2. Umumiy o‘zaro aloqa va rivojlanishning dialektik tamoyillari. Har qanday konsepsiyaning
mazmunini yoritishda uning tamoyillarini tahlil qilish, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi.
Dialektika ham bundan mustasno emas. Tamoyillar nima?
Falsafiy ma’noda «tamoyil»(prinsip) tushunchasi fundamental qoida,birinchi asosni, biron-bir
konsepsiya yoki nazariyaning eng muhim asosini anglatadi. Falsafiy nazariya sifatidagi
dialektikaga tamoyillar yaxlit tus beradi, uning qonunlari va kategoriyalarini izchil tizimga soladi.
Dialektikaning hozirgi konsepsiyalarida umumiy aloqadorlik va rivojlanish, tarixiylik, sababiylik,
tizimlilik kabi tamoyillar muhim rol o‘ynaydi. Quyida bu tamoyillarni tahlil qilamiz.
Umumiy
aloqadorlik tamoyili. Rang-barang dunyoda har bir ob’ekt ko‘p sonli xossalarga ega bo‘lib, ular
boshqa ob’ektlar bilan o‘zaro aloqa jarayonida namoyon bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, har
qanday tuzilma boshqa tuzilmalar bilan aloqaga kirishish orqali namoyon bo‘ladi. Shunday qilib,
har bir ob’ekt o‘zga ob’ektlar bilan qonuniy bog‘lanadi va bu ob’ektlar bilan o‘zaro ta’sirga
kirishish jarayonida ishtirok etadi.
Aloqa. Falsafada aloqa deganda makon yo vaqtda bir-biridan muayyan masofada uzoqlikda
joylashgan ikki yoki bir necha hodisa yoki ob’ektning o‘zaro aloqa jarayoni tushuniladi. Ob’ektlar
diskretlik, shakllanganlik va nisbatan mustaqillikdan mahrum bo‘lgan joyda aloqalar mavjud
bo‘lishi mumkinmi? O‘z-o‘zidan ravshanki, shakllangan, nisbatan mustaqil narsalar mavjud
bo‘lmagan joyda aloqa mavjudligini taxmin qilish ham mumkin emas. SHu sababli umumiy aloqa
kategoriyasi «narsa», «uzluklilik», «uzluksizlik», «cheksizlik»,«tuganmaslik» tushunchalari bilan
5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA