Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 241,17 Kb.
səhifə8/13
tarix29.07.2023
ölçüsü241,17 Kb.
#137865
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
kurs ishi (2)

Asosiy kapital - ishlab chiqarish jarayonida bir qator doiraviy aylanishlar davomida qatnashadi, o‘zining qiymatini tauyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo‘lib-bo‘lib o‘tkazib boradi va ashyoviy-buyum shaklini o‘zgartirmaydi.
Aylanma kapital - bir doiraviy aylanish davomida to‘liq iste’mol qilinadi, o‘zining qiymatini ishlab chiqarish natijalariga to‘liq o‘tkazadi va ashyoviy-buyum shaklini ham yo‘qotadi.
Barcha mehnat vositalari asosiy kapital tarkibiga kirmasdan, faqat ularning inson mehnati bilan vujudga keltirilgan qismi Shunday kapital hisoblanadi. Shu sababli er, o‘rmonlar va boshqa tabiiy resurslar mehnat vositalari hisoblansada, odatda asosiy kapital tarkibiga kirmaydi.
Faqat unumli kapital asosiy va aylanma kapital shaklini oladi, Chunki ular ishlab chiqarish jarayonidagina o‘z qiymatini mahsulotga o‘tkazadi. Shu bilin birga muomala doirasida ishlab chiqarish jarayoni ma’lum darajada davom etganligi tufayli bu erda ham qo‘shimcha unumli kapital masalan, muzlatish uskunalari, qadoqlash, o‘lchash mashinalari, idish materiallari va boshqalar mavjud bo‘ladiki, bular ham asosiy va aylanma kapitalga bo‘linadi.

Sarflangan mablag‘larning ishlab chiqarish jarayonida bo‘lish vaqti, Ya’ni ishlab chiqarish vositalari sotib olingandan tauyor tovar bo‘lgan davrgacha o‘tgan vaqt ishlab chiqarish vaqtini, muomala jarayonida bo‘lish vaqti, Ya’ni ishlab chiqarish vositalari sotib olish va tauyor tovarlarni sotish uchun ketgan vaqt muomala vaqtini tashkil etadi. Ishlab chiqarish vaqti uch qismdan iborat bo‘ladi:


1) bevosita mehnat jarayoni yoki ish davri (Id);
2) turli tanaffuslar davri (Td);
3) ishlab chiqarish vositalarining ishlab chiqarish zahiralarida bo‘lish davri (Zd).
Demak,
.


Ish davri — ishlab chiqarish vaqtining asosiy tarkibiy qismidir. Bu vaqt davomida mahsulot mehnatning bevosita ta’siri ostida bo‘ladi. Ish davrining uzunligi ishlab chiqariladigan mahsulot xususiyatiga, qo‘llaniladigan mehnatning miqdori va uning unumdorligi darajasiga bog‘liqdir.
Tanaffuslarni ikki sabab: tabiiy jarayonlarning mehnat buyumlariga ta’sir ko‘rsatish zarurligi va tashkiliy tavsifdagi sabablar taqozo etadi. Birinchi holda, mehnat buyumlari u yoki bu darajada uzoq davom etadigan jismoniy, kimyoviy va biologik jarayonlarning ta’siri ostida bo‘ladi. Buning natijasida muauyan foydali samaraga erishiladi yoki iste’mol qiymatlarining shakli o‘zgaradi. Bunda mehnat jarayoni qisman yoki to‘liq to‘xtaydi, ishlab chiqarish jarayoni esa davom etadi. Tashkiliy sabablarga ko‘ra tanaffuslar vaqti korxonalarning ish rejimi bilan, Shuningdek ishlab chiqarishni tashkil kilish xususiyatlari bilan belgilanadi.
Ishlab chiqarish vositalarning zahira va ehtiyotlar sifatida bo‘lish vaqti - bu ularning ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan davrdir. Tez quritadigan, tez achitadigan, umuman texnologik jarayonlarni tezlashtiradigan yangi texnika va texnologiyalarning qo‘llanilishi tanaffus davrining va binobarin ishlab chiqarish vaqtining qisqarishiga olib keladi. Transport shaxobchalarini rivojlantirish, xo‘jalik aloqalarining samarali tizimini belgilash, ishlab chiqarish vositalari bozorini shakllantirish, ehtiyojlarni puxta hisobga olish, muomala vaqtini qisqartirish uchun muhim ahamiyatga ega. Kapitalning aylanish tezligi ulardan foydalanish samaradorligiga jiddiy ta’sir qiladi. Aylanish tezligi muauyan davr ichida (A) qilingan aylanishlar soni (n) yoki bir aylanishning uzun-qisqaligi (a) bilan belgilanadi: n=A/a; a=A/n.
Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi, davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida asosiy kapitalning mulk tarkibida davlat mulkining ulushi kamayib, boshqa mulkchilik shakllari va Shu jumladan, xususiy mulkning ulushi ortib boradi. Bu o‘z ifodasini mulkchilik shakllari bo‘yicha asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar tarkibida ham topadi. Respublikada mulkchilik shakllari bo‘yicha asosiy kapitalga qo‘yilgan investitsion mablag‘lar tarkibi quyidagi ma’lumotlar orqali ifodalanadi. Mehnat vositalari ishlab chiqarish jarayonida foydalanish natijasida jismoniy eskirganda, ular texnik, ishlab chiqarish xossasini va iste’mol qiymatini asta-sekin yukotib boradi. Ayni vaqtda asosiy kapital tabiiy kuchlarning ta’sirida jismoniy eskirishi ham mumkin. Bunday eskirish qiymati qoplanmaydi va u yo‘qotishni bildiradi. Bu yo‘qotish asosiy kapitalning harakatsiz turish natijasidagi eskirishiga teng bo‘ladi.
Mehnat vositalari jismoniy eskirish bilan birga ma’naviy jihatdan ham eskiradi. Ma’naviy eskirishning ikki xil turi mavjud bo‘lib, u bir-biridan farq qiladi.
Ma’naviy eskirishning birinchi turi mehnat vositalari tauyorlanadigan tarmoqlarda mehnat unumdorligi oshganligi natijasida ular qiymatining pasayishida ifodalanadi. Bu ishlab turgan uskunalarni yangilari bilan almashtirishni zarur qilib qo‘ymaydi, Chunki ishlab turgan va yangi uskunalarning texnika darajasi bir xil bo‘lib qolaveradi. Biroq, ancha past qiymatga ega bo‘lgan mehnat vositalarining keng qo‘llanishi Shunga olib keladiki, ilgari sotib olingan mehnat vositalari qiymatining bir qismi yo‘qoladi. Masalan, agar bir necha yil oldin bironta uskuna 100 ming so‘mga sotib olingan bo‘lsa, bu yil uni 70 ming so‘mga sotib olish mumkin bo‘ladi. Shunda oldingi uskunaga sarflangan qiymatning 30 foizi yo‘qoladi.
Korxona miqyosida kapitaldan olinadigan samara darajasi asosiy kapitalning bir so‘mi evaziga korxona ishlab chiqaradigan mahsulot miqdori (M) bilan, kapital sig‘imi esa korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotning (M) bir so‘m hisobiga qancha asosiy kapital qiymati to‘g‘ri kelishi bilan tavsiflanadi:
Korxonadagi mehnat vositalarining ayrim turlaridan foydalanish samaradorligi natural ko‘rsatkichlar yordami bilan aniqlanadi. Masalan, bir to‘quv dastgohida metr hisobida bir kunda to‘qilgan mato, bir avtomobilda bir kunda tonna hisobida tashilgan yuk va hokazo.
Asosiy kapital (fondlar) harakati aylanma kapital va muomala mablag‘lari harakati bilan uzviy bog‘liq. Shu sababli aylanma kapital va aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini aniqlash va uni oshirish omillarini ko‘rsatib berish muhim ahamiyatga ega.



Yüklə 241,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin