Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə263/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI 

203
davlatimiz milliy ma’naviy qadriyatlarni tiklashni, odamlarni halol, insofli, adolatli bo‘lishga


chaqirishni o‘z ichki siyosatining muhim qismi deb bilgan holda ish tutmokda. Zero ko‘z 
o‘ngimizda yolg‘on, aldov, ikkiyuzlamachilik nimaligini deyarli bilmaydigan jamiyatlar, millatlar
gullab-yashnamoqda. Yaponiya, Olmoniya, Fransiya, AQSH, Buyuk Britaniya singari 
mamlakatlar shular jumlasidan. Shunday qilib, qisqacha bo‘lsada, axloqshunoslik mezoniy
tushunchalari, axloqiy tamoyillar va me’ryolar nima ekanini, ularning shaxs Hamda jamiyat 
axloqiy xayotida naqadar muhim o‘rin tutishini ko‘rib chiqdik.
5. Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov. 
Qadimiy ona sayyoramizdagi xayot odatda uch olamdan iborat deb qabul qilingan. Bular - nabotot, 

hayvonot va bashariyat olami; ularning o‘zaro munosabatlari zaminimizdagi hayotning asosiy


omili hisoblanadi.Xar uchalasiga xam paydo bo‘lish, rivojlanish, o‘zini muxofaza qilishi, nasl 
qoldirishga intilishi instinkti berilgan va hayotining bir kunmas-bir kun o‘lim bilan nihoya topishi
qismati belgilangan. Chunonchi, o‘simlik upug‘idan paydo buladi, rivojlanadi, singan shoxlari 
o‘rnini sirach chiqarib, davolaydi - muxofaza qiladi, urug‘lik qoldirib, bir kun kuriydi. Hayvon
shu xususiyatlar bilan birgalikda sezish a’zolari va qobiliyatini hamda muayyan darajada idrok. 
etish xislatiga ega. Insonda esa bulardan tashqari mulohaza qilish, fikrlash qobiliyati va uyat hissi,
bir so‘z bilan aytganda, aql bor. Uni G‘azzoliy oltinchi sezgi yoki ikkkinchi yurak, yurak ichidagi 
yurak o‘qiydi. Ana shu axloq ixtiyor erkinligini, ixtiyor erkinligi esa axloqni taqozo etadi.
Inson ham ixtiyor erkinligi zaruriyat talabi bilan okilona, aqlga bo‘ysundirilgan ravishda, 
cheklanadi, ya’ni nisbiylamaydi. Aks holda, muayyan bir, bir necha inson yoki guruxning betiyiq
erkin ixtiyori nafakat boshqa insonlar va gupuhlap, balki nabotot, xayvonot olami, butun dunyo 
uchun fojeaga aylanishi mumkin. Ixtiyor erkinligini bunday cheklashning, aqlga
bo‘ysundirishning asosiy vositasi axloqdir.
Shunday kilib, axloq - oliy mavjudotga ato etilgan oliy ne’mat. YA’ni axloqning kelib chiqishi
iloxiy manba’dandir. Ana shu iloxiy asosni asrab-avaylab, taraqqiy toptirish xar bir insonning 
asosiy vazifasi, burchi. Shu bois o‘z-o‘zini va iloji bo‘lsa, o‘zgalarni axloqiy tarbiyalash barcha
muqaddas kitoblarda savob sanaladi.
Ixtiyor erkinligi tufayli inson xar qadamda axloqiy tanlov muammosiga duch keladi. Bu muammo
kishida mas’uliyat xissi mavjudligidan dalolat beradi. Mas’uliyatni, o‘zgalar va o‘z vijdoni oldida 
javobgarlikni sezmagan kishi xoxlagan ishga qo‘l urishi mumkin - uni uz qilmishining oqibati
qiziqtirmaydi, u fakat manfaat ustuvorligini tan oladi, xolos. Unday odamni axloqsiz deb ataydilar. 
Zero inson yo ezgulikni, yo yovuzlikni tanlashi tufayli nimanidir ixtiyor etadi axloqiy tanlov xar
bir xatti-xapakat, xar bir qilmishning ibtido nuqtasi.
Umuman, inson va jamiyat axloqiy hayotida tanlovning ahamiyati beqiyos. Masalan, tarixdan bir
ta’sirchan voqeani olib ko‘raylik bozorda mutasavvif alloma, ozarboyjon, eski uzbek (turkiy), fors 
tillarida o‘lmas asarlar yaratgan buyuk shoir Nasimiyning g‘azalini yod o‘qiyotgan bir yosh yigitni
kufrda ayblab, xibsga oladilar. yigit oldida ikki yo‘ldan birini tanlash turardi yo piri Nasimiyni 
sotish va tavba qilib, banddan ozod bo‘lish yoki g‘azalni o‘zimniki, deb o‘limga tik borish.
Pokdomon, or-nomusli yigit ikkinchi yo‘lni tanlaydi. Qozi uning terisini shilishga buyuradi. 
Olomon tomomabinlar yig‘iladi. Shu payt Nasimiy kelib qoladi. Voqeadan xabar topgan Nasimiy
oldida xam endi tanlov turardi - tanlamaslikning iloji yo‘q edi yo o‘zini oshkor qilib, yosh yigitni 
jallod qo‘lidan qutqazishi va uning o‘rnini egallashi, yoki olomon orasidan sekin sirg‘alib chiqib
ketib, shogirdining o‘limga maxkum etilishi evaziga o‘z jonini asrab qolishi kerak. Buyuk 
mutasavvif shoir birinchi yo‘lni tanlaydi o‘zini jallod qo‘liga tutqazib, begunox yigitni ozod etadi.





Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin