Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


Tashqi iqtisodiy faoliyat yuritishning shakllari va yo’nalishlari



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə5/10
tarix12.08.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#139237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Iqtisodiy faoliyatning va uning turlari MIRJON

1.3. Tashqi iqtisodiy faoliyat yuritishning shakllari va yo’nalishlari
Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi iqtisodiy aloqalarni ro’yobga chiqarish
jarayonidir. Tashqi iqtisodiy aloqalar - iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va
faoliyatning boshqa sohalarida davlat va uning subyektlari xalqaro hamkorligining
xilma-xil shakllari tizimidir.10 Xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va
turli milliy davlatlar iqtisodiyotidagi o’zaro bog’liqlik va xo’jalik aloqlarining
kengayishi natijasida xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari, soha va
yo’nalishlari yanada ortib bordi. Oddiy tovarlar ayirboshlash o’rnini teng huquqli
va manfaatli savdo egallay boshladi. Milliy davlatlarning tashqi savdonitartibga
solish dastaklari, usullari murakkablashib bordi. Natijada, faqat tashqi savdo
xususida emas, unga bog’liq keng ko’lamdagi aloqalar: davlatlararo savdoiqtisodiy bitimlar, o’zaro hamkorlik majburiyatlari, banklararo to’lovlar tizimi,
transport va sug’urta ta’minoti, tovarlarning sufatlari, standartlashtirish talablari
xususidagi masalalar ham katta o’rin egallay boshladi. Shu sababdan xalqaro
iqtisodiy munosabatlarni yaxlit bir tizim sifatida tasvvur etgan holda, o’zaro
bog’liq masalalrni kompleks hal etish zaruratini anglamoq lozim.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning yo’nalishlari, ularni amalga oshirish
mexanizmi va shakllarini to’liq tasavvur qilish uchun o’tgan asrning 50-yillaridan
boshlab xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimini xalqaro miqyosda tartibga
solishdagi o’zgarishlarni ko’rsatib o’tish o’rinlidir : - xalqaro savdoni taribga solishda Tariflar va Savdo bo’yicha Bosh Bitimning
qabul qilinishi hamda 1995-yilda Jahon savdo tashkilotining shakllanishi
davlatlar o’rtasidagi tovar va xizmatlar savdosi, investitsiyalar va maxsus xarid
xususiyatiga ega tovarlarni tartibga solish qoidalarini belgilab berdi;
BMTning tarmoq va sohalar bo’yicha ixtisoslashgan bo’limlari (komissiylar,
konferensiyalar, qo’mitalar, dasturlar) doirasida tashqi savdoning tartibga
solinishi lozim bo’lgan sohalar bo’yicha Konvensiyalar, shartnomalar qabul
qilindi. Masalan, xalqaro savdoda yuk tashish qoidalari, intellektual mulk
himoyasi, investitsiyalarni sug’urtalashga oid xalqaro konvensiyalar shular
jumlasidandir; - tashqi va xalqaro savdoni amalga oshirishda xalqaro bank-moliya tizimi –Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi kabilar shakllandi hamda o’zaro hisob-kitob, kredit, investitsiyalar va grantlarni o’zlashtirish bo’yicha tegishli tartiblar belgilandi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning tarkiban tashqi savdoga aloqador bo’lgan boshqa sohalar bilan bog’liqligi ortdi.
Xalqaro iqtisodiy faoliyatning sohalari kengaydi va savdo-sotiq,
investitsiyalar, ish kuchi migratsiyasi, texnologiyalarni ko’chirish, axborot
almashish, fan-texnika yutuqlarini ayirboshlash va boshqa ko’plab sohalar bilan
o’zaro bog’liqlikda, o’zaro ta’sirda bo’lishini namoyon eta boshladi. Xalqaro
iqtisodiy aoqalarning mazkur sohalari davlatlar o’rtasida ikki va ko’p tomonlama
maxsus bitimlar tuzish hamda kelishuvlarni amalga oshirish zarurligini taqazo eta
boshladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi asosiy yo’nalishlar sifatida
quyidagilarni ajratish mumkin: - maxsulotlar (tovar va xizmatlar) ayrboshlash, ya’ni xalqaro savdo; - ilmiy-texnikaviy maxsulotlarni ayrboshlash; - ishlab chiqarishni joylashtirish; - investitsiyalar, valyuta va kreditlar borasidagi yo’nalishlar; - axborot va aloqa sohalaridagi yo’nalishlar; - mehnat resurslari harakati yo’nalishlari.
Qayd etilgan yo’nalishlar alohida tarzda emas, balki o’zaro bog’langan va birbirini ta’minlovchi sohalar sifatida ham qaralmog’i lozim. Masalan, ikki
mamlakat o’rtasidagi tovar ayirboshlashda ularning bank tizimlari, balyuta
almashinuvi tartibi bilan bir qatorda tovarlarni yetkazib berishda ishtirok etuvchi
transport - ekspeditorlik, sug’urta, sifatni tekshirish va nazorat etish kabi sohalarga
aloqador masalalarda ham munosabatlar albatta o’rnatilgan bo’lishi shart.
Jahon xo’jalik faoliyati va xususan, tashqi iqtisodiy faoliyatga quyidagi sohalar kiradi:
-xalqaro savdo;
-ishlab chiqarish va fan-texnika sohasidagi xalqaro ixtisoslashuv;
-fan-texnika taraqqiyoti natijalarini ayrboshlash; mamlakatlar o’rtasidagi
valyuta
moliyaviy hamda kredit aloqalari; kapital va ishchi kuchining harakati;
-xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning hamkorlikdagi faoliyati, global
muammolarni hal etishdagi iqtisodiy hamkorlik.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning turli shakllari mavjud bo’lib, unga quyidagilar
kiradi: tashqi savdo(tovar va xizmatlar bo’yicha), qo’shma tadbirkorlik (qo’shma
korxonalar, franchayzing, laysenzing, agentlik va h.k.), hamkorlikning boshqa
shakllari (biznes alyanslar, konsortsiumlar va h.k.).
Tаshqi iqtisodiy fаoliyatning аsosiy printsiplаri quyidаgilаrdаn iborаt: • tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining erkinligi vа iqtisodiy mustаqilligi; • tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining tengligi; • sаvdo-iqtisodiy munosаbаtlаrni аmаlgа oshirishdа kаmsitishlаrgа yo‘l qo‘yilmаsligi; • tаshqi iqtisodiy fаoliyatni аmаlgа oshirishdаn o^ro mаnfааtdorlik; • tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining huquqkri vа qonuniy mаnfааtlаri dаvlаt tomonidаn himoya qilinishi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning eng muhim shakillaridan biri - tashqi savdo bo’lib u milliy mehnat natijasida yaratilgan mahsulot va xizmatlar bilan xalqaro
almashinuv demakdir. Tаshqi sаvdo fаoliyati xаlqаro tovаrlаr, ishkr (xizmаtlаr)
sаvdosi sohаsidаgi tаdbirkorlik fаoliyatidir. Tаshqi sаvdo fаoliyati tovаrlаrni,
ishlаrni (xizmаtlаrni) eksport vа import qilish yo‘li bilаn аmаlgа oshdi. Uni
tog’ri rejalashtirish, tashkil etish, boshqarish va amalga oshirish, aniqligiga erishish uchun tasniflash lozim. Tasniflash deganda xalqaro tijorat kelishuvini
oldi-sotti va tovar almashish kelishuvlariga ajratishni tushunish mumkin. Tashqi
savdo operatsiyalarini amalga oshirish harakteri va predmetiga ko’ra u
quyidagilarga ajratiladi:
1. Tayyor maxsulotlar savdosi
2. Yig’ilmagan ko’rinishdagi maxsulotlar savdosi
3. Barter operatsiyalari
4. Eskirgan uskunalar savdosi
5. Xom-ashyo savdosi
6. Litsenziyalar savdosi
7. Injiniring hizmatlarini ko’rsatish va boshqalar.
8. Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi savdoga asoslanadi, chunki bunday faoliyat
tufayli mamlakatlar o’z ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini
oshirish imkoniyatiga egadirlar. Shuni takidlash joizki, xalqaro savdo tashqi
iqtisodiy faoliyat barcha qolgan shakllari va turlarining boshlang’ich,
muvofiqlashtiruvchi va ko’paytiruvchi negizi hisoblanadi. Tashqi iqtisodiy
faoliyatning horijiy sarmoyani jalb etishdek shaklining samaradorligi ham uning
darajasiga bog’liqdir. Savdodagi qonun hujjatlari tomonidan belgilangan va
boshqa cheklashlar investitsiya jarayonlarida aks etadi.
9. Tashqi iqtisodiy aloqalar tarixiy va iqtisodiy toifa hisoblanadi. Tarixiy toifa
sifatida tashqi iqtisodiy aloqalar sivilizatsiya maxsuloti hisoblanadi. Ular ular
davlatlar paydo bo’lishi bilan yuzaga keladi va ular bilan birga rivojlanadi. Ushbu
aloqalarning rivojlanishiga ayniqsa feodalizmning tanazzuli kuchli turtki berdi.
Natural xo’jalikdan tovar-pul munosabatlariga o’tilishi alohida davlatlarning
milliy bozorlarini rivojlantirishga va ushbu milliy bozorlarning tovar
ayrboshlashida keskin sakrashni tug’dirdi, bu esa davlat munosabatlarining
iqtisodiy sohasida baynalmilal aloqalar va xalqaro ayrboshlash kengayishi va
chuqurlashishiga olib keldi. Iqtisodiy toifa sifatida tashqi iqtisodiy aloqalar barcha
turdagi resurslarning davlatlar va turli davlatlarning iqtisodiy sub’yektlari
o’rtasidagi harakati paytida yuzaga keladigan ishlab chiqarish –iqtisodiy
munosabatlar tizimini tashkil etadi. ushbu ikki taraflama munosabatlar davlat
iqtisodiy hayotining barcha sohalarini, avvalo uning ishlab chiqarish, savdo,
investitsiyaga oid vamoliyaviy faoliyatini qamrab oladi.
10.Hozirgi jahon xo’jaligida tashqi iqtisodiy aloqalar davlat milliy daromadini
o’stirish, xalq xo’jaligi harajatlarini tejash va fan-texnika taraqqiyotini
jadallashtirish omillariga aylanadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va uni boshqarish mexanizmining
samaradorligi ko’p jihatdan tashqi iqtisodiy aloqalar tasnifi bilan belgilanadi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar turi - bitta umumiy belgi, masalan, tovar oqimining
yo’nalishi yoki tarkibiy belgi bilan birlashtirilgan aloqalar majmuidir. Tovar
oqimining yo’nalishi bilan bog’langan tasnif belgisi tovar (xizmatlar, ishlar)ning
bir mamlakatdan boshqasiga harakatini, ya’ni tovarning mamlakatdan olib
chiqilishi yoki tovarning mazkur mamlakatga olib kirilishini belgilaydi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar tasnifining tarkibiy belgisi aloqalarning iqtisodiy
manfaatlar sohasi va davlat tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy maqsadi bilan
bog’langan guruhiy tarkibini belgilaydi. Tarkibiy belgiga ko’ra tashqi iqtisodiy
aloqalar tashqi savdo, moliyaviy, ishlab chiqarish, investitsiya aloqalariga
bo’linadi. Tashqi savdo faoliyati tovarlar, ishlar, xizmatlar, axborot intellectual faoliyat natijalari, shu jumladan ularga doir mutloq huquqlar (intellektual mulk) bilan xalqaro ayrboshlash sohasida tadbirkorlik faoliyatining alohida turidir. Bunda
tovar deganda har qanday harakatlanuvchi mol-mulk (shu jumladan
energiyaning barcha turlari) va ko’chmas mulkka kiritilgan, tashqi savdo
faoliyatining predmeti bo’lgan havo, dengiz kemalari va ichki suzish kemalari
hamda fazoviy ob’yektlar tushuniladi. Xalqaro tashishlar to’g’risidagi
shartnoma chog’ida foydalaniladigan transport vositalari tovar hisoblanmaydi.
Hozirgi davrda tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy xususiyatlari sifatida
quyidagilarni qayd etish o’rinli :
Birinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatning axborot ta’minotiga e’tiborning
ortishi, intellektual mulk, patent valitsenziyalar tizimini keng joriy etilishi.
Davlatlararo mualliflik xuquqi himoyasining ta’minlanishi, jahon axborot
bozorining shakllanishi.
Ikkinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyat hozirgi davrda o’z infratuzilmasiga va
unga ta’sir etuvchi xalqaro tashkilotlarga ega. Ushbu infratuzilma sifatida jahon
tovarlar va xizmatlar bozorlari (xususan, tovar va xomashyo, valyuta birjalari),
xalqaro tashkilotlar hisoblangan JST, XVF, XMK kabi qator mintaqaviy va
integratsion tashkilotlar EI, NAFTA(North American Free Trade Agreement)
hamda turli ixtisoslashgan tashkilotlalrni, ya’ni neft eksport qiluvchi
mamlakatlar tashkiloti OPEK, Atom energiyasi bo’yicha xalqaro agentlik
(IAEA; MAG ATE) va hokazolarni keltirish mumkin. Mazkur tashkilotlar
davlatlararo savdo,
investitsiylar, ishlab chiqarish, fan-texnika sohasidagi hamkorlik masalalarida
ko’maklashuvchi, tartibga soluvchi va muvofiqlashtiruvchi organ sifatida faoliyat
yuritadi.
Uchinchidan, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni monopoliyalashtirishga bo’lgan
intilishning ortishi. Hozirgi kunda dunyodagi yettita sanoati rivojlangan mamlakat
hissasiga jahon ishlab chiqarishining qariyb 80 foizi to’g’ri keladi. Yirik jahon
xomashyo, tovar va xizmatlar hamda moliyaviy bozorlarning aksariyati
rivojlangan davlatlar hududida mujassamlangan. Bundan tashqari, xalqaro
iqtisodiy munosabatlarning asosiy vositachisi, ishtrokchisi sifatida yirik sanoatmoliya guruxlari, kompaniyalari gavdalanmoqda. Jumladan, ishlab chiqarish,qayta ishlash va ayrboshlash tizimlarini mujassamlashtiruvchi xususiy transmilliy va ko’p millatli kompaniyalar (TMK, MMK) jahon eksporti va importuning qariyb 60 foizini tashkil etmoqda. Sanoat tarmoqlari, qishloq xo’jalik maxsulotlarini ishlab chiqarish, ayrboshlash, moliyaviy xizmatlar ko’rsatish sohalari faoliyati ham yirik kompaniyalar ta’sirida amalga oshirilmoqda. Shu sababli, ko’plab xalqaro konferensiyalar, muzokaralarda “yangi iqtisodiy tartib”ni joriy etish, rivojlanayotgan davlatlar ishtirokini ko’paytirish takliflalri o’rtaga tashlanmoqda.
To'rtinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatning yangi axborot vositalari,
texnologiyalari asosida shakllanishi va rivojlanishi. Internet tizimining vujudga
kelishi natijasida electron tijorat, electron savdo keng avj olmoqda. Sotuvchixaridor, ishlab chiqaruvchi-iste’molchi o’rtasida yangi va tezkor buyurtmatakliflar tizimi shakllanmoqda. Jumladan, B2B, B2C tarzidagi axborot tizimi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning xuquqiy, tashkiliy, iqtisodiy va boshqa
yo’nalishlarida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalasini qo’ymoqda.
Demak, davlatlararo tovar va xizmatlar bozorining shakllanishi, ishlab
chiqarish, ayrboshlash jarayonlarining chuqurlashuvi, undagi aloqalar tizimini
yanada takomillashtirish, mazkur munosabatlar tizimini yangi bosqichga ko’tarish
zaruratini taqazo qilmoqda. Shu bilan bir qatorda, xalqaro iqtisodiy munosabatlar
tizimida sub’ektlarning ishtiroki, maqomi vakolatlari masalalari ham dolzarb
ahamiyat kasb etmoqda.
Mustamlakachilikdan ozod bo'lib, mustaqil rivojlanayotgan
mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lining xususiyati -bu qoloq,
an'anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o'tishdir. Nihoyat, sobiq
sosialistik mamlakatlar yo'lining mu-him belgisi markazlashtirilgan, ma'muriy
— buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan
bozor tizimiga o'tishdan iboratdir. Bu yo'lning boshqa yo'llardan farqi
shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo'q,
ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga uchinchi yo'lda bozor
munosabatlariga o'tayotgan mamlakatlarning o'zi o'tish sharoitlari, iqtisodiy
rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo'jalik yuritish shakllari bilan birbirlaridan farqlanadi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o'tishning
mazkur yo'lining o'ziga xos xususiyatlaridir.
Jahon tajribasi ko'rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga revolyusion yo'l
bilan, ya'ni jadal usulda yoki evolyusion yo'l bilan bosqichma-bosqich o'tish
mumkin. Birinchi holda, tub is-lohotlarni o'tkazish, awalgi tizimni va tarkib
topgan iqtisodiy tnunosabatlarni birdaniga va batamom sindirish talab etiladi.
Bu «karaxt qilib davolash» usuli («shokovaya terapiya») deb ataladi. Eski
iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga
aylantira borib, samarali bozor iqtisodiyotini shikastsiz vujudga keltirish
mumkin. Tslohotlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, evolyusion yo'l kamroq
ijtimoiy larzalarga olib ke-ladi, ancha izchil va muqarrardir.
Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llarigina emas, balki
uning andozalari ham xilma-xildir. Eng awalo, ular shunday bozor
iqtisodiyoti vujudga keltirilayotgan va amal qilib turgan mamlakatlarning
milliy xususiyatlari va an'analari bilan farq qiladi. Shu boisdan bozor
iqtisodiyotining ma'lum andozalari ularni amalga oshiruvchi muayyan mamlakatga mansubli-giga qarab ajratiladi. Masalan, Germaniya, Janubiy""
Koreya, Turkiya, Argentina, Polsha andozalari va hokazo.'
Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor
iqtisodiyotiga o'tishning zarurligi iqtisodiy o'sish ekstensiv omillaridan
foydalanish imkoniyatlarining tugab borishi bilan notdvar iqtisodiyotning
amal qilish layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi.
Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyatli kam-chilikka ega.
Birinchisi -- bu uning moslashuvchan emasligi. ro'y berayotgan o'zgarishlarga
juda sekinlik bilan moslashib borishi. Markazdan turib boshqarishning
moddiy va moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash bo'yicha qarori
ko'rinishidagi moslashtiruvchi mexanizmi vujudga kelgan nomutanosiblik
o'zining qaltis nuqtasiga yetgan vaqtdagina ishga tushadi. Ik-kinchi kamchilik
bu xo'jalik yuritish tashabbuskorligini «yo'qotib yuborish» oqibatida
samaradorlikning nihoyat dara-jada pasayib ketganligidir.
Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o'tish turli
mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni
erkinlashtirish, chuqur institusional (eng awalo, mulkchilik munosabatlarida)
o'zgarishlarni o'z ichiga oladi, biroq, bir vaqtning o'zida moliyaviy barqarorlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishini taqozo etadi.
Ma'muriy-buyruqbozlik tizimini o'zgartirish mazkur tizim asosining
o'zgarishini hamda uni sifat jihatidan farq qiluvchi bozor tizimiga
almashtirilishini anglatar ekan, bunday turdagi o'zgarishlarni tizimiy
islohotlar deb atash maqsadga muvofiq bo'ladi.
O'tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy
yo'nalishlari bo'lib quyidagilar hisoblanadi.Chora-tadbirlar tizimidan iborat. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- xo'jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoli-yasini bekor
qilish;
- resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tu-gatish;
- narxlarning asosan talab va taklif nisbati asosida
shakllantirilishiga o'tish;
- ichki va tashqi bozorlarda transaksion bitimlar ustidan davlat
nazoratini pasaytirish.
1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish - bu xo'jalik
hayotining barcha sohalaridagi to'siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat
nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo'naltirilgan
Tashqi iqtisodiy faoliyat hajmi tobora ortib bormoqda. U ayniqsa, davlatlar
o’rtasidagi tovar oborotida yanada yaqqolroq ko’zga tashlanmoqda. Unda ichki
bozordagiga nisbatan ko’proq ishtrokchi qatnashmoqda. Xalqaro iqtisodiy
munosabatlar va uning mexanizmi bozor munosabatlarining sohasi sifatida
quyidagi yangi xususiyatlarga ega bo’lmoqda:
- jahon iqtisodiyoti ko’lamining kengayib borishi, ustiga-ustak sotuvchilar va
iste’molchilarning alohida joylashganligi natijasida transport muammosining ortib
borishi;
- ba’zi resurslarning (asosan yer, tabiiy-qazilma boyliklarning) kam harakatliligi va manzilga bog’liqligi. Bunga davlatning aralashuvi ham ta’sir etadi (migratsiya qoidalarini joriy etish, chet elliklarga yer sotish, chet el investitsiyalarini va firmalar faoliyatini cheklash, tashqi savdoda proteksionizmga yo’l qo’yish);
- xalqaro ayrboshlashda milliy valyutadan foydalanishning zarurligi va valyuta
bozoriga bog’liqlik (ayniqsa, valyuta nazorati va uni tartibga solish masalalarida);
- mahsulotlarni xalqaro standartlashtirish va sertifikatlashtirishga e’tiborning
ortishi;
- axborot muhiti va uning haqqoniyligiga e’tiborning ortishi. Axborot manbalari,
uni to’plash va qiyoslash uslubiyatida muammolarning yuzaga kelishi, milliy va
xalqaro statistikaga e’tiborning ortishi, makroiqtisodiy ko’rsatkichlar unifikatsiya
qilinishiga bo’lgan intilish.
Bu yo'nalish quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishini taqozo etadi:
- barcha iqtisodiy agentlarning ish faolligi uchun teng imkoniyat va
sharoitlar yaratilishi;
- bozorga xorijiy raqobatchilar ham kirishi uchun imkon berilishi;
- kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma'muriy
to'siqlarni olib tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo'llab-quwatlash va
tarmoqqa kirishidagi to'siqlarni pasaytirish;
- tabiiy monopoliyalarning narx va mahsulot sotish siyo-satini tartibga
solish va boshqalar.
3. Institusional o'zgarishlar. Mazkur o'zgarishlar quyidagi sohalarni
qamrab oladi:
- mulkchilik munosabatlarini o'zgartirish, jumladan, xususiy
sektorni yaratish;
- bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond birjalari,
investisiya fondlari va h.k.) shakllantirish;
- iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini
yaratish;
- bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo'jalik qonunchiligini qabul qilish
va boshqalar.
4. Tarkibiy o'zgarishlar. Tarkibiy o'zgarishlar birinchi navbatda
xalq xo'jaligi va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan
nomutanosibliklarni yumshatish yoki bartaraf etishga yo'naltirilgan.
Tqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishdan asosiy maqsad - ichki va
tashqi bozorlarda to'lovga qodir talabga ega bo'lgan mahsulotlarni
ishlab chiqarilishini rivojlantirishdan iborat.
5. Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish.
Aslini olganda, bu jarayon tizimiy islohotlar qatoriga kir-maydi, chunki
u bozor iqtisodiyoti barqaror amal qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez
o'tkazilib turadi. Bu yo'nalishning muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki,
ma'muriy-buyruqbozlik tizimining inqirozi, eng awalo va kuchli rav-ishda
moliyaviy sohada, ayniqsa, yuqori inflyasiya shaklida namoyon bo'ladi.
Inflyasiyaning uzoq vaqt mavjud bo'lishi bozor munosabatlarining normal
qaror topishiga to'sqinlik qiladi, shuning uchun uni bartaraf etish o'tish davri
iqtisodiyoti uchun o'ta muhim hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish
chora-tadbirlari tizimiga pul emissiyasini cheklash, davlat byudjeti
taqchilligini qisqartirish, ijobiy foiz stavkasini ta'minlash va boshqalar kiradi.
6. Bozor xo'jaligiga mos bo'lgan aholini ijtimoiy himoya-lash
tizimini shakllantirish. Bu tizim aholining nisbatan muhtoj qatlamini aniq ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan. Bozor tizimining ko'rsatib o'tilgan asosiy unsurlarini shakllanishining yakuniga yetishi o'tish davri tugaganligidan darak beradi.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin