Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə292/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI

238
Abu Ali ibn Sino (980-1037) o‘zining estetik qarashlarida estetika bilan axloq


muammolarini bir-biriga uzviy bog‘laydi. U “Kitob ush-shifo” asarida musiqaning estetik 
xususiyati haqida so‘z yuritib, uning axloqiy tarbiyadagi ahamiyatiga, she’riyatning kishilarga
go‘zal fazilatlar singdirishi imkoniyatlariga to‘xtalib o‘tadi. YOshlarni tarbiyalash oila va 
davlatning muhim vazifasi, jamiyat taraqqiyoti, yutuqlari ma’lumotli, madaniyatli kishilarning
o‘sishiga bog‘liq, “barcha bilimlarga ega narsalar mukammallikka moyildir” der ekan
“mukammallik” atamasida u insonning ichki go‘zalligi va ezgulikka intilishini ifodalaydi.
O‘rta Osiyo Uyg‘onish davri mutafakkirlari “Alloh go‘zal va u go‘zallikni yaxshi ko‘radi” 
tamoyiliga amal qilganlar. Ular Alloh go‘zalligini ulug‘lab, diniy e’tiqod doirasida insonparvarlik
ta’limotini yaratdilar, diniy e’tiqodni inson aql-idroki kuchi, inson irodasi erkinligi g‘oyasi bilan 
bog‘lab talqin qildilar.
Estetik tafakkur XIV-XV asrlarda yanada rivojlandi. Ayniqsa, Alisher Navoiy o‘z 
asarlarida go‘zallikni, san’atni yuksak qadrlab, san’at inson ma’naviy olami, komil shaxs bo‘lib
etishishi uchun zarur ekanligini ta’kidlaydi. Uning adabiy-estetik qarashlari “Majolis un-nafois”, 
“Mezon ul-avzon” va “Mufradot” asarlarida bayon etiladi. Navoiy badiiy so‘z san’atining
ma’rifiy-tarbiyaviy, hissiy-ruhiy ahamiyatini alohida ta’kidlar ekan, ijodkorlarning axloqiy 
qiyofasiga e’tibor qaratadi. Ularning kamtarlik, himmatlilik, xush-muomalalilik, sahiylik kabi
fazilatlarini ta’kidlaydi. “Majolis un-nafois”da mashhur sozandalar, hofizlar haqida ham so‘z 
yuritiladi. “Mezon ul-avzon”da turkiy she’riyatning yozma va og‘zaki adabiyot hamkorligida
yuzaga kelgan janrlar (tuyuq…), og‘zaki adabiyotning yozma adabiyotga kirib borishi 
(o‘lanchangiy, yor-yor, qo‘shiq) masalalariga alohida to‘xtaladi, xalq qo‘shiqlarining sakkiz turi
haqida ma’lumot beradi: tuyuq, changi-turkiy, arzuvoriy, muhabbatnoma, mustahzod va boshqa. 
Navoiyning adabiy-estetik qarashlarida san’atkor inson ma’naviy ehtiyojiga, insof va adolatning
barqaror bo‘lishiga xizmat qilishi, eng yaxshi insoniy fazilatlarni targ‘ib etishi, kitobxon ongi, hissi 
va didiga ta’sir ko‘rsatishi kerak, degan g‘oya ilgari suriladi. XX asr estetik nazariyalari an’anaviy
qarashlarga kam tayanadi. Intuitivizm A.Bergson (1859-1941), Andre Malro (19011976) badiiy 
ijodning noratsional asoslariga e’tibori bilan ajralib turadi. Ekzistensializm J.P.Sartr (1905-1980),
Alber Kamyu (1913-1960) estetikasida insonga e’tiborni, san’at fenomenini inson taqdiri bilan 
bog‘lab qarashni ko‘rishimiz mumkin. Strukturalizm Roman YAkobson (1896-1982), Rolan Bart
(1915-1980) san’at asarini tahlil qilar ekanlar struktura, belgi, element, funksiya tushunchalarini 
ishlatadilar. Masalan, strukturalizm tas-viriy san’at asarini o‘rganar ekan, unda geometrik
kompozitsiyalarni, guruhiy holatlarni, tasvirlangan shakllarni bir-biri bilan va asarning foni bilan 
munosabatiga e’tibor qaratadilar.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin