O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI AMALIY PSIXOLOGIYA YO`NALISHI UMUMIY PSIXOLOGIYA FANIDAN KURS ISHI Mavzu: Sotsial xizmatda personalni boshqarish
Bajardi: ________________________________.
Qabul qildi: ____________________________.
Toshkent – 2023 Sotsial xizmatda personalni boshqarish
MUNDARIJA
KIRISH 3
ASOSIY QISM 6
1-BOB. PSIXOLOGIK XIZMATDA PERSONALNI BOSHQARISHNING AHAMIYATI 6
1.1. Psixologik xizmatning yuzaga kelish tarixi 6
1.2. Personal tushunchasining mazmuni, boshqarish subyektlari va obyektlari 9
2-BOB. PERSONALNI BOSHQARISH USULLARI VA XUSUSIYATLARI15
2. 1. Bugungi kunda zamonaviy personalni boshqarish yo’nalishlari 15
2. 2. Personalni boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlarish 18
XULOSA 24
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 32
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Sotsial xizmatda personalni boshqarish faoliyati faqatgina bir sohani emas, jamiyatda muhim oʻrin egallagan har qanday faoliyatni qamrab oladi. Personalni boshqarish fani shakllanishi ijtimoiy xizmatlarda yuksalish va taraqqiy etish jarayonlarini shakllanishiga xizmat qiladi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida shakllangan ushbu soha boʻyicha koʻplab yangi va zamonaviy maʼlumotlarni oʻrganish bugungi kun talabiga aylandi.
Sotsial xizmatda personalni boshqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi bilimlarni oʻzlashtirish xodimlar oʻrtasidagi munosabatlarni tashkil etishdagi muammolarni oldini olishga hamda korxona faoliyati mahsuldorligini ta'minlashga, guruhlararo nizolarni bartaraf etishda yordam beruvchi asosiy soha ekanligini koʻrsatadi.