II BOB. O’zbekistonda Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish ko’rsatkichlari va istiqbollari
2.1. Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini ifodalovchi
ko’rsatkichlar.
Iqtisodiy jarayonlarni, mamlakatlarning rivojlanish darajasi va o’zaro
murakkab xo’jalik aloqalarini tahlil etishda xalqaro tajribada qabul qilingan milliy
hisoblar tizimidan faydalaniladi. Bu makro darajada iqtisodiyot rivojiga oid
bo’lgan va o’zaro bog’langan ko’rsatkichlar tizimidir. Milliy hisoblar tizi mining
asosiy ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat:
Yalpi ichki mahsulot(YaIM) - bu ko’rsatkich ma’lum davlat hududida
faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarning ma’lum davrda yaratgan pirovard
maxsulotlari va xizmatlarining umumiy hajmini aks ettiradi. Ushbu yakuniy
maxsulotni hisoblashda hom ashyo, yarim mahsulotlar, boshqa moddalar, yoqilg’i,
elektr quvvati hamda ularni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan boshqa hizmat
turlari (qayta hisob bo’lmasligini oldini olish uchun) chegirib tashlanadi.
Ayni paytda ba’zi mamlakatlarda yalpi milliy maxsulot (YaMM)
ko’rsatkichidan faydalaniladiki, u YaIMdan farqli o’laroq qaysi mamlakatda
yaratilganligidan qat’iy nazar shu millat (mamlakat)ning korporatsiyalari, hususiy
shaxslari nazoratida bo’lgan ishlab chiqarish hajmini aks ettiradi. YaMMni
aniqlash uchun shu mamlakatda faoliyat ko’rsatayotgan chet elliklarning
daromadlari (chet el korporatsiyalarining foydalari hamda chet ellik ishchi
xizmatchilarining ish haqlari) YaIMdan chegirib tashlanadi, shu mamlakat
korporatsiyalari, fuqarolari horijda ishlab topgan daromadlari qo’shiladi. YaIm
bilan YaMM ko’rsatkichlari o’rtasidagi tafovut odatda miqdor jihatidan unchalik
ko’p bo’lmaydi, nari borsa qariyb 1%ni tashkil etadi. shuni e’tiborga olish lozimki,
YaIM ko’rsatkichi milliy hisoblar tizimi asosoida ishlab chiqiladi. Bu tizim mehnat faoliyatining barcha turlarida mehnat unumli mohiyatga ega, degan qoidaga asoslangan(qiymat yaratilishi nuqtai nazaridan).
Milliy daromad (MD) ko’rsatkichi quyidagicha belgilanadi: YaIM minus
amortizatsiya (shunda sof YaIM xosil bo’ladi), minus bilvosita soliqlar va
qo’shilgan subsidiyalar. Soliqlar mahsulot va xizmatlarning bozor narxlariga
tirqaladi. Subsidiyalar narxlarga teskari ta’sir qiladi -bu narxlar ana shu
subsidiyalar miqdorida pasayadi. MD ko’rsatkichi ishlab chiqarilgan milliy
mahsulot ko’rsatkichiga deyarli to’g’ri keladi. Milliy mahsulotning o’sish sur’ati
uzoq muddat nuqtai nazaridan YaIMga deyarli to’la ravishda muvofiq keladi,
shung uchun ham asosan YaIM ko’rsatkichidan foydalaniladi.
Turli mamlakatlardagi ishlab chiqarish omillari, taraqqiyot darajasining xilmaxilligi iqtisodiy rivojlanish darajasini biron-bir yagona ko’rsatkich orqali
baholashga imkon bermaydi. Buning uchun bir qator asosiy ko’rsatkichlar dan
foydalaniladi:
1. Yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot yoki milliy daromadning axoli jon boshiga hisobi.
2. Milliyu iqtisodiyot tarmoqlari tarkibi.
3. Axoli jon boshiga hisoblaganda asosiy mahsulot turlarini ishalb chiqarish
(ushbu tarmoqlarning rivojlanish darajasi).
4. Aholining turmush darajasi va uning sifati.
5. Iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari.
Iqtisodiy taraqqiyot darajasini tahlil etishda YaIM, YaMMning axoli jon
boshiga to’g’ri keladigan ko’rsatkichlari bosh mezon hisoblanadi. Ayrim
rivojlanayotgan mamlakatlarda axoli jon boshiga to’g’ri keladigan YaIM
rivojlangan mamlakatlar singari yuqori darajani tashkil etadi, biroq boshqa
ko’rsatkichlar (iqtisodning tarmoqlar tuzilmasi, axoli jon boshiga hisoblaganda
asosiy mahsulot turlarini ishlab chiqarish va hokazolar) yeg’indisiga ko’ra bu
mamlakatlarni rivojlangan mamlakatlar toifasiga qo’shib bo’lmaydi.
Iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari guruhi iqtisodiy taraqqiyot darajasini
juda aniq belgilab beradi, nega deganda u bevosita yoki bilvosita -mamlakatda
asosiy va aylanma kapitaldan, mehnat resurslaridan foydalanish sifati, holati,
darajasidan dalolat beradi. Samaradorliklning asosiy ko’rsatkichlari
quyidagilardan iborat:
1) Mehnat unumdorligi (sanoat, qishloq xo’jaligi, ishlab chiqarish tarmoqlari va
turlari bo’yicha);
2) YaIM birligiga yoki aniq bir mahsulot turiga qancha capital sarflanishi;
3) Asosiy fondlar qaytimi koeffitsienti;
4) YaIM birligiga yoki aniq bir mahsulot turlariga qancha xomashyo sarflanadi.
Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, uning
tashqi iqtisodiy aloqalari shunchalik faol va xilma-xil bo’ladi. Demak,
mamlakatning xalqaro iqtisodiy aloqalardagi ishtroki ham qisman uning iqtisodiy
taraqqiyoti darajasidan dalolat beradi.
Barcha tashqi iqtisodiy aloqalarning millliy iqtisodiyotga ta’siri ma’lum bir
sifat va qiymat ko’rsatkichlari orqali baholanishi va fodalanishi mumkin.
Avvalambor mamlakatning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashishi qay
darajada ekanligini bilish lozim. Bu ekportning yalpi ichki maxsulotdagi ulushi
orqali aniqlanadi (YaIM). Bu ko’rsatkich mamlakat eksport kvotasi deb ataladi.
Ko’rsatkich qanchalik yuqori bo’lsa, davlatning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda
qatnashish darajasi ham shunchalik yuqori bo’ladi. Masalan, AQSHning eksport
kvotasi 10-15% ga teng, Germaniya, Fransiya, Italiya va Angliyaning eksport
kvotasi esa 25-30%, Yaponiyada 18% atrofida, Belgiya, Vengriya, Singapur
davlatlarida esa 110-113%. Ammo bu ko’rsatkich xalqaro iqtisodiy
munosabatlarning sifat tuzulishini, stukturasini harakterlay olmaydi. Shuning
uchun uni aks ettirish maqsadida yana bir ko’rsatkichdan foydalaniladi. Bu real
eksport kvotasi bo’lib, u mamlakatning sanoat ishlab chiqarilishidagi eksportning
ulushi orqali o’lchanadi. Rivojlangan mamlakatlarda u tahminan 40-50 foizga
teng. Bu barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlarning yarmi tashqi bozorga olib
chiqilishini anglatadi. Mamlakatning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda
qatnashishi shuningdek uning eksportining elastiklik darajasi orqali ham
aniqlanadi (YaIM va eksport o’sish sur’atlarining muvozanati). Agar elastiklik
birdan oshsa, mamlakat tobora xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashishi
chuqurlashayotganini anglatadi. Tashqi iqtisodiy aloqalar ta’siri bu sohadagi
barcha ishtrokchilar, asosan eksport, import, kredit operatsiyalari faoliyati
shuningdek texnik va boshqa xizmatlar ko’rsatish natijalari oqibatida yuzaga
keladi. Shu bilan birga avvalo jamiyat, milliy xo’jalik, davlat, manfaatlari
ko’zlangan holda samaradorlikni to’g’ri aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini baholashda bir qator
ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Ular qatorida quyidagilarni ajratib ko’rsatish
mumkin:
• Eksportning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi
• Importning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi
• Tashqi savdo almashinuvi samaradorligi ko’rsatkichi
• Savdoning narx shartlari, eksport va import narx indekslari
• To’lov balansi , uning tarkibiy qismlari:
Manba: O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asosalari I.A.Hamedov, A.M.Alimov.
Eksportning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi, tashqi bozordagi tovarlar
savdosidan tushgan valyutadagi sof daromad va davlatning uni ishlab chiqarishga
va transport harajatlariga sarflagan harajatlari nisbatini, shuningdek, agar tovarlar
kreditga sotilgan bo’lsa kredit koeffitsienti ta’siri hisobga olingan holda ularning
nisbatini ifodalaydi. Odatda maxsulotlar kreditga sotilganda eksport samaradorligi
pasayadi, ammo u siz tashqi bozorda tovarlarni realizatsiya qilish, pullash ko’p
hollarda ancha mushkul, ba’zi hollarda esa umuman iloji yo’q.
Importning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi, olib kirilgan tovarlar narxining
ichki ishlab chiqarish sharoitlari va ularni sotib olish va chegaragacha yetkazib
berishga sarflangan barcha valyuta harajatlar nisbatidir. Ko’pincha eksportdan
ko’rilgan zarar importdan ko’rilgan foyda hisobiga qoplanilishi tufayli yuqorida
aytib o’tilgan ko’rsatkichlarni to’g’riroq qilib aytish uchun uchun quyidagi
koeffitsientlar kiritilgan: import uchun eksport samaradorligi ekvivalenti va
tegishli ravishda eksport uchun import samaradorligi ekvivalenti.
Tashqi savdo almashinuvi samaradorligi ko’rsatkichi, quyidagi bo’linishdan
olingan ko’rastkichni ifodaloydi, suratda import qilingan tovarlarning qiymat
bahosi (ularga ketgan barcha harajatlar) maxrajida esa eksport qilingan tovarlarni
ishlab chiqarish va transport harajatlatriga ketgan barcha milliy xo’jalik
harajatlari.
Tashqi savdo aylanmasi. Hukumatning tashqi iqtisodiy faoliyat borasida so‘nggi yillarda amalga oshirayotgan eksportni rag‘batlantirish, importni optimallashtirish va umuman olganda tashqi savdo muvozanatini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar 2019 yil yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasini (matnda TSA) 42,2 mlrd. AQSh dollariga yetishini va 2018 yilga nisbatan 8,7 mlrd. AQSh dollariga yoki 26,2 % ga oshishini ta’minladi. Ushbu natija mamlakat tarixida eng yuqori ko‘rsatkich sifatida qayd etildi. TSAda eksport hajmi 17,9 mlrd. AQSh dollariga (o‘sish sur’ati – 128,0 %) va import hajmi 24,3 mlrd. AQSh dollariga (o‘sish sur’ati – 124,9 %) yetdi. Hisobot davrida 6,4 mlrd. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.
O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi va balansi dinamikasi
O‘zbekiston Respublikasining TSA dinamikasi tahlili 2019 yilda o‘tgan yilga nisbatan eksport va import hajmlarini o‘sishini ko‘rsatdi. 2017 yilga nisbatan TSA 1,6 barobarga oshdi va import (1,9 barobar) esa eksportga (1,3 barobar) nisbatan tezroq o‘sdi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi dinamikasi (yanvar-dekabr, mlrd. AQSh doll.) 2.1. 3-rasm
TSAning uchdan bir qismini MDH davlatlari tashkil etib, so‘nggi yillarga nisbatan kamayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu esa o‘z navbatida iqtisodiy munosabatlarning geografiyasi kengayotganidan dalolat bermoqda. Respublikamizda tashqi savdoni qo‘llab-quvvatlash hamda MDH davlatlari bilan ushbu sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2019 yil yanvar-dekabr oylarida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 34,6 %ni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan o‘sish sur’ati 120,0 %ni tashkil etdi. O‘sish sur’atiga ega bo‘lishiga qaramay, MDH davlatlarining ulushi 2018 yilga nisbatan 1,7 foiz punktga kamaygan.
2019 yilda boshqa xorijiy davlatlarning TSAsi MDH davlatlariga nisbatan tezroq o‘sdi (o‘sish sur’ati 129,7 %) va jami TSAdagi ulushi 65,4 %ni tashkil etdi. Xususan, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston kabi qo‘shni davlatlar bilan TSAda so‘nggi yillarda katta o‘zgarishlar kuzatildi. Misol uchun, so‘nggi uch yilda TSA Qirg‘iziston va Turkmaniston bilan 3 barobarga hamda Tojikiston va Qozog‘iston bilan 2 barobarga oshgan. Afg‘oniston bilan tashqi savdo aylanmasi yiliga 600 mln. AQSh dollari darajasida saqlanib qolmoqda. Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘oniston bilan faol tashqi savdo balansi kuzatilganini mamlakatning tashqi savdodagi faoliyatini ijobiy natija sifatida baholash mumkin. Boshqa davlatlar (qo‘shni davlatlardan tashqari) bilan esa TSAda eng yuqori ulush Xitoy, Rossiya, Koreya, Turkiya va Germaniya davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Asosiy hamkor-davlatlar qatorida Eron va Fransiya bilan faol tashqi savdo balansi ta’minlangan.
O‘zbekiston Respublikasining yirik hamkor-davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi dinamikasi (yanvar-dekabr, mln. AQSh. dollari)
Davlatlar
|
2017-yil
|
2018-yil
|
2019-yil
|
Xitoy Xalq Respublikasi
|
4 754,2
|
6 433,5
|
7 620,9
|
Eksport
|
2 025,5
|
2 875,4
|
2 519,0
|
Import
|
2 728,7
|
3 558,1
|
5 101,9
|
Saldo
|
-703,2
|
-682,7
|
-2 582,9
|
Rossiya Federatsiyasi
|
4 728,7
|
5 655,9
|
6 626,9
|
Eksport
|
2 019,2
|
2 117,3
|
2 492,5
|
Import
|
2 709,5
|
3 538,6
|
4 134,4
|
Saldo
|
-690,3
|
-1 421,3
|
-1 641,9
|
Qozog‘iston
|
2 055,8
|
2 919,6
|
3 367,7
|
Eksport
|
1 057,6
|
1 352,2
|
1 429,7
|
Import
|
998,2
|
1 567,4
|
1 938,0
|
Saldo
|
59,4
|
-215,2
|
-508,3
|
Koreya Respublikasi
|
1 387,6
|
2 159,2
|
2 755,4
|
Eksport
|
143,3
|
108,7
|
93,6
|
Import
|
1 244,3
|
2 050,5
|
2 661,8
|
Saldo
|
-1 100,9
|
-1 941,8
|
-2 568,2
|
Turkiya
|
1 552,5
|
2 057,6
|
2 525,2
|
Eksport
|
877,8
|
944,8
|
1 203,6
|
Import
|
674,7
|
1 112,8
|
1 321,6
|
Saldo
|
203,1
|
-168,0
|
-118,0
|
Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarni bir-biriga bog’lagan holda har
tomonlama tahlil qilishga imkon beruvchi, integratsiyalashib kelayotgan
ko’rsatkich bu to’lov balansidir. U statistik hisobot bo’lib, ma’lum bir davr
mobaynida mamlakat rezedentlari va tashqi dunyo bilan barcha savdo va
moliyaviy oqimlarni qamrab oladi. To’lov balansi tashqi iqtisodiy aloqalar
jarayoni natijasida mamlakatning haqiqiy to’lovlari va tushumlari qiymatlarining
nisbatini ifodalaydi. Shunday ekan, to’lov balansi o’zining tarkibida tashqi
iqtisodiy aloqalarning barcha shakllarini aks ettirmog’i lozim. Haqiqatda,
mamlakatlarning bir biri bilan o’zaro iqtisodiy aloqalarining murakkab tuzilishiga
muvofiq to’lov balansi o’z ichiga tarkibiy qisimlar sifatida savdo balansi, xizmatlar
va notijorat harajatlar balansi, kapital harakati va kredit balansi, oltin-valyuta
zaxiralari harakatini kamrab oladi. Ko’pincha savdo balansi va xizmatlar va
notijorat harajatlar balansini joriy operatsiyalar balansiga birlashtiriladi.
Mamlakatning savdo balansi tovarlar importi orqali moliyaviy chiqimlarni va
tovarlarni chet elga eksport qilish orqali moliyaviy kirimlarni o’zaro nisbatini
ta’riflaydi. To’lov balansining ushbu tarkibiy qismi davlatning tashqi iqtisodiy
holatini ta’riflashda ayniqsa muximdir. Agar ma’lum bir davr mobaynida
mamlakat eksporti importdan yuqori bo’lsa savdo balansi aktiv (ijobiy savdo
saldosiga ega) bo’ladi. Tegishli ravishda, agar import eksportdan yuqori bo’lsa u
salbiy (salbiy saldoga ega) bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |