15-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR
225
jamiyatimizda, kundalik hayotimizda ta’lim-tarbiyaga, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga jiddiy e’tibor
qaratishimiz darkor.
G‘oyaviy-ma’naviy tahdidlar nimalarda ayon bo‘lishini tahlil qilib ko‘raylik. Bu tahdid, birinchi
galda, tili, dini, e’tiqodidan kat’iy nazar, har qaysi shaxsning tom ma’nodagi ozod inson bo‘lib
yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy olamini izdan chiqarish maqsadini ko‘zlaydigan
mafkuraviy, g‘oyaviy va axborot xurujlari tariqasida yuzaga chiqadi.
Ilmiy tahlillarda g‘oyaviy-ma’naviy tahdidlar quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
–
avvalo, insonning erkinligiga daxl qiladi, uni fikriy jihatdan qaram qilishni ko‘zlaydi;
–
ikkinchidan, insonning ruhiy dunyosini izdan chiqarishga yo‘naltirilgan mafkuraviy, g‘oyaviy
va axborot xurujlari shaklida amalga oshiriladi;
–
uchinchidan, turli niqoblar, jozibali shior va g‘oyalar pardasi ostiga yashiriladi;
–
to‘rtinchidan, katta ma’naviy yo‘qotishlarga olib keladi, xalqlarning milliy va diniy tomirlariga
bolta uradi;
–
beshinchidan, yot g‘oya va zararli dunyokarashni avvalo beg‘ubor yoshlarning ongiga
singdirishga qaratiladi;
–
oltinchidan, mamlakat xavfsizligi va milliy manfaatlariga tahdid soladi, jamiyatni inqirozga olib
keladi.
Ko‘rinib turibdiki,g‘oyaviy-ma’naviy tahditlar dunyoning barcha mamlakatlari, xalqlari hayotiga
daxildor masala sanaladi. Demak, g‘oyaviy-ma’naviy tahdid qaysi davlat yoki xalqqa qarshi
qaratilishidan qat’iy nazar, butun insoniyatda birdek tashvish va xavotir uyg‘otishi kerak.
Dunyo boshdan kechirayotgan globallashuv jarayoni insoniyat uchun katta imkoniyatlar eshigini
ochib bermokda. Birok ayrim g‘arazli kuchlar shunday ham murakkab bu jarayonni yanada
keskinlashtirish, obrazli qilib aytganda, tinik suvni loyqalatib, istagancha baliq tutishga
intilmoqda. Jumladan, hamisha zo‘ravonlik va gegemonlik hisobidan katta boylik orttirib kelgan
kuchlar mana shunday taloto‘plardan foydalanib, “ommaviy madaniyat” g‘oyasini keng targ‘ib
etayapti.
Jumladan,
Dostları ilə paylaş: |