Ijtimoiy gumanitar fanlar



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə56/96
tarix03.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#172218
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   96
Guliston davlat pedagogika instituti-fayllar.org

Sintoiylik. Sintoiylik (sintoizm) dini qadimgi Yaponiyada vujudga kelgan. Uning nomlanishi xitoycha “sinto” (xudolar yo‘li) so‘zidan olingan. Sintoiylik dinining vujudga kelishi tarixiga oid aniq ma’lumotlar mavjud emas. Sintoiylik yaponlar uchun ham tarix, ham an’ana, ham hayot tarzidir. Sintoiylik ta’limotiga ko‘ra, Mikado (imperator) - osmon ruhlarining davomchisidir. Har bir yapon ikkinchi darajali ruhlar (“Kami”)ning vorisidir. Yaponlar “kami”ni ajdodlar va qahramonlarning ruhlari deb e’tiqod qiladilar. Xudojo‘y yapon vafot etgach, o‘zining ham o‘sha “kami”lardan biri bo‘lishiga ishonadi. Sintoiylikda oliy iloh tushunchasi mavjud emas. U ajdodlar ruhi va tabiatga sig‘inishga o‘rgatadi. Sintoiylikda umumiy hayotiy rioya qilinishi lozim bo‘lgan qoidalardan boshqa hech qanday diniy urf-odatlar yo‘q. Unda “Umum qonunlariga rioya qilgan holda tabiat qoidalariga mos harakat qil”, degan ma’naviy qoida mavjud. Yaponlar tasavvurida ular yaxshilik va yomonlik tushunchalarini tabiatan yaxshi bilganlar. “Kodziki” – sintoiylikning muqaddas kitobidir. Bu kitob Yaponiya va yapon xalqini tushunishning kaliti hisoblanadi. Yapon yozuvlarida ta’kidlanishicha, olamda birinchi bo‘lib tartibsizlik hukmronlik qilgan. Undan so‘ng yer Osmondan ajralib chiqqan hamda ayol va erkak jinsi paydo bo‘lgan. Ayol jinsi timsolida ayol xudo Idzanami, erkak jinsi timsolida uning eri Idzanagi yuzaga keldi. Ulardan ayol jinsidagi quyosh xudosi Amaterasu, erkak jinsidagi oy xudosi Sukiyomi, shamol va suv xudosi Susanoo tug‘ilgan. Sintoiylik yaponlarga mavjudot olami, tabiat va insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat haqidagi qarashlarni singdiradi. Sintoiylikka ko‘ra, “kami” faqatgina yapon millati bilan bog‘liq. Sintoiylikda har bir ibodatxonaning o‘z xudosi bo‘lib, uning boshqa ibodatxonalarga hech qanday aloqasi yo‘q. Har bir yapon oilasining o‘z ibodatxonasi mavjud. Ibodatxonada amalga oshiriladigan marosimlar, yilda bir marta bo‘ladigan rangin bayramlar yaponlar hayotining zaruriy qismi bo‘lib qolgan.
Nazorat savollari:


  1. Din deganda nimani tushundingiz?


  2. Din va ma’naviy qadriyatlar o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjud?
  3. Din azaldan inson ma’naviyatining tarkibiy qismi bo‘lib kelgan”. Mazkur jumlaga o‘z munosabatingizni bildiring.




  4. Jamiyat bilan din o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?


  5. Jamiyatda din qanday vazifalarni bajaradi?


  6. Nima uchun jamiyatni dindan ajratib bo‘lmaydi?


  7. Dinlarning o‘z qavmlariga tasalli beruvchilik va ularni birlashtiruvchilik vazifalarining mazmun-mohiyati haqida nimalarni bilib oldingiz?


  8. Bugungi kunda hayotimizda uchraydigan tumor, ko‘zmunchoq, taqa kabi jonsiz buyumlarni muqaddaslashtirish qachondan boshlangan?


  9. Urug‘-qabila dinlarining qanday shakllarini bilasiz?


  10. Bugungi kunda urug‘-qabila dinlarining qanday unsurlari saqlanib qolgan?


  11. Urug‘-qabila dinlarining o‘ziga xos va o‘xshashlik tomonlarini aytib bering.


  12. Yahudiylik dinining o‘ziga xos xususiyatlarini aytib bering.


  13. Yahudiylik ta’limotidagi “O‘n amr”ning mazmuni haqida o‘z fikrmulohazalaringizni bildiring.


  14. Konfutsiylikning axloq normalaridan qanday xulosalar chiqardingiz?


  15. Sintoiylik ta’limotining mazmuni haqida nimalarni bilib oldingiz?


  16. Daochilik, sintoiylik, konfutsiylik ta’limotlari haqida gapirib bering hamda ularning o‘ziga xos jihatlarini tushuntiring.



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin