Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə260/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI 

200
Bir qapaganda, idealda ham baholash xususiyati mavjuddek tuyuladi. Lekin aslida U qiyoslashga


asoslanadi. Antiqa tomoni shundaki, idealda nomavjud, xayoldagi insonga, voqelika real, mavjud, 
hayotdagi xodisalar qiyoslanadi, ya’ni bor narsa. yo‘q narsa bilan o‘lchanadi. Zero ideal xayotda
mavjud bo‘lishi mumkin emas - bu xammaga ayon gap. Buning ustiga, ideal xozirgi zamonda ham, 
kelajakda ham bo‘lmaydi, uning mavjudlik sharti-o‘tgan zamon. Lekin, shunga qaramay, inson
ideal sari intiladi, o‘z hayotida unga qiyoslaydi, unga taqalid qiladi. U inson. xayotidagi eng oliy 
axloqiy talabki, uning bajarilishi shaxsni komillikka etkazadi. Albbata, hayotda bunday bo‘lmaydi,
lekin inson ana shu komillikni o‘ziga namuna bilib, idealga intilib yashashi jarayonida nisbiy 
komillikka erishadi.
Asosiy mezoniy tushunchalar - katetoriyalar. singari axloqiy tamoyillar ham axloqiy anglash 
shakllaridan hisoblanadi. Ularda axloqiy talab nisbatan umumiy tarzda ko‘zga tashlanadi.
Ular jamiyat tomonidan shaxsga qo‘yilaligan talab tarzida namoyon bo‘lib, insonning axloqiy 
moxiyatini, uning hayoti mazmunini, odamlar bilan o‘zaro aloqalaridagi asosiy jahatlarini belgilab
beradi. Natijada tamoyillar, inson xatti-xarakatining umumiy yo‘nalishini ko‘rsatgan holda, 
ko‘pgina axloqiy me’yorlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Axloqiy tamoyillarning eng qadimiy
va eng muximlaridan biri - insonparvarlik. U - insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgilaydigan 
va barqaror etadigan g‘oyalar, qarashlar va e’tiqodlar majmui, shaxs erki, kadrqimmati, uning
baxtli bo‘lishini talab etish imkonining mavjudligiga engilmas ishonch. Insonparvarlik tamoyilini, 
Yevropa uyg‘onish mutafakkirlari dastlab ilgari surganlar, degan fikr mavjud.
Aslida, insonparvarlik dastavval sharqda urtaga tashlangan, insoniylik, insonparvarlik degan 
ma’noni bildiruvchi “namlulu” so‘zi bundan 3-4 ming yillar, avvalgi qadimgi Somir mix xatlarida
uchraydi.
Insonparvarlik - umuminsoniy qadriyatlar sirasiga kiradi. Uni sho‘rolar davridagi sinfiylik nuqtai
nazaridan soxtalashtipish proletar diktaturasi va totalitar sotsialistik tuzum hamda ular 
ijodkorlarining insonparvarligi haqidagi afsonalar juda qisqa umr ko‘rdi. Sotsializm
mafkurachilarining bu boradagi say-harakatlari o‘sha davrlardayoq noilmiyligi, yolg‘onga 
sug‘orilganligi bilan kishilarning g‘ashini keltirgan edi. Bunday insonparvarlikni xalq qabul
qilmaydi. Chunki u aynan o‘ta mavxum “xats” tushunchasiga qaratilgan, vaxolanki insonparvarlik 
markazida muayyan shaxs turmog‘i lozim har bir shaxsga insoniy hukuqlarini ta’minlash uchun
kurashish - mana, insonparvarlikning asosiy vazifasi. Bu borada umumbashariy ma’naviy 
qadryatlarni ustuvor deb bilgan bizning davlatimiz xam mamlakat ichkarisida, xam dunyo
miqyosida ko‘zga ko‘rinarli ishlar kilinmoqda.
Agar insonparvarlik tamoyili shaxsning barcha insoniy haq-huquqlari ximoyasida tursa, ya’ni
ancha keng qamrovli va umumiy intilish bo‘lsa, erkparvarlik tamoyili uning ma’lum ma’noda 
muayyanlashgan bir qismi hisoblanadi. Erkparvarlik insonning eng oliy huquqi - erkin, ozod
yashash huquqini himoya qilishi bilan muximdir. Zero erksiz inson - asir, erksiz millat - qul, erksiz 
mamlakat - mustamlaka. Erkparvarlik, avvalo, o‘z millati o‘z Vatani erki uchun, kolversa, boshqa
millatlar va vatanlar erki uchun kurashni xayotining maqsadi qilib quygan insonlar 
tamoyilidir.Ayni paytda, bu tamoyil keng ijtimoiy siyosiy ma’noda ham qullaniladi. Buni
erkparvar davlatlar faoliyatini ko‘rish mumkin.
Odatda, erkparvar shaxslar muayyan davrning qahramonlariga aylanadilar. Zero ular o‘zgalar erki
uchun, o‘z erkini, o‘z hayotini qurbon qilishdan ham cho‘chimaydilar. Buning yopqin misoli 
buyuk ingliz mumtoz shoiri Jorj Bayron siymosidir. U ingliz bo‘laturib, o‘z Vatani Angliyada
Irlandiya ozodligi, irinlandlar erki uchun kurashdi: ko‘pchilikning xayrati va nafratiga uchradi, 




Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin