Ulug‘vorlik - estetik va axloqiy mezonlar bilan bog‘lanib, nihoya darajada yaqqol va bevosita amal qidadigan estetik tushunchani tashkil etadi.
Vaqt — fazoning muayyan nuqtasida ro‘y beruvchi hodisalar ketma-ketligi, tartibi va davomiyligi o‘lchamidir.
Xristianlik - eramizning boshida Rim imperiyasining sharqiy qismida Falastin yerlarida vujudga keldi. Iso Masih Iisus Xristos) Bibliyaning xabar berishiga ko‘ra, xristianlik ta’limotining asoschisi bo‘lib, u Rim imperiyasi tashkil topganining 747 yili Falastinning Nazaret qishlog‘ida bokira qiz Maryamdan Xudoning amri bilan dunyoga keldi. Yangi eraning boshlanishi ham Iso Masihning dunyoga kelishi bilan bog‘liq.
Xulosa chiqarish– bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma’lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqaruvchi shaklidir.
Xulq - oila, jamoa, mahalla-ko‘y miqyosida ahamiyatli bo‘lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui.
ILOVALAR O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI