Ijtimoiy gumanitar fanlar


Respublikamizda tarqalgan baliqlar haqida qisqacha ma'lumotlar



Yüklə 214,44 Kb.
səhifə6/12
tarix27.04.2023
ölçüsü214,44 Kb.
#103583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
O\'RTA OSIYO SUV HAVZALARIDA UCHRAYDIGAN BALIQ TURLARI VA ULARNING

Respublikamizda tarqalgan baliqlar haqida qisqacha ma'lumotlar
Sazan(zog'orabaliq)Cyprinuscarpio Linnaeus. Respublikamizning chuchuk suvlarda yashaydigan juda keng tarqalgan baliq.Yevropada ham bor. Tinch okean havzasida uni Amur daryosidan to, Yunanagacha uchratish mumkin. Osiyoda bu baliq yana Qora, Kaspiy va Orol dengizlari suv havzalarida ham keng tarqalgan. So‘nggi paytlarda zog‘ora baliq Murg‘ob daryosi va Balxash ko‘lida ham ko‘paytirildi. Umuman, sazanning areali yaxlit bo‘lmay, balki bo‘lak- bo'klarga ajralgan. U daryo va ko‘llarda turli xil sharoitda yashashga moslashgan, lekin tez oqadigan suvlarda uchramaydi, suv ostidagi tinch kamarlarda ko'p bo'ladi.Tanasi nisbatan cho'ziq, suzgich qanotlari to‘q rangda, dum suzgichlarida esa qizg‘ish xollari bo‘ladi. Bu baliqning rangi tez-tez o'zgarib turadi.Zog'ora baliqning tangachalari yirik, boshida ikki juft mo'ylovi bor, xalqumida tishlari uch qator.Orqa tomoni qoramtir, yonlari sarg‘ish- jigarrangda.Yirigining bo‘yi bir metrcha, og‘irligi 20 kg gacha bo‘ladi.45 kgli zog'ora baliq ham tutilgani ma‘lum.Bu baliq 30 yilcha yashaydi.O‘rta Osiyoda zog‘ora baliq aprel-may oylarida urchiydi.Uvildirig‘ini ertalab sayoz yerlarda, qamish va suvo‘tlar orasiga tashlaydi.Serpusht baliq, uvildirig‘ining soni yoshiga va katta-kichikligiga bog‘liq. Uch yoshli sazan 20-30 mingta gacha, kattalari esa 100 minglab, hatto millionlab, uvildiriq tashlashi mumkin.Uvildirig'i suv o'tlariga yopishib qoladi, rivojlanishi suvning haroratiga bog'liq bo'lib, 3-8 kun davom etadi.Tuxumdan chiqqan lichinkasining bo'yi 4 mmcha.Dastlab u sement organi (yopishqoq modda ajratadigan a‘zosi)yordamida o'simlikka yopishib oladi, bo'yi 2-3 smga yetganida erkin suzib yuradi.O'sishi yashadigan yerining ekologik va oziq sharoitiga bog'liq. Ekologik sharoit yaxshi bo‘lsa, ikki yoshidayoq bu baliqning bo‘yi 30 sm,og‘irligi 500-600grga yetib qoladi. Lichinkasi sariqlik qopchasidagi ovqati tamom bo‘lgandan so‘ng infuzoriya, siklop kabi mayda organizmlar bilan oziqlanadi. Voyaga yetgan zog‘ora baliq qisqichbaqa, molluska va o'simliklar va hatto suvga to'kilgan urug'lar bilan oziqlanadi.
1-rasm .Zog'ora baliq
Karp (cyprinus carpio) karpsimon baliqlar oilasiga mansub zog‘ora baliqning xonakilashtirilgan bir formasi. Baliqchilik xo‘jaligida ko‘paytiriladi, mamalakatimizda ko‘proq oyna karp degan formasi urchitiladi. 3-5 yoshida (urg‘ochisi ertaroq, erkagi kechroq ) voyaga yetadi. 700 mingtagacha yopishqoq uvildirig'ini sayoz yerlarga tashlaydi. Lichinkasi ekologik sharoitiga ko‘ra 3-10 kunda, uvildiriqdan chiqadi. Ikki yoshida 2,5 kg va undan ham og'irroq bo'ladi.Lichinkasi dastlab o'simliklarga yopishib oladi, keyinchalik erkin suzib yurib, infuzoriya kabi mayda organizmlar bilan oziqlanadi. Kattaroq bo‘lganda, esa chuvalchang va hasharotlar qurti bilan oziqlanadi. Oyna karpdan tashqari sermahsul va turli ekologik sharoitda moslashgan boshqa formalari ham yetishtirilgan.Tanasida alohida alohida katta va yaltiroq tangacha bo‘lganligi uchun oynakarp deganbnomni olgan.
Karplarning og'zida tishlari bo'lmaydi, lekin orqa jabra yoylarda o'rnashgan halqum tishlari bor.Bu oilaga ko'l va daryolarda yashaydigan plotva, Kaspiy- Volga havzasida yashaydigan vobla, lesh, zog'ora baliqlar kiradi. Orol dengizi,
Zarafshon, Amudaryo va Sirdaryo havzalarining daryo va kо'llarida uchraydigan mo'ylov baliq, qora baliq, moy baliq, oqcha baliq ham karpsimonlar turkumiga kiradi.
Zog'ora baliq asosiy ovlanadigan baliqlardan hisoblanadi. Hozirgi kunda ovlanadigan karpsimon baliqlar orasida zog‘ora baliq va uning xonaki formasi karp birinchi o‘rinda turadi. Xar ikkala baliqdan O‘zbekiston havzalarida yiliga 600-700 sentnerdan, dunyo bo'yicha esa 2mln sentner atrofida ovlanadi.

Yüklə 214,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin