3. Iqtisodiyotning rivojlanishida pulning roli. Mamlakat rivojlanishining asosiy vositalaridan biri pul bo’lib, bozor iqtisodiyotiga o’tish va unda faoliyat yuritishda uning o’rni va ahamiyati yanada oshib boradi. Darhaqiqat, pul – “bozor tili” deb bejiz aytilmagan. Har bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar bahosi, to’lovlar, daromadu xarajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar mikro va makro darajalarda faqat pulda ifoda qilinadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida pul ahamiyatining ortib borishi jamiyatimizda mavjud huquqiy va jismoniy shaxslar faoliyati va uning natijasi – daromadi pul bilan bog’liq.
Bozor iqtisodiyotini muhim omilini pul tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti pul bilan tirik, chunki takror ishlab chiqarish jarayonining barchasida pul vositachilik qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovarlar va xizmatlarning ishlab chiqarishdan boshlab iste’molchigacha bo’lgan jarayon pul vositasida amalga oshadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomilasini uyushtirish, tovarlarni ayirboshlash, pullarni saqlash va taqsimlash, bo’sh pulni qarzga berish, korxonalar o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar yanada kuchayib, murakkablashib boradi. Pul shaklidagi mablag’lar bozor orqali resursga aylanadi va ular ishtirokida tovarlar yaratiladi, tovarlar sotilib yana pulga aylanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida nafaqat pul, balki uning ekvivalentlaridan – aksiya, obligasiya kabi qimmatli qog’ozlar va boshqalardan keng foydalaniladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ilgari pulga aylantirilmagan ayrim vositalar ham endi pulda o’z aksini topadi (yer va boshkalar). Umuman bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar moliyasini tashkil etish, pulni aylanishi, umuman xo’jaliklar faoliyatini tashkil etilishi yangi pul munosabatlari asosida tashkil etiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib bozor iqtisodiyoti sharoitida pul iqtisodiy quvvat, iqtisodiyotning o’ziga xos tashrif qog’ozi bo’lib xizmat qiladi.
Pulni quyidagi xususiyatlarini o’zida ifodalaydi:
• Pulning boshqa tovarlardan ajralib turuvchi maxsus tovarligi.
• Pul – bu umumiy ekvivalent – yagona tovar bo’lib qolgan tovarlar qiymatini o’zida ifoda qilishi.
• Pulning ekvivalent sifatida tovarni yaratishga ketgan mehnat va boshqa xarajatlarni o’zida ifoda qilishi.
• Pulning har bir iqtisodiy tizimda, tovar ishlab chiqarishda kishilar o’rtasidagi yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifoda qilishi va boshqalar (pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo’lishi).
Pulning muhim xususiyati shundaki, u ham boshqa tovarlar singari qiymatga va iste’mol qiymatga ega bo’lishi bilan birga boshqa barcha tovarlarga qarama-qarshi turadi. Bu bir tomonda pul, ikkinchi tomonda boshqa tovarlar. Pulning iqtisodiy mohiyati xususida iqtisodiy adabiyotlarda turli ta’riflar va talqinlar mavjud bo’lib, uning mohiyatiga nisbatan yagona yondashuv mavjud emas. Chunki, jamiyatda xo’jalik yuritish tuzumining va ijtimoiy - iqtisodiy sharoitning o’zgarishi pulning mohiyatini turlicha talqin etilishini talab etmoqda. Jumladan, iqtisodchi olimlar va soha mutaxassislari pulni - iqtisodiy kategoriya sifatida, qiymat o’lchovi vositasi, umumekvivalent tovar, maxsus tovar, ayirboshlash vositasi ekanligini e’tirof etadi. Pul jamiyatda sodir bo’layotgan ijtimoiy iqtisodiy munosabatlarda, jami ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, bozordagi talab va taklif asosida tovarlar bahosini aniqlashda bevosita qatnashishi uning mohiyatini namoyon qiladi. Pulning iqtisodiy mohiyati va uning zaruriyatiga xorij iqtisodchilari alohida e’tibor qaratgan bo’lmasalarada, iqtisodiy nazariyachilarning asarlarida unga nisbatan berilgan fikrlarini uchratish mumkin. Masalan, A.Smit pulni iqtisodiy kategoriya darajasiga ko’tarib, unga «pul - bu muomalaning buyuk g’ildiragi», «savdo-sotiqning yuksak quroli» sifatida ta’rif beradi. D. Yum A. Smitning pul xususidagi qarashlariga e’tiroz bildirib, «Pul bu - savdo - sotiqning g’ildiragi emas, balki u yog’, shu savdo sotiq g’ildiragini erkin va yumshoq yurishiga imkoniyat yaratadigan vositadir degan fikrni bildiradi. Rossiyalik iqtisodchi olimlar ham pulning iqtisodiy mohiyatiga alohida e’tibor qaratishgan. Jumladan, iqtisod fanlari doktori, professor B.I.Sokolov pulning mohiyatiga «pul mehnat taqsimoti chuqurlashib borayotgan ushbu jamiyatda tovarlarni ayirboshlash va to’lovlarni amalga oshirish ishlarini yengillashtiradi» deya ta’kidlaydi. 0’zbekistonlik iqtisodchi olima Sh.Z.Abdullayeva pul, kredit va banklar masalasiga bag’ishblangan iqtisodiy adabiyotlarda pulning mohiyatini ochishda uchta jihatiga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlaydi. «Birinchidan, pulning iste’mol qiymatida boshqa tovarlarning qiymati o’z aksini topadi. Ikkinchidan, pulda ifodalanadigan aniq mehnat asosini abstrakt mehnat tashkil etadi. Uchinchidan, pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo’ladi. Shunga asoslangan holda, pul ham tovar, lekin boshqa tovarlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega bo’lgan maxsus tovar degan xulosaga kelish mumkim. Iqtisod fanlari doktori, professor O.Yu. Rashidov va boshqalar ishtirokida nashrdan chiqarilgan darslikda «Pul - bu umumiy ekvivalent sifatida qo’llaniladigan universal tovarning alohida turi bo’lib, boshqa barcha tovarlarning qiymati u orqali ifodalanadi. Pulning maqsadi bozorga oid o’zaro harakatlarning transaksion xarajatlarini tejashdan iborat. Pulning iqtisodiy mohiyati xususida fikrlari eramizdan oldingi davrda yashagan Aristotel (er. oldingi 384 - 322 yy.), keyinchalik sarkarda Aleksandr Makedonskiy kabi buyuk shaxslar tomonidan qoldirgan manbalarda ham ko’rish mumkin. Pul - iqtisodiy kategoriya bo’lib, barcha tovarlar uchun umumekvivalent vazifasini bajaradigan maxsus tovardir. Shu bilan birga pul faqat ayirboshlash jarayonida zarur bo’ladigan, hukumat tomonidan o’rnatiladigan to’lov vositasidir. Boshqa tovarlar singari pul ham kishilar tomonidan jamg’ariladi. Kishilar tovarlarni sotish va xizmatlarni ko’rsatish orqali uni «sotib» oladi yoki jamg’aradi. Pulning vujudga kelishi kishilik jamiyati sivilizatsiyasining buyuk kashfiyotlaridan xisoblanadi. “Pul” deb nomlangan maxsus tovarning paydo bo’lishi natijasida odamlar o’rtasida ayirboshlash bilan bog’liq ziddiyatlar va extiyojlarning bir biriga mos kelmasligi, kabi muommolar barxam topdi. Pulning vujudga kelishi , uning evolyutsion rivojlanishi , nazariyasi, moxiyati va funksiyalari xaqida xorijiy va maxalliy iqtisodchi olimlar , nazariyachilar , mutaxasislar juda ko’p ilmiy asarlar , maqolalar va tadqiqot ishlari yaratgan. Hozirgi kunda ham ushbu jarayon davom etmoqda. Pulning vujudga kelish sababini bilish uchun qadimda odamlar o’rtasida ro’y bergan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirish jarayoniga e’tibor qaratish lozim. Chunki, aynan mana shu tabiiy ayirboshlash jarayoni hozirgi kunda siz bilan biz kundalik hayotda va xisob – kitoblarda foydalanib kelayotgan pulning vujudga kelishiga zamin yaratadi. Xususan, pulning vujudga kelishiga quyidagi omillar asos bo’lib xizmat qiladi:
-qadimgi davrda odamlar o’z ehtiyojini ortib qolgan iste’mol maxsulotlari turib qolmasligi va saqlashning imkoniyati bo’lmaganligi bois ularni o’zlariga yaqin yoki tanish odamlarga bergan, bu o’z – o’zidan odamlar o’rtasida stixiyali ravishda bir tomonlama ayirboshlash munosabatlari vujudga kelishiga sabab bo’lgan;
-keyinchalik odamlarning ongi, dunyoqarashi va hayot kechirish tarzi rivojlanganligi natijasida, ikki tomonlama ayirboshlash munosabatlari vujudga kela boshladi. Bu davrda, kishilarda o’ziga zarur bo’lmagan buyumning o’rniga nimadir olish evaziga, ikkinchi kishiga berishi lozimligini anglay boshladilar. Bularning barchasi dastlab stixiyali ravishda sodir etilib, bu odamlarning kundalik uchun zarur bo’lgan buyumlar, oziq-ovqatlar, kiyim-kechaklar va boshqa extiyojlarni qondirish natijasida ro’y bergan. Bu davr ishlab chiqarish usulining natural xo’jalik tizimi davriga borib taqaladi.
Ma’limki, natural xo’jalik tizimidan ilgarigi davrda xar bir kishi kunlik extyoj uchun zarur bo’lgan maxsulotni mustaqil ravishda ishlab topganligi bois, ular o’rtasida ayirboshlash munosabatlariga extiyoj bo’lmagan. Yuqorida qayd etilgan ikki omil kishilar o’rtasida ayirboshlash munosabatlarining shakillanishiga zamin yaratadi, natijada odamlar ixtiyoridagi ortiqcha maxsulotni o’zi uchun zarur bo’lgan boshqa maxsulotga ayirboshlashga extiyoj seza boshlaydi. Ayirboshlash- bu kishilarning istak – xoxishlari va extiyojlari maxsuli sifatida amalga oshiriladigan jarayon bo’lib, buning natijasida, tomonlar extiyojini qondirish maqsadida ixtiyoridagi narsadan vos kechib, zarur bo’lgan narsaning o’rniga berishdir. Ayirboshlash kishining extiyoji bo’lgan buyumga ega bo’lish imkoniyatini beradigan jarayondir. Demak ayirboshlash “A” va “B” tomonlar o’rtasidagi o’zaro kelishuv natijasida sodir bo’lgan jarayon bo’lib, “A” o’ziga tegishli tovar yoki xizmatni “B” tomonning tovar yoki xizmati uchun berishdir. Modomiki ushbu almashuv jarayoni ikki tomonga xam iqtisodiy jixatdan foydali bo’lib “A” tomon vos kechgan tovar yoki mahsulot o’rniga o’zi uchun zarur bo’lgan, undan ham foydaliroq tovar yoki xizmatni oladi.
Shuningdek natura ho’jalikning rivojlanib borishi, jamiyatda mehnat taqsimotini shakillanishiga olib kelgan. Vaqt o’tishi bilan odamlar o’rtasida maxsulot ayirboshlash jarayoni rivojlanib, ishlab chiqarishning ixtisoslashuv jarayoni ro’y bera boshlagan. Xususan pulning vujudga kelishida chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi, keyinchalik hunarmandchilikning shakillanishi juda muhum ahamiyat kasb etdi. Ushbu davrda odamlar o’rtasida mahsulotlarni faol ayirboshlash jarayoni boshlandi. O’sha davrdagi ayirboshlash munosabatlarini faollashtirishga asosiy omillar sifatida quyidagilarni keltirish mumkun:
- ishlab chiqarishning natural xo’jalik shaklidan tovar ishlab chiqarish shakliga o’tishi;
- ishlab chiqaruvchi subektlarning bir- biriga o’zaro bo’liqligining vujudga kelishi ;
- ayirboshlash jarayonida tovarlar ekvivalentligining ta’mnlanganligidir.
Pulning muhim xususiyati shundaki, u ham boshqa tovarlar singari qiymatga va iste`mol qiymatga ega bo`lishi bilan birga boshqa barcha tovarlarga qarama-qarshi turadi. Bu bir tomonda pul, ikkinchi tomonda boshqa tovarlar.
Pulning iste`mol qiymati shuki u o`z funksiyasini bajarib iqtisodiyot mushkulini oson qiladi (vositachi sifatida). Umuman pul insoniyat kashfiyotlari ichida eng oddiy, eng tushunarli bo’lib hisoblanadi. Insoniyatning butun yutuqlari ham, fojialari ham pul bilan bog`liqdir. Inson faoliyatini eng muhim xarakatga keltiruvchi kuchlardan biri pul bo`lib kelgan va shunday bo`lib qoladi.
Taniqli davlat arboblaridan biri ta`kidlaganidek, «Davlatni o`rni uni qancha soldati yoki pushkalarini qudrati bilan emas, balki milliy valyutaning mustahkamligi bilan belgilanadi». Bunga shuni qo`shimcha qilish mumkinki, korxonaning mavqeyi unda necha kishini ishlashi, ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori bilan emas, balki uning moliyaviy barqarorligi bilan belgilanadi. Umumiy ekvivalent ro’lini uzoq yillar davomida oltin bajarib kelgan bo’lsada, tovar xo’jaligining va pul muomalasinig rivojlanishi qog’oz pullar, boshqa kredit vositalri, yuzaga kelishiga, kredit va pul mablag’larining bankda bir schyotidan ikkinchi schyotiga o’tkazilishi kabi jarayonlar bo’lishiga olib kelgan . Pul qanday shakilda bo’lishidan qat’iy nazar - u pul bo’lib qoladi. Pul to’g’risida evolyutsion nazariya uning o’lchov birligi va muomala vositasi ekanligini ochib beradi.
Xulosa Xulosa qilib shuni aytish keraki qog’oz pul insoniyatning eng muhim kashfiyotidir. Biz bu kashfiyot uchun xitoylarga qarzdormiz, albatta. Ma’lumki, xitoyliklar qog’ozni, keyinchalik esa tipografiyani yaratdilar. Qog’oz pullarni ishlab chiqarish usuli bu ikkala kashfiyotni birlashtirdi. Birinchi qog’oz pullar Xitoyda eramizning 800-yillarida paydo bo’lgan. Metall tangalarni uzoq masofalarga tashish juda qiyin edi, shuning uchun hukumat qog’oz pullarni yaratish haqida o’yladi. U savdogarlarga tangalarda emas, balki “qattiq” pulga oson almashtiriladigan maxsus sertifikatlarda to’lay boshladi. Ushbu sertifikatlarda odamlar, daraxtlar tasvirlangan, amaldorlar imzo va muhrlar qo’yilgan. Qog’oz pullarni g’arbga Xitoydan qaytgan sayohatchilar olib kelishgan. Ular Rossiyada 1769 yilda paydo bo’lgan. Qog’oz pullardan foydalanish juda oson. Tangalar bilan solishtirganda, ularni saqlash osonroq va hisoblashda qulay. Bu pul davlat tomonidan chiqariladi. Qog’oz pullar maxsus belgilar, masalan, moybo’yoqlar, turli xil rang sxemalari va boshqalar bilan himoyalangan. Pul massasi tarkibida, faol qismi, bu esa iqtisodiy aylanmaga haqiqatda xizmat qiluvchi mablag’larni o’z ichiga oladi va passiv potentsial hisob-kitob fondi sifatida xizmat qilishi mumkin bo’lgan pul jamg’armalari, hisob qoldiqlarini o’z ichiga olgan qism. Shunday qilib, pul massasining tuzilishi ancha murakkab bo’lib, oddiy iste’molchi ongida shakllangan, pulni, birinchi navbatda, naqd pul - qog’oz pul va mayda o’zgarish deb hisoblaydigan stereotipga to’g’ri kelmaydi. Darhaqiqat, korxonalar va tashkilotlar o’rtasidagi bitimlarning asosiy qismi, hatto chakana savdo, rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida bank hisobvaraqlaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Natijada, bank pullari davri keldi - cheklar, kredit va depozit kartalari, sayohat cheklari va boshqalar kabi vositalar bilan xizmat ko’rsatadigan depozitlar. Ushbu to’lov vositalari sizga naqd bo’lmagan pullarni boshqarish imkonini beradi. Mahsulot yoki xizmat uchun to’lovni amalga oshirayotganda, xaridor chek yoki kredit kartasidan foydalangan holda, bankka o’z depozitidan sotib olingan summani sotuvchining hisob raqamiga o’tkazishni yoki unga naqd pul berishni buyuradi.