Ijtimoiy gumanitar fanlar


Milliy dinlar va ularning ta’limoti



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə55/96
tarix03.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#172218
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   96
Guliston davlat pedagogika instituti-fayllar.org

Milliy dinlar va ularning ta’limoti
Yahudiylik. Milliy dinlarning o‘ziga xos xususiyati – ularga faqat muayyan millat va elat vakillarining e’tiqod qilishlaridir. Bu dinlar ko‘proq milly xususiyatlarni o‘zida mujassam etadi. Ulardan biri yahudiylik dinidir. Yahudiylik dunyodagi eng qadimiy milliy dinlardan biri bo‘lib, u taxminan miloddan avvalgi 2-ming yillikda Yaqin Sharqda paydo bo‘lgan. Birinchi bor yahudiy xalqini birlashtirib, Isroil – Yahudiya davlatini barpo qilgan shaxs – Dovud (miloddan avvalgi 1004–965-yy.) edi. Yahudiylar yagona xudo Yahvega sig‘inganlar. Miloddan avvalgi X asrdan boshlab yahudiylik davlat diniga aylangan. Yahudiy davlati podshosi Sulaymon miloddan avvalgi X asrda hashamatli Yahve ibodatxonasini qurdirgan. Ushbu din ta’limotiga ko‘ra, Xudo 400 yil davomida Misrda qullikda saqlanib kelgan Isroil avlodlarini ozod qilishni Muso (Moshe) payg‘ambarga yuklagan. Muso ularni Misr yerlaridan olib chiqib ketgan.
Yahudiylik manbalari va ta’limoti. Musoga Sinay tog‘ida Xudo tomonidan Tavrot kitobi nozil qilingan deb hisoblanadi. Yahudiy so‘zining kelib chiqishi ularning bobokalonlaridan bo‘lgan Yahudo nomidan olingan. Tanax va Talmud yahudiylikning muqaddas manbalaridir. Tanax Xudo tomonidan Muso payg‘ambarga Tur tog‘ida taxminan mil. avv. 1571-yilda nozil qilingan, deb ta’kidlanadi.
Yahudiylar e’tiqodiga ko‘ra, mazkur belgi Dovud payg‘ambarning qalqonida aks etgan. Shu sababli ham u “Magen david” – “Dovud yulduzi” deb ataladi. Shuningdek, mazkur ramzning olti burchagi dunyoning Xudo tomonidan olti kunda yaratilgani belgisi sanaladi. Yahudiy ruhoniylari bo‘lmish ravvinlarning fikricha, olti qirrali Dovud yulduzi, insonning besh asosiy sezgi a’zosining Xudoga talpinish va itoat qilishga chaqiruvchi eng muhim oltinchi sezgiga bo‘ysunishini anglatadi.
Talmud yahudiylar uchun Tavrot kabi ahamiyatga ega bo‘lib, diniy manba sifatida tan olinadi. Talmud ovqatlanish, kiyinish, ozodalik, kun tartibi, ibodatlar, marosimlar va bayramlarga taalluqli masalalarni o‘z ichiga olgan. Talmudda yahudiylik marosimlari tizimi ishlab chiqilgan. Shuningdek, unda yahudiylar butun umri davomida qat’iy amal qilishi va bajarishi lozim bo‘lgan 248 ta buyruq va 365 ta taqiq ham mavjud. Yahudiylikda diniylik va milliylik o‘zaro birlashib ketgan bo‘lib, ularni bir-biridan alohida tushunish mumkin emas. Bu dinda nasl-nasabning otaga emas, balki onaga qarab belgilanishi tartibi o‘rnatilgan. Yahudiylikda Xudo tomonidan Musoga nozil qilingan “O‘n amr”ga katta e’tibor qaratiladi. Shanba kunini muqaddas deb bilish yahudiylikda eng muhim e’tiqodlardan biridir. Bu kunda dam olish shart hisoblanadi.
Shu e’tiqodga ko‘ra, yer, ya’ni tuproq ham har yetti yilda bir marta dam olishi kerak. Yahudiylik ta’limoti asosida yakkaxudolik g‘oyasi yotadi. Diniy marosim va bayramlar yahudiylik ibodatxonasi – sinagogalarda amalga oshiriladi.
Yahudiylar qadimgi dunyoda va o‘rta asrlarda dastlab Rim, keyinchalik Vizantiya imperiyasida ayovsiz siquvga olinib, quvg‘in qilingan. Markaziy Osiyoda esa yahudiylik boshqa dinlar qatori teng huquqqa ega bo‘lgan. Bu esa yahudiylikning Markaziy Osiyo mintaqasiga kirib kelishiga sabab bo‘lgan. Yahudiylarning Markaziy Osiyo mintaqasida uzoq vaqt mobaynida tinch-totuv yashashi va bu yerlarga bog‘lanib qolishi ularning tarkibida “Buxoro yahudiylari” deb ataladigan qatlamni vujudga keltirdi. Buxorodagi ilk sinagoga VIII asrda qurilgan. Bugungi kunda mamlakatimizda boshqa diniy konfessiyalar qatorida yahudiylar jamoasi ham ro‘yxatdan o‘tgan. Yahudiylar, asosan, Buxoro, Samarqand va Toshkent kabi yirik shaharlarda istiqomat qiladilar.
Vedalar. Hindiston dinlari o‘zining ko‘p ming yillik taraqqiyoti davomida bir necha bor takomillashdi va nomlari o‘zgardi. Miloddan avvalgi ikkinchi ming yillik o‘rtalarida Sharqiy Yevropadan Hindistonning shimoli-g‘arbiy qismi, hozirgi Panjob hududiga g‘arbdan – Hindikush dovoni orqali oriylar bostirib kirgan. Ular o‘zlari bilan muqaddas yozuvlari, sanskrit tilidan tarjima qilinganda “muqaddas, ilohiy bilim” ma’nolarini anglatuvchi vedalarni olib kelganlar. Vaqt o‘tishi bilan, mazkur matnlar butun hind xalqining eng muqaddas manbasiga aylanib qoldi. Vedalar ibodat masalalari, marosimlar, falsafiy ta’limotlar, tarixiy xabarlar, ilohiy qo‘shiqlar, duo, yashash qoidalari, tilsim va sehr kabi mavzulardan iborat. Vedalar “Rishi” deb nomlanuvchi g‘ayritabiiy kuchlar bilan aloqada bo‘la oladigan kishilarga “vahiy” qilingan, deb e’tiqod qilinadi. Vedalarda butun tabiatning ilohiy ekani haqidagi ta’limot ilgari suriladi. Shuning uchun ham Hindiston ko‘pxudolikning o‘chog‘i hisoblanadi. Vedalarda osmon, quyosh, havo, yer xudolari mavjud.
Hinduiylik. Vaqt o‘tishi bilan vedalardagi qo‘shiqlar nafaqat ommaga, hatto ruhoniylarga ham tushunarsiz bo‘lib qoldi. Bu tilni o‘rganish uchun ehtiyoj paydo bo‘ldi. Odamlar maxsus guruh tuzib tilni o‘rgana boshladilar. Buning oqibatida braxmanlar tabaqasi vujudga keldi. Shu tariqa, vedalar davri o‘z o‘rnini braxmanlikka bo‘shatib berdi. Braxmanlar – diniy hayotni boshqarib boruvchi kohinlar bo‘lib, ular jamiyatning oliy tabaqasi hisoblanar edilar. Braxmanning so‘zi qolganlar uchun qonun bo‘lib, hukmdorlar ham unga bo‘ysunar edilar. Miloddan avvalgi VI-V asrlarga kelib Hindistonda buddaviylik, jayniylik kabi yangi dinlar paydo bo‘ldi. Ular braxmanlikni tanqid qilgan holda, oddiy kishilar orasida keng tarqala boshladi. Natijada braxmanlik o‘zini saqlab qolish maqsadida bir qancha islohotlarni amalga oshirdi va hinduiylik nomini oldi. Hinduiylik (induizm) o‘zigacha mavjud bo‘lgan barcha dinlardan o‘zi uchun zarur hisoblagan jihatlarni ta’limotiga singdira olgan dinligi bilan ajralib turadi. Biroq, bu dinga boshqa dindagi shaxslar yakka tartibda qabul qilinmaydi. Bunga kastachilik tartibi to‘sqinlik qiladi. Ayni paytda, hinduiylik braxmanlikdan katta farq qiladi. Hinduiylik ta’limotiga ko‘ra, braxmanlar nafaqat oliy tabaqa vakillaridan, balki oddiy xalq ichidan, hatto ayollardan ham chiqishi mumkin.
Hinduiylikda trimurti, ya’ni uchlik: Braxma (yaratuvchi), Vishnu (qo‘riqlovchi) va Shiva (yo‘q qiluvchi)lar asosiy xudolar hisoblanadi. Sigir qadimdan hindlar e’tiqodida muqaddas hayvon hisoblangan. Shuning uchun uni qurbonlik qilish yoki boshqa maqsadlarda o‘ldirish katta gunoh sanaladi. Sigirning besh mahsuloti (sut, suzma-sariyog‘, siydik va tezak)dan tayyorlangan panchagavyam hinduiylar e’tiqodida odamlarni va xonadonlarni poklashda alohida kuchga ega. Sigir muqaddas hayvon hisoblangani uchun u xudolar bilan bir qatorda ehtirom qilinadi. U keyinchalik “tirik but”ga aylanib, Shivaning ma’budlik o‘rnini to‘ldirdi. Hinduiylikda Hindistondagi deyarli barcha hayvon xudo yoki xudoning hamrohi deb e’tiqod qilinadi. Braxmanlik va kasta tizimiga tayangan hinduiylikdan so‘ng, mil. avv. VI asrda Hindistonda buddaviylik va jayniylik, milodiy XVI asrda esa sikxiylik dinlari vujudga keldi.
Jayniylik. Jayniylik (jaynizm) dinining asoschisi Vardxamana Maxavira (miloddan avvalgi 599-527-yy.) hisoblanadi. U “Jina” (“Muzaffar”) ham deyilgan va jayniylik ana shu so‘zdan kelib chiqqan. Jina (Jayna) ta’limotiga ko‘ra, hech bir jonzotga aziyat bermaslik lozim. U xalqning hokimlarga itoatda bo‘lishini shart qilib qo‘yadi. Shuningdek, mavjud moddiy dunyo yovuzlikdan iborat. Yovuzlikdan xalos bo‘lish, najot topish hamda abadiy rohat-farog‘atga taqvodor hayot kechirish orqali erishish mumkin, deb ta’lim beradi. Jayniylikning asosiy qoida-tamoyillarini o‘z ichiga olgan 45 ta asar mavjud. Bu asarlar Maxavira tomonidan bitilgan. Jayniylikning eng qadimgi muqaddas kitobi “Acharanga-sutra” deb ataladi va X-XI asrlargacha takomillashtirib kelingan. Bugunga qadar jayniylik ibodatxonalarida turli ma’budlarning haykallari saqlanadi. Kalkutta va Dilvara shaharlarida jayniylik ibodatxonalari mavjud. Kahjuro va Obu Ta’d tog‘laridagi ibodatxonalar esa o‘zining bezagi bilan dunyoga mashhur.
Sikxiylik. Hindistonda mavjud bo‘lgan dinlardan yana biri sikxiylikdir. U XVI asrda islom va hinduiylik dinlarining qorishmasi sifatida vujudga kelgan. Sikxiylik (sikxizm) diniga Panjobda guru, ya’ni ustoz Nanak (1469-1539) tomonidan asos solingan. Unga ergashganlar o‘zlarini sikxlar, ya’ni shogirdlar deb atashgan. “Sikxiylik” atamasi ham shu so‘zdan olingan. Sikxiylikning muqaddas kitobi “Adigrantx” (“Boshlang‘ich kitob) bo‘lib, beshinchi guru Arjun (1581- 1606) tomonidan tuzilgan. U panjob tilida yozilgan bo‘lib, hozirgi kunda Amritsardagi sikxlarning bosh ibodatxonasi hisoblanmish “Oltin Haram”da saqlanadi. Sikxlarda diniy va ijtimoiy faoliyatlarning markazi Amritsar oltin ibodatxonasidir. Shu bilan birga, Gurdvara deb nomlangan mahalliy ibodatxonalari ham bor. Ular, sikxlar hayotida muhim o‘rin tutadi. Mazkur din kastachilik tartibini qoralagan. Nanak va uning shogirdlari dehqonchilik bilan hayot kechirganlar. Nanak tuzgan jamoa bora-bora teng huquqli insonlar jamoasiga aylangan va bu jamoaga “Poklar ordeni” rahbarlik qilgan. Sikxiylik ta’limotiga ko‘ra, borliqning yaratuvchisi Xudo guruning ixlosi orqali bilib olinadi. Shuning uchun ham odamlarning Xudoni odam qiyofasida tasvirlashlari mumkin emas. Xudoga ishonish va uni sevish – bu odamlarga muhabbatdir. Sikxiylikda bu, muhabbat kastachilikni insonning jamiyatdagi mavqeyini va uning qaysi dinga e’tiqod qilishini hisobga olmaydi, deb qaraladi.
Konfutsiylik. Konfutsiylik (konfutsianizm) qadimgi Xitoyning diniy-falsafiy ta’limotlaridan biri. Unga mil.avv VI asrda faylasuf va pedagog Konfutsiy (Kun Szi, miloddan avvalgi 551-479-yy) asos solgan. Uning qarashlari “Konfutsiylik” asarida o‘z ifodasini topgan. Konfutsiylik ta’limoti insonlar orasidagi aloqa va munosabatlar, shuningdek, hayot, o‘lim, sharaf va boshqa barcha narsalar Xudo – Osmon tomonidan yuboriladi. Podshohlarga “Osmon o‘g‘illari” sifatida qaralgan. Osmon va yer xudosi sharafiga atab ibodatlar uyushtirish buyurilgan. Agar podshoh adolatdan uzoqlashib zulm qila boshlasa, u lavozimidan chetlatiladi va boshqaruvni Osmon o‘z qo‘liga oladi, degan qarash targ‘ib qilingan. Bundan tashqari, konfutsiylikda farishtalar ham muqaddas hisoblanib, ko‘zga ko‘rinmas borliqlar: jin va parilar, shuningdek, bulut, suv, tog‘ kabi olamlar ham mavjud deb ishonilgan va ajdodlar ruhiga sig‘inilgan. Konfutsiylikning muhim jihatlaridan biri – unda ruhoniylar qatlami va imon-e’tiqod asoslarining yo‘qligidir. Unda faqat Xudo tushunchasi va muqaddas matnlar mavjud. Xudo, nochor va tushkun ahvoldagi kishilarni himoya qilish uchun hukmdor va targ‘ibotchilar yuborib turadi.
Daochilik. Xitoy milliy dinlaridan biri bo‘lgan daochilik (daosizm) taxminan mil. avv. IV – III asrlarda paydo bo‘lgan. Unga qadimgi Xitoy faylasufi Lao Szi asos solgan. Uning asl ismi Li Tan bo‘lib, Lao Szi (Lao – keksa, Szi – donishmand) unga berilgan laqabdir. Rivoyatlarga ko‘ra, u onasi qornida sakson yil yashab, keksa holatida dunyoga kelgan. Shuning uchun uni shunday nom bilan atashgan. Daochilikning asosini “Dao” (xitoycha – “yo‘l”, “Xudo”) tushunchasi tashkil etadi. Daochilik nomi ham aynan shu so‘z asosida kelib chiqqan. Daochilikning muqaddas manbasi sifatida “Dao deszin” e’tirof etiladi. Bu o‘rinda “Dao” – yaratuvchi asos, yo‘l, “de” – yaxshi fazilat, “szin” esa, kitob ma’nolarini anglatadi. Mazkur din ta’limotiga ko‘ra, “Dao” dunyoni boshqaruvchi va olamlar yaratuvchisidir. Uni hech kim yaratmagan, aksincha barcha narsalar undan kelib chiqqan va unga qaytadi. U azaliy va abadiy, o‘z-o‘zidan mavjud. U har bir narsada namoyon bo‘la oladi va hech kim uni ko‘ra olmaydi. Lao Szi insonning yaxsh xulqli, marhamatli, sodiq, to‘g‘ri so‘z va vazmin bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi. Inson “Dao”ga o‘xshashga harakat qilsin, deydi. Daochilikda ibodat (xitoycha – “gunke”), dastavval, kuniga uch marta amalga oshirilgan bo‘lsa, hozirgi kunda ular ikkita – tonggi va tungi ibodatlardan iborat. Daochilikda bayramlar juda ko‘p bo‘lib, hattoki, o‘tib ketgan ulug‘ insonlarning tug‘ilgan kunlari ham bayram sifatida nishonlanib kelinadi. Bayramlar Xitoy milliy taqvimiga ko‘ra nishonlanadi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin