Ijtimoiy gumanitar fanlar



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə85/96
tarix03.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#172218
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   96
Guliston davlat pedagogika instituti-fayllar.org

Praksiologiya — insonning predmetli-o’zgartiruvchan, amaliy faoliyati to’g’risidagi falsafiy ta’limot.
Pravoslav — Pravoslav oqimi xristianlikning uch asosiy yo‘nalishidan biri o‘laroq, tarixan uning sharqiy shahobchasi sifatida ro‘yobga chiqdi va shakllandi. Bu oqim asosan Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Bolqon mamlakatlarida tarqalgan. Pravoslav atamasi yunoncha ortodoksiya so‘zidan olingan bo‘lib, ilk davr xristian yozuvchilari asarlarida uchraydi. Pravoslaviening kitobiy asoslari Vizantiyada shakllandi, chunki bu yo‘nalish u yerdagi hukmron din edi.
Protestantizm — Protestanizm tarixi Martin Lyuterdan 1483-1546) boshlanadi. U birinchi bo‘lib katolik cherkovi bilan aloqani uzdi va protestant cherkovining asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va uni himoya qildi. Bu nizomga ko‘ra, insonning Xudo bilan bevosita muloqoti mumkin. Lyuterning diniy va dunyoviy hokimiyatga qarshi chiqishlari, katolik dindorlarning imonni va vijdonni inson bilan Xudo o‘rtasidagi vositachi sifatida nazorat qilish haqidagi mulohazalarga qarshi chiqishi jamoatchilik tomonidan favqulodda diqqat bilan tinglandi.
Qism — shu butunni tashkil qilgan uning tarkibidagi ma’lum boiak, komponent, elementdir.
Qonun - narsa va hodisalar o‘rtasidagi ob’ektiv, takrorlanib turuvchi muhim, zaruriy, umumiy, qat’iy va barqaror munosabatlarni va bog‘lanishlarni ifodalaydi.
Real imkoniyat — rivojlanishning asosiy tendensiyasini ifodalovchi hozirgi sharoitda uning ichki mohiyatidan kelib chiquvchi imkoniyatdir. Real imkoniyat konkret, ayni vaqtda amalga oshishi mumkin bo'lgan imkoniyatdir.
Rivojlanish — progressdan iborat o‘zgarish bo‘lib, keng ma’noda quyidan yuqoriga, oddiydan murakkabga qarab ilgarilab boruvchi harakatdir
San’at - estetikaning ob’ekti sifatida o‘ziga xos olam. Unda nafosatning xususiyatlari bo‘rtib ko‘zga tashlanadi. Shunga ko‘ra uni nafosatga burkangan ijtimoiy hodisa deyish mumkin. San’at hayotni in’ikos ettirar ekan, insonning o‘zini o‘ziga ko‘rsatuvchi ulkan ko‘zgu vazifasini o‘taydi. U insonni o‘rgatadi, da’vat etadi, go‘zallashtiradi. Bu vazifalarni bajarishda estetika san’atning ko‘makchisi, yetakchisi hisoblanadi.
Sezgi — hissiy bilishning dastlabki shakllaridan bo‘lib, borliqni bilislming o‘ziga xos ko‘rinishidir. Sezgi va sezgilar insonning sezgi a’zolarida borliqdagi predmet va hodisalarning bevosita yoki bilvosita ta’siri natijasida yuzaga keladigan hissiy obrazlardir.
Shakl — mazmunning mavjudlik usulini, uning strukturasini, ya’ni tuzilishini ifodalovchi, narsa va hodisalarning ichki va tashqi tomonlarining birligidan iborat.
Sistema — borliqdagi o‘zaro bog'liq, muayyan tartibdagi birbiriga ta’sir va aks ta’sir qilib turuvchi narsalar, hodisalar va jarayonlarning qonuniyatli birligidir.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin