Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


-rasm: Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati



Yüklə 241,17 Kb.
səhifə10/13
tarix29.07.2023
ölçüsü241,17 Kb.
#137865
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
kurs ishi (2)

2-rasm: Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati.


Mahsulot qiymati tarkibi.


2-rasm;



Sarflangan ishlab chiqarish vositalari qiymati (QIV)

Ish haqi (IH)



YAlpi foyda (Fya)






Mahsulot tannarxi (T)









Mahsulot qiymati (Q)







Foyda
Tannarx

N5


N4
Qiymat N3
N2
N1
Foyda miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi ikkinchi omil – korxona o‘z mahsulotlarini sotuvchi narx darajasi bo‘lib, bu o‘rinda mahsulot narxi, qiymati va tannarxi o‘rtasidagi nisbatning beshta asosiy holatini ajratib ko‘rsatish mumkin


Tovar qiymati va narxining nisbati

Chizmadan ko‘rinadiki, birinchi holatda narx mahsulotlar tannarxidan past darajada o‘rnatilib (N1 daraja), buning natijasida ular zarariga sotilishi mumkin. Ikkinchi holatda narxning N2 darajada o‘rnatilishi mahsulotni sotishdan olingan pul tuShumining korxona xarajatlariga teng kelishi, Ya’ni ishlab chiqarishning faqat o‘zini-o‘zi qoplashi ta’minlanishi mumkin. Uchinchi holatdagi N3 narx darajasi tannarxdan Yuqori, biroq qiymatdan past bo‘lib, bunda korxona foydasi tovarda mujassamlashgan foyda miqdoridan kam bo‘ladi. To‘rtinchi holatdagi N4 narx darajasi qiymat miqdoriga teng bo‘lib, korxona tovarda mujassamlashgan barcha foydani oladi. Va nihoyat, beshinchi holatdagi N5 narx darajasini o‘rnatish korxonaga tovar qiymatidan ko‘proq pul daromadi olish imkonini beradi.


Korxona yalpi foydasining taqsimlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi (3-chizma).
Chizmadan ko‘rinadiki, eng avvalo yalpi foydadan boshqa iqtisodiy sub’ektlarga turli to‘lovlar amalga oshiriladi. Bu to‘lovlarga boshqalarning er va binolaridan foydalanganlik uchun ijara haqi, qarzga olingan pul mablag‘lari uchun to‘lanadigan foizni kiritish mumkin. Bundan tashqari, korxonalar davlat va mahalliy hokimiyat organlari byudjetiga soliqlar to‘laydilar, turli hayriya va boshqa fondlarga mablag‘lar kiritadilar. Mablag‘larning qolgan qismi korxona sof foydasini tashkil etadi. U korxonaning ishlab chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlariga, Shuningdek jamg‘arish (ishlab chiqarishni kengaytirish)ga, atrof-muhit muhofazasi, xodimlarni tauyorlash va qayta tauyorlash va boshqa maqsadlarga sarflanadi.


Korxona foydasining mutloq miqdori uning massasini tashkil qiladi. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi.
Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki variantidan foydalaniladi. Bular foydaning joriy sarflarga - korxona xarajatlariga yoki avanslangan mablag‘larga (asosiy va aylanma kapital) nisbatidir.
Bular quyidagicha aniqlanadi:
1. ,
bu erda: R' – foyda normasi; P – foyda massasi; W – ishlab chiqarish xarajatlari;

2.


bu erda: R' – foyda normasi; P – foyda massasi; Kavans (asosiy kapital+aylanma kapital) – korxona avanslangan mablag‘lari yoki asosiy va aylanma kapitalning o‘rtacha yillik qiymati.
Foyda normasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga to‘g‘ri mutanosib hamda ishlab chiqarish xarajatlari yoki avanslangan mablag‘lar qiymatiga teskari mutanosibdir. Shu tufayli foyda normasi korxona ish samaradorligining integral ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Foydaning o‘sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o‘zgarmagan holda ikki yo‘l bilan: yoki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga, yoki narxni oshirish hisobiga erishish mumkin. Narxning o‘sishi ba’zi iqtisodchilarning foyda normasi ko‘rsatkichini bartaraf etib bo‘lmaydigan qusurga ega bo‘lgan va Shu sababli samaradorlikni o‘lchash uchun mutlaqo yaroqsiz ko‘rsatkich sifatida tanqid qilishlariga sabab bo‘ldi.

Bozor iqtisodiyotining turli mulk shakllariga asoslanishini tadbirkorlikda yaqqol ko‘rish mumkin. Insonga naf keltiruvchi har qanday ne’matlar, albatta, kimningdir mulki. Faqat hech kimga kerak bo‘lmagan narsaning egasi yo‘q. Bozor iqtisodiyoti kerakli narsani yaratib, uni bozor orqali iste’mol etishga asoslanar ekan, u albatta, mulkchilikni talab qiladi. Mulk moddiy va maishiy boyliklarni qonuniy ravishda va belgilangan tartibda kishilar tomonidan o‘zlashtirish shaklidir. O‘zlashtirish tartibini mulkiy huquq belgilaydi, u kimning mulkdor bo‘lishi, mulkdan foydalanish qoidalari, mulkni davlat tomonidan kafolatlash kabilarni belgilab qo‘yadi. Mamlakatimizdagi mulk O‘zbekiston Konstitutsiyasi va «Mulkchilik to‘g‘risida»gi Qonunga binoan boshqariladi. Тadbirkorlar mulkiy munosabatning subyekti, ya’ni ishtirokchisi bo‘lishadi.


Ular mulk qilib o‘zlashtiradigan narsalar yer, bino, inshoot, asbob-uskunalar, mashina-mexanizmlar, yaratilgan tovarlar, ilmiy g‘oyalar, loyihalar, tovar belgilari va boshqalardan iborat. Bular mulkiy munosabatlarning obyektidir. Mulkning uch bosqichi bor:
a) egalik qilish;
b) foydalanish (ishlatish);
d) tasarruf etish.
Ularning yaxlitligi mulkchilikni yaratadi. Тadbirkorlarning mulkiy maqomi ikki yoqlama bo‘lib, birinchidan, ular o‘z mulkiga tayanib ish yuritishadi, ya’ni moddiy resurslar va yaratilgan tovarlar ularning o‘ziniki. Ikkinchidan, ular o‘zgalar mulkini ijaraga olib ham faoliyat yuritishadi, bunda mulkka vaqtinchalik egalik qilishadi va mulkdan foydalanishadi, ammo uni tasarruf etib xo‘jayinlik qila olishmaydi. Baribir, har ikki holatda ham yaratilgan tovarlarning egasi tadbirkor bo‘lib qolaveradi.

Тadbirkor o‘z mulkidan naf ko‘rishi shart, shundagina uning iqtisodiy manfaati yuzaga chiqadi. Тadbirkor o‘z mulkini ishlatib foyda topadi, o‘z mulkini qimmatga sotib, daromad ko‘radi, o‘z mulkiga tayanib mehnat qiladi va shu yo‘l bilan pul topadi va, nihoyat, u o‘z mulkini merosga qoldiradi yoki xayr-ehson yo‘lida hadya qiladi. Mulkni qanday ishlatishni tadbirkor o‘zi hal qiladi, ya’ni buning eng maqbul yo‘lini o‘zi tanlab oladi. Тadbirkor o‘z mulkidan naf ko‘rgani uchun mulkiy mas’uliyatni, ya’ni mulkni oqilona ishlatish javobgarligini zimmasiga oladi. Тadbirkorlik turli mulk shakllari doirasida yuz beradi va qonunga qarab, uning turlari yuzaga keladi. Bozor iqtisodiyotida xususiy mulk yetakchi mavqeda turadi.


Xususiy mulk ayrim kishilarga tegishli va ularga naf keltiruvchi mulkdir. Xususiy mulkka qarab, xususiy tadbirkorlik mavjud bo‘ladi. Xususiy mulkning o‘zi ikki ko‘rinishga ega:
1. Yakka xususiy mulk — bu yakka shaxsning mulki, shu mulkka asoslangan korxona yakka shaxsga tegishli korxona hisoblanadi. Ayrim mulkdorga qarashli, lekin ishchilarni yollab ishlatadigan yoki mulkdorning shaxsan o‘zi va oila a’zolari ishlaydigan korxonalar ham bo‘ladi.
2. Guruhiy — korporativ xususiy mulk — bu ma’lum maqsadni ko‘zlab, o‘zaro birlashgan mulk sohiblarining xususiy mulki. Bu mulkni har bir sohib alohida emas, balki birgalikda o‘zlashtiradi. Uning namunasi korporatsiyalar bo‘lib, ular amalda hissadorlar jamiyati shaklida faoliyat ko‘rsatadi. Bunday tadbirkorlik ishi korporatsiya doirasida amalga oshadi.
Тadbirkorlik jamoa mulkiga ham asoslanadi. Bu mulk jamoaga birlashgan kishilarning umumiy mulki hisoblanadi. Jamoaga kiruvchilar uning mulkiga o‘z hissasini qo‘shishi shart. Bu yerda ham hissadorlik qoidasi bor, ammo aksiyadorlikdan farqi shuki, mulk sohibi jamoa tarkibida ishlashi shart. Bunga misol qilib, kooperativlarni, mahalla va jamoa xo‘jaliklarini olish mumkin. Davlat mulki davlatning vazifalarini bajarishga xizmat qiluvchi mulk, davlat korxonalarining va tashkilotlarining mol-mulkidan iborat. Davlat unitar korxonalari ham tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, foyda ko‘radilar.

2-Jadval



Yüklə 241,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin