Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə290/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI

236
Aflotun (e.a. 427-347) fikricha, nafosat manbaini “g‘oyalar” tashkil etadi, uning yoritib


turuvchilik kuchi go‘zallikni kashf etadi. Go‘zallikning mohiyatini his-tuyg‘u bilan emas, faqat 
aql-idrok bilan anglash mumkin. Aflotun san’atni narsalardan ko‘chirilgan nusxa, narsalarning
o‘zi esa g‘oyalarning xira nusxasidir, deb ta’riflaydi. Aflotun san’atning odamlarga nisbatan ta’sir 
kuchini salbiy, buzg‘unchi xususiyatga ega, deb ta’kidlaydi. SHuning uchun ham o‘zi kelajakda
orzu qilgan davlat haqidagi qarashlarida musiqadan boshqa san’at turlarini tilga olmaydi.
Arastu (e.a. 384-322) fikricha, nafosat asosini moddiy dunyodagi narsalar tashkil qiladi. U
san’atni voqelikka taqlid qilish vositasi sifatida baholab, san’atning inson ruhiga o‘tkazadigan 
ta’sir kuchiga alohida e’tibor beradi. San’atning axloqiy qudratini, olijanob fazilatlar yaratish
kuchini ulug‘laydi. Arastu inson ruhini vahima, dahshat, rahm-shavqat orqali poklantirish
(“katarsis”) ta’limotini ilgari suradi. SHuningdek, Arastu voqelik va san’at, inson va san’at, inson
va badiiy ijod masalalariga maxsus to‘xtalgan.
Estetik qarashlar Qadimgi Rimda ham shakllanib rivojlangan. Tit Lukretsiy Kar (e.a. 9955)
“Narsalar tabiati haqida” asarida san’at “zaruriyat” (ehtiyoj)dan tabiiy kelib chiqqanligini 
ta’kidlab, uning ma’rifatchilik ahamiyatini ko‘rsatib beradi.
Qadimgi SHarq hamda Qadimgi Yunoniston va Rim mutafakkir-larining estetik g‘oyalari, 
qarashlari, ta’limotlari fan tarixida muhim o‘rin tutadi. Bu ta’limotlar o‘zidan keyin vujudga
kelgan turli-tuman estetik maktablarga zamin vazifasini bajardi.
O‘rta asrlarda G‘arb mamlakatlarida san’at, umuman badiiy amaliyot va nazariya
masalalarida turli xil qarashlar, muammolar yuzaga keldi. Bu davr estetikasida uchta hududni 
ajratib ko‘rsatsa bo‘ladi. Birinchisi – Vizantiya, ikkinchisi – G‘arbiy Yevropa, uchinchisi – sharqiy
hudud – Qadimgi Rus. Vizantiyada estetik qarashlar xristian madaniyatida badiiy tasvirlarning roli 
haqidagi bahs-munozaralarida shakllanib borgan.
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida bu davrda san’at asarlarida badiiy ijodning real dunyoga 
e’tibori kuchayishini ko‘rish mumkin.
Qadimgi Rus badiiy ongida erkinlik, oddiylik namoyon bo‘ladi.
Insonning dunyoga e’tiborining kuchayishi, go‘zallikni hissiy idrok etishdan zavqlanishi
Uyg‘onish davrining yangi madaniy paradigmasi vujudga kelishi uchun asos bo‘ldi.
G‘arb Uyg‘onish davrida estetik qarashlar yangicha ijtimoiy munosabatlarning ta’siri
ostida rivojlana bordi. Insonparvarlik g‘oyalari tarqalib borgani sari, ilm-fan, adabiyot va san’at 
muvaffaqiyatlarga erishib borgani sari estetik qarashlar va g‘oyalar ham rivojlanib bordi.
Bu davr estetikasining muhim xususiyati – uning insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilganligi 
va badiiy amaliyot bilan bog‘liq ekanligi.
Uyg‘onish davri mutafakkirlari Leonardo da Vinchi, Rafael Santi, Mikelanjelo, Dyurer, 
Servantes, Shekspir estetik tafakkur taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdilar. Ular shu bilan birga
buyuk san’at asarlari yaratdilar. Buyuk musavvir Leonardo da Vinchi dunyoni bilishda san’atning 
ahamiyatini ta’kidlab o‘tadi. U o‘zining estetik qarashlari bayon etilgan risolalaridan birida





Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin