Kurs ishining obyekti sifatida Xitoy Xalq Respublikasi hayotidagi ijtimoiy
o'zgarishlar va uning iqtisodiy islohotiga hamroh bo'lgan ijtimoiy muammolar
belgilab olindi.
1
V.Q.Furayev. “Eng yangi tarix 1939-1988)” darslik, “O`qituvchi” .: Toshkent – 1990;
2
M.Lafasov. “Jahon tarixi (1918-2008)” darslik, “Turon Iqbol” .: Toshkent – 2010 M.Lafasov. “Jahon tarixi (1918-
2008)” darslik, “Turon Iqbol” .: Toshkent – 2010;
3
E.Z.Nuriddinov, X.Qichqilov. “Eng yangi tarix (1989-2008)” o`quv darslik .: Toshkent – 2010;
4
S.B.Djabborovna. “Xitoy iqtisodiyoti” o`quv qo’llanma, III qism .: Toshkent – 2011;
5
X.Qichqilov, M.Fayzullayeva. “Eng yangi tarix (1945-2010)” o`quv qo`llanma, “Yangi Nashr” .: Toshkent – 2011;
6
Q.Najmiddinov. “Mao Szedun – Xitoy kommunizmi asoschisi” ilmiy ish .: Namangan – 2022;
5
Kurs ishining predmetini jahon tarixining eng yangi davriga xususan
Xitoy Xalq respublikasining XX asr oxiri va XXI asr boshlaridagi iqtisodiy
taraqqiyotida amalga oshirilgan ishlar, chora-tadbirlar faoliyati tashkil etadi.
Kurs ishining tuzulishi: Xitoy Xalq Respublikasining 1980-2020 yillardagi
iqtisodiy rivojlanishi. “Xitoy sotsializmi” mavzusidagi ushbu kurs ishi, kirish
qismi, asosiy qismdagi 2 bob va 5 paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va
ilovalar ro'yxatidan iborat.
6
I BOB. XX ASRNING IKKINCHI YARMIDA XITOY XALQ
RESPUBLIKASI HAYOTIDAGI IQTISODIY O`ZGARISHLAR
1.1. Mao Szedun faoliyatiga nazar va iqtisodiyotdagi '' Katta sakrash''
dasturining mazmun mohiyati
Mao Szedun boshchiligidagi Xitoy Kommunistik Partiyasi hokimiyatni to‘la
egallagach, 1949-yilning 1-oktabrida Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etildi. Xitoy
Kommunistik Partiyasi mamlakatda sotsializm qurilishini e’lon qildi. 1950-yil 30-
iyundagi qonun asosidagi islohot natijasida katta yer egaligi tugatildi.
7
Dehqonlarning 47 mln ga yer bo‘lib berildi. 1956-yilgacha qishloq xo‘jaligi
shirkatlari tuzildi. Bir vaqtning o‘zida mamlakatda industrlashtirish ham boshlandi.
Bu borada SSSR Xitoy Xalq Respublikasiga katta yordam ko‘rsatdi. Uning
yordami bilan 250 dan ortiq yirik sanoat korxonalari qurildi. Xitoy Xalq
Respublikasida ham xalq xo‘jaligi, SSSRda bo‘lgani kabi, besh yillik rejalar
asosida rivojlana boshladi.
1953-1957-yillarda birinchi besh yillik rejani bajarish uchun kurash bordi.
Bu reja muvaffaqiyatli bajarildi. Bu muvaffaqiyat Xitoy Kommunistik Partiyasi
rahbariyatini ruhlantirib yubordi. Barcha kommunistik partiyalarga xos bo‘lgan
xomxayollik Xitoy Kommunistik Partiyasi rahbariyatini (Mao Szedun
boshchiligidagi) ham chetlab o‘tmadi. 1957-yil Mao shiori “Mayli, yuzlab gullar
yashnasin, mayli, turli dunyoqarashlarning minglab maktablari raqobat qilsinlar”
so`zlari bo`lgan “Yuzlab gullar yashnasin” harakatining tashabbuskori bo`ldi. U
ijod ahli tomonidan partiyaning,uning siyosiy rahbarlik hamda boshqaruvchilik
uslublarining qo`rqmasdan tanqid qilinishini ma`qullardi. Avvaldan shunday
o`ylab qo`yilganmi yoki shunchaki tanqidning dushmanona ohangidan
qo`rqqanidanmi,tez orada Mao kuchayib borayotgan “Yuzta gul” harakatini
“boshqacha fikrlovchilar”ga tomon burib yubordi va o`z vaqtida Stalin kabi o`z
shaxsiga sig`inishni yaratishga kirishdi. Shuning bilan birgalikda dehqonlarga
qarshi zarbani berishni yangidan boshladi,ularni xususiy mulkni to`liq yo`q
7
M.Lafasov. “Jahon tarixi (1918-2008)” darslik, “Turon Iqbol” .: Toshkent – 2010-yil, 243-bet;
7
qilishga,tovar ishlab chiqarishni yo`qotishga va xalq kommunalari tuzishga
chaqirdi.
1958-yilda Xitoy Kommunistik Partiyasi «Katta sakrash» deb atalgan (1958-
1962) yangi bosh yo‘lni tasdiqladi. U maqsadi butun mamlakat miqyosida
sanoatlashtirishni tezlashtirish bo`lgan “Katta sakrash” dasturini nashr ettirdi.
Partiya syezdlarida “Uch yillik qattiq mehnat va o`n ming yillik rohat qilish” yoki
“o`n besh yil ichida Angliyani eng muhim sanoat mahsulotlari hajmi bo`yicha
quvib o`tish undan o`zib ketish” singari Xitoydagi ishlarning real holatiga mos
kelmaydigan va obyektiv iqtisodiy qonunlarga suyanmaydigan shiorlar ilgari
surilardi. Uning mazmuni iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish, kata sakrashni
amalga oshirish va kommunistik jamiyat qurishdan iborat edi.
«Insoniyatning baxtli kelajagi», deb e’lon qilingan kommunizmni qurishning
asosiy vositasi haq to‘lanmaydigan mehnat bo‘lishi zarur edi. Bu narsa «uch yillik
qattiq mehnat – o‘n ming yillik baxt-saodat» shiori ostida o‘tishi kerak edi.
Qishloq xo‘jaligi shirkatlari o‘rniga o‘rtacha 20 ming dehqonni birlashtirgan xalq
kommunalari tuzildi. Unda hamma narsa umumiylashtirildi. Mahsulotni hammaga
baravar taqsimlash tamoyili joriy etildi. Sanoat 6,5 baravar, qishloq xo‘jaligi 2,5
baravar o‘sishi mo‘ljallandi. Dehqon mehnati qattiq tartibga bo‘ysundirildi. Ular
ishga saf tortgan holda borardilar.
8
1958-yilning
oxirlaridayoq
“Katta
sakrash”
va
“Qishloqni
kommunalashtirish” siyosati boshi berk ko`chaga kirib qolganligining belgilari
paydo bo`la boshladi. Shunga qaramasdan , Mao o`jarlik bilan belgilangan yo`lni
davom ettirardi. “Katta sakrash” ning yanglishishlari va xatolari Xitoy Xalq
Respublikasi xalq xo`jaligidagi og`ir ahvolning sababchisi bo`ldi. Sanoatda jiddiy
nomutanosiblik paydo bo`ldi, inflatsiya kuchaydi, xalqning hayot darajasi keskin
pasaydi. Qishloq xo`jalik va sanoat maxsulotlari hajmi keskin qisqara boshladi.
Mamlakatda don yetishmas edi. Buning barchasi mamuriy xo`jaliksiz va yomon
tabiiy sharoitlar bilan birlashib umumxalq ochligini keltirib chiqardi. Hatto, ayrim
8
Q.Najmiddinov. “Mao Szedun – Xitoy kommunizmi asoschisi” ilmiy ish .: Namangan – 2022yil, 7-bet;
8
hududlarda ocharchilik ham boshlandi. Sanoat ishlab chiqarishi ham pasaydi. Shu
tariqa iqtisodiy inqiroz yuz berdi.
9
Oqibatda Mao Szedun siyosatiga qarshi muxolifat vujudga keldi. U Mao
Szedun siyosatini qattiq tanqid qila boshladi. Bunga javoban Mao Szedun qatag‘on
siyosatini qo‘lladi. Bu siyosat Xitoy tarixiga, «buyuk proletar madaniy inqilobi»
nomi bilan kirgan. 1966-yildan boshlangan va 1976-yilgacha davom etgan
«Madaniy inqilob», aslida, jamiyatdagi Mao Szedun siyosatiga qarshi kuchlarni
amalda yo‘q qilishni anglatar edi. “Madaniy inqilob”ning birinchi bosqichi 1966-
1969-yillarda bo`lib o`tdi. Bu inqilobning eng faol va vayron qiluvchi bosqichi
bo`ldi. Harakatning boshlanishi uchun asosiy sabab 1965-yilda chop etilgan Yao
Venyunning “Xay Juyning mansabdan tushirilishi” tarixiy dramasining yangi
tahriri haqidagi maqolasi bo`ldi.
10
Pyesa mashhur Xitoy tarixchisi, Pekin
hokimining o`rinbosari U. Xan tomonidan yozilgandi. U o`z dramasida o`rta
asrlardagi Xitoy hayotidan bir ko`rinishni tasvirlayotganida go`yoki 1959-yili
Xitoy Xalq Respublikasidagi “Katta sakrash” ga va xalq kommunalariga salbiy
baho bergan Xitoy Xalq Respublikasining sobiq mudofaa vaziri Pen Dexuaning
quvg`in qilinishi va mansabdan ozod etilishi adolatsizlik ekanligiga sha`ma
qilganlikda ayblangan edi. Pyesa maqolada “antisotsialistik zaharli o`t” deb
nomlandi. Buning oqibatida ko‘plab partiya, davlat va harbiy kadrlar qatag‘on
qilindi. Xitoy chuqur iqtisodiy va siyosiy inqirozni boshdan kechira boshladi.
«Xunveybin» lardan 100 mln ga yaqin kishi jabr ko‘rdi. Mamlakat 500 mlrd yuan
zarar ko‘rdi. Mamlakatdagi hayot izdan chiqqan, iqtisodga juda og`ir ziyon
yetkazilgan, yuz minglab Xitoy Kommunistik Partiyasi a`zolari jazoga tortilgan,
ziyolilarni ta`qib qilish kuchaygan edi.
“Madaniy inqilob” yillarida “To`rtlik ishi” bo`yicha tergov xulosasida, Xitoy
Kommunistik Partiyasi Markaziy Komitetining, turli toifadagi jamoat xavfsizligi
organlari, prokuratura,sud,armiya, tashviqot organlarining rahbar xodimlaridan
juda ko`pchiligi quvg`in qilingan va yo`qotilgan”. “To`rtlik” va Lin Byaoning
9
E.Z.Nuriddinov, X.Qichqilov. “Eng yangi tarix (1989-2008)” darslik .: Toshkent – 2010-yil, 143-bet;
10
X.Qichqilov, M.Fayzullayeva. “Eng yangi tarix (1945-2010)” o`quv qo`llanma, “Yangi Nashr” .: Toshkent –
2011-yil, 239-bet;
9
hujjatlariga ko`ra, umumiy hisobda 727 mingdan ko`proq kishi qurbon bo`lgan,
ulardan 34 mingdan ortig`i “o`lishga majbur qilingan”.
11
Rasmiy Xitoy hujjatlariga ko`ra, “madaniy inqilob” yillarida jabr
ko`rganlarning umumiy soni 100 millionga yaqin kishini tashkil qilgan. Terror
to`lqini 1976-yilning 9-sentabrida to`xtab qoldi, chunki shu kuni Mao Szedun
vafot etdi. Uning merosxo`rlari darhol jazoga duchor qilindilar. Szyan Sin va uning
“to`rtlar bandasi” deb atalgan eng yaqin safdoshlari qamoqqa olindi. Maoning
raislik lavozimiga sinchiklab tanlangan vorisi Chjao Gofenni,hukumat mo`tadillar
nazorati ostiga o`tishi bilanoq, ichki partiya doirasidan haydab yubordilar.
“Madaniy inqilob” o`zida qarama-qarshiliklarning ajoyib aralashmasini aks
ettirardi. “Yuzta gul” harakatidagidek uning ham asosiy tamoyillarini tanqid qilish,
hokimiyatga ega bo`lgan kishilarning sofligiga shubha bilan qarash va “norozlik
huquqi” qoidasi edi. Lekin, baribir uning maqsadi shaxsga sig`inishni – hamma
joyda siymosi savlat to`kib turgan Mao Szedunning shaxsiga va g`oyalariga
sadoqatni yaratish hamda mustahkamlash bo`lgan. Mao Szedun yozgan “Sitatalar”
– kichkina qizil kitobchani har bir xitoylik erkak va ayol va bolaning qo`lida
ko`rish mumkin edi.
Shunday bo`lsa ham, Maoning vafotidan keyin bir necha yil o`tmasdanoq
Xitoy kommunistik partiyasi, Maoning inqilob tashabbuskori sifatidagi obro`yini
o`rniga qo`ygan holda,”madaniy inqilob”ni haddan oshiq terrorlar uchun, shu
jumladan Maoning shaxsiga sajda qilganlik uchun ham qoraladi.
Dostları ilə paylaş: |