Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə289/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI

235
SHunday qilib, estetika fani va o‘quv darsi voqelikni estetik mushohada qilish va badiiy


ijod jarayonlari uzviy mutanosibligini namoyon qiladi va ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda, 
estetika – bu nafosat olami, san’ati va badiiy ijod jarayonlari qonuniyatlarini his-tuyg‘u, sezgiidrok
vositalari orqali o‘rganadigan va o‘rgatadigan fandir.

2. Estetika” haqidagi qarashlar tarixi 

Dastlabki estetik qarashlar, g‘oyalar, ta’limotlar falsafa fani bag‘rida vujudga keladi va 


rivojlanadi. Falsafiy ta’limotlar estetik qarashlarning u yoki bu ko‘rinishda bo‘lishiga o‘z ta’sirini


ko‘rsatdi.
Estetik g‘oyalar qadimgi Sharq mamlakatlarida vujudga keldi. Bu mamlakatlar xalqlaridan
qolgan ma’naviy-madaniy meros shunday xulosaga kelishimizga asos bo‘ladi. Masalan, Urxun-
Yenisey bitiklari, Xorazm alifbosi, qimmatbaho ma’danlardan ishlangan san’at asarlari, me’moriy
obidalar bu mamlakatlarda badiiy madaniyat yuksak taraqqiy etganini ko‘rsatadi. Misrda fir’avn 
Tutanxamon maqbarasidan topilgan osori atiqalar, Amudaryo xazinasi, Doro I tasviri solingan
oltin tanalar, skiflar oltin buyumlari, Bobil minorasi, qadimgi Xorazm badiiy madaniyati 
qoldiqlari, Hindiston va Xitoy hukmdorlari saroylari, ibodatxonalar devorlaridagi tasviriy san’at
asarlari buning yaqqol isbotidir.
Estetik qarashlar bizning vatanimizda ham qadim zamonlardayoq paydo bo‘lgan.
Zardushtiylikdagi estetik qarashlar Axura Mazdaga xizmat qiluvchi xudolar va ularning 
bajaradigan vazifalari orqali ifodalangan Quyosh va yorug‘lik xudosi Mitra yeru ko‘kda kezib,
zulmat xudosi Axriman bilan kurashuvchi ulug‘vor va bahodir yigit sifatida tasvirlansa, 
obodonchilik va farovonlik xudosi Anaxit nafis libos kiygan go‘zal ayol qiyofasida namoyon
bo‘ladi. Mamlakatimiz gerbida o‘z aksini topgan afsonaviy qush Humo – baxt, tole va davlat 
ramzi. U boshi, tanasi va qanotlari oltin, kumushdan bo‘lgan go‘zal qush bo‘lib, kimga soya solsa,
o‘shanga baxt keltiradi. Qadimgi sharqda go‘zallik ezgulik bilan, yuksak daraja-dagi axloqiylik 
bilan bog‘lab mushohada etilgan. Qadimgi Sharq mamlakatlari erishgan yutuqlar zaminida
Yevropa mamlakatlari badiiy madaniyati tarkib topdi. Qadimgi Yunoniston mutafakkirlari Sharq 
badiiy madaniyati merosiga tayangan holda estetik g‘oyalar va qarashlarni ishlab chiqdilar.
Qadimgi yunon faylasufi Pifagor (e.a. 6-5 asrlar) va uning shogirdlari o‘zlarining raqamlar 
haqidagi qarashlarini nafosat olamiga ham tadbiq etdilar. Ularning nafosat asoslari, ya’ni “xilma-
xil ovozli tomonlarning kelishuvi” umumbashariy hamohanglik ekanligi haqidagi qarash va 
g‘oyalari muhim o‘rin tutadi.
Geraklit (e.a. 540-480) nafosat xossalari moddiy dunyoning o‘zidan kelib chiqqan, nafosat 
hamohanglikni anglatadi, hamohanglik esa qarama-qarshiliklar birligini tashkil etadi, deb
ko‘rsatadi va nafosatning nisbiyligi g‘oyasini ilgari suradi.
Demokrit (e.a. 460-370) go‘zallikni bo‘laklarning to‘g‘ri mutanosibligi, mosligi
(simmetriya)da deb biladi va me’yor tushunchasi bilan bog‘ladi. San’at – bu voqelikka taqlid 
qilishdir, deb hisoblaydi, u.
Suqrot (e.a. 470-399) fikricha, go‘zallik koinotdan inson turmushiga, uning ichki 
kechinmalariga ko‘chirilgan, go‘zallik va ezgulik bir-biridan ajralmasdir.





Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin