Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə286/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI

232
Estetikaning istiqbolga mo‘ljallanganligi shu bilan izohlanadiki, u voqelikni nafosat nuqtai


nazaridan baholashda, badiiy mezon o‘lchovlarini ilmiy jihatdan ishlab chiqib, amaliy faoliyatga 
tatbiq etishda o‘z ifodasini topadi. Insonning estetik tafakkuri shakllanib, rivojlanib va
takomillashib borgani sari uning ijtimoiy-ruhiy, mafkuraviy-g‘oyaviy, siyosiyma’naviy intilishlari 
ham tobora tiniqlashib boradi. Chunki estetik tafakkur insonning maqsadmanfaatlarini estetik-
badiiy vositalarda nazariy asoslab beradi, estetik madaniyat va badiiy amaliyot asoslarini 
o‘rganish, tahlil qilish bilan boyitadi, estetik nazariyalarning falsafiy asoslarini ochib beradi,
voqelikni estetik in’ikos etish jarayonlarini ko‘rsatib beradi. SHunday qilib: estetika fani va o‘quv 
darsi voqelikni estetik mushohada qilish va badiiy ijod jarayonlarining uzviy mutanosibligini
namoyon qiladi va ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda, estetika – bu nafosat olami, san’at va 
badiiy ijod jarayonlari qonuniyatlarini his-tuyg‘u, sezish, idrok qilish vositalari orqali
o‘rganadigan va o‘rgatadigan fandir.
Estetika mavzui bilan bevosita aloqador bo‘lgan «estetik mu-nosabatlar», “borliqni estetik
o‘zlashtirish”, “estetik bilish”, “estetik tafakkur”, “estetik faoliyat” kabi o‘zaro yaqin, ma’nodosh 
bir qator tushunchalar bor. Ular orasidagi “borliqni estetik o‘zlashtirish” tushunchasi qolgan
«estetik munosabat», «estetik bilish», «estetik tafakkur», «estetik faoliyat» tushunchalarini ham 
qamrab oladi. Shu bois estetika fani insoniyat tomonidan borliqni estetik o‘zlashtirish mohiyati va
qonuniyatlarini o‘rganadi, desak to‘g‘riroq bo‘ladi. Borliqni estetik o‘zlashtirish esa san’atning 
asosiy mazmunini tashkil etadi. Shu bois estetika fani san’atning asosiy uslubiy-metodologik
zamini bo‘lib xizmat qiladi.
Estetikaning borliqni estetik o‘zlashtirish mohiyati va qonuniyatlari haqidagi fan sifatidagi
o‘ziga xos bir qator fazilatlari ham bor. Estetika fani inson tevarak-atrofidagi moddiy va ma’naviy 
boyliklarining barchasini qamrab olishga, inson faoliyatining barcha jabhalaridagi nafosat olamini
san’at barcha turlari vositasida chuqur o‘rganishga da’vat etadi. San’at esa estetik boyliklarni 
yaratish manbaidir. San’atni ilmiy jihatdan tahlil va tadqiq etish barobarida esa estetik faoliyatning
barcha ko‘rinishlariga ilmiy jihatdan yondoshish uchun zamin yaratiladi. SHu bois san’at va badiiy 
ijodning tabiati va mohiyatini o‘rganish, qonuniyatlarini o‘zlashtirish go‘zallik nafosat
(estetika)ning barcha sifat darajalarini o‘rganish uchun kalit vazifasini o‘taydi. Bu jabhalarga 
san’atning umumiy nazariyasi, estetika fanining xususiy-uslubiy asoslariga oid tadqiqotlar,
moddiy boyliklar yaratish estetikasi, muhandislik-loyihachilik faoliyati, ilmiytadqiqot ishlari 
sohasida estetik jihatlar, tabiat estetikasi, insoniy munosabatlar estetikasi, kundalik turmush va
odob estetikasi kabi bir qancha sohalarni kiritish maqsadga muvofiqdir. Hozir jahon estetika fanida 
bu jabhalarning har biri estetika tarkibiga kiruvchi mustaqil maxsus o‘quv kurslari darajasiga
ko‘tarilgan. Estetika fani esa bu maxsus o‘quv kurslarning uslubiymetodologik asosini tashkil 
etadi.
Estetika fani falsafiy bilimlar tizimida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. U, eng avvalo, falsafiy 
bo‘lib, uning nazariy va uslubiy asoslarini falsafiy tafakkur nazariyasi va tarixi tashkil qiladi.
Masalan, voqelikni estetik va badiiy o‘zlashtirish jarayonlarini o‘rganishda xolislik, tarixiy 
yondoshish, bilish jarayonida amaliy tajribaning ahamiyati kabi uslubiy asosni qo‘llash ijobiy
samaralarga olib kelishi mumkin. Bilish nazariyasi vositasida san’atning bilish tabiati, voqelikning 
badiiy-ramziy ifodalash bilan ilmiy tadqiq etish o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va o‘zaro farqlar,
voqelikni badiiy vositalar orqali tasvirlashning ijodiy tabiati, san’at asarlaridagi shartlilik va badiiy 
haqiqat kabi estetika fanining juda ko‘p nazariy hamda uslubiy asoslari muammolarini echish,
ularga javob izlab topish mumkin.
Bilish nazariyasining boshqa aqidalari – ijtimoiy ongning nisbiy mustaqilligi, ma’naviy
hayot xilma-xil shakllarining o‘zaro bir-biriga ta’sir o‘tkazishi, iqtisodiy zamin bilan ijtimoiy ong 




Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin