Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə285/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI

231
Go‘zallikka intilish tabiiy ehtiyojdir. Bu ehtiyoj tarbiya vo-sitasida namoyon bo‘ladi.


Go‘zallik qurshovida yashagan inson bilan xunuklik muhitida o‘sgan odam o‘rtasida katta farq 
bor. Go‘zallik tarbiyasi insonni ma’naviy jihatdan kamolotga etaklaydi, estetik his-tuyg‘uni
taraqqiy ettiradi. Estetik his-tuyg‘u insonni qurshab turgan muhitdagi go‘zallik va xunuklikni, 
ulug‘vorlik va tubanlikni, fojiaviylik va kulgililikni idrok etish va baholash qobiliyatidir. Estetik
ehtiyoj ezgulikka, go‘zallikka intilishdir. Bu ehtiyoj mehnat, san’at, axloqiy munosabatlardagi 
go‘zallikni taqozo etadi. Estetika o‘z mohiyatiga ko‘ra, din, fan, axloq, huquq tamoyillaridan farq
qiluvchi o‘ziga xos qonunlar asosida rivojlanib, unda o‘tmish madaniy merosi, hozirgi kun 
tarbiyasi, kelajak bashoratlari uyg‘unlashgan holda namoyon bo‘ladi, fan voqea-hodisalarning
qonuniyatlarini voqelikka muvofiq keladigan tushunchalar va qoidalar orqali ochib bersa, estetika 
voqea-hodisalarni xayol, to‘qima obrazlar vositasida ifodalaydi. Ulardagi timsollar ham o‘z
tuzilishiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Masalan, musavvirlik, haykaltaroshlik, teatr va boshqa 
san’at turlarida voqea-hodisalar bevosita tasvirla-nadi. Musiqa, raqs, me’morchilikda
san’atkorning voqea-hodisalar va narsalardan tug‘ilgan g‘oyaviy-hissiy holati ifodalanadi. Bu 
jihatdan estetika san’atga yaqin turadi. Estetika fani

falsafiy bilimlar majmuida o‘ziga xos alohida 


ahamiyatga molik bo‘lib, u bir tomondan insonning atrof-muhitga, voqelikka estetik munosabati
doirasidagi olamni o‘zgartirish jarayonidagi faoliyatini namoyon etadi. Ikkinchidan, san’atga 
alohida ahamiyat beradi. Chunki ayni shu erda insonning nafosat olamini o‘zlashtirishi eng yuqori
darajaga ko‘tariladi.
Estetika fanining ikki tomoni mutanosibligi nihoyat darajada murakkab tizimga ega bo‘lib,
uni soddalashtirib, qolipga solishga urinishlar ko‘p hollarda kulgili vaziyatlarga olib keladi. Uning 
bir tomonini bo‘rttirib, ikkinchi tomonini unga bo‘ysundirib qo‘yish ham estetika fani mohiyatini
buzilishiga olib keladi. Masalan, atrof-muhitni go‘zallik mezoni bilan baholanishini bo‘rttirib 
yuborish estetikani faqat go‘zallik falsafiy qolipiga zo‘rlab sig‘dirishga, inson badiiy faoliyati
sohasini esa faqat san’at falsafasi darajasiga tushirib yuborishga sabab bo‘ladi. Estetikaning fan, 
keyinchalik esa o‘quv darsi sifatida shakllanish jarayonlarida uni bir qator mustaqil bilim
sohalariga bo‘lib yuborishlar, ya’ni estetikani «estetik qadriyatlar nazariyasi», «estetik idrok etish 
nazariyasi» va «umumiy san’at nazariyasi» sohalariga ajratib o‘rganish hamda o‘qitish maqsadga
muvofiq deb ko‘rsatilgan edi. Insonning estetik faoliyati badiiy faoliyati bilan, aksincha uning 
badiiy faoliyati estetik faoliyati bilan bab-baravar degan aqida tarixiy taraqqiyot tajribasida o‘zini
oqlamadi. Aslida bu ikki nisbiy mustaqil maqomga ega bo‘lgan inson faoliyati sohalari o‘zaro shu 
qadar chirmashib ketganki, ularni bir-birisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Insonning estetik faolligi jarayonida tabiat va jamiyat qad-riyatlari munosabatlari 
tizimidagi estetik xususiyatlar (go‘zallik va xunuklik, ulug‘vorlik va tubanlik, fojialilik va
kulgililik) qonuniyatlari namoyon bo‘ladi. Insonning estetik faoliyati sifati va darajasi esa estetik 
qadriyatlar bilan estetik baholash qobiliyati, estetik idrok etish bilan estetik amaliyot o‘rtalaridagi
uzviy aloqadorlik madaniyatning barcha sohalaridagi badiiy va estetik o‘zaro bog‘liq mezonlari 
bilan o‘lchanadi.
Estetikaning ikkinchi tarkibiy qismi bo‘lgan san’atni yaxlit birlikda mushohada etib 
o‘rganish, uning faoliyati boshqa turlari qatorida tizimi va amal qilish xususiyatlarini anglab,
badiiy ijod, uning samarasi bo‘lgan san’at asarlari bilan ularni odamlar idrok qilishining uzviy 
bog‘liqligini ilg‘ab olish, badiiy faoliyat aniq shakllarini yaratuvchi qonunlarini o‘rganish faoliyat
badiiy taraqqiyoti qonunlarini san’at ravnaqining istiqbollarini ko‘ra bilish qobiliyatining vujudga 
kelishi jarayonlarini tadqiq etish estetika fanining eng muhim mavzusi hisoblanadi. Estetika fani
hech vaqt faqat atrof-voqelikni estetik va badiiy idrok etish qonuniyatlarini o‘rganish bilan 
chegaralanib qolmay, u tadqiq va tahlil ishlarini istiqbol maqsad-manfaatlariga yo‘naltirib turgan.





Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin