Dinning jamiyatdagi vazifalari.
Din jamiyat bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, u odamlarda ishonch, ertangi kunga umid hissini mustahkamlash uchun xizmat qiladi.
Dinlarning kishilik jamiyatida bajaradigan o‘ziga xos vazifalari mavjud. Avvalo, din kishilarda dunyoqarashni shakllantirish vazifasini bajaradi. U dunyoning qanday paydo bo‘lganini, insonning yashashdan maqsadini ilohiy tarzda tushuntirib beradi.
Har bir din o‘ziga e’tiqod qiluvchilar uchun tasalli beruvchilik vazifasini bajaradi.
Inson bolasi boshiga biron kulfat, qiyinchilik tushganida o‘ziga dindan ovutuvchi, ko‘ngliga taskin beruvchi, yupatuvchi kuch topgan. Masalan, bir oilada kimdir vafot etganida ta’ziyaga kelganlar marhumning yaqinlariga qarata: “Bu xudoning irodasi. O‘lim haq. O‘lganning joyi jannatda bo‘lsin, qolganlar omon bo‘lsin”, deb taskin berganini eshitgansiz.
Din birlashtirish vazifasini bajarib, insonlar orasida hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Har bir din e’tiqod qiluvchilarini o‘z qoidalariga amal qilishga chaqiradi. Ularni bu qoidalarga sodiqlikka undaydi. Shu yo‘l bilan insonlarni birlashtiradi.
Din o‘ziga e’tiqod qiluvchilarning turmushini tartibga solib boshqarish vazifasini ham bajaradi.
Dinda kommunikativlik vazifasi ham bo‘lib, u diniy urf-odat, marosim va bayramlarni birgalikda o‘tkazishga, qarindoshlik, birodarlik, dindoshlik aloqalarini mustahkamlashga chaqiradi. Din axloq normalarini tartibga soladi hamda halol va harom, savob va gunoh nima ekanligini belgilab beradi.
Din inson hayotining ezgulik mohiyatini ochadi. Bu uning insonlarni ruhiy-ma’naviy tarbiyalash vazifasida aks etadi. Jumladan, dinlar odob-axloq qoidalarini, ijtimoiy odoblarni belgilab, insonlarning ma’naviy kamolotga yetishiga yordam beradi.
Din madaniyat rivojiga ham katta ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Bundan tashqari, u umuminsoniy va milliy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan avlodga yetkazish borasida ham muhim ahamiyatga egadir.
Dinning ijtimoiy vazifalari haqidagi ta’limotni dinshunoslikda funksionalizm rivojlantiradi. Funksionalizm jamiyatdagi barcha narsaga ijtimoiy tizim sifatida qaraydi: unga ko‘ra, jamiyatdagi har bir element muayyan funksiyani bajaradi. Dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:
Birinchidan, har qanday din o‘z e’tiqod qiluvchilari uchun to‘ldiruvchilik, ovutuvchilik, ya’ni «kompensatorlik» vazifasini bajaradi. Masalan, insonda doimiy tasalliga ehtiyoj hosil bo‘lishi hodisasini olaylik. Inson o‘z hayoti davomida tabiat va jamiyat bilan bo‘lgan munosabatlarida maqsadlariga erishishi ilojsiz bo‘lib ko‘ringanida, unda qandaydir m a’naviy-ruhiy tasalliga zarurat sezadi. Din bu o‘rinda m a’naviy-ruhiy ehtiyojni qondiruvchilik, «tasalli beruvchilik» vazifasini bajaradi.
Masalan, buddaviylik dini rohiblikni targ'ib qilar ekan, bu dunyoda orzu-havaslardan, rohat-farog‘atdan voz kechgan inson «nirvana» holatiga erishgach, abadiy rohatda bo‘lishini targ'ib qiladi. Shuningdek, xristianlikda ham har bir e’tiqod qiluvchi Iso M asihning qaytishiga umid qilgan holda hayotning turli muammolarini yengib, sabr-bardosh bilan hayot kechiradi. Chunki, xristianlik ta’limotiga ko‘ra, «Iso Masih qaytib kelgach, barcha izdoshlarini saodatli hayotga yetkazadi».
Islom dinida ham har bir musulmon bu dunyoda erishmagan moddiy yoki ruhiy orzu-istaklariga oxiratda erishishiga ishongan holda dunyo orzu-havaslariga ortiqcha berilmay, turmush mashaqqatlariga sabr qiladi. «Albatta, Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir», deyiladi islom dinining muqaddas manbasi Q ur’onda («Baqara» surasi, 153-oyat).
Ikkinchidan, muayyan din o‘z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, o‘ziga e’tiqod qiluvchilarni, ya’ni diniy jamoani shu ta’limot doirasida tutib turadi. Bu ijtimoiy hodi sa dinning birlashtimvchilik, ya’ni «integratorlik» vazifasi deb ataladi. D in e’tiqod qiluvchilarning ijtimoiy va ma’naviy hayotiga ta’sir o‘tkazadi. Bu esa dinning dunyo xalqlari madaniyati, adabiyoti, san’ati kabi sohalariga kirib borishi bilan amalga oshadi. Diniy urf-odat va marosimlarning jamoa bo‘lib bajarilishi ham unga e’tiqod qiluvchilarni birlashtiruvchi vosita hisoblanadi.
Masalan, yahudiylikda mazkur din vakillari bir millat va yagona maslak egalari ham da yagona xudo Yahvening eng sevimli bandalari ekanliklari haqidagi ta’limot ularni birlashtirib turadi. Xristianlikda esa bu dinga e’tiqod qiluvchilar bir-birlari bilan aka-uka — «birodarlar» ekanligi to‘g‘risidagi g‘oya ilgari suriladi.
Uchinchidan, har bir din o‘z qavmlari turmush tarzini boshqarish, tartibga solish, nazorat qilish, ya’ni «regulyatorlik» vazifasini bajaradi. D inlar o‘z urf-odatlari, marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan o‘z vaqtida, qat’iy tartibga amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qo‘yadi.
Masalan, hadislardan birida «Otaga itoat qilish — Allohga itoat qilishdir. Unga gunohkor bo‘lish Allohga gunohkor bo‘lish bilan barobardir», deyiladi. Rahbarga, ota-onaga itoat etish, kattalarni hurmat qilish va kichiklarni e’zozlashga chaqirish dunyo dinlarining asosiy shartlaridandir. Bu tamoyillar jamiyatni tartibga solishda asosiy vositalar hisoblanadi.
To'rtinchidan, dinning qonunlashtiruvchilik, ya’ni «legitimlovchilik» vazifasi ham borki, unga ko‘ra, har qanday ijtimoiy tizim muayyan cheklovlarsiz mavjud bo£la olmaydi. Buning uchun u qonun darajasiga ko‘tarilgan axloq normalarini ishlab chiqishi kerak. Din jamiyatda mavjud qoidalarni qonunlashtiradi va ushbu qonunlarning mukammal tizimini ishlab chiqadi. Bundan tashqari, din vazifalarining falsafiy, nazariy jihatlari ham mavjudki, u insonning yashashdan maqsadi, hayot mazmuni kabi masalalarga o‘z munosabatini bildiradi.