Birinchi qismda olamni yaratgan Xudo haqida so‘z yuritiladi.
Ikkinchi qismda Xudoning o‘g‘li Isus Xristosga imon keltirish haqida so‘z boradi.
Uchinchi qismda ilohiy mujassamlashuv haqida so‘z yuritilib, unga ko‘ra, Iso Xudo bo‘la turib, bokira Bibi Maryamdan tug‘ilgan va inson qiyofasiga kirgan.
To‘rtinchi qismda Isoning azob-uqubatlari va o‘limi haqida so‘z ketadi. Bu gunohlarning kechirilishi haqidagi aqidadir. Bunda Isoning tortgan azoblari va o‘limi tufayli Xudo tomonidan insoniyatning barcha gunohlari kechiriladi deb e’tiqod qilinadi.
Beshinchi qismda Isoning xochga mixlanganidan so‘ng uch kun o‘tib qayta tirilganligi haqidagi aqida keladi.
Oltinchi qismda Isoning meroji haqida so‘z yuritiladi.
Yettinchi qismda Isoning nuzuli ikkinchi marotaba yerga qaytishi) haqida so‘z yuritiladi.
Sakkinchi qism Muqaddas Ruhga imon keltirmoq borasidadir.
To‘qqizinchi qism cherkovga munosabat haqida.
O‘n birinchi qism o‘lganlarning ommaviy tirilishi haqida.
O‘n ikkinchi qismda abadiy hayot haqida so‘z yuritiladi.
Xristianlikning bundan keyingi falsafiy va nazariy rivojida avliyo Avgustinning ta’limoti katta rol o‘ynadi. Beshinchi asr bo‘sag‘asida u dinning bilimdan afzal ekanligini targ‘ib qila boshladi. Uning ta’limotiga ko‘ra, borliq inson aqli bilishga ojizlik qiladigan hodisadir, chunki uning ortida ulug‘ va qudratli Yaratuvchining irodasi yashiringan.