Uchinchi bosqichda ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish sodir bo‘ladi T’àP’ ushbu bosqichda tovarlar pulga aylanadi va o‘zining dastlabki shakliga qaytib keladi. Dastlab, pul shaklida sarflangan mablag‘ yana pul shaklida, ammo miqdor jihatidan ko‘proq bo‘lib qaytadi.
Shu sababli uni P’=P+p ko‘rinishida ifodalash mumkin.
Tovarlarni sotishdan tushgan pul kapitali yana ishlab chiqarish omillari sotib olish uchun sarflanadi va Shu tariqa Yuqoridagi harakat to‘xtovsiz takrorlanaveradi.
Tadbirkorlik kapitalining o‘z harakatida uch bosqichni izchil bosib o‘tib, muntazam ravishda bir shakldan boshqa bir shakliga aylanib, yana dastlabki shakliga qaytib kelishi uning doiraviy aylanishi deyiladi.
Tadbirkorlik kapitali doiraviy aylanishining yaxlit ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
Doiraviy aylanishning birinchi va uchinchi bosqichlari muomala sohasida, Ya’ni resurslar va tovarlar bozorida, ikkinchi bosqichi esa ishlab chiqarishda ro‘y beradi. Shuning uchun formulada ishlab chiqarish jarayoni va muomala sohasi o‘rtasidagi oraliqlar nuqtalar (…) bilan ajratilib ko‘rsatiladi.
Tadbirkorlik kapitalining har uchala shakli bir vaqtda o‘z doiraviy aylanishiga ega bo‘ladi. Tadbirkorlik kapitali pul shaklining doiraviy aylanishi:
Mablag‘lar pul shaklining doiraviy aylanishi uchun bosqichlarning Shunday izchillikda (bozor – ishlab chiqarish – bozor) bo‘lishi xoski, bunda ishlab chiqarish muomalaning bir-birini to‘ldirib turadigan ikki bosqichi (PàT va TàP) o‘rtasida bo‘ladi, Shuningdek, doiraviy aylanish boshlarida pul shaklida avanslangan mablag‘ uning oxirida yana o‘sha shaklga qaytadi.
Tadbirkorlik kapitali unumli shaklining doiraviy aylanishi ishlab chiqarishning muomalaga nisbatan etakchi rol o‘ynashini ochib beradi: ishlab chiqarish birinchi o‘ringa qo‘yiladi, ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qiymatlari tashkil topadi va qiymat o‘sadi.
Kapital o‘z harakatini qanday ijtimoy-iqtisodiy shakllarda amalga oshirmasin, ular uchun Yuqorida ta’kidlaganimizdek, doiraviy aylanish va uning bosqichlarining harakat ko‘rinishi umumiy. Shu bilan birga xo‘jalik yuritishning ayrim shakllarida tadbirkorlik kapitalining doiraviy aylanishi, ularning bosqichlari va harakat shakllari o‘zlarning iqtisodiy mazmuni jihatidan farqlanadi.
Tadbirkorlik kapitalining harakati bir doiraviy aylanish bilan to‘xtab qolmaydi, balki u uzluksiz davom etib, takrorlanib turadi. Doiraviy aylanishlarning bunday uzluksiz takrorlanib, yangilanib turishi tadbirkorlik kapitalining aylanishi deyiladi.
Kapitalning ayrim qismlari turli tezlikda harakat qilishi tufayli sarflangan mablag‘larning aylanish tezligi turlicha bo‘ladi. Masalan, unumli iste’molda bo‘lgan xom ashyo va materiallar qiymati, bir doiraviy aylanishdan keyin boshqa qismi masalan, mehnat qurollari qiymati bir necha doiraviy aylanishdan keyin o‘zining boshlang‘ich shakliga qaytadi.
Kapital o‘zining aylanish tavsifiga ko‘ra ikki qismga: asosiy va aylanma kapitalga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: |