1-rasm Olimlarning tadbirkorlik togrisidagi qarashlari
Biznesni muvaffaqiyatli olib borishga ko‘maklashuvchi tadbirkorlikning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1. Mulk sohibi bo‘lish. Bu yerda tadbirkorlar cheklangan resurslar yoki mahsulotlarning egasi bo‘lishi kerak. Ular o‘z mulkiga tayanib yoki o‘zga mulkini ijaraga olib ishlaydi.
2. Foyda olishga intilish. Тadbirkorning boyishdan iborat iqtisodiy manfaati bo‘lib, unga foyda olish orqali erishiladi.
3. Iqtisodiy erkinlik. Тadbirkor bozorga qarab nimani, qancha, qanday texnologiya asosida ishlab chiqarishni, yaratilgan tovarni kimga, qachon va necha pulga sotishni, qaysi bank bilan aloqa qi-lishni, o‘ziga sherik topishni, xullas, har qanday iqtisodiy faoliyatni hech bir toifasiz, o‘z bilganicha amalga oshiradi.
4. Iqtisodiy mas’uliyat. Тadbirkor mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, ko‘rgan foyda-zarariga o‘zi javob beradi.
5. Iqtisodiy tavakkalchilik. Тadbirkor tavakkal qilib, «yo ustidan, yo ostidan» qabilida ish tutadi, iqtisodiy xavf-xatarni zimmasiga olib, chuv tushib qolishdan qo‘rqmaydi.
6. Qonun-qoidalarga rioya qilish. Тadbirkor sa’y-harakatlarining o‘z qoidalari bor, ularga itoat qilish ham qarz, ham farz hisoblanadi.
7. Raqobat kurashida qatnashish. Тadbirkor har doim boshqalar bilan «kim o‘zadi» qoidasiga ko‘ra bellashuvi shart.
8. Тadbirkorlik siri. Biznes ishida texnologiya, yangi tovar yaratish, bozor topish, narx belgilash, kontrakt tuzish va boshqalar sir saqlanadi.
9. Halollik bilan ish yuritish. Тadbirkorlik halol yo‘l bilan pul topishga asoslanishi zarur, qalloblik, g‘irromlik va aldamchilik uning tabiatiga zid. Masalan, Hazrati Muhammad (s.a.v.) odamlarga «halol yo‘l bilan nafaqa topinglar», deb marhamat qilganlar. Shu sababli «halol top» degan qoida tadbirkorlikka ham xos bo‘lgan.
Тadbirkor bilishi keraka bo’lgan nersalar eng avvalo, tadbirkorlik faoliyatini qanday amalga oshirishni, qanday sharoitda amaliy harakat qilishni, tadbirkor oldida uchraydigan to‘siqlarni hal qilish yo‘llarini va qanday yutuqlarga erishishni bilishi kerak. Тadbirkor — ishlab chiqarishni tashkil etishni hamda mahsulotni sotishni, bozor munosabatlari sharoitida yuzaga keladigan aniq sharoitlarni baholashni va to‘g‘ri yo‘l tanlashni bilishi kerak. Hech kim, hech qachon tadbirkorga nima qilishni o‘rgatmaydi va og‘ir paytlarda yordamga ham kelmaydi. Har bir tadbirkor faqat o‘z kuchi, bilimi va zakovatiga ishonishi hamda suyanishi lozim.
Тadbirkorlikdagi muhim omil — bu tadbirkorning shaxsiy xususiyatlari. Тadbirkor bo‘lish uchun tashqi holatdan tashqari faqat shaxsan o‘ziga bog‘liqlik tomonlari borki, sarmoya va huquqiy muhit to‘la mavjud bo‘lganda ham busiz u haqiqiy tadbirkor bo‘la olmaydi. Bu uning ishbilarmonlik, tijorat qobiliyatidir.
Ishbilarmonlik juda keng tushunchaga ega. Bu avvalo, nazariy va amaliy bilimlar yig‘indisi bo‘lib, bunda, birinchi navbatda, iqtisodiyot asosini, aynan bozor iqtisodiyotini bilish zarur. Ma’lumki, iqtisodiyotni tushunmay, bozorning farqiga bormay turib, tadbirkor bo‘lish mumkin emas. Тadbirkorlar bozor iqtisodiyotining ijodkorlaridir. Chunki ular oddiy ijrochi emas, balki bozor iqtisodiyoti, uning munosabatlari, mexanizmlariga ijobiy yondashuvchilar, rivojlantiruvchilardir, bozor to‘g‘risidagi tushunchani kengaytiruvchi, uning turliligini ta’minlovchi, haqiqiy holatini boyituvchi shaxslardir.
Bozorni o‘z vaqtida sezib borish, uning holatini oldindan ko‘ra bilish, bozorning ertangi talabi darajasida ish ko‘rish, har tomonlama bilimdon, sezgir, o‘tkir bo‘lishni talab etadi. Bu aholi turmush darajasi, daromadlar harakati, turli tabaqadagi aholi talabining o‘zgarib borishini oldindan bilish va barcha ishlab chiqarish, tijorat faoliyatini shu holatga moslashgan holda o‘zgarib borishi uchun intilish demakdir.
Buning uchun tadbirkor har tomonlama bilimdon bo‘lmog‘i zarur. Shundagina u mazmunan ishbilarmon bo‘lishi mumkin. U zamonaviy texnika, texnologiya, tashkilotchilik, bilimdonlik darajasida bo‘lmasa, orqada qoladi, raqobatga bardosh bera olmaydi va bozor ishtirokchisi sifatida yuqori darajaga erisha olmaydi. Тadbirkor ish yuritish sohasida barcha omil, chora-tadbir, voqelikka bir xil munosabatda bo‘lib, hammasini o‘z diqqat markazida tuta bilish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Bulardan tashqari, tadbirkor haqiqiy insoniy qobiliyatlar va xususiyatlarga ega bo‘lishi kerakki, u haqiqatan ham ish boshi, tashkilotchi, boshqaruvchi, ko‘pchilikni birlashtira olish qobiliyatiga ega shaxs bo‘lishi zarur. Amaliyotda o‘z shaxsiy manfaatini xalq manfaati bilan bog‘lovchi, xalq uchun zarur ishlarni o‘z hisobiga bajaruvchi, homiylik qiluvchi tadbirkorlar juda ko‘p. Har tomonlama ilg‘or, yuqori madaniyatli, xalqparvar va xalq oldida katta obro‘ga ega badavlat tadbirkor-sohibkorlar, ayniqsa, rivojlangan, iqtisodiyoti yuqori darajadagi mamlakatlarda oddiy holatdir.
Тadbirkor shakllanishiga bir qator omillar ta’sir etadi — ma’lumoti, xarakteri, oilaviy ta’sir, oldingi ish va hayotiy tajribasi, o‘z ishiga munosabati, rejalari va h.k. Bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida yuqori malakali tadbirkorlarga ega bo‘lish uchun ma’lum ishlarni amalga oshirish kerak.
Bu avvalo, mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish va o‘qish jarayonlarini shunga moslashtirish demakdir. Mamlakatimizda bu sohada juda katta ishlar olib borilib, mutaxassislar tayyorlashda muhim o‘zgarishlar yuz bermoqda. Тadbirkorbiznesmenlar tayyorlash kengaytirilib, yetakchi mamlakatlarda o‘qishga minglab yoshlar yuborilyapti. O‘qish, o‘qitish, mutaxassislar tayyorlash tizimi bozor talabi asosida qayta ko‘rilayotir. Тadbirkorga xos xususiyatlardan biri uning madaniyatidir.
Тadbirkorlik madaniyatining asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ko‘rsatishimiz mumkin:
1. Тadbirkorlik madaniyati — bu madaniyat omillarini hamma yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy tashkil qilish (moddiy va ma’naviy).
2. Bu madaniyatning ayrim elementlari rivojlanishi bo‘yicha g‘oya, maqsad, vazifalarning bir-biriga mos kelishi.
3. Тadbirkorning amaldagi qonunchilik doirasida faoliyat yuritishi.
4. Тadbirkorning ijtimoiy-iqtisodiy, texnikaviy, zamonaviy ilm-fan yutuqlariga tayanishi.
5. Тadbirkor o‘z faoliyatida xodimlari va hamkorlarini eng qadrli kishilari sifatida qabul qilishi kerak.
6. Тadbirkor har doim kelajakka ishonch va umid bilan qarab, qolganlarni ham o‘ziga ishontira olishi lozim.
Maqsadga erishish uchun tadbirkorga korporativ madaniyatning ahamiyati beqiyosdir.
Тadbirkorlik faoliyatida o‘z biznesini boshqarish — bu korporativ madaniyatni rivojlantirishdir. Тadbirkorning korporativ madaniyatni boshqarish pog‘onalari quyidagichadir:
1. Madaniyatning rivojlanish an’analari va holatini tahlil qilish.
2. O‘rganilayotgan davrda mavjud muammolarni aniqlash.
3. Paydo bo‘lgan muammolarning obyektiv va subyektiv omillarini aniqlash.
4. Mavjud muammoning yechimini topadigan imkoniyatlar va yo‘llarini ko‘rsatish.
5. Chuqur o‘rganilgan va tahlil etilgan mulohazalardan foydalanish.
Тadbirkorlik faoliyatini aksiyadorlik mulki shaklida ham, jamoa mulki shaklida ham, xususiy (yakka) mulk shaklida ham amalga oshirish mumkin. Biroq aksiyadorlik mulki shakli va jamoa mulki shakli doirasida uni tashabbus ko‘rsatish, qarorlar qabul qilish va o‘z faoliyati uchun javobgarlik masalalarida xodimlar va menejerlarga xususiy mulk egasi imkoniyatlari qanchalik darajada berilishiga bog‘liq ravishda amalga oshirish mumkin. Savdo, maishiy xizmat, mahalliy sanoat, ijtimoiy sohalar korxonalarini davlatnikidan xususiyga aylantirish jarayoni ancha qiyin o‘tdi. Bu yerda avval xususiylashtirish yiriklashtirilgan ishlab chiqarish bo‘limlari bo‘yicha bajarildi, ularning zaminida ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlari tuzildi.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy korxonalar tashkil qilishni rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlab o‘tganidek, «...qishloq joylarida ixcham ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish hisobiga aholining ish bilan bandligini ta’minlash siyosatini faol amalga oshirmoqchimiz»1.
Mamlakatimizda bu siyosatni amalga oshirish, asosan, tadbirkorlikni rivojlantirishni taqozo etadi. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari respublikamizda o‘rnatilgan tartibga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgan yuridik va jismoniy shaxslardir. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari yirik yoki kichik tadbirkorlik subyektlariga bo‘linadi.
O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarining asosiy qismini kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2003-yil 30-avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi «Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit resurslarini keng jalb qilish hamda xorijiy sarmoyalarni bevosita olib kirish uchun maqbul sharoit yaratish maqsadida, 2004-yil 1-yanvardan quyidagi kategoriyalar asosida kichik biznes subyektlari maqomi belgilandi:
1. Yakka tartibdagi tadbirkor.
2. Mikrofirma:
ishlab chiqarish sohasida — 20 kishidan ko‘p bo‘lmagan;
xizmat ko‘rsatish sohasida — 10 kishidan ko‘p bo‘lmagan;
savdo sohasida — 5 kishidan ko‘p bo‘lmagan yuridik shaxsdir.
3. Kichik korxona:
yengil va oziq-ovqat sanoati, metallni qayta ishlash, yog‘ochni qayta ishlash, mebel va qurilish materiallari sanoatida — 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan;
yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va qurilish sanoatida — 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan;
fan, ta’lim, maorif, aloqa, savdo va umumiy ovqatlanish sohalarida — 25 kishidan ko‘p bo‘lmagan yuridik shaxsdir.
Dostları ilə paylaş: |