Ijtimoiy-gumanitar



Yüklə 2,89 Mb.
səhifə2/8
tarix25.12.2019
ölçüsü2,89 Mb.
#30014
1   2   3   4   5   6   7   8
4-5 maruza matni dars rejasi - 2-qism

3-masala:

Ikkinchi jahon urushidan so`ng AQSH tashqi siyosatda SSSRni tiyib turish yo`lini tanladi. Xalqaro munosabatlarda “sovuq urush”ning vujudga kelishida SSSR bilan barobar darajada aybdor davlatga aylandi. “Trumen doktrinasi”, “Marshall rejasi” va NATO harbiy blokining tashkil etilishi Amerika tashqi siyosatini “kuch pozitsiyasi”dan yuritishning ketma-ket bosqichi edi. AQSH hukmron doiralari SSSRni qurollanish poygasiga tortib, uni iqtisodiy jihatdan holdan toydirish maqsadini qo`ygan edilar. AQSHda gi-gant Harbiy-sanoat kompleksi (HKS) vujudga keltirildi.

AQSH Germaniya masalasida SSSR bilan o`zaro manfaatli to`xtamga kela olmadi. Oxir-oqibatda bir butun davlat ikkiga bo`linib ketdi. Xitoy inqilobi va 1949-yil XXR-ning tashkil topishi Amerika strategiyasiga nisbatan katta zarba bo`ldi. AQSHning “tiyib turish” siyosatining eng yuqori cho`qqisi Koreyadagi urush bo`ldi. Qo`shma Shtatlar bu urushda 142 ming askarini yo`qotdi. Bu mamlakatning butun Ikkinchi jahon urushi da-vomida yo`qotgan kishilar sonining yarmi demakdir. Nihoyat, 1949-yil sovet atom bom-basining sinovdan o`tishi “kuch pozitsiyasi”dan siyosatni amalga oshirish umidini butkul yo`qqa chiqardi.

D.Eyzenxauer ma’muriyati “sovuq urush”ni keskin kuchaytirgan yangi, “yalpi qasos” doktrinasi bilan chiqdi. U SSSRga birinchi bo`lib yadro zarbasi berish mumkinligini ogohlantirishni anglatar edi. Ayni paytda, D.Eyzenxauer Koreya urushini to`xtatdi va bu masalada SSSR bilan kelishuvga bordi. Biroq, AQSHning o`ta zo`r himoyalanganlik davri tugadi. 1952-yilda AQSH vodorod bombasini yaratgan bo`lsa, 1953-yil 20-avgust-da SSSRda ham bunday bomba sinovdan o`tkazildi. 1957-yil avgustda SSSR 10 ming km. radiusda harakatlanuvchi qit’alararo ballistik raketani sinovdan o`tkazdi. Endilikda raketalar AQSHning har qanday burchagiga vodorod bombasi bilan zarba berishi mum-kin edi.

1957-yil 4-oktabrda SSSR tomonidan birinchi sun’iy Yer yo`ldoshining uchirilishi dunyo jamoatchiligi va amerikalik siyosatchilarda katta shov-shuv uyg`otdi. SSSRning harbiy texnik va strategik jihatdan AQSHga yon bermasligi ma’lum bo`ldi. Uch oydan so`ng AQSH ham o`zining ilk Yerning sun’iy yo`ldoshini fazoga olib chiqdi.

Sovet lttifoqi jahon miqyosida AQSHga qarshi targ`ibot kampaniyasini boshlab yu-bordi. Matbuot va ommaviy axborot vositalari, xalqaro jamoatchilik tashkilotlaridan foy-dalanilib, AQSH urush olovini yoquvchi ekanligi targ`ib qilindi. AQSHning ayrim xatti-harakatlari sovet targ`ibotining bahosini tasdiqladi.

1960-yil 1-mayda SSSR hududi ustida razvedka maqsadida uchib o`tgan U-2 samo-lyoti ushbu kampaniyaning kulminatsiyasi bo`ldi. Amerika hukumati va shaxsan prezi-dent D.Eyzenxauer bu hodisa uchuvchining xatosi tufayli yuz berdi, deb chalg`itishga urindi. Biroq, jahon jamoatchiligiga AQSH rahbariyatining bu uchishdan xabari bo`l-ganligi haqida ishonarli dalillar taqdim etildi. 1960-yilning 16-may kuni Parijda buyuk davlatlar rahbarlari oldindan rejalashtirilgan oliy darajadagi uchrashuvda to`plandilar. D. Eyzenxauer uzr so`rashdan bosh tortdi va N.Xrushchyov Parijdan jo`nab ketdi. Yuqori doiradagi uchrashuv chippakka chiqdi.

Prezident J.Kennedi SSSR bilan munosabatda kelishuv yo`lini izladi. SSSR rahbari-yati bu urinishni AQSHning ojiziligi sifatida qabul qildi. Ayni paytda, J.Kennedi Ku-bada F.Kastro hukumatini ag`darishga harakat qildi. Kubani himoya qilish maqsadida SSSR uning hududiga yadroviy raketalarni joylashtirdi. J.Kennedi F.Kastro hukumatini ag`darish niyatidan qaytishga majbur bo`ldi.

Prezident L.Jonson J.Kennedining qurollanish poygasini avj oldirish siyosatini davom ettirdi. Hindixitoyda kommunistlar ta’sirining kuchayib ketishiga yo`l qo`ymaslik maq-sadida 1965-yil fevralda prezident L.Jonson Shimoliy V’etnam shaharlarini bombardi-mon qilish haqida buyruq berdi. AQSH V’etnamga 550 ming askarini tashladi. Urush cho`zilib ketdi. Biroq, AQSH armiyasi V’etnam xalqining irodasini yenga olmadi. V’et-namga SSSR va XXR zarur yordam ko`rsatdi. V’etnam urushi AQSHning xalqaro ob-ro`siga katta putur yetkazdi. Prezident R.Nikson V’etnam urushining istiqbolsizligini anglab yetdi. 1973-yil 27-yanvarda Parijda V’etnamdagi urushni to`xtatish haqida bitim-ga imzo chekildi. Amerika qo`shinlari mamlakatdan olib chiqildi. Bu urushda 58 ming amerikalik halok bo`ldi.

Lotin Amerikasida AQSH har bir mamlakatning Kuba bilan munosabatlarini mustaqil yuritishi huquqini tan olishga majbur bo`ldi. Bu, AQSHning diplomatik blokada siyosa-tidagi ochiq-oydin adashishi edi.

Sovet-Amerika munosabatlarida bu paytda muhim burilish yuz berdi. Birinchi marta AQSH prezidenti R.Nikson bilan SSSR rahbari L.Brejnev o`rtasida bir necha bor oliy darajadagi uchrashuvlar o`tkazildi. Har ikki tomon tinch-totuv yashash haqida kelishib olishdi. Boshqa bir qator bitimlar imzolandiki, ular o`zaro munosabatlarni nafaqat yax-shiladi, balki, butun xalqaro iqlimni o`zgartirib yubordi.

70-yillar oxiridan boshlab Amerika-Sovet munosabatlari keskinlashdi. AQSH Yaqin Sharq muammosini SSSRning ishtirokisiz hal etishga intildi. J.Karter Misr va Isroil o`r-tasida 1978-yil sentabrda Kemp-Devid (AQSH) separat shartnomasining imzolanishiga erishdi. 1979-yil fevraldagi Eron islom inqilobining g`alabasi AQSHni qattiq tashvishga solib qo`ydi. 1979-yilning dekabr oyida SSSR Afg`onistonga qo`shin kiritgach, Ame-rika-Sovet munosabatlari jiddiy ravishda yomonlashdi. J.Karter hukumati Moskvadagi Olimpiyada o`yinlarini boykot qildi, Sovet Ittifoqiga don va boshqa tovarlar yetkazib be-rishdan bosh tortdi hamda ilmiy-texnika sohasida almashuvlarni chekladi.

Prezident R.Reygan SSSRga nisbatan juda keskin siyosat yuritdi. SSSRning Sharqiy Yevropa davlatlari hududiga raketa joylashtirishiga javoban G`arbiy Yevropaning 5 dav-lati hududiga o`zining raketalarini joylashtirishga muvaffaq bo`ldi. “Strategik mudofaa tashabbusi” dasturini amalga oshirishga kirishishini e’lon qildi. Ayni paytda, AQSH Lotin Amerikasi davlatlari ichki ishlariga qo`pol tarzda aralasha boshlaydi. Chunonchi, mustaqil siyosat yurita boshlagan Grenadaga qarshi harbiy hujum uyushtirdi va uning qonuniy hukumatini ag`dardi.

1985-yilga kelib SSSR rahbariyati tashqi siyosatda keskinlikni yumshatish tomon o`z-garish boshlagach, Amerika-Sovet munosabatlarida keskinlik biroz yumshadi. 1986– 1988-yillarda R.Reyganning M.Gorbachev bilan oliy darajada bo`lib o`tgan uchrashuv-lari Sovet-Amerika munosabatlarini hamda xalqaro vaziyatni yaxshilashga imkon yarat-di. Ikki davlat o`rtasida yadro qurollarini kamaytirish, o`rtacha olislikka uchadigan rake-talarni yo`qotish to`g`risida tarixiy hujjatlar imzolandi.

AQSH xalqaro miqyosda o`zga davlatlarni xalqaro me’yorlarga amal qilishga majbur etish siyosatini ham yuritgan. Bu jahon jamoatchiligi tomonidan ijobiy baholangan. 1990-yilda AQSH va uning ittifoqchilari Iroqqa Quvaytni bosib olgani uchun qattiq zar-ba berdilar. 1991-yilda SSSR tarqatilib ketgandan so`ng jahon maydonida AQSHga qa-rama-qarshi turadigan raqib qolmadi. 90-yillarning ikkinchi yarmida AQSH Bolqonda tinchlikni tiklash ishiga katta hissa qo`shdi. NATO qurolli kuchlari yordamida Yugosla-viya rahbariyati xalqaro huquq me’yorlarini tan olishga majbur etildi. Xalqaro terrorizm, narkomafiyaga qarshi kurashda va qashshoqlikda yashayotgan xalqlarga insonparvarlik yordami ko`rsatilishida AQSH faol ishtirok etib kelmoqda.

XXI-asr boshida J.Bush ma’muriyati xalqaro maydonda AQSHning mutlaq yetakchi davlat bo`lib qolishini o`zining asosiy maqsadi, deb e’lon qildi. U prezident R.Reygan il-gari surgan strategik mudofaa tashabusini amalga oshirishga kirishdi.

AQSH 2001-yil 11-sentabr voqealaridan so`ng Afg`onistondagi tolibonlar hukumatini ag`darib tashladi. 2003-yilda Iroqda S.Husayn diktaturasiga barham berdi. Bu bilan Ya-qin Sharq neftining katta qismini qo`lga kiritdi.

4-masala:

1992-yilda AQSH va O`zbekiston o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatildi. O`z-bekiston jahonning yetakchi davlati bo`lgan AQSH bilan uzoq muddatli va keng ko`lam-da munosbatlarni rivojlantirishni o`z tashqi siyosatining ustuvor strategik yo`nalishi, deb hisoblaydi.

1995-ylda AQSH mudofaa vaziri U.Perri O`zbekistonga keldi. O`zbekiston mudofaa vaziri AQSHda bo`lib qaytdi. Bu tashriflar O`zbekistonning “Tinchlik yo`lida hamkor-lik” dasturiga qo`shilishida muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Ozbekiston qurolli kuchlari-ning maxsus vzvodi AQSHga harbiy mashqlarda qatnashish uchun yuborildi.

1996-yilning 23–28-iyun kunlari O`zbekiston prezidenti I.Karimov rasmiy tashrif bi-lan AQSHda bo`ldi. I.Karimov va B.Klinton siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik sohalarida hamkorlik masalalariga alohida e’tibor berdilar. AQSH prezidenti Markaziy Osiyo min-taqasida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasida O`zbekiston yetakchi o`rinda tur-ganligini e’tirof etdi.

2001-yilning 11-sentabrida xalqaro terrorizm AQSHda mudhish jinoyat sodir etdi. Bu mudhish jinoyatni “Al-Qoida” tashkiloti uyushtirgan edi. Bu tashkilot qarorgohi Afg`o-nistonda joylashgan edi. Rahbariyat bu jinoyatni xalqaro terrorizmning AQSHga nisba-tan agressiyasi, deb baholadi. AQSH hukumati Afg`onistonning tolibon hukumatidan “Al-Qoida” va boshqa terrorchi tashkilotlar faoliyatini taqiqlash hamda U.ben Ladenni AQSHga topshirishni talab qildi. Biroq, tolibon hukumati bu talabni bajarmadi. Shundan so`ng AQSH terrorchilarga qarshi harbiy harakat boshlashga qaror qildi. Xalqaro hamja-miyat, uning teng huquqli bir a’zosi sifatida O`zbekiston ham AQSHning bu qarorini qo`llab-quvvatladi. Xalqaro koalitsiya kuchlari Afg`oniston hududida joylashib olgan xalqaro terrorchilarni tot-mor etdi. O`zbekiston ham bunga munosib hissasini qo`shdi. Bu haqda AQSH senatori J.Liberman bunday degan edi: “Biz O`zbekistonning yordami-siz terrorchilar ustidan g`alaba qozona olmagan bo`lar edik”.

O`zbekistonning xalqaro terrorizmga qarshi kurash ishiga qo`shgan hissasi uning xal-qaro obro`sini oshirib yubordi. Prezident J.Bushning I.Karimovni AQSHga taklif etgan-ligi buning e’tirofi bo`ldi. I.Karimov 2002-yilning 11–14-mart kunlarida AQSHda ras-miy tashrif bilan bo`ldi. Ikkala davlat rahbarlari uchrashuvi chog`ida J.Bush I.Karimov-ga Amerika xalqini eng og`ir kunlarda qat’iyatlilik bilan qo`llab-quvvatlaganligi uchun yana bir bor chuqur minnatdorchilik bildirdi. Ayni paytda, O`zbekiston ko`rsatgan yor-damni AQSH hukumati va xalqi unutmasligini ta’kidladi.

Safar davomida AQSH-O`zbekiston aloqalariga doir bir necha hujjatlar imzolandi. Ularning ichida “Strategik hamkorlik to`g`risida”gi shartnoma alohida ahamiyatga ega-dir. AQSH jamoatchilik tashkilotlari xalqaro terrorizmga qarshi kurashga qo`shgan his-sasi uchun I.Karimovni “Xalqaro miqyosdagi buyuk davlat arbobi” mukofoti bilan taq-dirladilar.

Har ikkala davlat o`rtasida iqtisodiy aloqalar ham kengayib bordi. O`zbekistonda 300 dan ortiq AQSH-O`zbekiston qo`shma korxonalari faoliyat ko`rsatmoqda. Ular orasida Navoiy viloyatidagi “Zarafshon-Nyumont” qo`shma korxonasi alohida o`rin tutadi. Bun-dan tashqari mamlakatimiz hududida AQSHning 28 ta kompaniya, firma va banklari fa-oliyat ko`rsatmoqda. Ikki davlat o`rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2001-yilda 300 mln. dollardan oshib ketgan edi.

Shunday qilib, XX-asrning ikkinchi yarmi va XXI-asrning boshlarida AQSH qurolla-nish poygasida g`alaba qildi. Iqtisodiy taraqqiyotda ulkan yutuqlarga erishdi. Tashqi si-yosatda murakkab yo`lni bo`sib o`tib, “kommunistik tuzum”ni barbod qildi. SSSRni parchalab yuborib, dunyodagi eng qudratli davlatga aylandi. Yer sharining turli mintaqa-larida o`z ta’sirini kuchaytirish uchun harakat qilmoqda.

Qisqacha mazmuni

• 1961-yil - prezident J.Kennedi: ijtimoiy islohotlar dasturi

• 1963-yil 22-noyabr - J.Kennedi Dallasda o’ldirildi (Texas shtati)

• 1963-yildan - prezident LJonson: "qashshoqlikni tugatish" va irqiy kamsitishni bartaraf etish dasturi; qurollanish poygasining kuchayishi

• 1965-yil aprel - Vyetnamga qarshi tajovuz

• 1968-yil aprel - Martin Lyuter King o’ldirildi

• 1969-1974-yillar - prezident R.Nikson: iqtisodiy va siyosiy inqiroz, ishlab . chiqarishning pasayishi, narxlar va inflyatsiyaning oshishi

• SSSR bilan tinch-totuv yashash haqida shartnoma

• 1973-yil 27-yanvar - Vyetnamda urushning to’xtati- lishi

• 1973-yil - "uotergeyt ishi"

• 1974-yil -'prezident J.Ford: neokonservatizm yo’lining barham topishi

• 1977-1981-yillar - prezident J.Karter: ijtimoiy darpmadlarning qisqarishi va harbiy sarflarning oshishi, noroziliklarning o’sishi, SSSR bilan munosabatlarning yomonlashuvi

• 1981-1989-yillar - prezident R.Reygan: "reyganomika", "yulduzlar urushi" dasturi, tashqi siyosatdagi barbodliklar

• 1986-yil - SSSR bilan munosabatlarning yaxshilanishi

• 1993-2000-yillar - B.KIinton prezidentligi

• 2000-yildan - J,Bush (kichik) prezidentligi

• 2001-yil - Nyu-York va Vashingtonga terroristik hujum

• 2003-yil may - Iroqqa qo’shin kiritilishi


Tayanch so`z va iboralar:

harbiy blok; liberalizm; konservatizm; Respublikachilar partiyasi; Demokratlar partiyasi; monopoliya; neoliberalizm; rekonversiya; Kongress; Senat; “Apollon”; vitse-prezident; “Uotergeyt ishi”; impichment; “reyganomika”; “Trumen doktrinasi”; “Marshall rejasi”; NATO; “Al-Qoida”.



Nazorat uchun savollar:

1. Ikkinchi jahon urushining AQSH uchun oqibatlari haqida nimalarni bilib oldingiz?

2. AQSH ichki siyosatida liberalizm va konservatizm nimani anglatadi?

3. Nega AQSHda har ikkala siyosiy partiyaga ham deyarli bir xilda ishonch bildirishadi?

4. Urushdan keyingi yillarda AQSH ichki siyosatining asosiy muammolari nimalardan iborat edi?

5. Urushdan keyingi yillarda AQSH tashqi siyosatining asosiy vazifalari nimalardan iborat bo`ldi?

6. AQSH va SSSR munosabatlari xalqaro ahvolga qay darajada ta’sir ko`rsatgan?

7. AQSH-O`zbekiston munosabatlari haqida nimalarni bilasiz?



Mavzu: Buyuk Britaniya.

Reja:

1) Ikkinchi jahon urushining Buyuk Britaniya uchun oqibatlari.

2) Buyuk Britaniyaning ichki siyosati.

3) Tashqi siyosat. Buyuk Britaniya – O`zbekiston munosabatlari.

Adabiyotlar:

1. Lafasov M. “Jahon tarixi” (1918–2009-yillar). Toshkent. “Turon-Iqbol”. 1.

184-193 betlar

1-masala:

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya qo`shma qirolligi. Poytaxti – London. Aholisi – 60,1 mln. kishi (2003). Maydoni – 244,1 ming kv. km. Rasmiy tili – ingliz. Hukmron dini – protestant (anglikan). Ma’muriy-hududiy bo`linishi – Angliya ( 39 graflik, 6 met-ropoliya grafligi va Katta London), Uels (8 graflik), Shotlandiya (9 viloyat va 3 orolli hudud) va Shimoliy Irlandiya (26 okrug)dan iborat. Pul birligi – funt sterling = 100 penni.

Buyuk Britaniya ham Ikkinchi jahon urushi g`oliblaridan biri bo`ldi. Ayni paytda, urush Buyuk Britaniyani ham iqtisodiy, ham siyo-siy va ham harbiy jihatdan zaiflashtirdi. Uni-ng harbiy xarajatlari 25 mlrd. funt sterlingni tashkil etdi. Milliy boyligining to`rtdan bir qismini yo`qotdi. Oltin va valyuta zaxiralari kamaydi. Tashqi qarzi 3,3 mlrd. funt sterling-ni tashkil etdi. Faqat AQSHdangina emas, hatto, o`z dominionlaridan ham qarzdor bo`-lib qoldi. Chet ellarga joylashtirgan sarmoyasining to`rtdan bir qismidan, savdo flotining 30 foizidan ajraldi. Import eksportdan oshib ketdi. Sanoat ishlab chiqarishi hajmi urush-dan oldingi darajaning 90 foizini tashkil etdi.

Bundan tashqari, urush Buyuk Britaniyaning harbiy-strategik ahvolini ham yomon-lashtirdi. U jahon va imperiya bozorlaridan AQSH tomonidan siqib chiqarila boshlandi. Endilikda, Buyuk Britaniya Yevropadagi ilgari yuritgan “kuchlar baravarligi” siyosatini yurita olmay qoldi. Dominion va mustamlakalarda milliy-ozodlik kurashining kuchayi-shi Britaniya mustamlakachilik imperiyasini inqirozga yuz tuttirdi. AQSHning yadro va strategik qurollarga ega bo`lishi Buyuk Britaniyaning strategik mavqeyiga jiddiy zarba berdi.

To`g`ri, Buyuk Britaniya baribir ham buyuk davlatlar qatorida qoldi. Biroq, uning xalqaro mavqeyi zaiflashgan edi. Endilikda, Buyuk Britaniya dunyoning yetakchi davlati roliga da’vo qila olmas edi. Urush g`olibining bu ahvoliga U.Cherchill “Zafar va fojea” deb baho bergan edi.

2-masala:

1945-yilning 5-iyulida Buyuk Britaniyada parlament saylovi o`tkazildi. Unda Leybo-ristlar partiyasi g`alaba qozondi va K.Ettli bosh vazir lavozimini egalladi. Bu partiya parlamentdagi o`rinlarning uchdan ikki qismini egalladi.



Klement Ettli (1888-1967) - Buyuk Britaniya bosh vaziri (1945-1951). U "sovuq urush" tashabbuskorlaridan biri bo’lgan.

Leyboristlar o`zlarining saylovoldi dasturini “Kelajakka boqish” deb atagan edilar. Dasturga ko`ra leyboristlar “demokratik sotsializm” qurish maqsadini ilgari surgan edi-lar. Ular bunday sotsializmni islohotlar yo`li bilan qurishlarini e’lon qildilar. Dasturda sotsializm inqilobning natijasi bo`lishi kerak emasligi alohida uqtirilgan edi. Ularning demokratik sotsializmi “farog`at davlati”ning aynan o`zi edi.

1945-yil 27-iyulda K.Ettli hukumati (1945–1951) saylovoldi dasturini amalga oshi-rishga kirishdilar. Hukumat jiddiy islohotlar o`tkazdi. Chunonchi, Buyuk Britaniya ban-ki po`lat, ko`mir va gaz, elektroenergetika sanoatini, telegraf va radialoqa, fuqaro aviat-siyasi, suv va temir yo`l transportini milliylashtirdi. Milliylashtirish sotib olish yo`li bi-lan amalga oshirildi.

1945–1948-yillarda fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va sug`urtalashning kompleks kafolati tizimi yaratildi. Unga ko`ra, ishsizlik, mehnat qobiliyatini yo`qotganlik, kasb ka-salligi va bevalik bo`yicha nafaqalar, shuningdek, qarilik pensiyalari to`lanadigan bo`ldi. 10 mln. ishchining ish haqi oshirildi. 1948-yildan boshlab tekin meditsina xizmati joriy etildi. Arzon uy-joylar qurilishi boshlandi.

1927-yilda qabul qilingan reaksion ruhdagi kasaba uyushmalari to`g`risidagi qonun bekor qilindi. Hukumat ba’zi bir siyosiy islohotlarga ham qo`l urdi. Chunonchi, 1949-yilda Buyuk Britaniya parlamenti yuqori palatasi – Lordlar palatasi huquqini qisman cheklash to`g`risida qonun qabul qilinishiga erishildi. Unga ko`ra, parlamentning quyi palatasi ma’qullagan qonun loyihasini Lortdlar palatasi tasdiqlamay ushlab turish mud-dati 2 yildan 1 yilga tushirildi.

Hukumat “Marshall rejasi”ga ko`ra, 1948–1950-yillar oralig`ida, AQSHdan 3 mlrd. dollar yordam oldi. 1948-yilda sanoat ishlab chiqarish hajmi urushdan oldingi darajadan oshdi. Biroq, ayni paytda, moliyaviy inqirozga ham duch kelindi. Bunga, AQSHning “lend-liz” savdosini to`xtatgani, eksportdan kelayotgan foyda import tovarlari qiymatini ko`zlangan darajada qoplamasligi, 1949-yilda funt sterling qiymatini AQSH dollari qiy-matiga nisbatan kamaytirishga majbur bo`linganligi (1949-yilgacha 1 f.s. qiymati 4 d.ga teng edi, endi uning qiymadi 2,8 d.ga teng bo`lib qoldi) hamda tashqi qarz uchun foiz to`lovlari sabab bo`ldi. Buning ustiga iqtisodiyotdagi davlat sektorini bir maromda ush-lab turish ham katta mablag` talab qilmoqda edi. Oqibatda, hukumat ijtimoiy sohada bel-gilangan tadbirlar uchun zarur mablag`ga ega bo`la olmadi. Bu borada berilgan va’dalar to`la bajarilmadi.

Bu hol 1951-yilning 25-oktabrida o`tkazilgan navbatdagi parlament saylovida Kon-servatorlar partiyasining g`alabasini ta’minladi. U.Cherchill yana hukumat tuzdi. Huku-mat 1945-yilgi parlament saylovidagi mag`lubiyat sabablarini hisobga oldi. Shu tufayli ijtimoiy himoya tizimini bekor qilmadi. Biroq, “Mamlakatni moliyaviy sog`lomlashti-rish” dasturiga ko`ra, bu soha xarajatlarini birmuncha qisqartirdi. Po`lat ishlab chiqarish sanoati va transport davlat tasarrufidan chiqarildi. Chetdan oziq-ovqat va sanoat mahsu-lotlari keltirish 350 mln. funt sterlingga kamaytirildi. Natijada, o`ziq-ovqat mahsulotlari-ning narxi ko`tarildi. Eksport hajmi qisqardi.

Uinston Cherchill (1874-1965) - Buyuk Britaniya bosh vaziri (1940-1945, 1951-1955). U gitlerchilarga qarashli koalitsiyani tashkil etish tashabbuskorlaridan biri bo’lgan, yangi urushning oldini olish maqsadida BMTni mustahkam- lashga chaqirgan.

Antoni Iden (1894-1977) - Buyuk Britaniya bosh vaziri (1955-1957). U bir necha tashqi siyosiy ishlardagi muvaf- faqiyatsizliklardan so’ng iste'foga chiqdi.

Garold Makmillan (1894-1986) - Buyuk Britaniya bosh vaziri (1957-1963). U qurollanishni kuchaytirish siyosatini olib bordi.

1952-yilda Buyuk Britaniya yadro quroliga ega bo`ldi. Biroq, bu harbiy xarajatlar ka-mayishiga olib kelmadi. Aksincha, bu mamlakatning oltin va valyuta zaxirasi kamayi-shiga olib keldi. Shu tariqa, hukumatning iqtisodiyotni sog`lomlashtirish dasturi ko`zlan-gan natijani bermadi. Bundan tashqari, mustamlakachilik imperiyasining yemirilishi da-vom etdi. Ichki va tashqi siyosatdagi qiyinchiliklar U.Cherchillni 1955-yil aprelda iste’-fo berishga majbur etdi. Konservatorlar hukumatni yana 9 yil boshqardilar. U.Cherchilldan so`ng A.Iden (1955–1957) va G.Makmillan (1957–1963)lar hukumatni boshqardilar.

1957–1958-yillarda mamlakat ishlab chiqarishi 2 foizga kamaydi. Harbiy xarajatlar oshib bordi. Natijada, asosiy sarmoyani yangilash jarayoni sekinlashdi. Oqibatda, jahon bozorida mamlakat mavqeyi pasaydi. GFR uni 3-o`ringa surib qo`ydi. G.Makmillan hu-kumati vaziyatni o`nglashga harakat qildi. Xususan, xususiy sanoat moliyaviy jihatdan qo`llab-quvvatlandi. Milliy daromadda davlatning hissasi oshishiga erishildi. Mamlakat eksporti hajmi ko`tarila bordi. 1962-yilda iqtisodiy rivojlanish Milliy Kengashi tuzildi. Bu kengash 1961–1965-yillarga mo`ljallangan besh yillik rejani ishlab chiqdi va huku-mat uni tasdiqladi. Biroq, rejani hayotga tadbiq etishga muvaffaq bo`linmadi. Ijtimoiy sohani mablag` bilan ta’minlash og`irlashdi. Natijada, hukumat kvartira haqi ustidan nazoratni bekor qildi. Ish haqi muzlatildi. Ayni paytda, mustamlakachilik imperiyasi yemi-rildi.

Leyboristlar partiyasi hukumat siyosatini qattiq tanqid ostiga oldi va 1951–1964-yillar oralig`idagi yillarni “bekor o`tgan 13 yil” deb atadi. Saylovda g`alaba qilsa, iqtisodiyot-ning qator muhim sohalarini milliylashtirish va iqtisodiyotni reja asosida rivojlantirish yo`li bilan mamlakatni yangilashga va uning qudratini qayta tiklashga va’da berdi. 1964-yilgi parlament saylovida leyboristlar g`alaba qozondi. Partiya rahbari G.Vilson boshchi-ligida yangi hukumat tuzildi. Hukumat mamlakat ilmiy-texnika salohiyatini rivojlanti-rishga katta umid bog`ladi. Shu maqsadda, 1965-yilda parlament “Milliy besh yillik iqti-sodiy dasturi”ni qabul qilishga erishdi. Ayni paytda, mamlakat moliyaviy ahvolini mu-qimlashtirish maqsadida hukumat ish haqi va narxning o`sishini “oqilona” cheklab qo`-yish siyosatini yurita boshladi. Bu siyosat “narx-navo va daromadlar siyosati”, deb nom oldi.

Dastlab, bu tadbir ixtiyoriylik asosida amalga oshirilgan bo`lsa, 1966-yildan boshlab hukumatning ish haqini muzlatishga oid qarori bilan amalga oshirildi. G.Vilson hukuma-ti sanoat ishlab chiqarishini yiliga 5 foiz o`stirishni rejalashtirgan bo`lsada, amalda, u 2,3 foizdan oshmadi. Binobarin, leyboristlar mamlakat iqtisodiy ahvolini yaxshilay olmadi-lar. Buning ustiga, funt sterling qiymatini dollarga nisbatan kamaytirish ham ko`zlangan natijani bermadi.

Bundan tashqari, G.Vilsonning Buyuk Britaniyani “Umumiy bozor”ga a’zolikka qa-bul qildirish yo`lidagi urinishlari behuda ketdi. Fransiya hukumati Buyuk Britaniyani AQSH bilan haddan tashqari bog`langanlikda ayblab, uning “Umumiy bozor”ga qabul qilinishiga qarshilik ko`rsatdi.

Bu omillar leyboristlar hukumatining obro`siga ta’sir etmay qolmadi. 1970-yilning 18-iyunida o`tkazilgan parlament saylovida Konservatorlar partiyasi g`alaba qozondi. E. Xit boshchiligida konservatorlar hukumati tuzildi. Bu hukumat davlatning moliyaviy ah-volini yaxshilash maqsadida ijtimoiy sohalar xarajatlarini kamaytirdi. Fermerlarga yor-dam puli berish to`xtatildi. “Narx-navo va daromadlar” siyosati bekor qilindi. Bu mam-lakatda keskinlikni keltirib chiqardi. Hukumat ikki marta “favqulodda holat” joriy etish-ga majbur bo`ldi.

1971-yilda “Mehnat munosabatlari islohoti to`g`risida”gi qonun qabul qilindi. Qonun tred-yunionlarning huquqini cheklab qo`ydi. Natijada, hukumat bilan tred-yunionlar o`r-tasida keskinlik vujudga keldi. Mamlakat yalpi ish tashlash yoqasiga kelib qoldi. 1973–1974-yillarda tog`-kon sanoatida inqiroz yuz berdi.



Garold Vilson (1916-yilda tug'ilgan) - Buyuk Britaniya bosh vaziri (1964-1970, 1974-1976). Uning boshqaruvi chog'ida iqtisodiyot pasayishi va ishsizlik o’sishi qayd etil- gan.

Edvard Xit (1916-yilda tugMlgan) - Shimoliy Irlandiya bilan munosabatlar keskinlashgan 1970- 1974-yillarda Buyuk Britaniya bosh vaziri bo’lgan.

Shunday sharoitda, E.Xit yangi parlament saylovi belgilashga majbur bo`ldi. 1974-yilning 28-fevralida bo`lib o`tgan parlament saylovida Leyboristlar partiyasi g`alaba qo-zondi. G.Vilson yana bosh vazir lavozimini egalladi. U “narx-navo va daromadlar siyo-sati”ning yangi variantini qo`lladi. Bu variant “ijtimoiy shartnoma” deb nom oldi. Bu hukumat bilan tred-yunionlar o`rtasidagi shartnoma edi. Shartnomaga ko`ra, tred-yuni-onlar ish haqini yiliga 5 foizgacha oshirish talabidan tiyilib turish, hukumat esa narx-na-vo o`sishini to`xtatib turish majburiyatini oldi. Biroq, 1976-yilda funt sterling qiymatini-ng yana pasaytirilishi hukumatning harakatlarini amalda yo`qqa chiqardi. G.Vilson o`z ixtiyori bilan iste’fo berishga majbur bo`ldi. Uning o`rnini J.Kallagen (1976–1979) egal-ladi. Biroq, u ham mamlakat iqtisodiy ahvolini yaxshilay olmadi. 1979-yilda mamlakat-da ishsizlar soni 1935-yildan keyin birinchi marta 2 mln. kishiga yetdi.

Buning ustiga J.Kallagen hukumati o`tkir ichki siyosiy muammo – Shimoliy Irlandiya muammosining keskinlashuvi hodisasiga duch keldi. Shimoliy Irlandiya aholisi, asosan, ingliz protestantlardan iborat bo`lib, irland katoliklar ozchilikni tashkil etardi. Ingliz pro-testantlar irland katoliklarni har jihatdan kamsitib kelardilar. 1968-yilda katoliklar o`z haq-huquqlari uchun kurash boshladilar. Natijada, Shimoliy Irlandiyada tartibsizliklar boshlandi. Bunga javoban, Buyuk Britaniya hukumati u yerga harbiy qismlarni kiritdi. Katoliklarning “Irlandiya respublikasi armiyasi” (IRA) deb ataluvchi yashirin terrorchi tashkiloti ingliz askarlariga qarshi terror o`tkaza boshladi. Bu terrorchi tashkilot Olster shahrini Irlandiya respublikasiga qo`shish uchun kurashdi. Bunga javoban ingliz protes-tantlarning yashirin harbiy tashkiloti ham kurashga kirishdi. Har ikki tomon tartib o`rna-tish uchun yuborilgan ingliz askarlarini nishonga ola boshladi. Natijada, uch tomondan ham ko`plab qurbonlar bo`ldi.

Mamlakatdagi keskin ichki vaziyat leyboristlar mavqeyiga salbiy ta’sir ko`rsatdi. Oqi-batda, 1979-yilda o`tkazilgan parlament saylovlarida Konservatorlar partiyasi g`alaba qozondi. M.Tetcher boshchiligida yangi hukumat tuzildi. Konservatorlar surunkasiga 18 yil davomida hokimiyat tepasida turdilar. 1979–1990-yillar oralig`idagi 11 yil Buyuk Britaniya tarixiga “Tetcher davri” nomi bilan kirgan. U Buyuk Britaniya va dunyoda katta obro` qozondi. Uning dasturi “tetcherizm” nomi bilan atalgan. Uning mohiyatini quyidagi qoidalar tashkil etadi:



  • iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi sifatida xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash, erkinlik, hamma uchun imkoniyat, tadbirkorlik ruhini qo`llash va xu-susiy mulkdorlarga demokratiya bo`lishi kerak;

  • davlatning iqtisodiy hayotga aralashuvi eng kam darajada bo`lishi lozim va u xu-susiy tashabbuslarni aslo bo`gmasligi kerak;

  • barcha mehnatga qobiliyatli kishilar o`zini-o`zi ta’minlashi, mehnatga qobiliyatsiz-larga esa davlat va xayriya tashkilotlari yordam ko`rsatishi kerak;

  • kamomadsiz byudjet bo`lishi, uning muhim qismini soliqlar tashkil etishi kerak;

  • kasaba uyushmalari mehnat ahli manfaatlarini qonuniy vositalar bilan himoya qi-lishga haqli. Biroq, bunda boshqalar manfaatlariga zarar yetkazilmasligi va jami-yatga zarar yetkazuvchi ish tashlashlar o`tkazilmasligi kerak.

Tetcher Margaret Xilda (1925–3) – Buyuk Britaniya bosh vazi-ri. 1925-yilning 13-oktabrida Grentem (Linkolnshir grafligi)da taval-lud topgan. 1947-yilda Oksford universitetini tamomlaydi. 1953-yilga-cha soliq huquqini o`rganib, advokatlik amaliyotini o`taydi va yuridik ma’lumotga ega bo`ladi.

M.Tetcher 1959-yilda parlamentga saylanadi. 1970–1974-yillarda E.Xit hukumatida ta’lim vaziri lavozimida ishlaydi. 1974-yilgi saylovlar Konservatorlar partiyasiga mag’-lubiyat olib keladi. Shundan so`ng, E.Xit partiya yetakchiligidan iste’foga chiqadi va bu lavozimni endi M.Tetcher egallaydi. 1979-yilgi parlament saylovlari M.Tetcher partiya-siga g`alaba olib keladi va u bosh vazir lavozimini egallaydi.

1982-yilda M.Tetcher Argentinaga tegishli bo`lgan Folklend (Malvin) orollariga qo`-shin tushiradi va g`alaba qozonadi. Bu M.Tetcher hukumatining tashqi siyosatdagi yirik g`alabasi bo`lib, 1983-yilgi saylovlarda Konservatorlar partiyasining g`alaba qozoni-shiga olib keladi va u yana bosh vazirlik lavozimida qoladi. M.Tetcher ichki va tashqi si-yosatdagi qat’iyatliligi uchun “temir xonim” nomini olgan.

Ichki siyosatda M.Tetcher milliylashtirilgan korporatsiyalarni privatizatsiyalash (o`z egalariga qaytarish)ni davom ettirdi (masalan, telefon va aviatsiya). 1987-yilgi saylov-larda M.Tetcher partiyasi yana g’alaba qozonadi va u uchinchi muddatga bosh vazirlik lavozimini egallaydi. M.Tetcherning ichki siyosatda 18 yoshdan oshgan barcha fuqaro-larga soliq solishi va Yevropa valyuta tizimi integratsiyasiga qarshi turishi, 1990-yil 22-noyabrda, uning iste’fosiga sabab bo`ladi. Hatto, o`zi yetakchilik qilayotgan partiya ichida ham undan ko`pchilik norozi bo`lgan edi. 1992-yil 5-iyunda M.Tetcher umrbod pyerlik unvonini oldi va baronessa Margaret Tetcher Kesteven sifatida Lordlar palatasi-dan joy egallaydi.

M.Tetcher 3-yilning 8-aprel kuni olamdan o`tdi.

Konservatorlarning saylovgacha ishlab chiqqan dasturi “To`g`ri yondashuv” deb atalgan edi. M.Tetcher o`z oldiga Buyuk Britaniyaning qudratini tiklash, iqtisodiy tanglik va inflatsiyani tugatishni asosiy vazifa qilib qo`ydi. Bu dasturni amalga oshirish hukumat-dan qat’iylik bilan harakat qilishni talab etar edi. M.Tetcher hukumati keng ijtimoiy tad-birlarni zarur mablag` bilan ta’minlashdan voz kechdi. Muomalada ortiqcha naqd pulni-ng bo`lishiga yo`l qo`ymaslik choralarini ko`rdi. Buning uchun byudjet xarajatlari qis-qartirildi. Shu tufayli, inflatsiyaning pasayishi hamda iqtisodiyotga ko`proq sarmoya sarflash uchun sharoit yaratildi. Natijada, ishlab chiqarishni o`stirish borasida sakrash ro`y berishiga erishildi. Buyuk Britaniya mehnat unumdorligi bo`yicha Yevropada bi-rinchi o`ringa chiqdi.

Hukumat kam samarali va zarar ko`rib ishlovchi korxonalarni saqlab turish uchun mablag` ajratishni to`xtatdi. Davlat mulkini xususiylashtirish amalga oshirildi. Bu tadbir davlat byudjetiga 28 mlrd. funt sterling olib keldi. Millionlab fuqarolar firma va kompa-niyalarning aksiyadorlariga aylandi. Katta yoshdagi aholining 25 foizi turli aksiyalarga ega bo`ldi. Davlat uy-joy fondi ham sotildi. Natijada, 1,1 mln. oila imtiyozli ravishda turar-joy sotib olishga erishdi. 1990-yilga kelib 65 foiz oila o`zining shaxsiy uy-joyiga ega bo`ldi.

Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi keskin qisqartirildi. Soliqlarni oshirish va tejam-korlik hisobiga kamomadsiz byudjet shakllantirildi. Mamlakat aholisining uchdan ikki qismi o`rta tabaqaga aylandi. Ijtimoiy ta’minot unga haqiqatan ham muhtoj bo`lganlar uchun joriy etildi. 80-yillar mobaynida 2,5 mln. yangi ishchi o`rinlari vujudga keltirildi. Ishsizlar soni keskin kamaydi. Bu omillarning barchasi, o`z navbatida, 1983-yil, 1987-yil va 1991-yilgi parlament saylovlarida Konservatorlar partiyasining ketma-ket g`alabasini ta’minladi.

Biroq, 90-yillarning boshiga kelib kamomadsiz byudjetni uzoq vaqt ushlab turish im-koni bo`lmadi. Inflatsiya va ishsizlik yana kuchaydi. Hukumat daromadidan qat’iy nazar 18 yoshdan yuqori bo`lgan barcha fuqarolarni soliqqa tortish yo`li bilan vaziyatdan chiq-moqchi bo`ldi. Bu esa ommaviy norozilikni keltirib chiqardi. Shunday sharoitda, M.Tetcher o`z xohishi bilan iste’foga chiqdi. Yangi bosh vazir J.Meyjor bunday soliqni bekor qildi. U “Teng imkoniyatlar jamiyati”ni barpo etish dasturini ilgari surdi. Biroq, bundan ko`zlangan maqsadga erishilmadi.

1997-yil va 2001-yilgi parlament saylovlarida Leyboristlar partiyasi g`alaba qozondi. T.Bler boshchiligida yangi hukumat tuzildi. Leyboristlar hukumati qiyin siyosiy muam-molarga duch keldi. Shotlandiya va Uels millatchilari 1997–1998-yillarda o`z parlamentlarini tuzdilar va muxtoriyat e’lon qildilar. Shimoliy Irlandiya muammosi yana mu-rakkablashdi. Katoliklar va protestantlarning to`qnashuvi davom etdi. 1998-yilda leyboristlar hukumati tomonlar o`rtasidagi munosabatlarni, birmuncha bo`lsada, kelishtirishga erishdi. Biroq, 2001-yilda vaziyat yana keskinlashdi. 2005-yilgi parlament saylovlarida leyboristlar g`alaba qozonib, T.Bler yana hukumat tuzdi. Ammo, vaziyat keskinlashib, 2007-yil iyunda u o`z o`rnini G.Braunga bo`shatib berdi.

2009-yilgi parlament saylovlarida Konservatorlar partiyasi Liberal-demokratik partiyasi (unutilib ketayozgan Liberallar partiyasi izdoshi) bilan ittifoqda qatnashdi va g`alaba qozondi. Konservatorlar yetakchisi D.Kameron koalitsionni hukumat tuzdi.

3-masala:

Buyuk Britaniya jahon siyosatini belgilashda uzoq yillar davomida bosh rolni o`ynab keldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin esa ahvol o`zgardi. Endi birinchilik AQSHga o`t-di. Buyuk Britaniniyaning dunyo siyosatidagi o`rni alohida 3 yo`nalishda bajargan vazi-fasi bilan belgilanadigan bo`ldi. Birinchidan, u xalqaro maydonda AQSHning asosiy it-tifoqchisiga aylandi va shu maqomda dunyoning muhim muammolarini hal etishda qat-nashdi. Ikkinchidan, G`arbning yetakchi davlatlaridan biri bo`lib qolaverdi. Uchinchi-dan, Britaniya Millatlar Hamdo`stligi mamlakatlari boshlig`i edi.

Buyuk Britaniya birdaniga AQSHning ittifoqchisiga aylanib qolgani yo`q. AQSH-SSSR munosabatlari keskinlashib borayotgan bir davrda Buyuk Britaniya bilan ittifoq-chilik munosabatini o`rnatish AQSH uchun ham zarur edi. 1945-yilda ingliz-amerika moliya shartnomasi imzolandi. Unga ko`ra, AQSH Buyuk Britaniyaga 5 yil davomida 4,4 mlrd. dollar qarz beradigan bo`ldi. Buning evaziga Buyuk Britaniya AQSH tovarlari uchun boj miqdorini kamaytiradi. Natijada, ingliz bozorlarida ham AQSH mavqeyi ku-chaydi. Buyuk Britaniyaga “Marshall rejasi”ga ko`ra ham katta miqdorda yordam ko`r-satildi.

Mustamlakalarda boshlangan milliy-ozodlik harakatlari mamlakat hukmron doiralari-ni tashvishga solib qo`ydi. Endi, Buyuk Britaniya sobiq mustamlakalariga birin-ketin mustaqillik berishga majbur bo`ldi. 1949-yilda NATOni tashkil etishda faol qatnashdi. Germaniya muammosi masalasida AQSH bilan birgalikda hamkorlik qildi. 1950–1953-yillardagi Koreya urushida AQSH tarafida turib urushda qatnashdi. Buyuk Britaniya hu-dudida AQSH harbiy bazasi vujudga keltirildi. 1954-yilda GFRni qurollantirish va uni NATOga tortish to`g`risida imzolangan Parij va London bitimlarining tashabbuskorlari-dan biri bo`ldi. 1957-yilda o`z hududiga AQSHning o`rta masofaga uchuvchi raketalari-ni joylashtirishga ruxsat berdi. Shu yilning 15-mayida vodorod bombasini sinovdan o`t-kazdi.

60-yillarning boshlariga kelib Britaniya mustamlakachilik imperiyasi quladi. Bu hodi-sa Buyuk Britaniya oldiga Yevropa integratsiyasida ishtirok etish masalasini qo`ydi. Bu-yuk Britaniya, ayni paytda, 1963-yilda yadro qurollari sinovini qisman taqiqlash to`g`ri-sidagi shartnomani ishlab chiqishda qatnashdi. AQSHning V’etnamga qarshi urushini qo`llab-quvvatladi. 1966-yilda Buyuk Britaniya Avstraliya, Yangi Zelandiya, Malayziya va Singapur bilan birlashgan harbiy-siyosiy blok – ANZYUSni tuzish to`g`risidagi bi-timni imzoladi. 1971-yilda “Umumiy bozor”ga kirish shartlari haqida bitim imzolandi. 1973-yilda esa uning a’zoligiga qabul qilindi. Ayni paytda, AQSH va Britaniya Millatlar Hamdo`stligi (sobiq mustamlakalardan iborat) mamlakatlari bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qoldi.

Endilikda, Buyuk Britaniya jahon iqtisodi va siyosatida ilgarigidan kattaroq rol o`y-nay boshladi. Buyuk Britaniya quruqlik, dengiz va havoda foydalanishga imkon beradi-gan strategik qurolga ega bo`lishga intildi va bunga erishdi ham. M.Tetcher davrida AQSH bilan ittifoqchilik munosabatlarini kuchaytirishga har qachongidan ham katta e’tibor berildi. NATO oldidagi majburiyatlariga sodiq qoldi. Buyuk Britaniya manfaat-lariga tahdid soluvchi davlatlararo muammolarda o`ta keskinlik bilan harakat qildi. Masalan, 1982-yilning may oyida Argentina o`z qo`shinini Janubiy Atlantikadagi Folklend (Malvin) orollariga tushirganida shunday qilindi. Bu orollar asli Argentinaga qarashli bo`lib, bir vaqtlar Buyuk Britaniya uni o`z imperiyasi tarkibiga qo`shib olgan edi. Buyuk Britaniya orolga o`z qurolli kuchlarini yubordi va u yerda o`z bayrog`ini qayta tikladi.

M.Tetcher Yevropada mamlakatning rahbarlik rolini tiklashga zo`r berib harakat qil-di. “Umumiy bozor”da deyarli har bir masalada o`zining alohida fikriga ega bo`ldi. Chu-nonchi, Yevropada yagona valyuta – yevroni joriy etishga qarshilik bildirdi. J.Meyjor hukumati AQSHning Iroqqa qarshi harbiy harakatlarini qo`llab-quvvatladi va unda Bu-yuk Britaniya ham ishtirok etdi. 1991-yilda Buyuk Britaniyaning Maastrix shartnomasiga qo`shilishi bu davlat tashqi siyosatida Yevropa muammolarini birgalikda hal etish to-mon jiddiy o`zgarish yuz berganligining isboti bo`ldi. 2002-yildagi AQSHning Afg`o-nistondagi urushida qatnashdi. AQSH bilan birgalikda Iroqqa o`z qo`shinlarini yubordi. Terrorizmga qarshi kurashdi. Bunga javoban, 2005-yilning iyunida Buyuk Britaniyada qator portlashlar o`tkazildi va 60 dan ortiq kishi halok bo`ldi. Politsiya nazorati kuchay-tirildi. Bugungi kunda ham Buyuk Britaniya buyuk davlatlardan biri sifatida xalqaro mu-nosabatlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

1991-yilda Buyuk Britaniya va O`zbekiston o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rna-tildi. 1993-yilning 17–19-iyun kunlari Buyuk Britaniya qirolichasining qizi, malika Anna O`zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mamlakatimiz va xalqimiz turmush tarzi bilan tanishdi. Samarqand shahrining tarixiy yodgorliklarini ziyorat qildi.

Shu yilning 15-oktabrida esa Buyuk Britaniya tashqi va hamdo`stlik ishlari bo`yicha davlat vaziri D.Xog rasmiy tashrif bilan yurtimizga keldi. Muzokaralardan so`ng ikki davlat o`rtasida madaniyat va ta’lim sohasida hamkorlik bitimi imzolandi. Shuningdek, ikkiyoqlama soliq olmaslik to`g`risida ham kelishuvga erishildi.

1993-yil 22–25-noyabr kunlari O`zbekiston Prezidenti I.Karimov Buyuk Britaniyaga rasmiy amaliy tashrif bilan bordi. Mamlakat qirolichasi Yelizavetta II, shuningdek, bosh vazir J.Meyjor bilan uchrashdi. Safar chog`ida o`zaro iqtisodiy aloqalar to`g`risida shart-noma, o`zaro rag`batlantirish va himoyalash to`g`risida hamda ikki davlat o`rtasida havo yo`li ochish haqida bitimlar imzolandi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mamlaka-timizda oltin qazib olish korxonalarini qurish uchun 150 mln. AQSH dollari ajratishga qaror qildi. Mashhur “Lonro” kompaniyasi bilan bitim tuzildi. 1997-yildan O`zbekiston Buyuk Britaniyaning RJ-85 samolyotlarini sotib ola boshladi.

Bulardan tashqari, ikki mamlakat hududida fuqarolarning erkin yurishi haqida ham hujjat imzolandi. Bugungi kunda O`zbekistonda 50 dan ortiq Buyuk Britaniya va O`zbekiston qo`shma korxonalari faoliyat ko`rsatmoqda.



Tarixiy ma'lumot

BUYUK BRITANIYA MONARXLARI

1936-1952 - Georg VI 1952-yUdan - Yelizaveta II



Qisqacha mazmuni

• Ikkinchi jahon urushidan keyingi og'ir moliyaviy ahvol,

• 1945-yil iyul - bosh vazir K.Ettli davri (keng ijtimoiy islohotlar, mamlakat aholisi farovonligining oshishi)

• 1945-yil avgust - lend-liz bo’yicha AQSH yetkazib berayotgan tovarlarning to’xtatilishi

• 1948-yildan - iqtisodiy rivojlanishning pasayishi, funt sterlingning qadrsizlanishi

• "Marshall rejasi" bo’yicha zayomlar - AQSHga tobelik

• 1949-yil - moliyaviy inqiroz

• 1956-yil dekabr - ingliz-fransuz qo’shinlarining Misrdan olib chiqilishi. Angliyaning xalqaro maydon- da yakkalanib qolishi

• 1968-yil - Olster katoliklarining Irlandiya respub- likasi bilan birlashish harakati boshlanishi

• 1973-yil - Angliyaning "Umumiy bozor"ga a'zo bo’lib kirishi

• 1979-yil - aholi turmush darajasining keskin pasa- yishi

• 1979-1990-yillar - MTetcher konservatorlar par- tiyasidan bosh vazir etib saylandi. Angliyaning jahon miqyosida buyuk davlat sifatida tiklanishga urinishi, xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quwatlash

• 1982-yil aprel - Argentina bilan Folklend orollari uchun g'olibona jang

• 1982- 1987-yillar - iqtisodiy rivojlanish sur'atlari- ning keskin oshishi

• 90-yillar boshlaridan - iqtisodiy pasayish, inflya- tsiya, ishsizlikning o’sishi

1990-yil noyabr- MTetcherning iste'fosi Jon Meyjor - bosh vazir: xususiylashtirish siyosatining davom ettirilishi, ijtimoiy muammolarning hal qilinishi

Tashqi siyosatda integratsiya jarayonlarining kuchayishi

1997-yildan - T.BIer bosh vazir etib saylandi

2003-yil may - Iroqga qo’shin kiritilishi

Tayanch so`z va iboralar:

dominion; imperiya; Konservatorlar partiyasi; Leyboristlar partiyasi; “demokratik sotsia-lizm”; Lordlar palatasi; “Marshall rejasi”; “lend-liz”; “Umumiy bozor”; tred-yunionlar; protestant; katolik; IRA; terror; “tetcherizm”; muxtoriyat; NATO; ANZYUS; yevro; Maastrix shartnomasi; terrorizm.



Nazorat uchun savollar:

  1. Ikkinchi jahon urushining Buyuk Britaniya uchun oqibatlari nimalardan iborat

bo`ldi?

  1. Leyboristlarning “Kelajakka boqish” dasturining mazmuni nimalardan iborat edi?

  2. Britaniya mustamlakachilik imperiyasi yemirilmasligi mumkin edimi?

  3. “Narx-navo va daromadlar siyosati”ning mazmunini tushuntirib bering.

  4. Shimoliy Irlandiya muammosi nima edi?

  5. “Tetcherizm”ning mohiyatini izohlab bering.

  6. M.Tetcher davrida ichki siyosatda qanday o`zgarishlar yuz berdi?

  7. Buyuk Britaniya tashqi siyosati yo`nalishlarini bilasizmi?

  8. Buyuk Britaniya va AQSH munosabatlarida o`ziga xoslik nimalardan iborat?

10. Buyuk Britaniya – O`zbekiston munosabatlari haqida nimalarni bilasiz?

Mavzu: Fransiya Respublikasi.

Reja:

1) Ikkinchi jahon urushining oqibatlari. To`rtinchi respublika hamda

uning ichki va tashqi siyosati.

2) Beshinchi respublikaning ichki va tashqi siyosati. May inqirozi.

3) Fransiya keyingi yillarda.

4) Fransiya – O`zbekiston munosabatlari.

Adabiyotlar:

1. Lafasov M. “Jahon tarixi” (1918–2009-yillar). Toshkent. “Turon-Iqbol”. 1.

193-200 betlar



1-masala:

Fransiya. Poytaxti – Parij. Aholisi – 60,4 mln. kishi (2004). Maydoni – 551 ming kv. km. Rasmiy tili – fransuz. Hukmron dini – katolik. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 96 de-partamentga bo`lingan 22 viloyat. Pul birligi – yevro. Milliy bayrami: 14-iyul – Bastili-ya olingan kun (1789).

Ikkinchi jahon urushi Fransiyaga juda katta talo-fat yetkazdi. Fashistlar Germaniyasining okkupat-siyasi natijasida Uchinchi respublika barham topdi (1875-yilda o`rnatilgan edi). Moddiy talofat 1 trln. 440 mlrd. frankni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqa-rishi urushdan oldingi daromadga nisbatan 62 foiz, qishloq xo`jaligi esa 50 foizga kamaydi. Frankning qiymati 6 baravar pasaydi. 100 mingdan ortiq may-da sanoat va savdo korxonalari sindi. Ishsizlar soni 600 mingdan ortdi.

Fransiya mustamlakachilik imperiyasi ham barham topa bordi. Hindixitoy uning na-zoratidan chiqdi. Suriya va Livan mustaqillikka erishdi. Fransiya shu darajada kuchsiz-langan ediki, u hatto, o`z mustaqilligini tiklashga ham qodir emas edi. Uning mustaqil-ligi AQSH va Buyuk Britaniya tomonidan tiklandi. Mamlakat iqtisodiyoti AQSH ko`r-satadigan yordamga bog`liq bo`lib qoldi.



Ikkinchi jahon urushidan keyingi Fransiya tarixi quyidagi 3 davrga bo`linadi:

  1. Vaqtinchalik rejim davri – 1944-yil sentabr – 1946-yillarni o`z ichiga oladi.

  2. To`rtinchi respublika davri – 1946–1958-yillarni o`z ichiga oladi.

  3. Beshinchi respublika davri – 1958-yildan hozirgi kungacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi.

Vaqtinchalik rejim davri Fransiya mustaqilligi tiklanganidan to mamlakatning yangi Konstitutsiyasi qabul qilinguncha davom etgan. Bu davrda mamlakatni “Ozod Fransiya” tashkilotining rahbari, general Sharl de Goll boshchiligidagi muvaqqat hukumat bosh-qardi.

Sharl de Goll (1890–1970) – Fransiya prezidenti. 1890-yil 22-no-yabrda Lillda eski dvoryan oilasida dunyoga keladi. 1912-yil Sen-Serdagi harbiy akademiyani tamomlaydi. Birinchi jahon urushi frontlarida jang qiladi. 1920–1921-yillarda mayor lavozimida Pol-shaga, general Veygan harbiy shtabiga xizmatga keladi. Ikki jahon urushi oralig`ida Sh.de Goll Sen-Ser harbiy bilim yurtida harbiy ta-rixdan dars beradi, marshall Petenning yordamchisi sifatida faoliyat yuritadi, harbiy strategiya va taktika masalalari bo`yicha bir qancha kitoblar yozadi.

Sh.de Goll Ikkinchi jahon urushi yillarida fransuz qarshilik ko`rsatish harakatining yetakchisiga aylanadi. 1940-yilning 6-iyunida Fransiyaning milliy mudofaa vaziri o`rin-bosari etib tayinlanadi. 16-iyunda Fransiya fashistlar Germaniyasi tomonidan bosib olingach, marshall Peten kapitulyasiya haqida muzokaralar olib boradi. Bu paytda Sh. de Goll Londonga uchib ketadi va 18-iyun kuni radio orqali vatandoshlarini fashistlar-ga qarshi kurashga chaqiradi. Sh.de Goll shu kuni zobitlik mansabini tugatdi va davlat arbobi sifatidagi hayotini boshlaydi. Londonda “Ozod Fransiya” tashkilotiga asos sola-di. Bu tashkilot 1944-yilning sentabrigacha qarshilik ko`rsatish harakatini boshqaradi va Fransiyani fashistlar Germaniyasi askarlaridan tozalaydi. To`g`ri, 1944-yilning iyu-nida AQSH va Buyuk Britaniya qo`shinlari Fransiya hududiga tushirilib, ular tomoni-dan 25-avgust kuni Vishi hukumati ag`darib tashlanadi. Shunga qaramasdan, Fransiya-ni ozod qilishda Sh.de Goll yetakchiligidagi “Ozod Fransiya” tashkiloti katta jasorat ko`rsatgan edi.

Sh.de Gollning, Fransiyani buyuk davlat sifatida tiklashni asosiy maqsad qilib qo`y-gan, siyosiy konsepsiyasi “gollizm” nomini oladi. Uning mohiyatini to`rt tushuncha: “millat”, “kuchli davlat”, “Fransiyaning ulug`vorligi” va “ijtimoiy islohotlar”da ifo-dalash mumkin. U respublika va demokratik an’analardan yuz o`girmadi, biroq, davlat boshlig`i – prezidentning kuchli hokimiyatini, uning umumxalq ovoz berish yo`li bilan saylanishi va keng vakolatlarga ega bo`lishini yoqlab chiqadi. Eng muhimi, siyosiy ma-salalar bo`yicha referendum o`tkazishni lozim, deb hisoblaydi.

Sh.de Goll faoliyatining ahamiyati shunda ediki, u Fransiya hukmron doiralarining an’anaviy qarashlaridan yuqori tura oldi va ijtimoiy guruhlarga bo`linmasdan millatni jipslashtirishga harakat qiladi. Shu munosabat bilan u hammaga teng imkoniyatlarni beruvchi ijtimoiy islohotlar o`tkazishni zarur, deb hisoblaydi. U sanoatni qisman milliy-lashtirish, iqtisodiyot ustidan davlat nazoratini o`rnatish, ijtimoiy sug`urta tizimini kiri-tish va mehnat sharoitlarini yaxshilashni shunday islohotlar qatoriga kiritadi.

Tashqi siyosatda Sh.de Goll Yevropaning yagona iqtisodiy va siyosiy ittifoqqa birla-shishining qat’iy va izchil tarafdori bo`ladi. U mazkur birlashish Fransiya rahbarligi ostida amalga oshishini ko`zda tutadi. 1944-yilning martida, urush hali qizg`in kecha-yotgan va ittifoqchilar Normandiyaga qo`shin tushirishga endi tayyorlanayotgan bir paytda, u G`arb davlatlarining keng guruhiga Yevropada iqtisodiy asosda birlashish dasturini ilgari suradi. Bu ittifoqqa Germaniyaning qo`shilishi ham ko`zda tutiladi, bi-roq, SSSR va Sharqiy Yevropa davlatlari unda yo`q edi.

Sh.de Goll tashqi siyosatda 3 vazifani ilgari suradi: birinchisi, Fransiyaning buyukli-gini tiklash, ikkinchisi, Fransiyaning mustaqilligini mustahkamlash, va nihoyat, uchin-chisi, AQSHning Yevropadagi ta’sirini mumkin qadar bo`shashtirishdan iborat edi. Shu asosda u 1966-yilda Fransiyani NATO safidan chiqaradi. Parijdan NATOning shtab-kvartirasi ham chiqarib yuboriladi. Buyuk Britaniyaning Yevropa integratsiyasiga kiri-shiga to`sqinlik qiladi. GFR bilan yaqinlashish yo`lini tutgan davlat bilan dushmanlik…..vafot etdi. uxoliflari foydalanib qolishdi. a 1969-yilning aprel oyida Sh.a nihoyaqt, uchunchisi, yo`liga o`tadi.

1968-yilning may oyida Parijda talabalarning namoyishlari avj oladi. “May inqiro-zi” jiddiy ijtimoiy-siyosiy inqirozga olib keladi va undan Sh.de Gollning muxoliflari foy-dalanib qolishadi. 1969-yilning aprel oyida Sh.de Goll iste’foga chiqishga majbur bo`-ladi. U 1970-yilda 80 yoshida vafot etadi.

1945-yilning oktabr oyida mamlakat yangi konstitutsiyasini tayyorlovchi Ta’sis Maj-lisiga saylov o`tkazildi. Saylovda asosan 3 ta siyosiy partiya – Fransiya kommunistik partiyasi, Fransiya sotsialistik partiyasi va Xalq respublikachilar partiyasi eng ko`p ovoz oldi. Yangi tuzilgan hukumatni yana Sh.de Goll boshqardi. Yangi konstitutsiya loyihasi ustida keskin kurash boshlandi. Har uchala siyosiy partiya ham Fransiyaning parlament respublikasi bo`lishi tarafdorlari edi. Sh.de Goll esa AQSH namunasidagi prezidentlik respublikasi uchun kurashdi. Biroq, Sh.de Gollning maqsadi amalga oshmadi va bunga javoban u iste’foga chiqib ketdi. 1946-yilning 13-oktabrida mamlakat yangi Konstitutsi-yasi qabul qilindi. Dekabr oyida esa u kuchga kirdi. Shu tariqa, Fransiyada To`rtinchi respublika vujudga keldi.

To`rtinchi respublika davrida mamlakatni parlament shakllantirgan hukumat boshqar-di. Hukumat mamlakat iqtisodiyotini tiklash va uni rivojlantirish masalasiga alohida e’ti-bor berdi. 1948-yilning o`rtalarida sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi darajaga yetdi. Bu hol, 1949-yilda iste’mol tovarlari taqsimoti tizimini bekor qilishga imkon ber-di. Iqtisodiy rivojlanishning samarali choralaridan biri milliylashtirish, deb o`ylagan hu-kumat xususiy mulk egalaridan yirik korxonalarni va butun-butun sohalarni sotib oldi. Elektr stansiyalari, ko`mir konlari, aviatsiya va sug`urta kompaniyalari, Reno avtomobil korxonasi va boshqalar shular jumlasidan edi. Biroq, ishlab chiqarish o`sishi sur’ati GFR va Italiyaga nisbatan past bo`ldi.

Fransiya tashqi siyosatida Yevropa integratsiyasi masalasi katta o`rin tutdi. U NATO-ga a’zo bo`lib kirdi. Fransiyaning tashabbusi bilan 1951-yilda “Yevropa iqtisodiy hamja-miyati”ga dastlabki qadam qo`yildi. 1952-yilda Parijda “Yevropa mudofaa hamkorligi” haqidagi shartnoma imzolandi. Bu shartnoma, amalda, GFRni qayta qurollantirish uchun yo`l ochdi. 1955-yilda GFR NATOga qabul qilingach, bunga javoban, SSSR 1944-yilda imzolangan sovet-fransuz shartnomasini bekor qildi.

Ayni paytda, Fransiya o`z tashqi siyosatida mustamlakachilik urushlarini davom ettir-di. Bu, Fransiya hukmron doiralarining milliy-ozodlik harakatlari qudratini to`g`ri baho-lay olmaganligining oqibati bo`ldi. Shuning uchun ham uni kuch bilan bostirishga urin-dilar. Chunonchi, 1946-yilning dekabr oyida o`z mustaqilligini e’lon qilgan V’etnamga qarshi mustamlakachilik urushini boshladi. 8 yil davom etgan bu urush 1954-yilda Fran-siyaning mag`lubiyati bilan tugadi. Shu yili Jazoir xalqining milliy-ozodlik harakatini qonga botirish maqsadida urush harakatlarini boshladi. Jazoir, amalda, Fransiyaning dengizorti o`lkasiga aylantirilgan edi. Bu yerda 1 mln. fransuz yashardi va ular eng yax-shi yerlarga egalik qilardi. Jazoirlik fransuzlar bu mamlakatga mustaqillik berishga mut-laqo qarshi edilar. Qulayotgan Fransiya mustamlakachi imperiyasini saqlab qolish taraf-dorlarining barchasi ular atrofiga to`planishdi. Jazoirlik fransuzlarni Fransiyaning 1956-yilda Marokash va Tunisga mustaqillik berishga majbur bo`lganligi ham tashvishlantirib qo`ygan edi. 1954-yilda boshlangan Jazoir xalqi ozodlik urushiga qarshi urush eng qonli va shafqatsiz urush bo`ldi.

Ayni paytda, urush mamlakat xazinasi bo`shab qolishiga olib keldi. Shunday sharoit-da, Jazoirdagi fransuz harbiylari va mustamlakachi fanatiklar davlat to`ntarishini amalga oshirish maqsadida isyon boshladi. Jazoirdagi fransuz armiyasi 250 ming kishini tashkil etardi. Isyonchilar Sh.de Gollni hokimiyatga qaytarishni talab etdilar. Ularning fikricha, Sh.de Goll Jazoirning Fransiyaga qaramligini saqlab qolishga qodir yagona shaxs edi. Fransiyaning boshqa aholisi uchun esa Sh.de Goll Fransiyni harbiy diktaturadan saqlab qoluvchi yagona shaxs edi.

Sh.de Goll hokimiyatga qaytish uchun o`ziga favqulodda vakolatlar berilishi hamda konstitutsiyaviy islohotlar o`tkazishga ruxsat etilishi shartlarini qo`ydi. Fransiya parla-menti – Milliy Majlis bu shartlarga rozi bo`ldi va 1958-yilning 1-iyunida Sh.de Goll ho-kimiyatni egalladi. Shundan so`ng Milliy Majlis o`z faoliyatini tugatdi. Shu tariqa, To`r-tinchi respublika ham barham topdi.

2-masala:

1958-yilning 28-sentabrida Fransiyada yangi Konstitutsiya qabul qilindi. Bu Fransiya tarixida Beshinchi respublikaning vujudga kelishi ham edi. 21-dekabr kuni Sh.de Goll prezident etib saylandi. Yangi konstitutsiya parlament huquqlarini chekladi va, aksincha, prezident vakolatlarini kengaytirdi. Fransiya prezidentlik respublikasiga aylandi. Butun hokimiyat deyarli prezident qo`lida to`plandi. U davlat hamda ijrochi hokimiyat boshli-g`i, qurolli kuchlarning Oliy bosh qo`mondoni ham edi.

Shunday qilib, mamlakatda Sh.de Gollning shaxsiy hokimiyati o`rnatildi va u o`z ol-diga Fransiyani tiklash vazifasini qo`ydi. Shu maqsadda, mamlakat iqtisodiyotini moder-nizatsiyalash amalga oshirildi. Ishlab chiqarishga ilmiy-texnika inqilobi yutuqlari keng joriy etildi. Sanoatning yangi tarmoqlari – atom, radioelektronika, kosmik texnologiya va raketa qurilishi vujudga keltirildi. Modernizatsiyalash jadal sur’atlarda o`tkazildi va u 60-yillarda nihoyasiga yetkazildi. Oqibatda, Fransiya zamonaviy industrial davlatga ay-landi. Asosiy ko`rsatkichlar bo`yicha Buyuk Britaniyani ortda qoldirib, jahonda 5-o`rin-ni mustahkam egalladi. Eksport ko`paydi. Bu unga 60-yillarning o`rtalariga kelib barcha qarzlaridan qutulish va qarz beruvchi davlatga aylanish imkonini berdi.

Qishloq xo`jaligini modernizatsiyalash ham nihoyasiga yetdi. Fransiya dehqonlari fer-merlarga aylandilar. Mamlakat G`arbiy Yevropada oziq-ovqat mahsulotlari eksporti bo`-yicha eng yetakchi davlatga aylandi.

Tashqi siyosatda 3 asosiy vazifa qo`yildi. Ularning birinchisi – Fransiyaning buyukli-gini tiklash, ikkinchisi – mamlakat mustaqilligini mustahkamlash va, nihoyat, uchinchisi – AQSHning Yevropadagi ta’sirini mumkin qadar bo`shashtirish edi. Sh.de Goll 1960-yilda Fransiyani yadroviy davlatga aylantirish orqali uning mudofaa qudratini oshirdi. Ayni paytda, mustamlakalarga mustaqillik berish yo`lidan bordi.

1960-yilda Afrikadagi mustamlakalarga siyosiy mustaqillik berildi. Bu qit’a xaritasi-da 14 ta yangi davlat vujudga keldi. Sh.de Goll Jazoirni bundan buyon itoatda tutib tu-rish mumkin emasligini tushunib yetdi. Shuning uchun ham Jazoir milliy-ozodlik fronti bilan muzokara boshladi. Uning bu yo`li o`ta mustamlakachi kuchlar qarshiligiga uch-radi. Biroq, Fransiya armiyasi Sh.de Gollga sodiq qoldi. Natijada, armiyada isyon bosh-lashga urinish barbod bo`ldi. Nihoyat, 1962-yilning 18-martida Jazoirga mustaqillik be-rish haqida bitim imzolandi.

Sh.de Goll AQSHning V’etnamdagi agressiyasini qoraladi. Shuningdek, 1966-yilda Fransiyani NATO harbiy tashkilotidan chiqardi. AQSHning Fransiya hududidagi harbiy bazasini tugatishga erishdi. Yevropa integratsiyasiga Buyuk Britaniyaning a’zo qilinishi-ga qarshi chiqdi. Chunki, Sh.de Goll Buyuk Britaniyani Yevropada AQSH ta’sirini o`t-kazuvchi vosita, deb hisoblardi. GFR bilan yaqinlashish yo`lini tutgan davlatning dush-mani bo`lib qolaverdi.

1968-yilning may oyida mamlakatda siyosiy inqiroz yuz berdi. Inqiroz Parij talabala-rining namoyishidan boshlandi. 7-may kuni talabalar ta’lim tizimini tubdan qayta qurish, ta’lim xarajatlarini oshirish va stipendiyalarni to`lash talabi bilan namoyishga chiqqan edilar. Kasaba uyushmalari talabalarni qo`llab-quvvatladi. Talabalar universitet binosini egallab oldilar. O`ta radikal va o`ta so`l kuchlar talabalarni Yelisey saroyini ham egallab olish uchun gij-gijlay boshladilar. Oqibatda, hukumat namoyishchilarga qarshi kuch ish-latdi. 3 mingdan ortiq talaba yarador qilindi va hibsga olindi. 13-may kuni esa yuz ming-lab parijliklar Sh.de Goll tartibiga qarshi namoyish o`tkazdilar. Mamlakatda 4 hafta da-vom etgan umumiy ish tashlashlar boshlandi. Ularda qariyb 10 mln. kishi ishtirok etdi.

Hukumat kasaba uyushmalarinig ish haqi, nafaqalarni oshirish, ish haftasini qisqarti-rish kabi talablarini qondirdi. Iyun oyi oxirida ishchilar ish joylariga qaytdilar. Shu tari-qa, mamlakatda siyosiy vaziyat barqarorlashtirildi.

Xo`sh aslida, “may inqirozi”ning jiddiy sabablari nimada edi?

Birinchidan, mamlakat mulkdorlari orasida iqtisodiyotga davlatning qattiqqo`llik bi-lan aralashuvidan norozilik o`zining yuqori nuqtasiga yetgan edi.

Ikkinchidan, kasaba uyushmalari mehnat munosabatlarida davlatning haddan tashqari vasiyligidan qutulishga intilayotgan edi.

Uchinchidan, mamlakatdagi barcha tabaqalar ham Sh.de Gollning AQSHdan uzoqla-shish siyosatini ma’qullamas edi.

To`rtinchidan, hukumat ijtimoiy sohalarga byudjet xarajatlarini kamaytirib yuborgan edi.

Yuqoridagilar jamiyatda chuqur norozilikni vujudga keltirgan edi. Shunday sharoitda, mamlakatda ijtimoiy portlash yuz berishi muqarrar, jamiyatning qaysidir qatlami shu portlashni sodir etishi lozim edi. Bu portlashni talabalar sodir etdilar. Boshqa qatlam va siyosiy kuchlar esa talabalar noroziligidan o`z manfaatlari yo`lida foydalanishga urindi-lar. Shuning uchun ham “may inqirozi” oxir-oqibatda Fransiya milliy qahramoni, mam-lakat prezidenti Sh.de Gollni iste’fo berishga majbur etdi. 1969-yilning aprel oyida Sh. de Goll siyosatdan ketdi. U 1970-yilda 80 yoshida vafot etdi.

3-masala:

1969-yilning iyunida bosh vazir lavozimida ishlayotgan J.Pompidu mamlakat prezi-denti etib saylandi. U saylovda Sh.de Goll partiyasi – “Respublikani himoya qilish itti-foqi”ning nomzodi sifatida qatnashdi. J.Pompidu, ayni paytda, Sh.de Gollning eng yaqin safdoshlaridan biri ham edi. J.Pompidu siyosatda o`zi tanlagan yo`lni “vorislik va mulo-qot”, deb atadi. Bu iboraning birinchisi Sh.de Goll siyosatining davom ettirilishini, ik-kinchisi esa muxolifatchi kuchlar bilan hamkorlik qilishni anglatar edi.

Ichki siyosatda J.Pompidu davlatning iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirdi. Biroq, ij-timoiy himoya sohasi bo`yicha qonunchilikni kuchaytirdi. Tashqi siyosatda “muloqot” tamoyiliga amal qildi. Ya’ni, AQSH bilan yaqinlashish yo`lidan bordi. 1973-yilda Bu-yuk Britaniyaning “Yevropa iqtisodiy hamjamiyati”ga a’zo qilinishiga qarshilik qilmadi. Ayni paytda, Fransiyaning tashqi masalalarda mustaqil siyosat yuritish yo`liga sodiqlik-ni saqlab qoldi.

1974-yilda J.Pompidu vafot etdi. “Fransiya demokratiyasi uchun ittifoq” (FDUI) par-tiyasi nomzodi J.d’Esten prezident etib saylandi. Bu davrda mamlakat siyosiy hayotida 4 ta siyosiy partiya faoliyat ko`rsatayotgan edi. Sobiq degollchilar va o`ng kuchlar “Res-publikani quvvatlash birlashmasi” partiyasiga birlashdilar. FDUI va RQB o`ng partiyalar edi. Avvalgi partiyalardan Fransiya sotsialistik partiyasi (FSP) va Fransiya kommunistik partiyasi (FKP) saqlanib qolgan edi. Ular so`l partiyalar deb ataldi.

Yangi prezident J.d’Esten inqiloblarsiz, islohotlar yo`li bilan “ilg`or liberal jamiyat” qurish g`oyasini ilgari surdi. Uning prezidentligi davrida minimal ish haqi eng ko`p da-rajada oshirildi. Saylovda qatnashish yoshi 20 yoshdan 18 yoshga tushirildi.

1981-yilgi prezidentlik saylovida Sotsialistik partiya nomzodi F.Mitteran (1916–1996) galaba qozondi va u mamlakatni ketma-ket ikki muddat, ya’ni, 14 yil boshqardi. So`l kuchlar hukumati saylovchilarga bergan va’dalarini bajarish maqsadida qator islo-hotlar o`tkazdilar. Chunonchi, ish haqlari oshirildi, ishsizlik va ko`p bolali oilalarga yor-dam ko`paytirildi, nafaqa va pensiyalar miqdori oshirildi. Yirik sarmoyadorlarga solina-digan soliq miqdori ko`paytirildi. Ish haftasi 39 soatga tushirildi. Pul to`lanadigan yillik mehnat ta’tili 5 haftaga uzaytirildi. 36 ta bank hamda metallurgiya, elektronika, kimyo, samolyotsozlik va harbiy sanoatni milliylashtirishga kirishildi. Umummilliy davlat or-ganlari va vakolatlari qisqartirildi. Mahalliy hokimiyat organlari vakolatlarini kengayti-rish boshlandi.

Biroq, bu tadbirlarni amalga oshirishda tez orada mablag` tanqisligiga duch kelindi. Natijada, hukumat islohotni to`xtatishga va qattiq iqtisodga o`tishga majbur bo`ldi. Ha-yot ortiqcha milliylashtirish ham yaxshi natija bermasligini isbotladi. Hukumatning no-izchil siyosati jamiyatda o`ta millatchi kuchlarning ta’siri ortishiga olib keldi. Ular “Mil-liy front”ga birlashdilar. Bu tashkilot irqiy va milliy kamsitishni avj oldirdi. “Fransiya – fransuzlar uchun”, degan shiorni zo`r berib targ`ib etdilar. Ular boshqa mamlakatlardan Fransiyaga ishchi kuchi kelishining oldini olish, mamlakatda ishlayotgan afrikaliklarni chiqarib yuborishni talab eta boshladilar.

Mitteran Fransua (1916-1996)- Fransiya prezidenti (1981-1995). U bir qator tarmoqlarni natsionaliza- tsiyalashtirdi, muhim ijtimoiy islohotlarni o’tkazdi. Boshqaruv davrining oxirida iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli o’tkazilgan islohotlarni bekor qila boshladi.

1986-yilgi parlament saylovida “Milliy front” qatnashdi va, hatto, 35 ta deputatlik o`rnini ham egalladi. Shunday sharoitda, so`l prezident F.Mitteran o`ng partiya – RQB lideri J.Shirakni bosh vazir etib tayinladi. Shu tariqa, Fransiyada so`l prezident bilan o`ng bosh vazirning odatdan tashqari o`ziga xos faoliyat ko`rsatishi boshlandi. J.Shirak hukumati milliylashtirilgan korxonalarni egalariga qaytara boshladi. Yirik sarmoyaga solinadigan soliqni kamaytirdi. Immigratsiyani chekladi. Tashqi siyosatda yagona Yev-ropani vujudga keltirish siyosatini davom ettirdi. 1991-yilda Maastrixda Yevropa Ittifoqi shartnomasining imzolanishida Fransiyaning xizmati katta bo`ldi.

1995-yilning 7-mayida o`tkazilgan prezidentlik saylovida J.Shirak g`alaba qozondi. 1997-yilgi parlament saylovida esa so`l partiyalar g`alaba qozondi. Bosh vazir lavozimi-ni Sotsialistik partiya vakili L.Jospen egalladi. Yana o`nglar bilan so`llarning o`ziga xos odatdan tashqari birgalikda faoliyat ko`rsatishi boshlandi. J.Shirak prezidentligi davrida Fransiya ichki siyosatda neokonservatizm yo`lidan bordi. J.Shirak prezidentlik muddati-ni 7 yildan 5 yilga tushirishga erishdi.

2007-yil may oyidagi prezidentlik saylovida venger muhojirlari oilasida tug`ilgan N. Sarkozi g`alaba qozondi. N.Sarkozi prezidentlik lavozimini egallab, tez orada sohalarni rivojlantirish bo`yicha 16 ta komissiya tuzdi. Tashqi siyosatda Yevropaning tobora birla-shuvi uchun kurashmoqda.

Bugungi Fransiya dunyoning eng taraqqiy etgan 7 industrial davlatidan biri hisobla-nadi. Aholisining katta qismi shaharlarda yashaydi. Qishloq xo`jaligi bilan aholining ati-gi 6 foizi shug`ullanadi. Oziq-ovqat eksporti bo`yicha dunyoda AQSHdan so`ng 2-o`rin-da turadi. Aholisining 85 foizi yollanma mehnat vakillari – ishchilar, xizmatchilar, tex-nik ziyolilardan iborat. Fransiya o`zining ilmiy-texnika yutuqlari – zamonaviy aviatsiya, o`ta tezyurar poyezdlari, mashhur “Reno”, “Sitroyen” va “Pejo” avtomobillari, ilg`or ke-masozlik sanoati bilan haqli sur’atda faxrlansa arziydi.

4-masala:

1992-yilning fevral oyida Fransiya bilan O`zbekiston o`rtasida diplomatik munosabat-lar o`rnatildi. 1993-yilning oktabrida O`zbekiston Prezidenti I.Karimov rasmiy tashrif bilan Fransiyada bo`ldi. Tashrif davomida ikkala davlat o`rtasida bir qancha shartnoma va bitimlar imzolandi. Jumladan, ikki mamlakat hukumatlari o`rtasida sarmoyani o`zaro rag`batlantirish va himoyalash to`g`risidagi bitim respublikamizda neft-gaz, yengil sano-at hamda banklar faoliyati sohalarida samarali hamkorlik sari yo`l ochdi. “Ron rulen” kimyo kompaniyasi, “Kredi kommersial de frans”, “National de Pari” banklari, shuning-dek, “El-akita” frimasi va boshqalar Buxoroda Qorovulbozor neftni qayta ishlash maj-muasi qurilishini mablag` ta’minlashda katta hissa qo`shdi.

Undan tashqari, respublikamiz chorvadorlari, sog`liqni saqlash xodimlari, arxeologla-ri, rassomlari, teatr arboblari, tarixchilar, adabiyotchilar fransiyalik hamkasblari bilan yaqin aloqa o`rnatganlar. Sog`liqni saqlash tizimida Fransiyaning “Bofur-ipsen internati-onal” dorichilik kompaniyasi bilan hamkorlik qilinmoqda. Fransiyada “Temuriylar” no-midagi jurnal chop etiladi.

1994-yilning aprelida muhim tarixiy voqea yuz berdi. Dunyoning yetti rivojlangan davlati rahbarlaridan birinchi bo`lib Fransiya prezidenti F.Mitteran O`zbekistonga ras-miy tashrif bilan keldi. Bu amaliy tashrif Fransiya bilan O`zbekiston o`rtasidagi aloqa-larni yangi bosqichga ko`tardi.

1996-yilning aprelida Parijda YUNESKO rahbarligida buyuk sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag`ishlangan tantanalar bo`lib o`tdi. Bu sohadagi ulkan xiz-matlari uchun YUNESKO bosh direktori F.Mayor O`zbekiston hukumatining “Do`stlik” ordeni, Temuriylar tarixi bilimdoni L.Keren “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Bir haf-ta davom etgan tantanalar jarayonida O`zbekiston Prezidenti I.Karimov Fransiya Prezi-denti J.Shirak bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki mamlakat o`rtasidagi aloqalarning ke-lajagi belgilab olindi. Fransiya bilan O`zbekiston o`rtasida yana bir qancha shartnomalar imzolangan bo`lib, o`zaro iqtisodiy va madaniy aloqalar tobora rivojlanib bormoqda.



Tarixiy mo’lumot

FRANSIYA BOSH VAZIRLARI VA PREZIDENTLARI

1945-1946 - Sh. de Goll

1947-1953 - Vinsent Oriol

1953-1958 - Rene Koti

1958-1969 - Sh. de Goll

1969-1974 - Jorj Pompidu

1974-1981 - Valeri Jiskar d'Esten

1981-1995 - Fransua Mitteran

1995-2002 - Jak Shirak ' .,, •

2002-yildan - Jak Shirak



Qisqacha mazmuni

• Ikkinchi jahon urushidan keyin sanoat ishlab chiqa- rishining 38 foizgacha pasayib ketishi, narx-navoning o’sishi, kartochka tizimi

• 1944-1946-yillar - Sh. de Goll rahbarligidagi Muvaqqat rejim

• 1946-1958-yillar - To’rtinchi respublika, Qarshilik ko’rsatish harakatida qatnashgan sotsialistik va kommunistik partiyalar ta'sirining kuchayishi

• 1951-yil - Yevropa ko’mir va po’lat birlashmasi YKPB tashkil etilishi

1946-1951-yillar Vyetnamdagi urush

1956-yil - Yaqin Sharqdagi (Suvaysh kanali) harbiy avantyura

1957-yil - sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi davrdan ikki baravar oshdi

Sharl de Goll va gollizm siyosati (Fransiya mavqeini tiklashga urinish, ijtimoiy islohot o’tkazish)

1958-yil 1-iyun - Sharl de Goll mamlakat premyer-ministri. Beshinichi respublika

Sh. de Goll shaxsiy hokimiyat rejimining o’rnatilishi.

1962-yil 18-mart - Evian bitimi

1963-yil 22-mart - Fransiya ya GFR o’rtasida hamkorlik qilish to'g'risidagi* shartnomaning imzolanishi

1966-yil - Fransiyaning NATO tarkibidan chiqishi

1968-yil avgust - vodorod bombasini sinash

1968-yil - umumxalq ish tashlash

1969-yil aprel - Sh. de Gollning iste'foga chiqishi;

1969-yil iyun - prezident J.Pompidu

1974-yil - prezident J.d'Esten

1981-yil - prezident F.Mitteran

1995-yil - prezident J.Shirak

1997-yil - premyer-ministr LJaspen

2002-yil - prezident J.Shirak
Tayanch so`z va iboralar:

okkupatsiya; Uchinchi respublika; To`rtinchi respublika; Ta’sis Majlisi; milliylashtirish; integratsiya; diktatura; Beshinchi respublika; referendum; modernizatsiyalash; industri-al; agressiya; “may inqirozi”; o`nglar; so`llar; liberal; immigratsiya; neokonservatizm.



Nazorat uchun savollar:

  1. Ikkinchi jahon urushining Fransiya uchun oqibatlari haqida nimalarni bilib oldin-giz?

  2. Fransiya tarixida 5 marta respublika e’lon qilinganligini qanday izohlaysiz?

  3. To`rtinchi respublika qay tariqa vujudga keldi va uning ichki hamda tashqi siyosati haqida nimalarni bilasiz?

  4. Beshinchi respublika qay tariqa vujudga keldi? Sh.de Goll shaxsiy hokimiyatini qanday qilib o`rnatdi?

  5. Sh.de Goll tashqi siyosatidagi 3 asosiy vazifani qayd eting va ular qay tariqa amal-ga oshirildi?

  6. Fransiyada o`nglar va so`llarning o`zaro hamkorlikda kelishib siyosat yuritishi fakti nima bilan izohlanadi?

  7. Fransiya va O`zbekiston o`rtasidagi munosabatlar to`g`risida nimalarni bilasiz?


Mavzu: Sovet davlati va uning parchalanishi.

Reja:

1) SSSR urushdan keyingi yillarda. Yangi qatag`onlar davri.

2) “Kommunizm qurish” dasturining qabul qilinshi. Jadallashtirish rejasi.

3) Siyosiy ahvolning murakkablashuvi. SSSRning parchalanishi.

4) Rossiya Federatsiyasi. Bozor iqtisodiga o`tish qiyinchiliklari.

Adabiyotlar:

1. Lafasov M. “Jahon tarixi” (1918–2009-yillar). Toshkent. “Turon-Iqbol”. 1.

212-221 betlar

1-masala:

Rossiya. Poytaxti – Moskva. Aholisi – 144 mln. 526,3 ming kishi (2003). Maydoni – 17 mln. 75,4 ming kv. km. Rasmiy tili – rus. Hukmron dini – pravoslav (bundan tashqari islom, katolik, iudaizm, buddizm dinlari ham tarqalgan). Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 21 respublika, 49 viloyat, 1 muxtor viloyat, 10 okrug, 6 kray (o`lka), Moskva va Sankt-Peterburg shaharlari. Pul birligi – rubl = 100 kopeek. Milliy bayramlari: 12-iyun – Davlat suvereniteti Deklaratsiyasi kuni (1990); 12-dekabr – Konstitutsiya kuni (1991).

SSSR fashistlar Germaniyasini mag`lubi-yatga uchratishda asosiy rol o`ynaydi. Biroq, g`alaba katta talofatlar hisobiga qo`lga kiriti-ladi. Chunonchi, 27 mln. fuqaro halok bo`l-di. Ularning 11,5 mln.ga yaqini askarlar edi. Bundan tashqari, SSSR milliy boyligining uchdan bir qismini yo`qotdi. Sanoatning xalq iste’moli mahsulotlari ishlab chiqarish sohasi keskin kamaydi. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi 40 foizga kamaydi.

Endi, Sovet hukumati oldida mamlakat xo`jaligini tiklash vazifasi turar edi. Shu maq-sadda SSSR Oliy Soveti xalq xo`jaligini rivojlantirishning to`rtinchi besh yillik rejasini qabul qildi. Qattiq markazlashtirilgan rahbarlik hamda SSSR tarkibidagi xalqlarning fi-dokorona mehnati tufayli sanoat ishlab chiqarishi hajmi 1950-yilda urushdan oldingi da-rajadan oshib ketdi (73 foizga). Ayni paytda sanoatning tez sur’atlar bilan rivojlanishida mamlakat qamoqxonalarida saqlanayotgan ko`p millionli sovet tutqinlarining hamda 1,5 mln. nemis, 0,5 mln. yapon harbiy asirlarining tekin mehnati, Germaniyadan undirilgan 4,3 mlrd. AQSH dollari hajmidagi reparatsiya, shuningdek, kapitalning asosiy qismining sanoatga yo`naltirilganligi ham katta rol o`ynadi.

Urushdan keyingi yillarda yana o`zgacha fikrlovchilarni qatag`on qilish boshlandi. O`zgacha fikrlovchilarni qatag`on qilish – totalitar sotsializmning yo`ldoshidir. Chunki, totalitar sotsializm – kuchga hamda yolg`on aqidalarga asoslanadigan jamiyatdir. Totali-tar sotsializm himoyachilari qatag`on boshlash uchun bahona sifatida nimanidir asos qi-lib oladilar. Urushdan keyingi qatag`onlarda ham shunday qilindi.

Xo`sh, bu safargi qatag`onga nima asos qilib olindi? Sovet ziyolilari urushdan keyin chuqur iqtisodiy va siyosiy islohotlar o`tkazilishiga umid qildilar. Ularning ma’lum qis-mi SSSRda ham, huddi, G`arbdagi kabi, erkin jamiyat qaror topishini istardilar. Ayni paytda, bunday chuqur o`zgarishlarga islohotlar yo`li bilan erishishni taklif ham etgan-lar. BMTning 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon Dekla-ratsiyasi”ni SSSR ham imzolagani ularda bunday umidni paydo qilgan edi.

Iqtisodiy islohotlar borasida ziyolilarning bir qismi korxonalar o`rtasida raqobat sha-roitini vujudga keltirishni, hissadorlik jamiyatlarini tuzishni, davlat ta’minotini bekor qi-lishni, xususiy savdoni yo`lga qo`yishni, erkin narx-navo joriy etilishini, kolxozlar mol-mulkini va ularga berilgan yerlarni oilalarga bo`lib berish yo`li bilan kolxozlarni amalda tugatishni taklif etdilar.

Siyosiy sohada esa muqobil saylov, rahbarlikka saylanuvchilarning vakolat muddati cheklanishi, milliy (aslida mustamlaka) respublikalarda esa ularning huquqlarini kengay-tirish haqidagi takliflarni ilgari surdilar.

Biroq, sovet rahbariyati bu takliflarni “sotsializmni ichdan qo`porish”, taklif muallif-larini esa “sotsializmga qarshi unsurlar”, deb baholadi. Bu esa yangi qatag`onlar kampa-niyasining boshlanishiga turtki bo`ldi. Natijada, ziyolilarning minglab ilg`or qismi, par-tiya, sovet xodimlari, respublikalarning milliy kadrlari qatag`onga uchradi.



1953-yilda I.Stalin vafot etgach (uning davrida 1930–1953-yillar oralig`ida jami 3,8 mln.ga yaqin kishi qatag`on etilgan va ulardan 800 mingga yaqini otib tashlangan), turli yillarda qatag`on etilganlar oqlandi. Biroq, mustaqil fikrlovchi kishilarni qatag`on qilish I.Stalin davridagidek ommaviy va qonli tusda bo`lmasada, 70–80-yillarda ham davom etdi. Ular yakka-yakka tartibda ta’qib etildi. Ular ustidan turli jinoiy ishlar uyushtirildi va majburan ruhiy kasalliklar shifoxonalariga yotqizildi. Dunyo jamoatchligiga tanish bo`lganlar uy qamog`ida saqlandi yoki badarg`a qilindi. Ba’zilari mamlakatdan chiqarib yuborildi.

Stalin Iosif Vissarionovich (Jugashvili, 1878–1953) – Insoniyat tarixidagi eng qahri qattiq diktatorlardan biri. 1878-yil 6-dekabrda Gori (Gruziya)da dunyoga keladi. Gori ruhoniylar maktabini tugatib, Tbilisi pravoslav ruhoniylar seminariyasiga o`qishga ki-radi. “Yomon hulqi uchun” seminariyani tugata olmaydi.

Podsho Rossiyasi davrida Tbilisi, Boku va Batumida inqilobiy faoliyat bilan shug`ul-lanadi. 1902-yilda hibsga olinib Sibirga surgun qilinadi, lekin, tez orada surgundan qo-chishga muvaffaq bo`ladi. 1913-yilda yana Sibirga surgun qilinadi va to`rt yil davomi-da, 1917-yil fevral inqilobigacha, hayoti surgunda o`tadi.

Bolsheviklar 1917-yilning 25–26-oktabr kunlari Petrogradda hokimiyatni qo`lga ki-ritgach, Sovetlarning II-Umumrossiya s’ezdida birinchi sovet hukumati tuziladi va I.Sta-lin Millatlar ishlari bo`yicha xalq komissari lavozimini egallaydi.

1918-yil Rossiyada qonli fuqarolar urushi boshlanadi. I.Stalin urushlarga rahbarlik qilish uchun favqulodda komissar etib tayinlanadi. 1919-yil I.Stalin RKP(b) Siyosiy byu-rosi a’zosiga aylanadi. 1922-yilda I.Stalin RKP(b) Markaziy Komitetining bosh kotibi etib tayinlanadi.

20-yillarning oxirlarida I.Stalin “quloqlar”ni sinf sifatida tugatish siyosatini olib bo-radi. Buning oqibatida badavlat va o`rtahol dehqonlar Sibir va shimolga surgun qilinib, u yerda jismonan yo`q qilinar edilar. Barcha xususiy turdagi korxonalar yo`q qilindi. Sanoatlashtirish, ayniqsa, harbiy sanoatni jadal rivojlantirishga kirishiladi. Ammo, aho-lining turmush tarzi pastligicha qolaverdi. 1932–1934-yillarda qishloqlarni ochlik qam-rab oladi va buning natijasida 7–8 mln. kishi hayotdan ko`z yumadi.

20-yillarning oxirlarida “burjua element”larini yo`qotish maqsadida ommaviy toza-lash boshlanadi. “Burjua element”lari safiga ziyolilar, rahbarlarlar va boshqa dvoryan hamda burjua vakillari kirar edilar. Yanada “kuchli tozalash” 1937–1938-yillarda bo`-lib o`tadi. Ushbu “tozalash” natijasida partiya, armiya, huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar vakillari, komsomol, kommunistik, internatsional diplomatik xizmatining ye-takchilari hamda minglab olimlar va madaniyat arboblari yo`q qilinadi.

1937-yil Germaniya, Italiya va Yaponiya “Antikomintern pakti”ni tuzadi. Bu nafaqat SSSR, balki, g`arbiy demokratiyaga qarshi qaratilgan harbiy va siyosiy ittifoq edi. 1939-yil avgust oyida SSSR va Germaniya o`rtasida hujum qilmaslik haqida kelishuv imzola-nadi. Kelishuvning maxfiy bandlariga asosan Germaniya 1939-yil sentabr oyida Polsha-ga hujum qiladi. I.Stalin esa 1939–1940-yillarda Finlyandiyaga urush e’lon qiladi. Bol-tiqbo`yi davlatlari – Estoniya, Latviya va Litvani bosib oladi. 1940-yil Ruminiyaga qa-rashli bo`lgan Bessarabiya va Shimoliy Bukovinani bosib oladi.

1941-yil 22-iyunda Gitler qo`shinlarining to`satdan bostirib kirishi sovet armiyasini sarosimada qoldiradi. Millionlab qizil armiya askarlari asirga tushadilar. Lekin, “ya-shin tezligidagi urush” muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Nemis qo`shinlarining hujumi Moskva va Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) ostonalarida to`xtatiladi. 1944-yilda G`arbda “ikkinchi front” tashkil topadi. 1945-yil may oyida Germaniya, sentabr oyida esa Yaponiya taslim bo`ladi. Yalta va Potsdam konferensiyalarida SSSR, AQSH va Bu-yuk Britaniya vakillari tomonidan urushdan keyingi Yevropani tartibga solish masala-lari ko`rib chiqiladi. Urushdan so`ng I.Stalin generalissimus unvonini oladi.

German blokining mag`lubiyati dunyodagi geosiyosiy vaziyatni o`zgartirib yuboradi. Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari Sovet Ittifoqining nazoratiga tushib qoladi-lar. Shuningdek, kommunistik rejim Xitoy Xalq Respublikasi, Shimoliy Korea va Shimo-liy V’etnamda ham g`alaba qozonadi. SSSR 1949-yilda o`z yadro qurolini sinovdan o`t-kazadi. 1955-yilda SSSR tashabbusi bilan harbiy-siyosiy ittifoq – Varshava shartnomasi tashkiloti tuziladi.

Urushdan keyingi yillarda SSSR sanoati yuqori darajada rivojlanar edi. Biroq, qish-loq xo`jaligi qoloq ahvolda bo`lib, aholining turmush tarzi juda past bo`lib qolaverdi. Ayni paytda, totalitar tuzum va I.Stalin diktaturasi avjiga chiqdi. “Kosmopolitizm”ga qarshi kurashish bahonasida ommaviy “tozalash” boshlandi, I.Stalin shaxsiga sig`inish kuchaydi. Millionlab hibsga olinganlar “mehnat lagerlari”da azob chekar edilar. Ayni paytda, diktatorning sog`ligi keskin yomonlasha boshladi. 1953-yil 5-martda I.Stalin va-fot etadi.

I.Stalin vafotidan so`ng rahbarlik lavozimini N.Xrushchyov egalladi. U 1956-yilda bo`lib o`tgan KPSSning XX-s’ezdida I.Stalin shaxsiga sig`inish va uning oqibatlarini qattiq qoraladi. Mamlakatning ilg`or qismi chuqur iqtisodiy va siyosiy o`zgarishlar amalga oshadi, deb yana bir bor umid bilan qaray boshladi. Biroq, ularning umidlari oqlanmadi. Mamlakatda “stalinizm” yangi ko`rinishda davom etaverdi.

2-masala:

KPSS – Sovet Ittifoqi kommunistik partiyasining 1959-yilda bo`lib o`tgan navbatdan tashqari XXI-s’ezdi SSSRda sotsializm “to`la va uzil-kesil g`alaba qozondi”, degan xu-losaga keldi. Bunga mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida ro`y bergan sezilarli ijobiy yutuq-lar asos qilib olindi. Aslida bu, kommunistlarning navbatdagi xomxayollari edi. Sovet davlatining keyingi butun taraqqiyoti buni tasdiqladi. Biroq, 1959-yildan boshlab bu xomxayol hodisa ulkan tarixiy g`alaba, deb talqin etildi. Bu jozibador xulosa sovet rah-bariyati tomonidan yanada xomxayol bo`lgan boshqa xulosa ilgari surilishiga asos bo`l-di. Bu, SSSRning endi kommunistik jamiyat qurilishi keng avj oldirilgan davrga qadam qo`yganligi haqidagi xulosa edi.

1961-yil KPSSning XXII-s’ezdida yangi dastur – “Kommunizm qurish” dasturi qabul qilindi. Xo`sh, kommunistlar fikricha, kommunizm qanday jamiyat edi?

Birinchidan, bu – ishlab chiqarish vositalari to`la umumxalq (aslida davlat) mulki bo`lgan jamiyat edi.

Ikkinchidan, bu – jamiyatning barcha a’zolari ijtimoiy jihatdan batamom teng bo`lgan sinfsiz jamiyat edi.

Uchinchidan, bu – ijtimoiy boylikning barcha manbalari mo`l-ko`l bo`lgan, jamiyat boyligidan har kim ehtiyojiga yarasha ulush oladigan jamiyat edi.

To`rtinchidan, bu – mehnat qilish hamma uchun birinchi hayotiy ehtiyoj, anglangan zaruriyat bo`lib qoladigan jamiyat edi.

Dasturda kommunizm qurish uchun quyidagi 3 ta ulkan vazifani bajarish zarurligi ta’-kidlandi:



  • kommunizmning moddiy-texnik bazasini yaratish;

  • yangi ijtimoiy munosabatlarni vujudga keltirish;

  • yangi kishini tarbiyalash.

KPSS dasturida bundanda battarroq xomxayol orzular ilgari surildi. Chunonchi, a) 1960–1970-yillar oralig`idagi o`n yil ichida iqtisodiy taraqqiyotda AQSHga yetib olish va undan o`zib ketish; b) 1970–1980-yillar oralig`idagi o`n yil ichida kommunizmning moddiy-texnik bazasini yaratish. Vaqt tez orada KPSS va sovet rahbariyati ilgari surgan yuqoridagi vazifalar xomxayol ekanligini tasdiqlay boshladi. Bu esa oliy rahbariyat o`r-tasida ziddiyatlarni kuchaytirdi. Buning oqibatida 1964-yilda N.Xrushchyov vazifasidan olib tashlandi.

Sovet davlati hokimiyat boshqaruvi L.Brejnev qo`liga o`tdi. L.Brejnevning davrida iqtisodiy islohot o`tkazilishiga urinildi. Biroq, bu islohot mamlakat iqtisodiyotini tubdan qayta qurishni anglatmas edi. Mafkura iqtisodiyotni chulg`ab olgan bir sharoitda bu ta-biiy hol edi. Chunki, qotib qolgan, hayotda orqada qolgan “kommunistik mafkura” har qanday tub islohotni “sotsializm asoslariga zarba”, deb baholadi.

KPSSning kommunizm qurish rejasi barbod bo`lgach, L.Brejnev 1971-yildagi KPSS-ning XXIV-s’ezdida “rivojlangan sotsializm” nazariyasini ilgari surdi. Bu nazariyada kommunizm uzoq kelajakda quriladigan jamiyat, deb izohlandi. Ungacha jamiyat sotsia-lizm va kommunizm oralig`ida rivojlangan sotsializm bosqichini bosib o`tishi lozimligi “asoslanadi”. Hayot, bu nazariyaning ham soxta ekanligini tasdiqladi.

SSSRning iqtisodiy taraqqiyoti borgan sari pasaya boshladi va unda “turg`unlik hola-ti” vujudga keldi. Buning asosiy sababi, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodi-yotning ilmiy-texnika inqilobi natijalarini qabul qila olmaganligi bo`ldi. Natijada, bu iq-tisodiyot katta xarajat talab etadigan va kam samara keltiradigan iqtisodiyotga aylanib qoldi.

1982-yilda L.Brejnev vafot etgach, qisqa vaqt ichida yana ikki rahbar almashdi. Bular Yu.Andropov va N.Chernenkolar edi. Ularning har ikkisi ham og`ir kasal edilar. Biroq, davlat qonunga bo`ysunmaydigan jamiyatda og`ir kasal kishilarning hokimiyat tepasiga kelib qolishi tabiiy holdir.

Nihoyat, 1985-yil mart oyida M.Gorbachyov KPSSning bosh kotibi lavozimini egal-ladi. Shu yilning aprel oyida u “qayta qurish” va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyo-tini “jadallashtirish” dasturini ilgari surdi. Unga ko`ra, 15 yil ichida (1985–2000) SSSR-ning iqtisodiy qudrati 2 baravar oshishi, ya’ni, Sovet davlati yashab kelayotgan 70 yil davomida erishilgan darajaga teng iqtisodiy qudrat yaratilishi kerak edi. Jadallashtirish dasturining amalga oshishi 3 omilga tayanar edi. Bular:



  • korxonalar mustaqilligini kengaytirib, ularni xo`jalik hisobiga va o`zini-o`zi mab-lag` bilan ta’minlashga o`tkazish;

  • mehnatning mazmuni va xarakterida, odamlarning moddiy va ma’naviy turmush sharoitlarida chuqur o`zgarishlar qilish, samaradorlikka qarab haq to`lash;

  • oshkoralik, ya’ni, siyosat, ijtimoiy va mafkuraviy muassasalar tizimini faollashti-rish.

Gorbachyov Mixail Sergeyevich – Sobiq SSSR prezidenti (1990-yil mart – 1991-yil dekabr). 1931-yil 2-martda Stavro-polsk o`lkasining Krashogvardeyskiy tumanida tug`ilgan. Mos-kva davlat universitetining huquqshunoslik fakultetini 1955-yil-da tugatgach Stavropol prokuraturasiga ishga jo`natiladi. Uni-versitetdaligidayoq 1952-yilda KPSSga a’zo bo`ladi. 1962-yildan M.Gorbachyov parti-yadagi faoliyatini boshlaydi. 1966-yildan Stavropol shahar partiya komitetining birinchi kotibi, 1968-yildan ikkinchi kotiblikda faoliyat ko`rsatadi. 1970-yil aprel oyida Stavro-pol o`lka komitetining birinchi kotibi etib tayinlanadi.

1971-yildan u KPSS MKga a’zo, 1980-yil KPSS MK Siyosiy byurosi a’zosi bo`ladi. 1985-yil martdan M.Gorbachyov KPSS MKning bosh kotibi lavozimida ish boshlaydi. Yangi o`zgarishlar, partiyaviy islohotlar davri boshlanadi. Bu davr tarixda “qayta qu-rish” deb nom olgan. M.Gorbachyovning yangi dasturi KPSSning XXVII-s’ezdi (1986) va KPSS MKning plenumida (1987) tasdiqlanadi. Uning tashabbusi bilan KPSSning XIX-Butunittifoq konferensiyasida (1988-yil) “Oshkoralik haqida rezolyutsiya” qabul qilinadi. 1989-yil mart oyida SSSR tarixida birinchi marta Xalq deputatlari s’ezdiga er-kin saylov bo`lib o`tadi. Partiya apparatidagilarni bo`layotgan voqealar hayratda qol-dirardi.

M.Gorbachyov 1985-yildan boshlab har yili AQSH prezidenti R.Reygan, keyinchalik, J.Bush bilan uchrashuvlar o`tkaza boshladi va, shuningdek, boshqa davlatlarning bosh vazirlari va prezidentlari bilan uchrashuvlar belgilar edi. 1989-yilda M.Gorbachyov ta-shabbusi bilan Afg`onistondan sovet qo`shinlari olib chiqildi.

1990-yildan SSSR iqtisodiy inqirozga uchray boshladi. Shu yildan e’tiboran hamma qaram respublikalar o`zining davlat suverenitetini e’lon qiladilar. M.Gorbachyovning vaziyatni kuch bilan to`xtatish harakatlari amalga oshmaydi. Almati, Vilnyus, Boku va Tbilisida harbiy kuch ishlatish tinch aholi o`rtasida ko`plab qurbonlarga sabab bo`ladi. Bu faqat SSSR xalqlarining to`liq suverenitetga erishishini kuchaytirdi, xolos.

1991-yil 8-dekabrda Belorussiya (Belojev pushchasi)da Rossiya (B.Yelsin), Ukraina (L.Kravchuk) va Belorussiya (S.Shushkevich) davlat rahbarlarining uchrashuvida SSSR tugatilganligi va Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi (MDH) tashkil etilganligi to`g`risida hujjat imzolanadi. 1991-yil 25-dekabrda M.Gorbachyov o`z lavozimidan iste’foga chi-qadi. 1991-yilda unga tinchlik uchun Nobel mukofoti topshirilgan.

Aslida, jadallashtirish dasturi ham KPSS va sovet rahbariyatining yana bir xomxayol orzusi bo`lib chiqdi. Chunki, iqtisodiyotda bozor munosabatlarisiz bu vazifalarni amal-ga oshirib bo`lmas edi. Buning ustiga SSSR aholisi ongi yangi – bozor iqtisodiyotini qa-bul qilishga tayyor emas edi. 1988-yildan boshlab qishloq xo`jaligi, 1990-yildan boshlab esa sanoat ishlab chiqarishi pasaya boshladi. Byudjet taqchilligi 100 mlrd. rubldan ortdi. Davlatning oltin zaxirasi 6 yilda (1985–1991) 10 baravar kamaydi va u atigi 240 tonnaga tushib qoldi. Aholining turmush darajasi shiddat bilan pasaya boshladi.

Shunday sharoitda, M.Gorbachyov “insonparvar, demokratik sotsializm” qurilishini e’lon qildi. Biroq, endi uning cho`pchaklariga deyarli hech kim ishonmay qo`ydi. Ittifoq davlati oliy rahbariyati va organlari aholi ko`z o`ngida obro`-e’tiborini, ishonchini yo`-qotib qo`ydi.

3-masala:

M.Gorbachyovning siyosati tarixga “qayta qurish” nomi bilan kirgan. Bu qayta qurish mamlakat siyosiy hayotiga ham taalluqli edi. 1988-yilda KPSSning XIX-Butunittifoq konferensiyasi qarori asosida qonun chiqaruvchi yangi oliy hokimiyat organi – Xalq de-putatlari s’ezdi tuzildi. Yangi oliy lavozim – Oliy Sovet raisi ta’sis etildi. 1989-yilning mart oyida Xalq deputatlari I-s’ezdida KPSS MK bosh kotibi M.Gorbachyov ayni payt-da SSSR Oliy Soveti raisi etib saylandi. Binobarin, siyosiy islohot tugab borayotgan KPSSning rahbarlik rolini saqlab qolishga ham xizmat qilishi lozim edi. Mamlakatda senzura deyarli olib tashlandi.

Biroq, bular mavjud tuzumni saqlab qola olmadi. Bu davrda qator respublikalarda mavjud davlat hokimiyati organlariga parallel ravishda yangi hokimiyat organlari ham vujudga keldi. Ko`ppartiyaviylik reallikka aylanib ulgurdi. Ularning ayrimlari KPSS bi-lan raqobatlasha boshladi ham. Siyosiy partiyalarning aksariyati sovet modelidagi sotsia-lizmni, KPSSning davlat hokimiyatiga bo`lgan monopol huquqini inkor etdi. Ayni payt-da, KPSSning o`zida ham 3 oqimga bo`linish yuz berdi. Boltiqbo`yi respublikalari kom-munistik partiyalari 1989–1990-yillar davomida KPSS tarkibidan ajralib chiqdi. Shu ta-riqa, SSSRda jamiyat hayotining hamma jabhalarida inqiroz kuchaya bordi. Bu hol mil-liy respublikalarda aholi milliy ongining uyg`onishiga qulay sharoit yaratdi. Endi, ularda mustaqillikka intilish tobora kuchaydi.

Boltiqbo`yi respublikalari (Latviya, Litva va Estoniya) “Davlat suvereniteti to`g`risi-da Deklaratsiya” qabul qildilar. O`zbekistonda prezidentlik lavozimi joriy etildi. Shun-day sharoitda, Markaz milliy nizolar keltirib chiqarish yo`li bilan SSSRni saqlab qolish-ga urindi. Chunonchi, 1988-yildan boshlab Armaniston va Ozarbayjon o`rtasida Tog`li Qorabog` masalasida munosabatlar keskinlashdi. 1989-yilda Farg`ona, 1990-yilda O`sh, 1991-yilda Gruziya-Abxaziya, Gruziya-Janubiy Osetiya qonli voqealari keltirib chiqaril-di. Ayni paytda, M.Gorbachyov va RSFSR rahbari B.Yelsin o`rtasida hokimiyat uchun kurash kuchaydi.

SSSRning yagona totalitar davlat sifatida saqlanib turishida KPSSning roli beqiyos katta bo`lganligiga SSSRning 70 yillik tarixi guvoh. Biroq, qayta qurish yillarida KPSS obro`si borgan sari yo`qolib bordi. Partiyada poraxo`rlik va korrupsiya kuchaydi. Demo-kratik kuchlar, hatto, SSSR Konstitutsiyasiga yozib qo`yilgan KPSSning rahbarlik roli haqidagi qoidaning chiqarib tashlanishiga erishdilar (1990-yilda). Shunday sharoitda yangi lavozim – SSSR Prezidenti lavozimi joriy etildi. 1990-yilning mart oyida SSSR Xalq deputatlari III-s’ezdi M.Gorbachyovni SSSR Prezidenti etib sayladi.

M.Gorbachyovning maqsadi SSSRni qanday qilib bo`lmasin saqlab qolish edi. Chun-ki, u o`zi boshlagan islohot SSSRni qulatishi mumkinligini aslo xayoliga keltirmagan edi. Endu, u yangi Ittifoq shartnomasi imzolanishi uchun bor kuchi bilan harakat qila boshladi. M.Gorbachyov 1991-yilning aprel oyidan boshlab 9 respublika rahbarlari bilan yangi Ittifoq shartnomasi xususida to`g`ridan-to`g`ri muzokara o`tkaza boshladi. Va, ni-hoyat, 1991-yilning avgust oyida barcha tomonlarni qoniqtiruvchi “Mustaqil Davlatlar Itiifoqi” to`g`risidagi shartnoma loyihasini ishlab chiqishga erishildi. Unga ko`ra, Mar-kaz endilikda boshqaruvchilik maqomini yo`qotor va u asosan muvofiqlashtirish vazifasi bilan shug`ullanardi. Markaz ixtiyoriga mudofaa, moliya, ichki ishlar, qisman soliq va ijtimoiy siyosat masalalari qoldirildi, xolos. Ayni paytda, rus tili davlat tili maqomini yo`qotib, millatlararo muloqat tiliga aylanardi.

“Mustaqil Davlatlar Ittifoqi” shartnomasini imzolash 1991-yilning 22-avgustiga bel-gilandi. Biroq, real hokimiyatni qo`ldan chiqarishni istamagan kuchlar 1991-yil 18-av-gustdan 19-avgustga o`tar kechasi davlat to`ntarishini amalga oshirdilar. Ular GKCHP (Favqulodda holat davlat qo`mitasi)ni tuzdilar. Qrimda dam olayotgan M.Gorbachyov hokimiyatdan chetlatildi. GKCHPga SSSR vitse-prezidenti G.Yanayev rahbarlik qildi. GKCHP SSSRning ba’zi hududlarida “favqulodda holat” joriy etdi. SSSRning 1977-yil-gi Konstitutsiyasiga zid ravishda tuzilgan davlat organlari bekor qilinishi, muxolif parti-yalar faoliyati to`xtatilganligi, mitinglar va namoyishlar o`tkazish man etilganligi, om-maviy axborot vositalari nazoratga olinganligi e’lon qilindi. Moskva shahriga armiya qismlari kiritildi.

Biroq, Moskva aholisi GKCHPni qo`llab-quvvatlamadi. Aksincha, ular GKCHPga qarshi chiqqan RSFSR rahbari B.Yelsin tarafida bo`ldilar. B.Yelsin moskvaliklarni GKCHPga qarshi uyushtira oldi. Armiyaning asosiy qismi ham GKCHPni qo`llab-quv-vatlamadi. G`arb davlatlari ham GKCHPni tan olmadilar. Xalq madadidan mahrum bo`l-gan GKCHP oxir-oqibatda mag`lubiyatga uchradi. 1991-yil 22-avgust kuni GKCHPning barcha rahbarlari davlat to`ntarishi qilishga uringanlikda ayblanib hibsga olindilar. SSSR tarkibidagi respublikalar birin-ketin o`z mustaqilliklarini e’lon qila boshladilar.

1991-yil noyabr oyida B.Yelsin Rossiya Federatsiyasi hududida KPSS faoliyatini ta-qiqlash haqida farmon chiqardi. KPSS MK bosh kotibi lavozimidan voz kechgan M. Gorbachyov SSSRni saqlab qolish uchun harakat qila boshladi. Biroq, u hech narsaga erisha olmadi. 1922-yil 30-dekabrda SSSRni tuzgan 3 davlat – Rossiya, Ukraina va Be-lorussiya rahbarlari 1991-yilning 8-dekabr kuni Belovej pushchesi (Belorussiya)da So-vet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi tarqatilganligini e’lon qildilar va Mustaqil Davlat-lar Hamdo`stligi (MDH) tuzilganligi haqidagi bitimni imzolaydilar. 1991-yil 25-dekabr kuni M.Gorbachyov SSSR Prezidenti lavozimidan iste’fo beradi.

4-masala:

SSSRdan Rossiya Federatsiyasiga og`ir meros qoldi. Bozor iqtisodiyoti qonunlarini joriy etish juda murakkab yo`ldan bordi. Rossiya sobiq sovet respublikalari o`rtasida va xalqaro maydonda o`z mavqeyini yo`qotib qo`ymasligi lozim edi. Bu oson ish emas edi.

1992-yilda narxlar erkinlashtirila boshlandi. Yil oxiriga kelib davlat ixtiyorida faqat byudjetda ishlovchilarning ish haqini va ular ishlab chiqargan mahsulotlar narxini bel-gilash qoldi. Davlat eng asosiy korxonalardan tashqari, barcha korxonalarini o`z tasarru-fidan chiqara boshladi. Bu korxonalar u yerda ishlovchilarning aksionerlik mulkiga ay-landi. Ular aksiyalarning katta qismini boshqa fuqarolarga xususiylashtirish chekiga (va-ucher) sotish huquqiga ega edilar. Mamlakatda 24 ming korxona va 15 foiz fermer xo`-jaligi xususiylashtirildi.

Davlatda yetarli mablag`ning yo`qligi natijasida bir yilda ishlab chiqarish 20 foizga kamaydi. Ijtimoiy ta’minot, fan, ta’lim, sog`liqni saqlash xodimlari qiyin ahvolga tushib qoldi. Aholi daromadi 2 baravarga kamaydi. Rossiya Federatsiyasi prezidenti B.Yelsin 1992-yil dekabrda Ye.Gaydar o`rniga V.Chernomordinni bosh vazir etib tayinladi.



1993-yil 23-aprelda umumxalq referendumi o`tkazildi va ko`pchilik B.Yelsinni qo`l-ladi. Lekin, Oliy Sovet raisi R.Xasbulatov prezidentga qarshi faoliyatni davom ettirdi. 1993-yil 21-sentabrda B.Yelsin Oliy Sovetni tarqatdi. Ammo, xasbulatovchilar bo`ysun-may, Oq uyda s’ezd chaqirib, B.Yelsin ishdan olinganligini va vitse-prezident A.Ruts-koy prezident etib saylanganligini e’lon qilishdi hamda qurolli hujumga o`tishdi. B.Yel-sin bunga kuch bilan javob berdi va 1993-yil 4-oktabrda Oq uy o`qqa tutildi hamda mu-xolifat taslim bo`ldi. 1993-yil 12-dekabrdagi umumxalq referendumida 58 foiz qatnash-chilar yangi Konstitutsiya uchun ovoz berdilar.

Yelsin Boris Nikolayevich (1931–2009) – Rossiya Federatsiyasining birinchi prezidenti. U 1931-yil 1-fevralda Sverdlovsk viloyatining Tali tumanida tug`ilgan. Ural politexnika institutining arxitektura fakultetini 1955-yilda tugatib, 13 yil davomida mutaxassisligi bo`yicha ishlaydi. 1961-yil B.Yelsin KPSSga a’zo bo`ladi. Partiyadagi ish faoliyatini 1968-yil Sverdlovsk viloyati partiya komitetining qurilish ishlari bo`yi-cha boshlig`i lavozimidan boshlaydi. Shundan so`ng viloyat partiya ko-mitetining kotibi (1975–1976), so`ngra esa birinchi kotib (1976–1985) hamda 1985-yil-dan KPSS MK kotibi lavozimlarida faoliyat yuritadi. 1985-yil dekabr oyida B.Yelsin Moskva shahar komiteti birinchi kotibi lavozimini egallaydi. 1987–1989-yillarda B.Yel-sin qurilish ishlari bo`yicha SSSR davlat komitetining raisi lavozimida faoliyat yuritadi. 1989-yil mart oyidagi saylovlarda B.Yelsin SSSR xalq deputati etib saylanadi, so`ngra, Oliy Sovetning qurilish ishlari bo`yicha komiteti raisi lavozimida ishlaydi.

1990-yil B.Yelsin RSFSR xalq deputati mandatiga ega bo`ladi. Partiya apparatlari-ning qarshiligiga qaramasdan RSFSR Oliy Sovetiga rais etib ham saylanadi. 1990-yil 12-iyunda B.Yelsin tashabbusi bilan Xalq deputatlari s’ezdi RSFSR davlat suvereniteti haqidagi deklaratsiyani qabul qiladi. 1991-yil 12-iyunda B.Yelsin RSFSR prezidenti etib saylanadi. M.Gorbachyovning 1991-yil 22-avgustdagi yangi Ittifoq shartnomasining im-zolanishiga bo`lgan urinishi puch bo`lib chiqadi. 1991-yil 6-noyabrdagi B.Yelsinning qaroriga muvofiq RSFSR hududida KPSS faoliyati bekor qilinadi.

1991-yil 8-dekabr kuni Belovej pushchesida SSSR tugatilganligi va MDH tuzilganligi e’lon qilinadi. 1991-yil 25-dekabrdan e’tiboran RSFSR yangi nom bilan – Rossiya Fede-ratsiyasi deb atala boshlaydi.

Rossiyada rivojlanishning bozor iqtisodiyoti modeli e’lon qilindi. 1992-yil yanvar oyi-da narxlarni erkinlashtirish islohotlari boshlandi va bir necha kun ichida mahsulotlar narxi ko`tarilib ketdi. Fuqarolarning davlat banklaridagi jamg`armalari qadrsizlandi. Oqibatda, Oliy Sovet bilan prezident o`rtasida qarama-qarshiliklar yuzaga keldi. Oliy Sovet prezident huquqlarini cheklash to`g`risida konstitutsiyaga o`zgartirish kiritadi. 1993-yil 21-sentabrda B.Yelsin qaroriga muvofiq xalq deputatlari faoliyati to`xtatiladi va 12-dekabrda yangi saylov o`tkazilishi e’lon qilinadi. Lekin, Oliy Sovet uning qarorini rad etadi va B.Yelsin prezidentlik vakolatidan chetlashtirilib, uning vakolati vitse-prezi-dentga yuklatiladi. Bunga javoban B.Yelsin Oliy Sovet binosini qurshab olish to`g`risida buyruq beradi va Moskvaga harbiylar kiritiladi. Oliy Sovet tarafdorlari esa 1993-yil 3-oktabrda Moskva meriyasi va “Ostankino” telekompaniyasi bosh binosiga hujum qila-dilar. 4-oktabrda hukumat qo`shinlari Oliy Sovet binosini tanklar bilan vayronaga ay-lantirdi.

1993-yil 12-dekabrda Rossiya Davlat Dumasiga saylovlar va yangi Konstitutsiya lo-yihasi masalasida referendum bo`lib o`tadi. 58 foiz saylovchilar yangi Konstitutsiyani qabul qilish uchun ovoz berishdi. 1996-yilgi prezidentlik saylovida B.Yelsin qiyinchilik bilan g`alaba qozonadi va ikkinchi muddatga Rossiya Federatsiyasi prezidenti etib say-lanadi.

1994-yilda konstitutsiyaviy tizimga tayangan holda, Chechenistonga federal qo`shin-lar kiritiladi. Chechenistondagi harbiy harakatlar harbiylar va fuqarolar o`rtasida qur-bonlar sonining ortishiga sabab bo`ladi. Federal qo`shinlar Checheniston hududidan 1996-yildagina olib chiqib ketiladi. Chechen jangarilarining Shimoliy Kavkazdagi qo`-poruvchilik harakatlari bu hududda 1999-yil sentabr oyida yangidan harbiy harakatlar-ning boshlanishiga sabab bo`ladi.

B.Yelsin 1999-yil sentabr oyida Federal xavfsizlik xizmati raisi V.Putinni bosh vazir etib tayinlaydi. 1999-yil 31-dekabrda Rossiya Davlat Dumasiga bo`lgan saylovlarda “Birlik” (“Yedinstvo”) bloki g`alaba qozonadi va B.Yelsin iste’foga chiqadi. 2009-yilda yurak xastaligi tufayli vafot etadi.

Iqtisodiyotda o`tkazilgan tadbirlar natijasida ishlab chiqarishning 70 foizi aksionerlar va xususiy kompaniyalar qo`liga o`tdi. Rossiyada ko`plab g`oyalar va harakatlar yuzaga keldi. G.Yavlinskiy, A.Chubays, Ye.Gaydar va boshqalar o`z takliflari bilan chiqdilar. Lekin, ahvol murakkabligicha qoldi. Buni V.Chernomordin, “iloji boricha yaxshi bo`li-shini istadik, ammo, ahvol har doimgidek davom etaverdi”, deb tan oldi.



Muxolifat yerni erkin oldi-sotdi qilishga va garovga qo`yishga xalaqit berardi. Ularni-ng deyarli barchasi eski sovet davri rahbarlari bo`lib, yangi sharoitga – bozor iqtisodiga ruhiy va amaliy jihatdan moslashishga qiynaldilar. Buning ustiga, Chechenistondagi ha-rakat Rossiya uchun juda qimmatga tushdi.

1996-yilgi prezidentlik saylovida B.Yelsin qiyinchilik bilan g`alaba qozondi. U bozor iqtisodiyotiga o`tishni “yosh islohotchilar” – A.Chubays qo`li bilan jadallashtirishga ha-rakat qildi. Lekin, 1998-yilda byudjetni hayotga tadbiq etishning iloji bo`lmadi. B.Yelsin V.Chernomordin o`rniga bosh vazir etib S.Kiriyenkoni tayinladi. Lekin, ahvol o`nglan-madi. 1998-yil sentabrda keksa siyosatchi Ye.Primakov bosh vazir etib tayinlandi. 1999-yilda ishlab chiqarish biroz jonlansada, yangi bozor iqtisodiyoti tartiblari o`rnatilmadi. 1999-yil may oyida Ye.Primakov ishdan olinib, dumaparast V.Stepashin hukumat bosh-lig`i etib tayinlandi. Moskva meri Yu.Lujkov, “kapitalizmchasiga ishlash, ammo, sotsia-lizmchasiga taqsimlash”, shiori bilan chiqdi.

Shunday og`ir sharoitda, B.Yelsin hokimiyatga munosib nomzod izladi va 1999-yil avgustda V.Putin hukumat boshlig`i etib tayinlandi. Razvedka maktabini o`tagan, qat’i-yatli, yangicha fikrlovchi, sotsializm mansablarida ishlamagan, aqlli va irodali V.Putin tez orada o`zini ko`rsatdi. U chechen jangarilarini jilovlashda oqilona yo`l tutdi va katta obro` qozondi. 1999-yil kuzida ma’muriyat “Birlik” (“Yedinstvo”) harakatini tashkil et-di va V.Putinga yordam berdi. 1999-yil dekabrda Dumaga saylovlarda Lujkov-Primakov bloki va kommunistlar zaiflashib qoldilar. Hokimiyat ishonchli qo`lga o`tganini tushun-gan B.Yelsin 2000-yil boshida muddatidan oldin iste’foga chiqdi. Mart oyidagi prezi-dentlik saylovida V.Putin g`olib chiqdi.



Putin Vladimir Vladimirovich – Rossiya Federatsiyasining prezi-denti. 1952-yil 7-oktabrda Leningradda (hozirgi Sankt-Peterburg) tu-g`ilgan. 1975-yil Leningrad davlat universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagandan so`ng SSSR Davlat xafvsizlik komitetida (KGB) tashqi razvedka hizmatida faoliyat yuritadi. 1986–1990-yillar-da GDRda Drezdendagi g`arbiy harbiy guruh bo`limlarida faoliyat yuritadi.

1990-yil DXKdan podpolkovnik unvonida iste’foga chiqadi va Sankt-Peterburgga qaytib, Leningrad davlat universitetida xalqaro aloqalar bo`yicha prorektor lavozimida faoliyat yuritadi. 1994-yil Sankt-Peterburg meri A.Sobchakning bi-rinchi muovini etib tayinlanadi va 1996 yilgacha ushbu lavozimda ishlaydi. 1996-yil av-gustda Moskvaga keladi va prezident B.Yelsinning ma’muriyat ishlari bo`yicha boshqar-masida faoliyat yuritadi. 1997-yil mart oyida prezident ma’muriyati boshlig`ining muo-vini etib tayinlanadi. 1998-yil oktabr oyida prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi a’zosi, 1999-yil mart oyida esa Xavfsizlik kengashining kotibi etib va shu yilning avgust oyida esa hukumat raisi etib tayinlanadi.

1999-yil kuzida Checheniston hududidagi terrosistlarga qarshi harbiy operatsiyani shaxsan o`zi nazorat qiladi. 1999-yil 31-dekabrda B.Yelsin iste’foga chiqadi va hoki-miyatni V.Putinga topshiradi. Navbatdagi saylovlar 2000-yil iyunga mo`ljallanadi. Le-kin, konstitutsiyaga muvofiq sobiq prezident iste’foga chiqqach yangi prezident 90 kun mobaynida saylanishi zarur edi. 2000-yil 26-martda bo`lib o`tgan saylovda V.Putin g`a-laba qozonadi. Saylovoldi kampaniyasida V.Putin davlatni mustahkamlashga va davlat nazoratida bozor iqtisodiyotini rivojlantirishga va’da beradi.

2000-yil may oyida V.Putin M.Kasyanovni hukumat raisi etib tayinlaydi. B.Yelsindan unga Chechenistondagi og`ir siyosiy vaziyat va katta miqdordagi tashqi qarzlar meros bo`lib qoladi. V.Putin rahbarligining ikkinchi yilida Chechenistondagi xalqaro terrori-zm o`choqlari yo`q qilinadi. Tashqi qarzlarni to`lay boshlaydi, davlat mahkamalaridagi korrupsiyaga qarshi kurash olib boradi. U hamma sohada rivojlanishga e’tibor bera boshlaydi, soliq solishning yangi dasturlarini, yerlarni erkin sotish va sotib olish, pen-siya ta’minoti to`g`risida qonunlar chiqartiradi.

V.Putin 2004-yilning 14-martida ikkinchi muddatga prezidentlikka saylanadi. Rossiya Konstitutsiyasiga muvofiq, 2008-yilgi prezidentlik saylovida o`z nomzodini qo`ymaydi. Yangi prezident – D.Medvedev tomonidan hukumat boshlig`i etib tayinlanadi. “Birlik-chilar” juftligi islohotlarni davom ettiradi. 2-yilda rokirovka amalga oshadi – V.Pu-tin prezident etiv saylanadi va D.Medvedev hukumat boshlig`i etib tayinlanadi.

Rossiyada hukumat almashuvlaridan charchagan xalq V.Putinni qo`llab-quvvatladi. O`z navbatida, V.Putin islohotlarni kuchaytirdi. Noqonuniy boylik to`plagan moliya magnatlarining payini qirqdi. Ularning ko`pi chet elga qochib ketdi. Bozor iqtisodiyoti qonunlarini mustahkamladi. Natijada, 4–5 yil ichida Rossiyada yillik o`sish 7–8 foizga ko`tarildi. Ulug` rus ambitsiyasidan holi bo`lgan V.Putin MDH mamlakatlari bilan mu-nosabatlarni xalqaro huquq doirasida yaxshiladi. Lekin, bu barcha muammolar hal qilin-di, degani emas edi. Rossiya xalqaro maydonda o`z mavqeyini ancha yo`qotib qo`ygan edi.


Tayanch so`z va iboralar:

totalitar; sotsializm; deklaratsiya; qatag`on; “stalinizm”; “kommunizm”; s’ezd; “rivoj-langan sotsializm”; “qayta qurish”; “jadallashtirish”; konferensiya; monopol; suvereni-tet; korrupsiya; prezident; GKCHP; vitse-prezident; vaucher; aksionerlik; muxolifat; referendum; kapitalizm; “Yedinstvo”; ambitsiya; magnat.


Nazorat uchun savollar:

  1. Urushning SSSR uchun oqibatlari haqida nimalarni bilib oldingiz?

  2. Qanday omillar SSSR xalq xo`jaligini qisqa yillar ichida tiklab olishga imkon ber-di?

  3. Nega sovet rahbariyati tez-tez qatag`onlar o`tkazib turgan?

  4. “Kommunizm qurish” dasturi nega barbod bo`lgan?

  5. L.Brejnev davrida tashqi siyosatda qanday xatolarga yo`l qo`yildi?

  6. M.Gorbachyov e’lon qilgan jadallashtirish yo`li nega natija bermadi?

  7. Siyosiy islohotlardan ko`zlangan asosiy maqsad nimalardan iborat edi?

  8. M.Gorbachyov yangi Ittifoq shartnomasining imzolanishiga erishishi mumkin bo`lgani holda, nima uchun unga erisha olmadi?

  9. SSSR qay tariqa parchalandi? Rossiya Federatsiyasiga qanday meros qoldi?

  10. Rossiyaning bozor iqtisodiga o`tishi qanday kechdi?

Mavzu: Germaniya.

Reja:

1) Ikkinchi jahon urushining oqibatlari. Germaniya 1945–1949-yillarda.

2) Germaniyaning bo`linib ketishi. GDRning tashkil etilishi.

3) Germaniya Federativ Respublikasining ichki va tashqi siyosati.

4) XDI–XSIning hokimiyatdan ketishi. Kichik koalitsiya hukumatining ichki va tashqi siyosati.

5) Germaniyaning birlashuvi. GFR – O`zbekiston munosabatlari.

Adabiyotlar:

1. Lafasov M. “Jahon tarixi” (1918–2009-yillar). Toshkent. “Turon-Iqbol”. 1.

200-208 betlar

1-masala:

Germaniya Federativ Respublikasi. Poytaxti – Berlin. Aholisi – 82 mln. 398,3 ming kishi (2003). Maydoni – 357 041 kv. km. Rasmiy tili – nemis. Asosiy dinlari – protestant va katolik. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 16 federal yer. Pul birligi – yevro. Milliy bay-rami: 3-oktabr – Germaniya birligi kuni (1990).

Germaniya Ikkinchi jahon urushida tor-mor etildi. Uning hududi deyarli kultepaga aylandi. Sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi darajaning uchdan bir qismiga tu-shib qoldi. Sharqiy Prussiyaning SSSRga berilishi, Polsha chegarasining Oder va Neyse bo`ylab o`tishi oqibatida bu hudud-larda yashovchi 9 mln.dan ortiq nemislar Germaniya ichkarisiga ko`chirildi. Bu hol uningsiz ham og`ir bo`lgan uy-joy muam-mosini yanada keskinlashtirib yubordi. Mamlakat sanoat korxonalari g`olib davlatlar uchun to`lanishi zarur bo`lgan tovon hisobiga ko`chirilib ketila boshlandi.

Aholi turmush darajasi nihoyatda yomonlashdi. Eng og`iri, Germaniya davlat musta-qilligini yo`qotdi. Uning hududi 4 g`olib buyuk davlat – AQSH, SSSR, Buyuk Britaniya va Fransiya okkupatsiya hududlariga bo`lindi. Hokimiyat g`olib davlatlar harbiy ma’mu-riyati qo`liga o`tdi. Bu ma’muriyatni okkupatsiya qiluvchi qo`shin bosh qo`mondoni boshqardi.

Butun Germaniyaga taalluqli masalalarni esa to`rt bosh qo`mondondan iborat Nazorat Kengashi hal etardi. Kengash qarori konsensus asosida qabul qilinardi.

1945–1949-yillar Germaniya tarixida okkupatsiya tartibi hukm surgan davr hisobla-nadi. Shunday sharoitda ham Germaniyada demokratik hayot tiklana boshladi. Germa-niya taqdiriga befarq qaramaydigan siyosiy kuchlar yangi sharoitda jamiyat hayotida o`z o`rniga ega bo`lish uchun kurashdilar.

Dastlab fashistlar qattiq ta’qib etgan ikki siyosiy partiya – Germaniya kommunistik partiyasi (GKP) va Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) – yashirin sharoitda ishlash holatidan chiqdi. Ayni paytda, yangi siyosiy partiyalar ham vujudga keldi. Chu-nonchi, 1945-yilda Xristian demokratlar ittifoqi (XDI) tuzildi. Unga mashhur siyosiy ar-bob K.Adenauer rahbarlik qildi. Keyinroq, XDIning Bavariya bo`limi – Xristian sotsia-listlar ittifoqi (XSI) tuzildi. Xristian demokratlar fashizmga qarshi ekanliklarini, Germa-niyani qudratli mustaqil davlatga aylantirish bosh maqsadlari ekanligini bayon qildilar. Ayni paytda, fuqarolar farovonligini ta’minlash, ishchilarga korxonalarni boshqarishda ishtirok etish imkoniyatini yaratish haqida va’da berdilar.

Bular fuqarolarning ko`pchiligi, ayniqsa, dindorlar tomonidan qo`llab-quvvatlandi. G`arbiy okkupatsiya hududida “Erkin demokratik partiya” (EDP) ham tuzildi. XDI–XSI va GSDP eng yirik partiyalarga aylandi. Sharqiy okkupatsiya hududida (SSSR hududi) 1946-yilda GKP va GSDP birlashdi. Bu yangi partiya Germaniya yagona sotsialistik partiyasi (GYASP) deb ataldi. Okkupatsiya tartibi davrida, ayni paytda, Birlashgan nemis kasaba uyushmasi (BNKU) ham tuzildi.

2-masala:

“Sovuq urush”ning boshlanishi Germaniya taqdi­riga ta’sir etmay qolmadi. Potsdam konferensiyasi qarorlari bajarilmadi. Germaniya muammosi AQSH va SSSR manfaatlari keskin to`qnashgan muammoga aylandi. Bu to`qnashuv Germaniyaning bo`linib ketishi-ni muqarrar qilib qo`ydi. Yangi sharoitda AQSH Germaniyani G`arbning ishonchli ta-yanchiga aylantirishga intildi. Shuning uchun ham SSSRning kechagi ittifoqchilari Ger-ma­niyaning iqtisodiy qudratini susaytirish maqsadidan voz kechdilar.

G`arbiy Germaniyadan reparatsiya evaziga sanoat korxonalarini olib chiqib ketish to`xtatildi (u atigi 5 foizga bajarilgan edi, xolos). “Marshall rejasi” ishlab chiqilayotga-nida AQSH unga G`arbiy okkupatsiya hududlarini qo`shishga muvaffaq bo`ldi. Chunki, endi G`arb uchun iqtisodiy jihatdan qudratli Germaniya nihoyatda zarur edi. Reparatsiya to`lashning to`xtatib qo`yilishi SSSR va uning kechagi ittifoq­chilari o`rtasidagi munosa-batni yanada keskinlashtirdi.

Buning ustiga, G`arb davlatlari o`zlarining okkupatsiya hududlarini birlashtirdilar va unda 1948-yilning 20-iyunida separat pul islohoti o`tkazdilar. Reyxmarka o`rniga yangi nemis markasi joriy etildi. G`arbiy okkupatsiya hududida yashayotgan aholining har bi-riga eski 60 markani yangi 60 markaga aylantirishga ruxsat etildi. Qolgan har 100 eski markani 6,5 yangi markaga almashtirish mumkin edi. Buning natijasida muomaladagi pul hajmi kamayishiga erishildi. Bu esa, o`z navbatida, inflatsiyani to`xtatish imkonini berdi. Shu tariqa, iqtisodiy hayotni tiklash uchun zarur sharoit yaratildi. Pul islohoti o`t-kazilishiga javoban SSSR G`arbiy okkupatsiya hududiga tegishli bo`lgan G`arbiy Ber-linni qamal qildi. Shu bahonada G`arb davlatla­ri o`z hududlarida Germaniya davlatini tezroq tuzishga harakat qildilar.

1948-yilning sentabr oyida G`arbiy okkupatsiya hududida o`lka parlamentlari sayla-gan Parlament Kengashi chaqirildi. Germaniya Federativ Respublikasini e’lon qilgan Konstitutsiya ishlab chiqildi. Ushbu Konstitutsiya 1949-yil 8-may kuni qabul qilindi. Konstitutsiyani hokimiyat tasdiqlagach, 23-maydan boshlab kuchga kirdi. Konstitutsiya Germaniya Federativ Respublikasini demokratik, federativ davlat, deb e’lon qildi. Dav-lat hududi 10 ta o`lka (yer)ga bo`lindi. Ularning har biri o`z konstitutsiyasi, qonun chi-qaruvchi va ijro etuvchi hamda sud hokimiyatlariga ega edi.

Boshqarish shakliga ko`ra GFR parlament respublikasi bo`lib qoldi. Oliy qonun chi-qaruvchi hokimiyat (parlament) Federal parlament deb ataldi. U ikki palatali edi: quyi palata – bundestag 4 yilga saylanadigan, yuqori palata – bundesrat esa o`lka parlament-lari tayinlaydigan vakillardan iborat bo`lishi belgilandi. Bonn shahri mamlakat poytaxti deb e’lon qilindi. Davlat boshlig`i prezident edi, ammo, uning huquqlari cheklandi. U davlat va millat birligi ramzi bo`lib qoldi, xolos.

1949-yilning avgustida bundestagga birinchi saylov o`tkazildi. Unda XDI–XSI va GSDP deyarli bir xil o`rin egalladilar. 7-sentabr kuni bundestag GFR Konstitutsiyasini tasdiqladi. 20-sentabr kuni XDI–XSI partiyasi EDP bilan koalitsion hukumat tuzdi. Mashhur siyosiy arbob, XDI lideri 75 yoshli K.Adenauer kansler etib saylandi.



Adenauer Konrad (18761967) – nemis davlat arbobi, Germaniya Federativ Respub-likasining kansleri. 1876-yil 5-yanvar Kyolnda dunyoga keladi. U Frayburg, Myunxen, Bonn universitetlarida huquqni o`rganib va Kyolnda advokat bo`lib ishlaydi. 1906-yil Kyoln shahar mahkamasiga soliq bo`yicha mutaxassis sifatida ishga kiradi. 1911-yil K. Adenauer oberburgomistr raisi o`rinbosari, 1917-yil oberburgomistr lavozimini egal-laydi va bu lavozimda 16 yil faoliyat yuritadi.

K.Adenauer 1906-yildan boshlab Katolik markaz partiyasining a’zosi sifatida umum-german milliy siyosatida muhim rol o`ynadi. Ushbu partiyaning deputati sifatida u Reyn viloyati va Prussiyaning Davlat kengashlarida ishtirok etadi (1917–1933). Keyinchalik Kengash raisi etib tayinlanadi. 1933-yilda u “nemis xalqiga qarshi jinoyat”da ayblanib, fashistlar tomonidan barcha lavozimlaridan olib tashlanadi. Qariyb 12 yil davomida Bonn yaqinidagi Ryondorfda siyosiy emigrant sifatida yashaydi, fashistlar tomonidan birinchilardan bo`lib konsentratsion lagerga jo`natiladi.

1945-yilda K.Adenauer yana Kyoln oberburgomistri lavozimini egallaydi. Oradan bir qancha vaqt o`tib, Kyoln Buyuk Britaniya okkupatsion hududiga kirganidan so`ng ingliz harbiy ma’muriyati K.Adenauerni “siyosiy jihatdan qobiliyatsiz”ligi sababli lavozimi-dan chetlashtiradi.

K.Adenauer Xristian-demokratik ittifoqi (XDI)ning asoschilaridan biridir. Germaniya Federativ Respublikasi e’lon qilinganidan so`ng u XDIga boshchilik qila boshlaydi. 1948-yil K.Adenauer Parlament Kengashi raisi etib tayinlanadi va uning zimmasiga Germaniya Federativ Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasini tayyorlash vazifasi yuklati-ladi. 1949-yilning 20-sentabrida GFR Federal parlamenti tomonidan K.Adenaur kans-ler etib tayinlanadi. Ushbu lavozimga u 1953-, 1957- va 1961-yillarda qayta saylanadi. 1963-yilda K.Adenauer iste’foga chiqadi. K.Adenauerning fikricha, tashqi siyosatda Germaniya Sharq va G`arb o`rtasidagi paydo bo`ladigan kelishmovchilik va muammo-larni hal etuvchi rol o`ynashi kerak edi.

K.Adenauer 1967-yil 19-aprelda Ryondorfda vafot etadi.

Uzoqni ko`ra biluvchi, voqelikni real baholay oluvchi, dono siyosatchi K.Adenauer Yevropa integratsiyasi yo`lida juda katta ish qildi. Germaniyaning bu integratsiyada o`z o`rni bo`lishiga erishdi. Germaniya kelajagini G`arb dunyosi bilan uzviy bog`liq ekanli-gini ham hammadan ko`proq va yaxshiroq angladi. 1949-yil 21-sentabr kuni GFRning tashkil topganligi rasman e’lon qilindi.

SSSR okkupatsiya hududi bo`lgan Sharqiy Germaniyada ham yangi davlat tuzishga zo`r berib kirishildi. Bu davrda Sharqiy Germaniyada Germaniya yagona sotsialistik par-tiyasi (GYASP), Xristian-demokratik ittifoqi (XDI), Liberal-demokratik partiya (LDP) hamda Dehqonlar partiyasi (DP) faoliyat ko`rsatmoqda edi. Bu partiyalar va jamoat tashkilotiari Nemis Milliy Kengashini sayladilar. Bu Kengash sessiyasi 1949-yilning 7-oktabrida Sharqiy Germaniya hududida Germaniya Demokratik Respublikasi tuzilgan-ligini e’lon qildi.

Hukmron partiya – GYASP s’ezdi 1952-yilda GDRda sotsializm asoslarini qurish ha-qida qaror qabul qildi. Afsuski, bu sovet namunasidagi sotsializm edi. Shu tariqa, Ger-maniyaning hududiy bo`linishi sodir bo`ldi. Oradan ko`p o`tmay GFR AQSH ittifoqchi-siga, GDR esa SSSR ittifoqchisiga aylandi.

3-masala:

K.Adenauer hukumati ichki siyosatining bosh vazifasi mamlakat iqtisodiyotini tezroq tiklash edi. Bu maqsadni ro`yobga chiqarish vositasi sifatida iqtisodiyotning “ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti” modeli tanlandi. Bu model markazida tadbirkorning shaxsiy tashabbusi va erkin raqobat turar edi. Davlatning vazifasi, asosan, xususiy xo`-jalik sub’ektlarining faoliyat yuritish shakli va qoidalarini belgilab berishdan va ularga qanchalik amal qilinayotganligi ustidan nazoratni ta’minlashdan iborat bo`lardi.

Ayni paytda, bu model davlatning, birinchidan, kuchli ijtimoiy siyosat yuritishini ham nazarda tutar edi. Hukumat tanlagan yo`l GFR iqtisodiy taraqqiyotining gurkirab rivojla-nishining asosiy omili bo`ldi.

Ikkinchidan, AQSH hukumati va sarmoyadorlari GFRga katta iqtiso­diy yordam ko`r-satdilar. Chunonchi, birgina “Marshall rejasi” doirasida 1948–1949-yillarda 1,4 mlrd. dollar miqdorida yordam ko`rsatildi. Bu mablag` korxonalarni ilg`or texnika va texno-logiya bilan qayta ta’minlash imkonini berdi.

Uchinchidan, harbiy xarajatlarning deyarli yo`qligi iqtisodiyotga zarur mablag` sarf-lashga imkon berdi, va nihoyat, nemis xalqi yuksak vatanparvarlik va tadbirkorlik xis-latlarini namoyon etdi.

Bu omillar tez orada o`z samarasini ko`rsatdi. 1950-yilning oxiriga kelib sanoat ishlab chiqarishi 1936-yilgi darajaga yetdi. 1960-yilga kelib esa 2,5 baravar o`sdi. 1950–1975-yilIarda gaz ishlab chiqarish 60 mln. kubometrdan 19,7 mlrd. kubometrga, po`lat quyish 14 mln. tonnadan 54 mln. tonnaga, avtomobil ishlab chiqarish 306 mingdan 4 mln. dona-ga o`sdi. Qishloq xo`jalgi ham yuksak sur’atlarda rivojlandi. G`alla hosildorligi 40 sen-tnerdan oshdi. 50-yillarning o`rtalariga kelganda GFRda oziq-ovqat muammosi to`la hal etildi.

1950–1964-yillar oralig`ida jami milliy mahsulot 3 baravar ko`paydi. GFR butun Ger-maniyaning urushdan oldingi darajasidan ko`p mahsulot ishlab chiqardi. Eksportning importdan doimo yuqori bo`lishi katta miqdorda valyuta zaxirasi to`plashga imkon ber-di. Bu borada Germaniya dunyoda AQSHdan so`ng ikkinchi o`ringa chiqdi. Flin, Tissen, Siteks va boshqa monopoliyalarning harbiy-sanoat konsernlari o`z kapitallarini urush davridagiga nisbatan 3–4 baravar ko`paytirdilar. GFR iqtisodiyotidagi bu mislsiz o`zga-rishlar “german mo`jizasi” deb nom oldi.

Ayni paytda, hukumat kuchli ijtimoiy siyosat ham yuritdi. Natijada mehnatga qobili-yatli aholi amalda ish bilan deyarli to`la ta’minlandi. Korxona ishchilariga arzon narxli xalq aksiyalari sotildi. Xalq turmush darajasi keskin yaxshilandi.

K.Adenauer hukumati tashqi siyosatda G`arb davlatlari, birinchi navbatda, AQSH bi-lan yaqinlashish yo`lidan bordi. 1951-yilda uning hududida okkupatsiya tartibi bekor qi-lindi. 1954-yilda GFRga 12 diviziya, harbiy aviatsiya va flotning cheklangan kuchlari-dan iborat armiyaga ega bo`lishga ruxsat etildi. Shu tariqa, harbiy sanoat oyoqqa tura boshladi. 1955-yilda GFR NATOga a’zo bo`ldi. 1956-yilda bundesverni (GFR armiyasi-ni) “Qurollarning yangi turlari bilan qurollantirish” hamda “Umumiy majburiy harbiy xizmat haqida” qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar bundesverga NATOning zarbdor kuchiga aylanishiga imkon berdi. 1958-yilda Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati (YIH)ga a’zo bo`ldi. YIHga a’zo bo`lgan barcha davlatlar sanoat mahsulotining 44 foizini ishlab chiqardi.

K.Adenauer hukumati, ayni chog`da, Sharqqa nisbatan tan olmaslik siyosatini qo`lla-di. Yevropada Ikkinchi jahon urushidan keyin tarkib topgan chegara o`zgarishlarini tan olmadi. GDRni sovet okkupatsiyasi “hududi” deb hisobladi. 1955-yilda e’lon qilingan “Xalshteyn doktrinasi”ga ko`ra GFR GDRni tan olgan har qanday davlat bilan diploma-tik aloqani to`xtatishini ma’lum qildi. Bu qoida faqat SSSRga tatbiq etilmadi. Chunki, K.Adenauer SSSR bilan munosabatlarning o`ta yomonlashuvi GDRni GFRga qo`shib olishga imkon bermasligini yaxshi tushunar edi. 1961-yilning avgust oyida GDR huku-mati Berlin shahrining sharqiy qismini g`arbiy qismidan ajratib turuvchi devor qurishga majbur bo`ldi. Bu devor tarixga “Berlin devori” nomi bilan kirdi.

Bu davrda GDRda sotsialistik jamiyatning inqirozi boshlangan edi. Mavjud tuzumga qarshi qo`zg`olonlar ham ko`tarildi. Ular GDR hududiga joylashtirilgan sovet armiyasi-ning kuchi bilan bostirildi. Ko`plab aholi G`arbiy Berlin orqali GFRga qochib o`ta bosh-ladi. Buning oldini olish maqsadida GDR rahbarlari, yuqorida qayd etilganidek, “Berlin devori”ni qurganlar. Bu hodisa har ikki nemis davlati o`rtasidagi munosabatni yanada keskinlashtirdi.

Natijada, K.Adenauer siyosatiga qarshi norozilik kuchaydi. 1963-yilning oktabrida 87 yoshli hukumat rahbari iste’foga chiqdi. Uning o`rnini L.Erxard egalladi. Lekin, iqtisod-da pasayish ro`y berdi. Yaponiya GFRni iqtisodiy taraqqiyotda quvib o`tdi. Norozilik kuchayib, 1966-yilning oktabrida L.Erxard ham iste’fo berdi.

4-masala:

20 yillik hukmronlikdan so`ng 1969-yilda XDI–XSI partiyasi parlament saylovida mag`lubiyatga uchradi va hokimiyat jilovini topshirishga majbur bo`ldi. GSDP EDP bi-lan hamkorlikda yangi hukumat tuzdi. Sotsial-demokrat V.Brandt (1913–1992) kansler lavozimini egalladi va uni 1974-yil mayigacha boshqardi. Xo`sh, XDI–XSI saylovda ne-ga mag`lubiyatga uchradi? G`arb demokratiyasi sharoitida bir partiyaning yengilishi, ik-kinchi bir partiyaning g`alaba qozonishi tabiiy hol, albatta. Biroq, har qanday mag`lubi-yatning sabablari bo`ladi.

Birinchidan, 1966–1967-yillardagi ortiqcha ishlab chiqarish oqibatida ro`y bergan iq-tisodiy inqiroz ishsizlikni keltirib chiqardi. Chetdan arzon ishchi kuchi ko`plab jalb etil-gan bir sharoitda ishsizlikning ro`y berishi vaziyatni yanada chigallashtirdi. U mahalliy ishchilarni qiyin ahvolga solib qo`ydi. Boshlangan inflatsiya esa iqtisodiy rivojlanish barqarorligiga salbiy ta’sir ko`rsata boshladi.

Ikkinchidan, XDI–XSI ayrim rahbarlarining urush yillarida fashistlar bilan hamkorlik qilganligi hamda partiya yetakchi rahbar­larining korrupsiya bilan shug`ullanganligining aniqlanishi partiyaning obro`siga salbiy ta’sir ko`rsatmay qolmadi.



Uchinchidan, GFRning dunyoda iqtisodiy jihatdan eng qudratli davlatlardan biriga aylana borishi bu davlat tashqi siyosatini o`zgartirishini talab etmoqda edi. O`z qo`shni-lari bo`lgan Sharqiy Yevropa davlatlarini tan olmaslik – bu reallik bilan hisoblashmaslik edi. Chunki, 60-yillarda Sharqiy Yevropada tub o`zgarishlar bo`lishi uchun hali sharoit yetilmagan edi. Qolaversa, bu davrda Sharqiy Yevropa sotsialistik davlatlarida hukm-ron tartibni SSSR qattiq nazorat qilib turardi. 1968-yilda Chexoslovakiyaga Varshava shartnomasiga a’zo 5 davlat armiyasining kiritilishi buni yana bir bor isbotladi. Bunday sharoitda Sharqiy Yevropa davlatlari bilan munosabatlarni eskicha davom ettirish mav-jud keskinlikni yanada chigallashtirgan bo`lar edi. Binobarin, hayot GFRning tashqi si-yosatida tub o`zgarishlar qilishni talab etmoqda edi. XDI–XSI rahbariyati esa bunday o`zgarish bo`lishini aslo istamadi.

Brandt Villi (19131992) – Germaniya Federativ Respublikasi kansleri. 1913-yil 18-dekabrda Lyubekda dunyoga keladi. 1930-yil Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) safiga qo`shiladi, lekin, bir yildan so`ng Sotsial-ishchilar partiyasiga o`tib ketadi. 1933-yilda Germaniyada hokimiyat tepasiga fashistlar kelgach, Norvegiyaga ketishga majbur bo`ladi. 1938-yil V.Brandt Germaniya fuqaroligidan mahrum qilinadi. 1940-yil fashistlar Norvegiyani bo-sib olganidan so`ng Shvetsiyaga qochadi.

1945-yilda fashistlar tor-mor etilganidan so`ng Germaniyaga qaytadi. 1947-yil Ger-maniya fuqaroligini qayta tiklab, yana GSDP safiga qo`shiladi. 1949-yil Federal par-lament a’zosi bo`ladi. 1957-yil navbatdagi saylovlarda G`arbiy Berlinga burgomistr si-fatida saylanadi. Bu lavozimga 1958- va 1963-yillarda qayta saylanadi. 1966-yil V. Brandt vitse-kansler va tashqi ishlar vaziri sifatida hukumatga kirib keladi. 1969-yil ok-tabr oyida GSDP va EDP koalitsiyasini boshqaradi.

V.Brandt tashqi siyosatda SSSR va Sharqiy Yevropa davlatlari bilan chegaralarni mustahkamlash, iqtisodiy-madaniy sohalarda hamkorlik qilishga qaratilgan “sharqiy si-yosat”ni ilgari suradi. 1971-yilda V.Brandt tinchlik Nobel mukofotiga sazovor bo`ladi. 1974-yil may oyida uning referenti G.Gilom Germaniya Demokratik Respublikasi hudu-dida josuslikda ayblanib qo`lga tushadi. Shu sababli V.Brandt iste’foga chiqadi. U 1987-yilgacha GSDPni boshqaradi.

V.Brandt 1992-yil 8-oktabrda Bonn yaqinidagi Unkelda vafot etadi.

Yuqorida qayd etilgan omillar XDI–XSIning hokimiyatdan ketishiga olib kelgandi. GSDP bilan EDP tuzgan hukumat “Kichik koalit­siya” hukumati deb nom oldi. Hukumat “yangi sharqiy siyosat”ni amalga oshira boshladi. Unga ko`ra, GFR Sharqiy Yevropa davlatlarini tan oldi. 1970-yilda SSSR, Polsha, Chexoslovakiya va 1972-yil dekabrda GDR bi­lan shartnomalar imzolandi. Ularda Ikkinchi jahon urushidan keyingi chegara o`zgarishlari tan olindi.

GDRning tan olinishi katta jasorat edi. V.Brandt Germaniyaning qachonlardir birla-shishiga ishonardi. Biroq, bu birlashish tinch yo`l bilan amalga oshishi zarur edi. 70-yil-larda buning iloji yo`q edi. O`sha davr uchun birdan-bir to`g`ri yo`l – ushbu davlatlarni-ng tinch-totuv yashashi yo`li edi. V.Brandt shu yo`lni tanladi.

GDRning tan olinishi har ikki nemis davlati uchun BMTga yo`l ochdi. Ular BMT a’zoligiga qabul qilindilar. “Kichik koalitsiya” GFR uchun ichki iqtisodiy vaziyat noqu-lay sharoitda hokimiyatga kelgan edi. Dastlab iqtisodiy beqarorlik kuchayib ketishining oldini olishga muvaffaq bo`lindi.

Biroq, 1974–1977-yillardagi xalqaro miqyosdagi iqtisodiy inqiroz GFRni chetlab o`t-madi. Mahsulot ishlab chiqarish sur’ati yiliga 2 foizga kamaya boshladi. Ishsizlar soni 3 mln.ga yaqinlashdi. Aholi xarid quvvati pasaydi. Shunday sharoitda GSDP iqtisodiy ha-yotga davlatning aralashuvi lozimligi masalasini o`rtaga qo`ydi. V.Brandtning raqiblari uni iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmaslikda, harbiy xarajatlarni ko`paytirishda, kom-munistlar bi­lan yaqinlashishda aybladi. Natijada, 1974-yilning mayida u iste’fo berdi. Hokimiyatga GSDPning boshqa lideri G.Shmidt keldi va 1982-yil kuzigacha kanslerlik lavozimida turdi. 1980–1982-yillarda yana iqtisodiy inqiroz ro`y berdi. Ayni paytda, hu-kumat kuchli ijtimoiy himoya choralarini qo`llashga harakat qildi. Biroq, GSDP ittifoq-chisi EDP bunga qarshi chiqdi. Bu partiya inflatsiyani kamaytirish maqsadida ijtimoiy xarajatlarni kamaytirish zarur, deb hisoblardi.

Ikki partiya o`rtasidagi ixtilof ularni bo`lib yubordi va 1982-yilda “kichik koalitsiya” hukumati tarqalib ketdi. Natijada, XDI–XSI va EDP ittifoqi tuzildi. Bu ittifoq yangi hu-kumat tuzdi. Uni mashhur siyosatchi G.Kol (1930-yilda tug`ilgan) boshqardi.

5-masala:

80-yillarga kelib GDRni chuqur ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy inqiroz chulg`ab oldi. Byudjeti taqchilligi yildan-yilga o`sdi. Davlat qarzi 20 mlrd. AQSH dollaridan oshdi. Ja-miyatda totalitar tartib qaror topdi. GFRga qochib o`tuvchilar tobora ko`payib bordi. 1989-yil birinchi yarmining o`zida 350 ming kishi GFRga qochib o`tdi. 7-oktabr – GDR tashkil topgan kun hukumatning rasmiy tadbirlariga qarshi namoyish kuniga aylandi. Shu tariqa, GDRda inqilob boshlandi. 18-oktabr kuni davlat rahbari E.Xonekker iste’fo berdi. 9-noyabr kuni “Berlin devori” qulatildi.

1990-yil 18-martda GDRda parlamentga o`tkazilgan birinchi erkin saylovda Xristian demokratlar ittifoqi (XDI) partiyasi g`alaba qozondi. Shu yilning 1-iyulida GDR hududi-da GFR markasi amal qila boshladi. 1990-yilning 3-oktabrida GDRning GFRga qo`shili-shi haqidagi shartnoma kuchga kirdi. Shu tariqa, 41 yildan so`ng Germaniyaning birla-shuvi tinch yo`l bilan amalga oshdi. Bunda SSSR rahbariyatining, nemislarning yagona Germaniyaga birlashishga bo`lgan intilishiga qarshilik ko`rsatib bo`lmaydi, deb hisobla-shi ham katta rol o`ynadi. Germaniyaning birlashuvi xalqaro ahamiyatga molik voqea edi. Bu birlashuv XDI–XSI va EDP partiyalarining hamda kansler G.Kolning obro`sini yanada oshirib yubordi.

G.Kol “birlashuv jarayonining otasi” degan nom oldi. G.Kol 18 yil davomida huku-matni boshqardi. Biroq, 1998-yilgi parlament saylovida XDI–XSI mag`lubiyatga uch-radi. Buning asosiy sabablari – ishsizlar sonining ko`payishi (ishga yaroqli har 10 nafar kishining bittasi ishsiz edi), hukumatning 3,2 mln. kishi ish haqini 2 yil muddatga muz-latib qo`yishga, shuningdek, ijtimoiy xarajatlarni kamaytirishga qaror qilganligi edi.

Ayni paytda, yuqori doiralarda korrupsiyaga aloqadorlarning fosh etilishi, hatto, G. Kolning o`zi ham moliyaviy ko`zbo`yamachiliklarda ishtirok etganligi ham saylov na-tijalariga ta’sir etmay qolmadi. 1998-yilgi parlament saylovida GSDP g`olib chiqdi. Sot-sial-demokrat G.Shryoder kansler etib saylandi. 2002-yilgi saylovda ham u kanslerlik la-vozimini qayta egalladi. Hokimiyatda barqarorlik vujudga kelib, 2005-yilning noyabri-dagi saylovda GFR tarixida birinchi ayol – Angela Merkel kanslerlik lavozimiga keldi. Hozirgi davrda GFR dunyodagi eng rivojlangan davlatlardan biridir.

Yevropadagi eng yirik mamlakatlardan biri bo`lgan Germaniya Federativ Respublika-siga O`zbekiston Prezidenti I.Karimovning 1993-yil aprel – may oylaridagi rasmiy safari davomida GFR Prezidenti R.fon Vayszekker, kansler G.Kol va boshqa ishbilarmonlar vakillari bilan uchrashuvlar o`tkazildi. Muzokaralar yakuniga ko`ra mablag` sarflash, uni birgalikda himoyalashga ko`maklashish to`g`risida shartnoma, madaniy hamkorlik va il-miy-tadqiqot jamg`armasini tuzish haqida bitimlar imzolandi. Germaniyaning “Doyche bank AG”, “Komersbank”, “Kemikal bank AG”, “Daymler-Bens”, “Villi-Bets” kabi yi-rik banklari va kompaniyalari bilan muntazam aloqalar davom etmoqda. Ikkala mamla-kat o`rtasidagi tovar ayirboshlash 76 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.

1995-yil aprelda GFR prezidenti R.Gersog O`zbekistonga tashrif buyurdi. Germani-yaning moliyaviy yordami bilan Urganch mebelsozlik korxonasi qurildi. Undan tashqari, 90-yillarning oxirida 40 dan ortiq korxonaga nemis mablag`i jalb etildi. Toshkent-Frank-furt telefon kanali ishga tushirildi. “Babnok” va “IMS” firmalari Farg`onadagi to`qima-chilik korxonalari bilan hamkorlik qilmoqda. “ABD”, “Germed” firmalari tibbiyot soha-sida muhim ishlarni amalga oshirmoqda. Germaniyaning “Mersedes-Bens” avtobuslari, “Zinger” tikuv mashinalari O`zbekistonda juda mashhur bo`lib ketdi.

Shunday qilib, O`zbekiston bilan GFR o`rtasida o`zaro iqtisodiy va ma­daniy hamkor-lik tobora rivojlanib bormoqda.



Qisqacha mazmuni

Ikkinchi jahon urushida fashizmning yengilishi

Mamlakatning 4 ta - AQSH, Angliya, Fransiya, SSSR okkupatsiya zonasiga bo’linishi

GKP, GSDP, XDS, ODP siyosiy partiyalari ta'sirining

o’sishi

1946-yil dekabr - Bizoniya, 1948-yil - Trizoniyaning tashkil topishi



1948-yil iyuldan - mamlakat iqtisodini ko’tarishda

"Marshall rejasi" bo’yicha g'arb davlatlarining .yordami

1949-yil 21-sentabr - GFRning e'lon qilinishi.

"Adenauer davri"ning boshlanishi

1949-yil 7-oktabr - GDRning e'lon qilinishi

1954-yil oktabr - GFRning NATO tarkibiga kirishi, harbiy sahoat rivojlanishi

50-yillar - "ijtimoiy yo’naltirilgan bozor xo’jaligi" dasturining bajarilishi

1958-yil yanvardan - GFR - Yll ("Umumiy bozor") a'zosi

1961-yil - "Berlin devori"ning qurilishi

1963-yil - "Adenauer davri"ning yakun topishi

1969-yil - kansler Villi Brandt: ichki va tashqi siyosatdagi o’zgarish

1974-yil may - kansler Gelmut Shmidt

1981-1982-yillar - iqtispdiy o’sish sur'atining sekinlashuvi, iqtisodiy tanglik

1982-yil - kansler Gelmut Kol: "yangi neokpnservatizm" siyosati - jamiyat ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotida davlat rolining kuchayishi.

1989-yil oktabr - E.Xonneker (GDR) hukumati iste'foga chiqdi

1989-yil 9-noyabr - "Berlin devori"ning qulashi

1990-yil 3-oktabr - yagona Germaniyaning e'lon qilinishi

1998-yil 27-sentabr - G.Kolning muvaffaqiyatsizlikka uchrashi. Kansler - G.Shryoder

2003-yil - G.Shryoderning bundestagga saylovlarda yana g'alabasi
Tayanch so`z va iboralar:

okkupatsiya; consensus; “sovuq urush”; reparatsiya; “Marshall rejasi”; federativ; Federal parlament; bundestag; bundesrat; koalitsion; kansler; sotsializm; xalq aksiyalari; bundes-ver; “Xalshteyn doktrinasi”; “Berlin devori”; korrupsiya; totalitar.


Nazorat uchun savollar:

  1. Ikkinchi jahon urushining Germaniya uchun oqibatlari haqida nimalarni bilib ol-dingiz?

  2. Germaniya Federativ va Germaniya Demokratik Respublikalari qay tariqa tashkil topdi?

  3. Nima uchun GFR qisqa muddat davomida iqtisodiy jihatdan dunyoning eng qud-ratli davlatidan biriga aylandi?

  4. XDI–XSI ittifoqining GFR tarixida tutgan o`rni to`g`risida nimalarni bilasiz?

  5. “Kichik koalitsiya” hukumati GFRda qanday siyosat yuritdi?

  6. Germaniya qachon va qay tarzda birlashishga erishdi?

  7. Germaniyada navbatma-navbat hukmronlik qiluvchi XDI–XSI va GSDP tashqi si-yosatini taqqoslang.

  8. GFR – O`zbekiston munosabatlari to`g`risida nimalarni bilasiz?


Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin