Ijtimoiy gumanitar fanlar



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə68/96
tarix03.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#172218
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   96
Guliston davlat pedagogika instituti-fayllar.org

Nazorat savollari:


  1. Buddaviylik asoschisining shaxsi, Buddaviylik ta’limoti, Meditatsiya.


  2. Buddaviylikning tarqalishi;


  3. Buddaviylik manbalari


  4. Xristianlikning vujudga kelishi;


  5. Pravoslav oqimi, Katolik oqimi, Protestant oqimi.


  6. Xristianlikdning boshqa oqimlari;


  7. Xristianlik tarixida apostol Pavelning tutgan o‘rni;


  8. Markaziy Osiyo xalqlari tarixida xristian dini;
  9. Bibliya” xristianlikning muqaddas kitobi.




13-mavzu: Islom dini tarixa va falsafasi.
Reja:
  1. VI asr oxiri – VII asr boshlarida arab jamiyatidagi ijtimoiy-ma’naviy muhit.


  2. Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) hayoti va faoliyati.


  3. Islom dini ta’limoti.


  4. Qur’onning tarkibiy tuzilishi va jamlanishi. Hadis.


  5. Islomdagi mazhablar va yo‘nalishlar.




Tayanch so‘zlar
Islom; Johiliya; Vasaniyya; Haniflik; Vahy; Da’vat; G‘azot; Musulmon; Mushrik; Ka’ba; Zakot; Al-Hajar al-Asvad; Fath; Risolat; Qur’on; Sura; Oyat; Pora juz’; Mushaf; Pergament, Tafsir, Hofiz; Vahy; Qiroat; Hadis; Sunnat; Roviy; Isnod; Sahih; Zaif; Muhaddis.


VI asr oxiri – VII asr boshlarida arab jamiyatidagi ijtimoiy-ma’naviy muhit.
Arabiston yarimorolining Makka, Madina, Toif va Xaybar singari qator shaharlarini o‘z ichiga olgan qismi Hijoz deb atalgan. Milodning VI asriga kelib Makka shahri Arabistonning eng yirik markaziga aylangan. U deyarli hamma tomoni darali tog‘lar bilan o‘ralgan vodiyda joylashgan. Shuning uchun ham bu yerda hech qachon shahar atrofiga devor qurish zarurati bo‘lmagan. Allohning uyi deb hisoblanuvchi Ka’ba (Ibrohim payg‘ambar va uning o‘g‘li Ismoil qurgan. Arablar undan ibodatxona sifatida foydalanishgan) borabora Makkani arablarning muqaddas joyiga aylantirgan. VI asr oxiri – VII asr boshlarida arablar kattakichik qabilalarga bo‘lingan holda turli xil nomdagi but-sanamlarga sig‘inar edilar. O‘sha davrda Makka shahridagi Ka’baning atrofida 360 ta but va sanamlar mavjud bo‘lgan.
Mashhur tarixchi Ibn Kalbiyning qadimgi arablar dinlariga bag‘ishlab yozgan “Butlar haqidagi kitob”ida arab xalqining islomga qadar bir necha hayvonlarni ilohiylashtirganliklari haqida xabar beriladi. Jumladan, Yag‘us – sher, Ya’uq – ot va Nasr – burgut qiyofasida ifodalangan.
Arabiston tarixining mazkur davri “Johiliyat davri“ deb ataladi. Johiliyat davrida inson huquqlariga umuman rioya qilinmas, qul va asirlarning ahvoli o‘ta achinarli, ayollar haq-huquqlardan butunlay mahrum qilingan edi. Qiz bolalarni tiriklayin ko‘mish, axloqsizlik kabi salbiy odatlar avj olgan edi. Qabilalar o‘rtasida tez-tez urushlar bo‘lishi ularning tashqi dushmanlarga qarshi kurashini susaytirmoqda edi. Bu esa, arab qabilalarini yagona davlatga birlashtirishni zaruratga aylantirib qo‘ydi. Mana shunday vaziyatda Islom dini nafaqat insonlar orasida tarqalgan axloqsizlik va jaholatga, balki siyosiy parokandalikka, besamar urushlarga ham yechim bo‘lishi kerak edi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin