Ijtimoiy-gumanitar va mutaxassislik fanlari


Pulning mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 62,51 Kb.
səhifə2/5
tarix25.12.2023
ölçüsü62,51 Kb.
#194630
növüReferat
1   2   3   4   5
Iqtisodiy taraqqiyotda pulning roli

1. Pulning mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari
Pulning iqtisodiy mohiyati xususida iqtisodiy adabiyotlarda turli ta’riflar va talqinlar mavjud bo’lib, uning mohiyatiga nisbatan yagona yondashuv mavjud emas. Chunki, jamiyatda xo’jalik yuritish tuzumining va ijtimoiy - iqtisodiy sharoitning o’zgarishi pulning mohiyatini turlicha talqin etilishini talab etmoqda. Jumladan, iqtisodchi olimlar va soha mutaxassislari pulni - iqtisodiy kategoriya sifatida, qiymat o’lchovi vositasi, umumekvivalent tovar, maxsus tovar, ayirboshlash vositasi ekanligini e’tirof etadi. Pul jamiyatda sodir bo’layotgan ijtimoiy iqtisodiy munosabatlarda, jami ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, bozordagi talab va taklif asosida tovarlar bahosini aniqlashda bevosita qatnashishi uning mohiyatini namoyon qiladi. Pulning iqtisodiy mohiyati va uning zaruriyatiga xorij iqtisodchilari alohida e’tibor qaratgan bo’lmasalarada, iqtisodiy nazariyachilarning asarlarida unga nisbatan berilgan fikrlarini uchratish mumkin. Masalan, A.Smit pulni iqtisodiy kategoriya darajasiga ko’tarib, unga «pul - bu muomalaning buyuk g’ildiragi», «savdo-sotiqning yuksak quroli» sifatida ta’rif beradi. D. Yum A. Smitning pul xususidagi qarashlariga e’tiroz bildirib, «Pul bu - savdo - sotiqning g’ildiragi emas, balki u yog’, shu savdo sotiq g’ildiragini erkin va yumshoq yurishiga imkoniyat yaratadigan vositadir degan fikrni bildiradi. Rossiyalik iqtisodchi olimlar ham pulning iqtisodiy mohiyatiga alohida e’tibor qaratishgan. Jumladan, iqtisod fanlari doktori, professor B.I.Sokolov pulning mohiyatiga «pul mehnat taqsimoti chuqurlashib borayotgan ushbu jamiyatda tovarlarni ayirboshlash va to’lovlarni amalga oshirish ishlarini yengillashtiradi» deya ta’kidlaydi. 0’zbekistonlik iqtisodchi olima Sh.Z.Abdullayeva pul, kredit va banklar masalasiga bag’ishblangan iqtisodiy adabiyotlarda pulning mohiyatini ochishda uchta jihatiga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlaydi. «Birinchidan, pulning iste’mol qiymatida boshqa tovarlarning qiymati o’z aksini topadi. Ikkinchidan, pulda ifodalanadigan aniq mehnat asosini abstrakt mehnat tashkil etadi. Uchinchidan, pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo’ladi. Shunga asoslangan holda, pul ham tovar, lekin boshqa tovarlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega bo’lgan maxsus tovar degan xulosaga kelish mumkim. Iqtisod fanlari doktori, professor O.Yu. Rashidov va boshqalar ishtirokida nashrdan chiqarilgan darslikda «Pul - bu umumiy ekvivalent sifatida qo’llaniladigan universal tovarning alohida turi bo’lib, boshqa barcha tovarlarning qiymati u orqali ifodalanadi. Pulning maqsadi bozorga oid o’zaro harakatlarning transaksion xarajatlarini tejashdan iborat. Pulning iqtisodiy mohiyati xususida fikrlari eramizdan oldingi davrda yashagan Aristotel (er. oldingi 384 - 322 yy.), keyinchalik sarkarda Aleksandr Makedonskiy kabi buyuk shaxslar tomonidan qoldirgan manbalarda ham ko’rish mumkin. Pul - iqtisodiy kategoriya bo’lib, barcha tovarlar uchun umumekvivalent vazifasini bajaradigan maxsus tovardir. Shu bilan birga pul faqat ayirboshlash jarayonida zarur bo’ladigan, hukumat tomonidan o’rnatiladigan to’lov vositasidir. Boshqa tovarlar singari pul ham kishilar tomonidan jamg’ariladi. Kishilar tovarlarni sotish va xizmatlarni ko’rsatish orqali uni «sotib» oladi yoki jamg’aradi. Pulning vujudga kelishi kishilik jamiyati sivilizatsiyasining buyuk kashfiyotlaridan xisoblanadi. “Pul” deb nomlangan maxsus tovarning paydo bo’lishi natijasida odamlar o’rtasida ayirboshlash bilan bog’liq ziddiyatlar va extiyojlarning bir biriga mos kelmasligi, kabi muommolar barxam topdi. Pulning vujudga kelishi , uning evolyutsion rivojlanishi , nazariyasi, moxiyati va funksiyalari xaqida xorijiy va maxalliy iqtisodchi olimlar , nazariyachilar , mutaxasislar juda ko’p ilmiy asarlar , maqolalar va tadqiqot ishlari yaratgan. Hozirgi kunda ham ushbu jarayon davom etmoqda. Pulning vujudga kelish sababini bilish uchun qadimda odamlar o’rtasida ro’y bergan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirish jarayoniga e’tibor qaratish lozim. Chunki, aynan mana shu tabiiy ayirboshlash jarayoni hozirgi kunda siz bilan biz kundalik hayotda va xisob – kitoblarda foydalanib kelayotgan pulning vujudga kelishiga zamin yaratadi. Xususan, pulning vujudga kelishiga quyidagi omillar asos bo’lib xizmat qiladi:
-qadimgi davrda odamlar o’z ehtiyojini ortib qolgan iste’mol maxsulotlari turib qolmasligi va saqlashning imkoniyati bo’lmaganligi bois ularni o’zlariga yaqin yoki tanish odamlarga bergan, bu o’z – o’zidan odamlar o’rtasida stixiyali ravishda bir tomonlama ayirboshlash munosabatlari vujudga kelishiga sabab bo’lgan;
-keyinchalik odamlarning ongi, dunyoqarashi va hayot kechirish tarzi rivojlanganligi natijasida, ikki tomonlama ayirboshlash munosabatlari vujudga kela boshladi. Bu davrda, kishilarda o’ziga zarur bo’lmagan buyumning o’rniga nimadir olish evaziga, ikkinchi kishiga berishi lozimligini anglay boshladilar. Bularning barchasi dastlab stixiyali ravishda sodir etilib, bu odamlarning kundalik uchun zarur bo’lgan buyumlar, oziq-ovqatlar, kiyim-kechaklar va boshqa extiyojlarni qondirish natijasida ro’y bergan. Bu davr ishlab chiqarish usulining natural xo’jalik tizimi davriga borib taqaladi.
Ma’limki, natural xo’jalik tizimidan ilgarigi davrda xar bir kishi kunlik extyoj uchun zarur bo’lgan maxsulotni mustaqil ravishda ishlab topganligi bois, ular o’rtasida ayirboshlash munosabatlariga extiyoj bo’lmagan. Yuqorida qayd etilgan ikki omil kishilar o’rtasida ayirboshlash munosabatlarining shakillanishiga zamin yaratadi, natijada odamlar ixtiyoridagi ortiqcha maxsulotni o’zi uchun zarur bo’lgan boshqa maxsulotga ayirboshlashga extiyoj seza boshlaydi. Ayirboshlash- bu kishilarning istak – xoxishlari va extiyojlari maxsuli sifatida amalga oshiriladigan jarayon bo’lib, buning natijasida, tomonlar extiyojini qondirish maqsadida ixtiyoridagi narsadan vos kechib, zarur bo’lgan narsaning o’rniga berishdir. Ayirboshlash kishining extiyoji bo’lgan buyumga ega bo’lish imkoniyatini beradigan jarayondir. Demak ayirboshlash “A” va “B” tomonlar o’rtasidagi o’zaro kelishuv natijasida sodir bo’lgan jarayon bo’lib, “A” o’ziga tegishli tovar yoki xizmatni “B” tomonning tovar yoki xizmati uchun berishdir. Modomiki ushbu almashuv jarayoni ikki tomonga xam iqtisodiy jixatdan foydali bo’lib “A” tomon vos kechgan tovar yoki mahsulot o’rniga o’zi uchun zarur bo’lgan, undan ham foydaliroq tovar yoki xizmatni oladi.
Shuningdek natura ho’jalikning rivojlanib borishi, jamiyatda mehnat taqsimotini shakillanishiga olib kelgan. Vaqt o’tishi bilan odamlar o’rtasida maxsulot ayirboshlash jarayoni rivojlanib, ishlab chiqarishning ixtisoslashuv jarayoni ro’y bera boshlagan. Xususan pulning vujudga kelishida chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi, keyinchalik hunarmandchilikning shakillanishi juda muhum ahamiyat kasb etdi. Ushbu davrda odamlar o’rtasida mahsulotlarni faol ayirboshlash jarayoni boshlandi. O’sha davrdagi ayirboshlash munosabatlarini faollashtirishga asosiy omillar sifatida quyidagilarni keltirish mumkun:
- ishlab chiqarishning natural xo’jalik shaklidan tovar ishlab chiqarish shakliga o’tishi;
- ishlab chiqaruvchi subektlarning bir- biriga o’zaro bo’liqligining vujudga kelishi ;
- ayirboshlash jarayonida tovarlar ekvivalentligining ta’mnlanganligidir.
Pulning muhim xususiyati shundaki, u ham boshqa tovarlar singari qiymatga va iste`mol qiymatga ega bo`lishi bilan birga boshqa barcha tovarlarga qarama-qarshi turadi. Bu bir tomonda pul, ikkinchi tomonda boshqa tovarlar.
Pulning iste`mol qiymati shuki u o`z funksiyasini bajarib iqtisodiyot mushkulini oson qiladi (vositachi sifatida). Umuman pul insoniyat kashfiyotlari ichida eng oddiy, eng tushunarli bo’lib hisoblanadi.
Insoniyatning butun yutuqlari ham, fojialari ham pul bilan bog`liqdir. Inson faoliyatini eng muhim xarakatga keltiruvchi kuchlardan biri pul bo`lib kelgan va shunday bo`lib qoladi.
Taniqli davlat arboblaridan biri ta`kidlaganidek, «Davlatni o`rni uni qancha soldati yoki pushkalarini qudrati bilan emas, balki milliy valyutaning mustahkamligi bilan belgilanadi». Bunga shuni qo`shimcha qilish mumkinki, korxonaning mavqeyi unda necha kishini ishlashi, ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori bilan emas, balki uning moliyaviy barqarorligi bilan belgilanadi. Umumiy ekvivalent ro’lini uzoq yillar davomida oltin bajarib kelgan bo’lsada, tovar xo’jaligining va pul muomalasinig rivojlanishi qog’oz pullar, boshqa kredit vositalri, yuzaga kelishiga, kredit va pul mablag’larining bankda bir schyotidan ikkinchi schyotiga o’tkazilishi kabi jarayonlar bo’lishiga olib kelgan . Pul qanday shakilda bo’lishidan qat’iy nazar - u pul bo’lib qoladi. Pul to’g’risida evolyutsion nazariya uning o’lchov birligi va muomala vositasi ekanligini ochib beradi. Chet el iqtisodchilari pulning iqtisodiy kotegoriya sifatida mohiyati va zarurligiga kam e’tibor berishgan. 1857 yillarda taniqli ingiliz iqtisodchi U.djevons iqtisodiy fanlar uchun pul masalasi - bu geometriyadagi aylana kvadraturasiga teng demakdir degan ekan. Shuning uchun chet el iqtisodchilari bu bobni chetlab o’tishgan. 50 -yillardagi darslikning avtori pulning mohiyatidan ko’ra uni iqtisodga, ishlab chiqarish va bandlik, moddiy resurslar va ulardan foydalanishga ta’sirini organish muhimroqdir deb ta’kidlashgan va ko’p chet el olimlari shu yo’nalishda ish olib borishgan. Hozirgi vaqtda pul to’risida bizda mavjud chet el adabiyotlarida ko’rilgan masalalar bu fikrimizning isboti bo’lishi mumkin.

Yüklə 62,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin