Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə220/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

epixeyrema 

va b) 

soritlar 
shaklida namoyon bo’lishi mumkin.



11-MAVZU. MULOHAZA. XULOSA CHIQARISH 

167



a)
Epixeyrema – shunday murakkab qisqartma sillogizmki, uning asoslari entimemalardan 

iborat bo’ladi
. Masalan:
Yolg’on nafratga loyiq, Chunki u axloqsizlik.
Yolg’ondaka maqtov - yolg’on, Chunki unda haqiqat buzib ko’rsatiladi.
Yolg’ondaka maqtov - nafratga loyiq
b)

Sorit - qisqartma sillogizmlar yig’indisi. 
Uch - toq son

Hamma toq sonlar – natural son Hamma


natural sonlar – ratsional sonlar.
Uch – ratsional son.
3.

Induktiv xulosa chiqarish. 
Induktiv xulosa chiqarish jarayonida inson fikri yakkalikdan 
umumiylikka qarab boradi. Induktiv lotincha «induktiv» co’zidan olingan bo’lib, «chiqarish»,
«hosil qilish» ma’nolarini anglatadi. Induktiv xulosa chiqarish insoniyat amaliy va aqliy 
faoliyatining o’ziga xos natijasi hisoblanadi. Insoniyat ko’p asrlik ijtimoiy – tarixiy amaliyoti
tufayli yakka predmet va hodisalarga xos ayrim belgi - xislatlarning boshqalarida takrorlanishini 
bilib olgan. Bu takrorlanish oqibatda inson fikrini yakkadan umumiylikka qarab yo’naltirgan.
Yakka predmet va hodisalarni takror va Yana takror o’rganish ularning umumiy xususiyatlarini 
payqashga olib kelgan. Kishilar amaliy faoliyat jarayonida ko’pdan ko’p alohida fikrlardan
umumiy qoidalar hosil qilganlar, olamni bilishda yakkalik, alohidalikdan umumiylikka qarab 
borganlar, alohida faktlar, hodisalarni umumiylashtirganlar.
Insonning har qanday bilimi asosida alohidalikdan umumiylikka qarab borish yotadi. Dmitriy 
Mendeleev alohida elementlarni o’rganish orqali ximiyaviy elementlarning davriy sistemasini
kashf etdi. Umuman olganda, har qanday kashfiyotning mohiyatida ma’lum ma’noda yakkalikni 
umumlashtirish yotadi. Induktiv xulosa chiqarish tafakkurning o’ziga xos uslubi hisoblanadi.
Fikrlashning induktiv uslubi haqidagi dastlabki ma’lumot qadimgi yunon falsafasiga borib 
taqaladi. Buyuk yunon faylasufi Suqrot (e.a.469-399) har qanday bilim umumiylik haqidagi
tushunchadir. Umumiylik esa alohida hodisalarni o’rganish va solishtirish natijasida yuzaga 
keladi, deb bilgan. Induktiv xulosa chiqarish mantiqiy usuliga Suqrot asos solganligini Arastu
o’zining «Metafizika» asarida ko’rsatib o’tgan edi. U ikki narsa Suqrotga taalluqli: biri induktiv 
muhokama, ikkinchisi esa umumiy ta’riflardir, deb ko’rsatgan.
Induktiv xulosa chiqarish to’g’risidagi ta’limot Arastu qarashlarida rivojlantirildi. U, jumladan,
«Oddiy sanash induksiyasi» va noto’liq induksiya to’g’risida ma’lumot bergan. XVII-XVIII
asrlarda tabiatshunoslik fanlarining rivojlanishi induktiv logikaga qiziqishni kuchaytirdi. Ingliz 
faylasufi Frensis Bekon o’zining «Yangi organon» asarida oddiy sanash yo’li bilan hosil
bo’ladigan ommabop induksiya har doim ham ishonarli bo’lavermaydi;
Induksiyaning shunday nomlarini topmoq kerakki, ular hodisalarning muhim, asosli tomonlarini
o’zida umumlashtirsin, deb ko’rsatgan edi. Bekon bunday shakllarni muayyan sxemaga (tartibga) 
solib o’rganishni taklif etdi. Uning fikricha, barcha xilma-xil hodisalarni muayyan sanoqli
shakllarga solish mumkin. Bu qarash cheklangan bo’lsada, o’rta asr sxolastikasiga qarama-qarshi 
o’laroq o’rganishni faktlardan, olamni o’rganishdan boshlash talabini ilgari surganligi bilan
ahamiyatli.
Induksiya tushunchasi fanda 3 ma’noda qo’llanadi:
1.

Induktiv xulosa chiqarish ma’nosida


2.

Olamni bilish metodi ma’nosida


3.

Muhokama yuritish uslubi ma’nosida


Induktiv xulosa chiqarish shunday mantiqiy uslubki, muayyan turkumga mansub ayrim predmetlar 

haqidagi bilimlardan butun turkum haqidagi umumiy fikrlar hosil qilinadi.







Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin