KORRUPSIYA – jamiyat taraqqiyoti, barqarorligi va xavfsizligi uchun ulkan tahdiddir. Korrupsiya internatsional jinoyat bo‘lib, har bir mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun ulkan tahdid, jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini emiruvchi jinoiy-illatdir. Xalqning davlat boshqaruv idoralariga ishonchini so‘ndiradigan, azaliy ezgu maqsadlar bilan yo‘g‘rilgan islohotlar g‘oyasini obro‘sizlantiruvchi, qolaversa jamiyat va davlat o‘rtasidagi uzviy aloqani butkul uzib qo‘yuvchi qora kuchdir.
Davlatimiz tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. 2008 yilda BMTning 2003 yil 13 oktyabrdagi «Korrupsiyaga qarshi» Konvensiyasini ratifikatsiya qilinishi va ushbu konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilishi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilinishi katta ahamiyat kasb etmoqda. SHuningdek, 2010 yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasiga (2003 yil 10 sentyabr) qo‘shildik. Bundan tashqari, so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan Byudjet va Bojxona kodekslari (yangi tahrirda), «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi,
«Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida»gi, «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi, «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Bularningbari tom ma’nodadavlatimiztinchliginivaxalqfarovonligininghuquqiygarovidir.
2017 yil 4 yanvar kuni Prezidentimiz SH.Mirziyoev tashabbusi bilan qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun keng jamoatchilik tomonidan katta quvonch bilan kutib olindi. Sababi, bundan oldin aynan Korrupsiya va unga qarshi kurash sohasidagi amaliy chora-tadbirlar mazmun-mohiyatini tubdan yoritib beruvchi va davlat organlarining umumiy holatda vazifa va majburiyatlarini uzviy holatda belgilovchi normativ-xuquqiy hujjat mavjud emas edi. Qonun ijtimoiy-adolat ruhida tuzilgan bo‘lib, islohotlar samaradorligi va natijadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni o‘rganib, xalqaro amaliyot bilan taqqoslash va uni odamlarimiz, ayniqsa, joylardagi tadbirkorlar, jamoatchilik tashkilotlari bilan keng muhokama qilish asosida ishlab chiqildi. SHuningdek, jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha barcha huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, davlat hokimiyat iorganlari qolaversa har bir fuqaro mas’ul ekanligini chuqur izohlaydi.