Ijtimoiy gumanitar fanlar



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə52/96
tarix03.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#172218
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   96
Guliston davlat pedagogika instituti-fayllar.org

Nazorat savollari
1.Korrupsiya shakllanishining sabablari,
2.Korrupsiyaning shakllari.
3.Dunyo va O‘zbekistonda korrupsiyani bartaraf etish mexanizmlari.
11-mavzu: Dinshunoslik fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Ibtidoiy va milliy dinlar.
Reja:
  1. Fanning maqsad va vazifalari hamda obyekti va predmeti


  2. Dinning jamiyatdagi vazifalari.


  3. Dinning paydo bo‘lishi haqidagi ta’limotlar va diniy tasavvurlarning dastlabki shakllari


  4. Milliy dinlar va ularning ta’limoti




Tayanch so‘zlar
Din, E’tiqod, kompensatorlik, Sintoiylik, Dao, Talmud, Tavrot, Animizm, Totemizm, Fetishizm, Shamanizm, Yahudiylik, Vedalar, Hinduiylik, Konfutsiylik.


Fanning maqsad va vazifalari hamda obyekti va predmeti .
Dunyo xaritasida mavjud mamlakat borki, unda yashovchi xalqlarning o‘z dini, urf-odatlari va an’analari mavjud. Dunyo xalqlari tarixini o‘rganishda ularning diniy qarashlari, e’tiqodi va diniy amaliyotlarini e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas. Dunyo dinlari tarixini o‘rganishdan maqsad – urug‘- qabila, milliy va jahon dinlari insoniyat tamaddunining ajralmas qismi ekanligini tushunish, dinning ezgu mohiyatini anglash, shu bilan birga, mustaqillik yillarida yurtimizda diniy qadriyatlarni tiklash, diniy bag‘rikenglik madaniyatini yuksaltirish va bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumotga ega bo‘lishdan iborat.
Dinning nima ekanligi haqida jamiyatda yagona fikr mavjud emas. Dunyoviy ilm olimlari dinni ijtimoiy ong shakllaridan biri deb hisoblaydilar. Din vakillari esa, muayyan diniy ta’limotga asoslangan holda, “Din – bu, insonlar orasida joriy etilishi zarur bo‘lgan Xudoning qonunlaridir”, degan ta’rifni beradilar. Din– arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida ishonch, e’tiqod qilish ma’nolarini anglatadi.
Din ta’limotlar, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo‘ladi.
Dunyoda dini, ishonchi bo‘lmagan xalq yo‘q. Xalq dinsiz, e’tiqodsiz, ishonchsiz yashay olmaydi. Chunki, dinlardagi barcha qarashlar ezgulikka yo‘nalgan. Umumbashariy qadriyatlarni o’zida mujassam etgan xuddi shu jihat dinning ma’rifiy mohiyatini tashkil etadi hamda inson shaxsini yuksaltirishga xizmat qiladi. Demak, “Dunyo dinlari tarixi” fanining amaliy ahamiyati insonlarda dunyo dinlari qadriyatlariga hurmat bilan qarash, ularni qadrlash, turli dinlarga e’tiqod qiluvchilarga yaxshi munosabatda bo‘lish xislatlarini tarbiyalashdan iborat.
Dinshunoslikda dinga «Dinning o‘zi nima?», «Uning mohiyati nimadan iborat?» degan savol nuqtayi nazaridan yondashishdan tashqari «Din qay tarzda faoliyat olib boradi?» degan savol nuqtayi nazaridan ham yondashuv mavjud. Bu masala bilan ko‘proq din sotsiologiyasi shug‘ullanadi.
Sotsiologik jihatdan qaralganda din jamiyat uchun zaruriy narsa, ijtimoiy hayotning ajralmas qismidir. U ijtimoiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi va amalga oshiruvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. D in sotsiologiyasida uning jamiyatda bajargan vazifalariga ko‘ra o‘rganiladi. Dinning vazifalari deganda uning alohida shaxsga va jamiyatga ta’sir qilish yo‘li va tabiati nazarda tutiladi. Shuningdek, din sotsiologiyasida «Har bir din o‘z e’tiqod qiluvchisiga yoki jamoaga va umuman jamiyatga nim a beradi?», «Insonlar hayotiga qanday ta’sir ko'rsatadi?» degan masalalar o‘rganiladi.
«Dinshunoslikka kirish» fani dinni har tomonlama, xolislik va ilmiylik asosida o'rganuvchi fandir. Uning obyekti din bilan bog‘liq barcha tushunchalarni qamrab oladi.

Ular diniy manbalar, diniy ta’limotlar, diniy oqimlar, mazhablar, din bilan bogliq tushuncha, atama, hodisa, hissiyot kabi sohalar ushbu fanning obyekti hisoblanadi. Bu fanning predmeti esa aynan dinni o‘rganishdagi turli yondashuvlar, o‘rganishdagi tadqiqot usullari, xolis ilmiylik va obyektivlik tamoyillaridan iborat. Masalan, «ibodatgoh» tushunchasi islom dinida «masjid», xristianlikda «cherkov», yahudiylikda «sinagoga» so‘zlari bilan berilsa-da, ulardagi jamlovchi jihat — obyekt yagona, ya’ni «bino» bo‘lib, undan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad ibodatdir. Shuning uchun ham dinshunoslikda asosan bu kabi ibodatgohlarning diniy ibodat, e’tiqod, qarashlar kabi umumlashtiruvchi jihatlari o‘rganiladi.


Dinning ikki yirik tarkibiy qismi mavjud bo‘lib, ular: diniy e’tiqod va diniy marosimlardir. Bu ikki qism o‘z navbatida bir necha bo‘laklarni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘Iib, dinshunoslik fani ularni alohida obyekt sifatida o‘rganadi.
Dinshunoslik fani diniy e’tiqod va marosimlarni o‘rganishda muayyan usullardan foydalanadi. Mazkur usullarsiz dinni tadqiq etish yo bir yoqlamalikka yoki noxolislik va noilmiylikka sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, muayyan dinning muqaddas sanalgan manbasini o‘rganmay turib, undagi diniy qarashlar va marosimlar haqida to‘g‘ri xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Faqatgina diniy manbani o‘rganishning o‘zi ham doim yetarli emas. Chunki undagi qoidalar ushbu dinning dunyo bo‘ylab qay darajada keng tarqalganiga qarab turlicha talqin etilishi mumkin. Buning uchun ushbu dinga turli darajada e’tiqod qiluvchilar orasida so‘rov o‘tkazish usulidan foydalanish lozim bo‘ladi.
Dinshunos mutaxassis muayyan dinni o'rganishda uning ichki qonuniyatlaridan boxabar bo‘lishi va unga ehtiyotkorlik bilan yondashishi talab etiladi. Aks holda mazkur dinda eng muqaddas sanalgan narsalarga hurmatsizlik ko‘rsatib qo‘yishi va natijada ayrim muammolarning kelib chiqishiga sababchi bo‘lib qolishi mumkin.
Dinshunoslik fani diniy e’tiqod va marosimlarni o‘rganish ja~ rayonida ular bilan bog‘liq umumiy va xususiy jihatlar — qonuniyatlarni kashf etadi. Ularni tahlil (analiz) qiladi. Sintez metodi yordamida ularni birlashtirib turgan konsepsiya, maqsad va vazifalarni aniqlaydi. Ushbu qonuniyatlar asosida din bilan bog‘liq yuzaga kelgan masalalarga yechim topadi.



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin