Siyosat — muayyan davlatning boshqa davlatlar, xalqlar, millatlar, siyosiy guruhlar, partiyalar bilan olib boriladigan siyosiy munosabatlari majmuyidir.
Struktura esa shu sistemani tashkil etgan narsalar, hodisalar va jarayonlarning tartibi, tuzilishi, tarkibi, joylashishi va ifodalanishidir. Struktura har bir narsa yoki hodisaning, har bir sistemaning ajralmas tub xususiyati bo'lib, u muayyan elementlardan tashkil topadi.
Substansiya — (lotincha “substantina” — mohiyat; falsafada narsalaming mohiyati) deyilganda falsafada dastlabki vaqtlarda borliq, tabiat, jamiyat, inson va bir butun dunyoda barcha narsa hamda hodisalarning asosini tashkil etadigan moddiy yoki ruhiy birlamchi narsa tushunilgan.
Tabiat — borliqning mukammal, murakkab, obyektiv qonunlariga ega bolgan qismidir. Tabiat o‘z qo‘ynida yashayotgan insonni hayratlantiradi, ilhomlantiradi, uning yashashi, ijtimoiy, ma’naviy kamol topishi uchun zarur bolgan malum imkoniyatlar manbayidir. Inson va jamiyatning hayoti, taraqqiyoti istiqbollarini bu imkoniyatlardan ajratib tasawur qilib bolmaydi.
Tasavvur — ilgari idrok etilgan, ammo, ayni vaqtda, bevosita idrok etilmayotgan predmet va hodisalarning inson miyasidagi qayta ishlanib, tiklangan hissiy obrazdir. Tasawurning o'ziga xos xususiyati shundaki, u borliqdagi predmet va hodisalar bilan, ayni vaqtda, bevosita bog‘lanishda bo‘lmagan holda ularning ilgarigi paydo bo‘lgan obrazlari asosida qayta tiklanishidir.
Tavrot - Musoga tegishli bo‘lgan, besh kitob “Tavrot” deb ataladi va u quyidagi kitoblarga bo‘linadi: 1) “Borliq” yoki “Ibtido”; 2) “Chiqish”; 3) “Levit”; 4) “Sonlar”; 5) “Ikkinchi qonun”.
Tezis – chinligi asoslanishi lozim bo‘lgan hukm, u isbotlashning markaziy figurasi hisoblanadi; butun diqqat-e’tibor uning chinligini ko‘rsatishga qaratiladi. Tezis bir mulohazaning o‘zidan, yoki mulohazalar tizimi, yoki teoremalar, yoki aniq faktlarni umumlashtirish natijalari, yoki hodisalarning sababini ko‘rsatuvchi mulohazalardan iborat bo‘ladi.
Tushuncha — predmet va hodisalar, ularning muhim va zaruriy belgi va xususiyatlarining umumlashtirilgan, mavhumlashtirilgan va, ayni choqda,aniqlashtirilgan filmy obrazidir. Masalan, ,,Inson“ tushunchasini olaylik. Bu tushuncha hamma kishilikjamiyatiga xos bo‘igan, mehnat qiluvchi, mehnat qurollari va mehnat vositalariiii yaratuvchi hamda ular asosida moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiquvchi, ong, tafakkur, til va nutq kabi muhim va zarur belgi va xususiyatlarga ega bo‘lgan bioruhiy ijtimoiy mavjudotning fikriy ifodasidir.