Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə261/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI 

201
Vatanini tark etishga majbur bo‘ldi. O‘z yurtida erk uchun kurashish baxtidan mahrum bo‘lgan


shoir o‘zga vatanlar erki uchun kurashga otlandi, Italiyani Avstriya istibdodidan ozod qilish 
xarakatining raxbarlaridan biriga aylandi. Bu haqda u shunday deb yozgan edi

Erk uchun Vatanda qilolmasang jang, 


Sen qushni vatanlar erki deb kurash 


Yunonu Rumoning tug‘an tut tarang, 

Boshingni tika bil erk uchun sarkash! 


Ezgulik yulida bo‘lsang qahramon, 


Sen inson erki deb kurashsang azot, 


Bir, kuni, ciptmoqdan gar qolsang omon, 


Jo‘mard deb alqagay seni odamzot! 
Italiyadagi ozodlik xarakati mag‘lubiyatga uchragach, u qadim Yunonistonni Turkiya zulmidan 

ozod qilish uchun kurashdi. U Yunonistonda, botqoqlik yonidagi Missolungi shahrida og‘ir


bezgakdan vafot etdi. Uning o‘limi xam istibdodga qarshi shiorga aylandi qo‘zg‘olonchilar 
“Bayron uchun!” degan. jangovar hayqiriq bilan jangga otildilar. Benazir, YUnonistonning ozod
qilingan qismi general-gubernatori, erksevar qo‘mondon va ulug‘ inson xotirasiga yunon xalqi 
yigirma bir kun qora kiyib, motam tugdi. Xamma cherkovlarda Bayron haqiga ibodat qilindi.
Daphaqiqat, erkparvarlik tamoyilini xayotining ma’nosi deb bilgan insonning ma’naviy umri 
boqiy, ular kelajak avlodlar uchun ideal bo‘lib qoladilar.
Eng ma’lum va mashxur tamoyil, bu vatanparvarlik. U insonning o‘z Vataniga muxabbatini, uni 
asrab-avaylashga bo‘lgan ishtiyoqini anglatuvchi axloq tushuncha. Uni ko‘pincha Vatan
dushmanlariga qarshi ma’naviy-mafkuraviy qurol sifatidagina talqin etadilar.
Aslida esa, bu tamoyilning qamrovi ancha keng - u insonparvalikning nisbatan muayyanlashgan
shakli. U, eng avvalo, o‘z vatandoshlari erkini asrash uchun kurash, inson ozodligi yo‘lidan 
xattixarakatlardir. Vatan himoyasi, bu – inson ximoyasi, millat himoyasi. Lekin bu ximoya,
yuqorida aytganimizdek, faqat jang maydoniga emas, balki barcha cohalapda namoyon bo‘ladi. 
Xar bir soxada Vatan erishgan muvaffqiyatlardan quvonch, muvaffaqiyatsizliklardan qayg‘u
hissini tuyush, Vatan bilan g‘ururlanish, uning xar bir qarich eri, binosining xar bir g‘ishtiga, 
qadimiy obidalariga, ilm-fan va san’atdagi yutuq ulariga mehr bilan qarash, ularni ko‘z
qorachig‘idek asrab avaylash - bo‘lar xammasi vatanparvarlikdir. Hozirgi paytda yoshlarimizda 
vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalash, ularni Vatan ma’nosini teran anglab etishga urgatish
vatanparvarlik - yuksak axloqiy tamoyil ekanini tushuntirish fanimizning dolzar6 vazifasi 
hisoblanadi.
Yana bir muxim axloqiy tamoyil, bu - Millatparvarlik. U ma’lum ma’noda, vatanparvarlik 
tamoyilining yanada muayyanlashgan shakli. Zero millatni sevish keng ma’noda Vatanni sevish
degani. Vatansiz millatning bo‘lishi yoki rasmona erkin va baxtli yashashi mumkin emas.
Lekin millatparvarlikni millatchilik bilan qorishtipib yubormaslik lozim. Millatchilik o‘z millatini
ajratib olib, unga buyuklik maqomini berishga ingilish bo‘lsa, millatparvarlik, boshqalarni 
kamsitmagan xolda, o‘z millati ravnaqi uchun kurashish, bu yo‘lda, lozim bo‘lsa, o‘z hayotini xam
fido qilish demakdir. U insonparvarlik bilan xam chambarchas bog‘liq. Chunki o‘z millatini chin 
dildan sevmagan, odati xech qachon boshqa millatlarni seva olmaydi.





Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin