Madaniyat (arab. Sha Globallashuv (lot.globus – shar, Yer, sayyora) – XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asrning boshida jahon taraqqiyotida shakllangan yangi umumsayyoraviy tartibotlar, davlatlar va kishilar o‘rtasida o‘zaro aloqalarning kengayishi va murakkablashishi, dunyo miqyosida axborot makoni, kapital, tovar hamda ishchi kuchi bozoridagiintegratsiyalashuv. atrof–muhitga texnogen ta’sirning kuchayishi, ommaviy madaniyat namunalarining keng tarqalishi, axborot–mafkuraviy va diniy–ekstremistik xurujlar xavfining ortib borishini ifoda etuvchi tushuncha.
Mantiqiy bilish — predmet va hodisalarning mohiyatini bilishdir. Insonning borliqni aqliy bilishi — bu uning tafakkuri orqali borliqdagi predmet va hodisalarni fikr shakllarida bilishdir. Aqliy bilish — borliqdagi predmet va hodisalarning inson miyasidagi umumlashgan, mavhumlashgan va konkretlashgan fikriy ifodalanishidir.
Materiya — dunyoning mqddiy birligini ifodalovchi falsafiy kategoriyadir. „Materiya" „moddiy urtsur“ga, ,,atomar“ga, ,;pramateriya“ga nisbatan ham kengroq, umumiyroq bo‘lih, borliqning obyektiv real shaklini ifodalovchi, eng umumiy tushunchadir.
Mazmun — narsa yoki hodisani aynan shu narsa yoki shu hodisa sifatida ifodalovchi jarayonlar, muhim elementlar o‘zgarishlarining majmuyidan iborat.
Metodologiya — bilish va o’zgaruvchan faoliyat usullari to’g’risidagi ta’limot.
Miropomazanie — cho‘qinuvchining peshonasiga yeley surkash) yetti-sakkiz yoshlarda amalga oshiriladi, go‘dakligida emas. Bunda o‘spirin bola) yana bitta ismga ega bo‘ladi. Bunda u o‘sha avliyoning qilmishlari va g‘oyalarini maqsad qilib qo‘yadi. Shunday qilib, bu rusumning ijro etilishi imon mustahkamlanishiga xizmat qilishi zarur.
Mohiyat — narsa va hodisalarning ichki eng muhim o‘zaro bog'lanishlari, shu bog‘lanishlarning qonuniy aloqadorliklarini ifodalaydi.
Monizm — (yunoncha “monos”, yakka, bir degani) — dunyoning asosi bitta, deyuvchi ta'limotini keltirib chiqargan.