Ijtimoiy gumanitar fanlar



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə82/96
tarix03.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#172218
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   96
Guliston davlat pedagogika instituti-fayllar.org

Ilmiy bashorat —tadqiqotchi yoki olimning tabiat, jamiyat va inson tafakkuri taraqqiyoti qonunlariga asoslanib, kelgusida yuz beradigan hodisa, voqea yoki jarayonni oldindan aytishidir.
Ilmiy bilish - oddiy (kundalik) bilishdan farqlanib, borliqdagi predmet va hodisalaming qonuniyatlarini, ulaming mohiyatini bilishdir. Ilmiy bilish, odatda maxsus ilmiy tadqiqotlar olib borish asosida amalga oshadi, ya’ni bu ish bilan hamma kishilar emas, balki bir guruh yoki alohida kishilar: tadqiqotchilar, olimlargina shug‘ullanadilar. Bundan tashqari, ilmiy bilish uzoq davom etadigan, muayyan usullar va yollar bilan amalga oshiriladigan murakkab, ziddiyatli jarayondir.
Ilmiy g‘oya — ilmiy bilishning birinchi shaklidir. G‘oya — tadqiqot maqsadini, uning yo‘naIishi va mohiyatini ifodalaydigan ilmiy bilish shaklidir. G'oya o ‘z tabiatiga ko‘ra — fikrdir, u tadqiqotchi miyasida uning amaliy va nazariy faoliyati asosida paydo bo‘lib, borliqning to‘g‘ri yoki xato in’ikosidir.
Injil - Injil - xushxabar ma’nosini anglatadi. Yangi ahd tarkibiga kirgan Injil 4 ga bo‘linadi. 1) Matvey injili; 2) Marko injili; 3) Luka injili; 4) Ioann injili.
Jamiyat — kishilar o'rtasidagi manfaatlar va maqsadlarni oqilona mushtaraklashtirishga asoslangan, axloqiy, huquqiy mezonlar, an’ana, marosim, urf-odatlarga tayangan, muayyan boshqarish tizimi orqali yo‘naltiriladigan ijtimoiy, ma’naviy, iqtisodiy, siyosiy munosabatlardir.
Kalvinizm - Diniy islohotning boshqa bir yirik arbobi Jan Kalvin 1509-1564) edi. Uning 1536 yilda nashr etilgan “Xristian dinidagi ko‘rsatmalar” degan bosh asari, protestanizm ta’limot sifatida shakllanganidan keyin yangi bir diniy yo‘nalish - kalvinizmning asosi bo‘lib qoldi.
Katolisizm - umumiy, dunyoviy degan ma’nolarni ifodalaydi. Uning manbai - uncha katta bo‘lmagan Rim Xristian jamoasi bo‘lib, rivoyatilarga ko‘ra uning birinchi Yepiskopi apostol Petr bo‘lgan.
Katolisizmda Bibliyani sharhlash huquqi faqatgina ruhoniylarga beriladi, chunki ular uylanmaslik haqidagi diniy talabga amal qiladilar. Diniy ibodatlar dabdabali va sohtalashtirilgan ko‘rinishga ega, diniy o‘qish, duo, iltijolar lotin tilida olib boriladi. provslaviyadagi kabi katolisizmda ham farishta, ikona, ilohiy kuch, chirimaydigan marhum jasadlariga sig‘inish odatlari mavjuddir.
Kulgililik - Insonnning dunyo-voqea-hodisalariga o‘ziga xos munosabatlaridan biri-dunyoga kulgili nigoh bilan qarashdir. Bunday qarashni mavjud voqelik va uning beo‘xshov tomonlari to‘ldiradi.
Logika — tafakkur shakllari (tushuncha, hukm, xulosa) va tafakkur vositalarini (ta’rif, qoida, muhokama, tafakkur qonuniyatlari), ularning mazmunidan qat’i nazar, xolis o’rganuvchi ta’limot.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin