Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


O’zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish istiqbollari



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə7/10
tarix12.08.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#139237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Iqtisodiy faoliyatning va uning turlari MIRJON

2.2 O’zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish istiqbollari
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, o`z tashqi siyosatini o`zi belgilash
uchun keng imkoniyatga ega bo`ldi. O`tgan yillar davomida milliy manfaatlarimizga mos keladigan, uning dunyo hamjamiyatidagi nufuzini
mustahkamlashga, xorijiy davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va
madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladigan tashqi siyosat yo`nalishlari
belgilab olindi. Bu borada respublikaning tashqi siyosatdagi faol ishtiroki , xalqaro
tashkilot va xorijiy davlatlar bilan hamkorligi muhim o`rin tutadi.
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq ushbu sohani isloh qilish, tubdan
yangilash maqsadida Tashqi ishlar vazirligi qaytadan isloh qilindi. O`zbekiston
Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov farmoniga asosan 1992-yil 23-sentabrda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 1991-yil 7-sentabrda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi
O`zbekiston Respublikasining mustaqil tashqi siyosiy faoliyatining huquqiy
asoslari, prinsplari, mazmuni, maqsad va vazifalari O`zbekiston Republikasi
Konstitutsiyasining IV bob, 17-moddasida “O`zbekiston Respublikasi xalqaro
munosabatlarning to`la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning
tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning
daxlsizligi, nizolarni tinch yo`l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga
aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa
qoidalari va normalariga asoslanadi. Respublika davlatning, xalqning oliy
manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish,
hamdo`stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib
chiqishi mumkin”. O`zbekiston o`zining milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda
huquqiy normalar asosida o`z tashqi siyosatini belgiladi. Qisqa davr ichida
davlatlararo munosabatlardagi tamoyillar va ustuvor yo`nalishlarini belgilab oldi.
Davlatning tashqi siyosatdagi harakatlarini tartibga solib turuvchi asosiy
harakatlantiruvchi kuch bu – Konstitutsiyaviy huquqdir.
Xulosa qilib aytganda, O`zbekiston Respublikasi o`z tashqi siyosati
tamoyillarini mukammal ravishda belgilab oldi va tartibga soldi. Buni quyidagilarda ko`rish mumkin:
1. O`zbekiston tashqi siyosat tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda
jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosiga aylandi.

2. O`zbekiston Respublikasi o`z iqtisodiy munosabatlarini ikki


tomonlama va ko`p tomonlama shartnomalar asosida, milliy manfaatlar
ustuvorligini inobatga olgan holda rivojlantirishga qaratdi.
3. O`zbekiston xalqaro iqtisodiy aloqalarga, kollektiv xavfsizlikning
global va mintaqaviy tizimlariga faol qo`shilib, mamlakatda tinchlikni,
barqarorlikni ta’minlamoqda.
4. O`zbekiston tashqi siyosatida jahondagi barcha mamlakatlar bilan
ijobiy hamkorlik, tinchliksevar siyosati orqali o`z nufuzini oshirib bormoqda.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning qaroriga asosan Oʻzbekiston
Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashkil etildi.
“Mamlakatimizda investitsiya iqlimini yaxshilash, eksport salohiyatini oshirish,
biznesni jadal rivojlantirish uchun asos sifatida investitsiya va tashqi savdo
faoliyatini samarali tartibga solish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, investitsiya jarayonining mahsulotni tashqi bozorlarda ilgari surish
yakuniy koʻrsatkichlari bilan sust bogʻlanganligi saqlanib qolmoqda. Davlat
boshqaruvining amaldagi tizimi investitsiya va savdo masalalarini alohida tartibga
solishga asoslangan, bu esa mazkur sohalarda tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni
qayta koʻrib chiqishni taqozo etmoqda” dedi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev.
Qarorda tashqi iqtisodiy a’loqalar haqida shunday deyilgan:
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarini
kengaytirish va mustahkamlash, tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini qoʻllab-
quvvatlash;
Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish va
boshqa koʻp tomonlama iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish jarayonlarini
muvofiqlashtirish; tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, tranzit salohiyati darajasini oshirish, logistika va transport yoʻlaklarini takomillashtirish, shuningdek, eksport marshrutlarini diversifikatsiya qilish masalalarini ilgari surish.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin