Ijtimoiy gumanitar fanlar


RESPUBLIKAMIZ HUDUDIDA TARQALGAN NOYOB BALIQLAR



Yüklə 214,44 Kb.
səhifə2/12
tarix27.04.2023
ölçüsü214,44 Kb.
#103583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
O\'RTA OSIYO SUV HAVZALARIDA UCHRAYDIGAN BALIQ TURLARI VA ULARNING

RESPUBLIKAMIZ HUDUDIDA TARQALGAN NOYOB BALIQLAR
1.1 Baliqlarning umumiy tavsifi
Baliqlar(Pisces) sinfiga tana temperaturasi doimiy bo‘lmagan, jabralar yordamida nafas oladigan umurtqali suv hayvonlari kiradi. Baliqlar butun tanasini to‘lqinsimon egib, bukishi hisobiga oldinga qarab harakatlanadi. Bunday harakatlanishda baliqlarning muskulli baquvvat dumi, bundan tashqari, rul vazifasini bajaruvchi juft va toq suzgich qanotlari ham aktiv ishtirok etadi. Ular tanasining yon tomonlari bo‘ylab terisida o‘ziga xos sezgi organi yon chiziq organi joylashgan bo‘lib, u suvning tebranishini qabul qiladi.Ko'pchilik baliqlarning tanasi tangachalar bilan qoplangan bo‘ladi.
Karpsimon baliqlar (Pisces) — umurtqalilar kenja tipining katta sinfi, juda keng tarqalgan. Tuzilishi, hayot kechirishi va ekologik xususiyati suv muhitiga juda yaxshi moslangan. Suvda tez suzadigan baliqlarning tanasi chо'ziq suyri shaklda bо'lganidan suvning qarshiligiga kamroq uchraydi. Sekin suzadigan baliqlarning tanasi yapaloq bо'ladi. Suyakli baliqlarning xarakterli belgisi skeletining to‘liq suyakdan iboratligidir. Dumi gomotserkal tipda, ba‘zi turlarida dum suzgichi reduktsiyaga uchragan. Og‘zi boshining oldingi uchida joylashgan. Gavdasi suyak tangachalar bilan qoplangan. Odatda, tangachalari yumaloq, yupqa plastinka shaklida. Jabra pardalarini tutib turadigan shu‘lalari bor. Havo pufakchasi yaxshi rivojlangan. Jabra apparati jabra qopqog‘i bilan bekilgan. Ko‘krak va qorin juft suzgich qanotlari gavdasiga nisbatan vertikal holda joylashgan.
Karpsimonlar zog'orabaliqsimonlar (Cyprinidae) — karpsimonlar suyakli baliqlar sinfining turlarga eng boy oilasi hisoblanib, tanasi (uzunligi 2 sm dan 1,5 m gacha) sikloid tangachalar bilan qoplangan yoki yalang'och. Jag'larida tishlari bo'lmaydi, ozig'i halqumidagi yutinish tishlari yordamida maydalanadi.Skeleti suyakdan iborat. Jag'lari yaxshi rivojlangan. Baliqlar tanasini tо'lqinsimon bukib va yozib harakatlanadi. Juft va toq suzgichlari harakatlanayotganida tanani boshqarish va muvozanatini saqlash vazifasini bajaradi. Tanasi kichikroq yoki yapaloq shaklda bо'lgan baliqlar juft suzgich qanotlarini eshkak kabi suvga urishi yoki tо'lqinsimon harakatlanishi tufayli suzadi. Baliqlarning tanasini bukish xususiyati umurtqalar soniga va terisi sirtidagi tangachalar kata kichikligiga bog'liq. Baliqlar umurtqalari 16 tadan (oy baliqlarda) 400 tagacha (Yangi Zelandiya kamar balig'ida). Bosh skeleti yaxshi rivojlangan, yuz skeleti til osti yoyi va beshtacha jabra yoyidan tashkil topgan jag'lardan iborat. Bosh miyasi har xil darajada rivojlangan. Suyakli baliqlarning oldingi miyasi kichik, о'rta miya va miyacha nisbatan yirikroq, ikki xil nafas oluvchilarning miya yarim sharlari rivojlangan, miyachasi esa kichik bо'ladi. Bosh miyasidan о'n juft nervlar chiqadi. Ta‘m bilish organlari yaxshi rivojlangan. Eshitish organlari ichki quloqdan iborat, baliqlar har xil tovushlarni, shu jumladan ultratovush to'lqinlarini yaxshi eshitadi. Urchish davrida kо'pchilik baliqlar suzgich pufak yordamida tovush chiqarish xususiyatiga ega. Odatda 1 m gacha masofadagi narsalarni ajrata oladi. Lekin ko'zdagi о'roqsimon о'simtaning qisqarishi, kо'z gavharining o'zgarishi tufayli 12 m gacha uzoqlikdagi narsalarni ajrata olishi mumkin. Suvning chuqur qatlamlarida va g'or suvlarida yashovchi baliqlarning ko'zlari yо'qolib ketgan. Baliqlar yon chiziq organlari yordamida yaxshi oriyentatsiya qila oladi.
Asosiy nafas olish organlari — jabralari umrbod saqlanadi. Ayrim baliqlarda (polipterus, seratod) jabra bilan bir qatorda atmosfera havosidan qо'shimcha nafas olish organi — о'pka ham rivojlangan.Baliqlar ayrim jinsli, ba‘zi turlari (tosh olabug asi) germafrodit. Baliqlar turli yoshda voyaga yetadi. Gambuziya va tezsuzar baliqlar bir yilda, orol mо'ylovdori va bakra baliq 12— 14 yoshda, beluga 20 yoshda voyaga yetadi. Keta va gorbusha kabi baliqlar hayoti davomida bir marta uvildiriq tashlaydi. Kо'pchilik baliqlar (yelets, nozaylo) kо'p yillar davomida har yili bir martadan, boshqalari (zog'ora, oq kumush, tovon baliq) yiliga bir necha marta uvildiriq tashlaydi. Ayrim baliqlar (chо'rtan, oq qayroq) bahorda, kо'pchilik baliqlar (zog'ora, oq kumush, mо'ylovdor va b.) bahor — yoz oylarida, ba‘zilari (gulmoy) kuzda urchiydi. Nalim va ripus qishda uvildiriq tashlaydi. Tuxumlari bir nechtadan (ayrim akulalar) 300 mln.gacha (oybaliq) yetadi. Bir qancha baliqlar (gambuziya, ayrim tog'ayli baliqlar) tirik tug'ib kо'payadi. Baliqlar har xil kattalikda bо'ladi. Filippin orollari yaqinida tarqalgan pondako tanasining uz. 1 — 1,5 sm, og'irligi 1,5 g bo'lsa, eng yirik kit akulasining uzunligi 15— 20 m ga, og'irligi 12 — 14 t ga yetadi. Baliqlarning yoshini tangachalari va ba‘zi suyaklaridagi yillik halqachalariga qarab aniqlanadi. Baliqlar 1 — 2 yildan (tezsuzarlar) 100 — 120 yilgacha (beluga) umr kо'radi. Amudaryo va Sirdaryoda tarqalgan laqqa baliq 50 — 60 yilga yaqin yashaydi. Oziqlanish usuliga kо'ra baliqlarning og'zi va tishlari har xil tuzilgan. Baliqlarning faqat jag'larida emas, balki til, tanglay va halqumida ham tishlari bо'ladi (chо'rtan, karas) baliqlarning tuxumdan chiqqan chavoqlari dastlab sariqlik xaltachasi hisobiga oziqlanadi, keyinchalik suv o'tlari va bir hujayrali hayvonlar bilan oziqlana boshlaydi. Yirtqich baliqlar (laqqa, cho'rtan,olabug‘a) boshqa baliqlar hamda jonivorlarni yeydi. Zog'ora, moy, mо'ylovdor baliqlar о'simlik va hayvonlardan iborat aralash oziqlar bilan oziqlanadi. Baliqlarning har xil rangda bо'lishi ular terisidagi pigmentli hujayralar — xromotoforlarga bog'liq. Xromotoforlar nerv ta‘sirida tashqi muhit rangiga mos ravishda rangini о'zgartirish xususiyatiga ega. Bu hodisa baliqlarning dushmanlardan saqlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Baliqlar tana harorati beqaror, sovuqqon jonivorlardir. Tana harorati deyarli suv haroratiga yaqin, ba‘zan 0,5 C° ortiqroq bо'ladi. Baliqlar hozirda umurtqalilar orasida eng xilma-xil hayvonlar bо'lib, barcha xordalilarning deyarli yarmini, ya‘ni 20000 dan ortiq turni o'z ichiga oladi. Baliqlar 2 sinfga: tog'ayli va suyakli baliqlarga ajratiladi. Kо'pchilik turlari (96%)suyakli baliqlarga kiradi.Suyakli baliqlarning boshini hisoblamaganda, ularning kо'pchiligining butun gavdasi suyak tangachalar bilan qoplangan. Suyak tangachalar tomga yopiladigan cherepitsaday bir-birining ustiga yotadi.Suyakli baliqlar skeleti tog'ayli baliqlar skeletidan farq qilib, asosan suyakdan tashkil topgan. Suyaklar kelib chiqishiga qarab tog'ay (xondral) suyaklar va teri, ya‘ni qoplag'ich suyaklarga bо'linadi. Xondral suyaklar tog'ay to'qimasining sekin-asta suyak tо'qimasiga almashinishidan hosil bо'ladi. Qoplag'ich suyak chin teridan hosil bо'ladi va tog'ayli davrini o'tamaydi.Baliqlarning skeleti o'z navbatida о'q skeleti, bosh skeleti va suzgich qanotlar skeletiga bo'linadi.
Panja qanotlilar, ikki xil nafas oluvchilar va osyotrsimonlarda о'q skeleti vazifasini xorda bajaradi.

Yüklə 214,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin