Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə8/10
tarix12.08.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#139237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Iqtisodiy faoliyatning va uning turlari MIRJON

Eksport. Mamlakatning eksport salohiyatini oshirish, eksportyorlarni
qo‘llab-quvvatlash, eksportbop mahsulotlarni nomenklaturasini kengaytirish
maqsadida amalga oshirilgan islohotlar eksporterlar sonini 5895 taga yetkazdi va
ular tomonidan 17,9 mlrd. AQSh dollari qiymatdagi (2018 yilga nisbatan o‘sish
28,0%) tovar va xizmatlar eksport qilinishini ta’minladi.
Eksport tarkibi(2019 yil yanvar-dekabr, ulushi%)
2.2. 1-diagramma

Eksport tarkibida tovarlar ulushi 80,1 %ni tashkil etib, ular asosan
qimmatbaho metallar (kumush bilan birga 28,2 %), energiya tashuvchi va neft
mahsulotlari (14,1 %), to‘qimachilik buyumlari (9,1 %), oziq-ovqat mahsulotlari
(8,5 %, aksariyat meva-sabzavot – 6,7 %), rangli metal va undan tayyorlangan
buyumlar (5,3 %) hamda kimyo mahsulotlari va buyumlari (4,9 %) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
MDH mamlakatlari va boshqa mamlakatlarga eksportning yo‘nalishi bo‘yicha
farqlanishlar 29,1 mavjudligi kuzatilmoqda. Xususan, MDH mamlakatlariga
eksportning 80 % xizmatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda, keyingi o‘rinlarda eksport
hajmi bo‘yicha energiya tashuvchi va neft mahsulotlari (asosan tabiiy gaz) hamda
meva-savzavot va to‘qimachilik mahsulotlariga to‘g‘ri kelmoqda.
MDH mamlakatlari yo‘nalishiga mashina va asbob-uskunalar, qora va rangli
metallar, meva-sabzavot mahsulotlari eksporti nisbatan tezroq o‘sdi, faqatgina paxta tolasi eksportida pasayish kuzatildi. 2019 yilda eksport qilingan tovarlar va
xizmatlar tarkibining tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, tovarlar va xizmatlar tarkibida
sezilarli o‘zgarishlar qayd etilmadi, biroq shuni ta’kidlash joizki, 2018 yilga
nisbatan, energiya tashuvchi va neft mahsulotlari hamda kimyo mahsulotlari va
buyumlaridan tashqari barcha tovar va xizmatlarda o‘sish kuzatilgan
Eksportning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi, tashqi bozordagi tovarlar
savdosidan tushgan valyutadagi sof daromad va davlatning uni ishlab chiqarishga
va transport harajatlariga sarflagan harajatlari nisbatini, shuningdek, agar tovarlar
kreditga sotilgan bo’lsa kredit koeffitsienti ta’siri hisobga olingan holda ularning
nisbatini ifodalaydi. Odatda maxsulotlar kreditga sotilganda eksport samaradorligi
pasayadi, ammo u siz tashqi bozorda tovarlarni realizatsiya qilish, pullash ko’p
hollarda ancha mushkul, ba’zi hollarda esa umuman iloji yo’q.
MDH va boshqa davlatlarga eksport tarkibi(2019 yil yanvar-dekabr)
2.2. 1- jadval




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin