15-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR
228
shifokor tomonidan qilingan xatti-harakatlarni qanday, baholash mumkin? Bu xatti - harakatlarni
insoniylik va insonparvarlikning ko‘rinishi sifatida qabul qilish to‘g‘rimi? Umuman, evtanaziya
axloqiylikmi, axloqsizlikmi? u muammo ham umumjahoniy miqyosda o‘z echimini kutmoqda.
Chunki tabobat borasidagi so‘nggi tadqiqotlar inson o‘limi bir lahzada ro‘y bermasligini, yurak
urishi va nafas olish to‘xtaganda ham, miya o‘lmasa insonni o‘ldi
deyish mumkin emasligini
isbotlab berdi. Hozirgi kunda toki miya o‘lmas ekan, ko‘pgina ichki a’zolarning yangi tabobat
texnikasi vositasida ishlashda davom etishini ta’minlash va shu orqali ancha muddatgacha insonda
tiriklikning minimal darajasini saqlab turish mumkin. Demak, yurak yoki buyrakning ko‘chirib
o‘tkazilishi hali o‘lmagan odamning minimal tiriklikka bo‘lgan huquqini poymol qilishdir.
Amerikalik neyroxirurg Pol Pirson o‘z tajribalariga asoslanib, yurak ko‘chirib o‘tkazilganda ruh
ham ko‘chib o‘tadi, degan fikrni bildiradi. Chunonchi, 19 yashar qizning yuragi 40 yashar erkakka
o‘tkazilganida, yigitning fe’l-atvorida juda katta o‘zgarishlar ro‘y bergan. Yoki 20 yashar qizning
yuragi va o‘pkasi 36 yashar ayolga o‘tkazilganda ham shunga o‘xshash o‘zgarishlar
yuzaga
kelgan: ayolning kulishigacha o‘zgarib ketgan. Axloqiy nuqtai nazardan buni qanday izohlash
mumkin?
KLONLASHTIRISH
Klonlashtirish atamasi ingliz tilidagi “slone”, “cloning” so‘zlaridan kelib
chiqqan va hozirgi kunga kelib o‘z yozilishi, o‘qilishini biroz o‘zgartirgan. Ingliz tilida bu so‘z
biologik termin sifatida yuz yillar oldin qo‘llana boshlagan. Biroq shu qisqa vaqt ichida o‘z
ma’nosini bir necha marta o‘zgartirishga ulgurgan . Dastlab klon so‘zi vegetativ yo‘l bilan, ya’ni
bir o‘simlik urug‘idan olingan o‘simliklar guruhiga nisbatan qo‘llangan. Oradan bir muncha vaqt
o‘tib, ushbu atama bakteriyalar turkumini etishtirishga nisbatan ishlatilgan.
Dostları ilə paylaş: