunchalar hisoblanib, bir sinfga kiruvchi har xil predmetlarni yoki predmetlar


guruhini aks ettiradi. Ularning umumiyligi faqat ana shunda. Bu tushunchalar 
o‘rtasida ham uch xil munosabat bor: birga bo‘ysunish, qarama-qarshilik, zidlik.
Birga bo‘ysunish munosabati quyidagi tushunchalar o‘rtasida mavjuddir: 

A – Fan.


V – Mantiq. 

S – Fizika. 


Bunda «mantiq» va «fizika» tushunchalari hajmlari jihatidan birgalikda «fan» 

tushunchasining hajmiga bo‘ysunadi.


Qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalarning hajmlari bir-birini istisno qiladi. 

Ular predmetning (predmetlar guruhining) qarama-qarshi belgilarini aks ettiradi,


ya’ni biri predmetning ma’lum bir belgisini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiluvchi 
boshqa belgini aks ettiradi. Qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalar o‘zlari





Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin