15-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR
227
tartib-qoidalarga, ota-onaga hurmat ruhi asosida tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir. Zero,
har qaysi davlatning yoshlari uning ertangi kunini, taqdirini belgilovchi kuch bo‘lib sanaladi.
Bioetika – amaliy etikaning nazariy asosi.
Bioetika:
Bioetika Bioetika – tibbiyot va biologiyaning rivojlanishiga qarab yuzaga keladigan axloqiy,
huquqiy va ijtimoiy muammolarni o‘rganuvchi bilim sohasi. Boshqacha qilib aytganda, bu
borliqqa axloqiy munosabat mezonlari to‘g‘risidagi fan, jamiyat manfaatlarini ilm-fan tajovuzidan
himoya qiluvchi institut, shuningdek tibbiyot sohasidagi axloqiy muammolarni hal qilish
metodologiyasidir. Bioetikaning asosiy maqsadi – insonni uning hayoti va sog‘lig‘iga tibbiyot va
biologiyaning salbiy ta’siridan himoya qilish. «Bioetika» atamasini amerikalik mashhur onkolog
vrach, olim va insonparvar Van Ranseler Potter (1911-2001) ilmiy muomalaga kiritdi.
Bioetika:
Bioetika Bioetika – bu amaliy etikaning yo‘nalishi bo‘lib, uning bosh maqsadi tug‘ilmoq, hayot
va o‘lim, insoniyatning kelajagini davom ettirish kabi masalalarga fanning aralashuvini tahlil
qilish, oqibatlarini baholash va ushbu jarayonlarning axloqiy qoidalarini ishlab chiqishdan
iboratdir. Bioetika hozirgi zamon amaliy etikasining muhim yo‘nalishlaridan biri-inson hayotining
eng oliy axloqiy qadriyat sifatida qaraydi. SHu bilan birga, inson hayotini saqlab qolish
muammosini yaxshilik va yomonlikni farqlashning muhim mezoni, deb hisoblaydi. Hozirgi
zomon fanida Bioetika etika tirik mavjudotlar, shu bilan birga, insonga ham bo‘lgan
munosabatlarning axloqiy regulyativi, deb qaraladi. Bioetika maqsadlaridan biri – shaxsni turli
holatlarga solish imkoniyatlarini yaratuvchi, inson xatti-xarakati, ruhiyatini o‘zgartirish mumkin
bo‘lgan, uning ustidan o‘tkazilayotgan xilma-xil tadqiqotlarni cheklash mezonlarini ishlab
chiqadi. Bioetika muammolarini ishlab chiqishda faylasuflar, huquqshunoslar sotsiologlar,
tibbiyot xodimlari va sotsial axloqshunoslar qatnashmoqda Bioetika ilgari surayotgan muammolar
juda muhim va rang-barang, ularni tahlildan o‘tkazish darajasi juda katta, bioetika ko‘rib chiqib
hal qilayotgan masalalar juda muhim va dolzarbdir. Har qanday mamlakatda transplantatsiya,
reanimatsiya, sun’iy urug‘lantirish, irsiy davolash zamonaviy vrach amaliyotining muayyan
yo‘nalishlari hisoblanadi. Ilmiy bilim, shu jumladan tibbiy-biologik bilimlar ham universaldir.
Bioetika bugungi kunda vrach va patsient munosabatlarining axloqiy jihatlariga, evtanaziya va
o‘limni aniqlash, inson a’zolarini transplantatsiya qilish, homila tushirish (abort), klonlash, irsiy
injeneriya masalalariga alohida e’tiborni qaratmoqda. Akademik doiralarda «bioetika»
tushunchasi aynan shu ma’noda qo‘llaniladi. Bunda tibbiyot etikasi tushunchasi o‘rniga ko‘pincha
deontologiya tushunchasi qo‘llaniladi. Deontologiya etikaning burch va majburiyat muammolarini
o‘rganuvchi bo‘limidir (atamani ingliz faylasufi Ieremiya Bentam XIX asrda muomalaga kiritgan).
Bioetika amaliy etikaning eng rivojlangan va ishlab chiqilgan qismiga aylandi. Boz ustiga, bioetika
mustaqil fan maqomiga ham da’vogar bo‘lishi mumkin, degan fikr ham ilgari surilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |