Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə65/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

Noklassik borliq. 
Noklassik falsafa dunyoning aqlga muvofiqligi, shu ning dek, inson ongining 
mustaqilligiga shubha bildirdi. Pozitivistlar, umuman, ontologiyani yaratishdan bosh tortdilar.
Irratsionalizm, marksizm va ekzistensializmda ontologik konsepsiyalar hayot, jamiyat va inson 
tushunchalari rivojlantirildi, ular borliqning noyob usullari sifatida tavsiflandi. Quyida, noklassik
falsafada, borliqqa munosabatni tahlil qilamiz.


Borliq va hayot: borliqning irratsionalistik konsepsiyasi. 
Falsafiy irratsionalizm asoschisi 
A.Shopengauer olamning aqlga muvofiqligi haqidagi tezisga shubha ko‘zi bilan qaraydi. Uning
fikricha, borliqning o‘zi emas, balki bizning u haqdagi tasavvurimiz aqlga muvofiqdir, zero, tasavvur 
– bu inson aqlining mahsulidir. Ammo tasavvur – bu hodisa, mohiyat darajasida esa dunyoni aqliy
idrok etish mumkin emas. Shopengauer o‘zining «Dunyo intilish va tasavvur sifatida» deb nomlangan 
bosh falsafiy asarida dunyoning borlig‘ini ikki tarkibiy qismga – «yashashga intilish sifatidagi dunyo»
va «inson tasavvuri sifatidagi dunyo»ga ajratadi. Uning fikricha, yashashga intilish haqiqiy borliqdir. 
Yashashga intilish ko‘r-ko‘rona va nooqilonadir, zero, uning asosiy niyati – o‘zo‘zini asrashdir. O‘z-
o‘zini asrash instinkti – butun tiriklikning tabiiy xossasidir. Ammo Shopengauer romantiklarga 
ergashib, yashashga intilish dunyoning barcha narsalariga va umuman, dunyoning o‘ziga xosdir, deb
hisoblaydi. Dunyo haqidagi bunday mifopoetik tasavvur hayotda yana ta’riflar va tushunchalar tilida 
ifodalab bo‘lmaydigan o‘ziga xos tabiiy stixiyani ko‘rish imkoniyatini beradi.Fan dunyoni umumiy
qonunlar va nazariyalar yordamida anglab etishga harakat qiladi. Ammo hayot har doim betakror 
bo‘lib, uni ta’riflar yordamida ifodalash mumkin emas, faqat hayot faoliyati mahsullaridagi moddiy
ifodalarnigina o‘rganish mumkin. Bu, eng avvalo, ijodga tegishli, kreativ faoliyatning barcha turlaridan 
intilishga eng yaqini esa musiqadir (intilishning birinchi moddiy ifodasi). So‘zlar va obrazlar hayotga
intilishning izlarini ma’lum darajada ko‘zdan yashiradi. Shopengauerning izdoshi F.Nitsshe hayotga 




Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin