Ijtimoiy-gumanitar



Yüklə 2,89 Mb.
səhifə1/8
tarix25.12.2019
ölçüsü2,89 Mb.
#30014
  1   2   3   4   5   6   7   8
4-5 maruza matni dars rejasi - 2-qism

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O’RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
SAMARQAND VILOYAT O’RTA MAXSUS, KASB -HUNAR TA’LIMI BOSHQARMASI
SAMARQAND SHAHAR SO’ZANGARON TIBBIYOT KOLLEJI

IJTIMOIY-GUMANITAR” KAFEDRASI

TASDIQLANDI”

O’quv ishlar bo’yicha

director o’rinbosari

________O’ Sanayev

_____ __________ 20___yil
JAHON TARIX FANIDAN





2 kurslar uchun


SAMARQAND -20__
Mavzu: Xalqaro munosabatlarG’arb davlatlari taraqqiyotida o’ziga xos xususiyatlari.
Reja:

1) Qurollanish poygasi va “sovuq urush”. Dunyoning va Yevropaning ikkiga

bo`linishi. Koreya urushi. Yaqin Sharq mojarosi. Hindiston va Hindixitoydagi

ahvol.


2) Yaqin Sharq inqirozi. SSSR va AQSH munosabatlarining yanada keskinla-

shuvi. Tinchlik uchun kurash. Qo`shilmaslik harakati.

3) Xalqaro keskinlikning yumshashi (1969–1979-yillar). Hindiston-Pokiston uru-

shi. Arab-Isroil urushi. Xitoy xalqaro munosabatlarda.

4) Xalqaro ahvolning qayta keskinlashuvi. SSSR tashqi siyosatidagi o`zgarish.

MDHning tashkil etilishi. Milliy davlatlarning vujudga kelishi.

5) Yaqin Sharqdagi vaziyat. Afg`oniston muammosi. O`zbekiston xalqaro muno-

sabatlarda. YXHT Istambul sammiti. Shanxay hamkorlik tashkiloti.

6) Ikkinchi jahon urushidan keyin G`arb davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy

taraqqiyotidagi o`ziga xos xususiyatlar.

Adabiyotlar:

1. Lafasov M. “Jahon tarixi” (1918–2009-yillar). Toshkent. “Turon-Iqbol”. 1.

145-168 betlar

1-masala:



"Sovuq urush" - Sharq va G’arb mamlakatlariga nisbatan (1945-1991 -yy.) qarama-qarshilik, bir-biriga dush- manlik, o’zaro ishonchsizlikni ifodalovchi bosqich.

Ikkinchi jahon urushidan so`ng dunyo siyosatida jiddiy o`zgarishlar bo`ldi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining roli ancha kuchaydi. Ilgari kelishilgan ba’zi qarorlar amalga oshdi, ba’zilari esa amalga oshmasdan qoldi. Fashist jinoyatchilari boshliqlari jazolandi. 1945-yil 20-noyabrdan 1946-yil 1-sentabrgacha Xalqaro tribunal fashist jinoyatchilarni sud qildi. 12 kishi o`lim jazosiga hukm qilindi. 7 kishi uzoq muddatli va umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu urush aybdorlarining tarixda birinchi marta xalqaro miqyosda jazolanishi edi.

Urushdan so`ng qurollanish poygasi avj oldirildi. 1945-yilda AQSH atom bombasini Yaponiyada sinab ko`rdi va bu mudhish qurol vositasida dunyoga hukmronlik qilishni o`ylay boshladi. Qo`shma Shtatlarda atom bombasi yaratilgandan keyin, SSSR ham AQSHdan orqada qolmaslik uchun barcha choralarni ko`rdi. Nihoyat, 1949-yilda atom bombasini yaratdi va uni sinovdan o`tkazdi. AQSH 1952-yilda yanada dahshatliroq om-maviy qirg`in quroli – vodorod bombasini yaratdi. Uning qudrati 10 mln. tonna trotilga teng edi. SSSR esa bir yildan keyinroq bunday qurolga ega bo`ldi. Bu orada AQSH yad-ro qurollarini nishonga yetkaza oladigan samolyotlar yaratdi. SSSR esa qit’alararo raketa yaratishga muvaffaq bo`ldi. Atom suv osti kemalari yaratildi. Shu tariqa kishilik jamiya-tini bir necha marta yo`q qilib yuborishga qodir ommaviy qirg`in qurollari zaxirasi vu-judga keltirildi.

Lekin, oradan ko`p o`tmay “sovuq urush” boshlandi. Uning tashabbuskori U.Cher-chill edi. U “sharqiy kommunizm” bilan kurash vazifasini qo`ydi. 1947-yil 14-martda qabul qilingan Gretsiya va Turkiyaga yordam berishni mo`ljallagan “Trumen doktrinasi” buning amaldagi isboti bo`ldi. "Sovuq urush" rivojlanishi davrida G’arb davlatlari Man SSSR o’rtasida qarama-qarshilikka olib keluvchi, xalqaro munosabatlar- da keskinlikni kuchaytiruvchi, ishonchsizlik va shubha uyg’otuvchi choralardan foydalanishdi. Bunday birinchi qadam 1947-yilda AQSH tomonidan ko’rildi, shu yili AQSH kongressi "Trumen doktrinasi" deb ataladigan hujjatni tasdiqladi. U kongress tomonidan 12-martda qabul qilindi va AQSH prezidentiga "qurolli kamchilik" tomonidan zabt etishga urinilayotgan yoki "tashqi bosim"ga qarshilik ko’rsatayotgan "erkin xalqlar"ga yor- dam ko’rsatishga imkon berdi. Kongress doktrinaga muvofiq Gretsiya va Turkiyaga moddiy-moliyaviy va harbiy yordam ko’rsatdi.



Doktrina (lot. doctrina - taMimot) - davlatning ichki va tashqi siyosati yo’nalishini belgilovchi tub qarash va qoidalar tizimi.

Bu AQSH siyosatida xavfli burilish edi. Kongress qarori, mohiyatan, boshqa davlatlarning ichki ishlariga o’z xohishicha aralashish, o’z irodasini zo’rlab tiqishtirish va tartiblarini qaror toptirishni ko’zda tutar edi.



Garri Trumen (1884-1972) - demokratik partiyadan saylangan AQShning 33-prezidenti (1945-1953). U Xirosima va Nagasakini bombardimon qilishga buyruq bergan, "sovuq urush"ning tashkilotchilaridan biri, NATOni tashkil etish tashabbuskorlaridan biri.

1947-yiI 5-iyunda AQSH davlat kotibi Jorj Marshal Garvard universitetida so’zlagan nutqida G’arbiy Yevropani tiklash uchun moliyaviy yordam ko’rsatishni taklif qildi. Amerika hukmron doiralari iqtisodiyoti vayron etilganligi va rivojlanishga mablag’ yo’qligi bilan xarakterlanuvchi bu mintaqani xavfli vaziyatdan chiqa- rishga qaror qilishdi.

"Marshall rejasi" bo’yicha uni amalga oshirishda 16 ta Yevropa davlati ishtirok etadigan bo’ldi, amerika moliyaviy yordamini Yevropa iqtisodiy hamkorligi tash- kiloti (YIHT) taqsimladi. 1948-yildan 1952-yilgacha bu tashkilot orqalrG’arbiy Yevropa mamlakatlariga 17 mil- liard dollar berildi. Bu mablag’lar mazkur mintaqada urushdan keyingi tiklanishda muhim rol o’ynadi. "Marshall rejasi" Yevropa mamlakatlari iqtisodiy tizimi tuzilmasini saqlashga imkon yaratdi. Sovet qo’shinlari tomonidan Berlinga kirish yo’llarini qurshab olish va 1948-yilgi "Berlin inqirozi"ga olib keldi. Butun yil mobaynida amerika samolyotlari sovet okkupatsiyasi hududida bo’lgan G’arbiy Berlin uchun ^arur barcha narsalarni ta'minladi.

Ikki eng buyuk davlat o`rtasida munosabatlarning tobora keskinlashib borishi oqibatida ikki harbiy-siyosiy ittifoq vujudga keldi. Ularning birinchisi AQSH va uning ittifoq-chilarini birlashtirgan Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti – NATO deb ataldi. Bu ittifoq 1949-yilning 4-aprelida Vashington shahrida 12 davlat ishlirokida tuzildi (AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada, Belgiya, Daniya, Islandiya, Italiya, Lyuksemburg, Gollandiya, Norvegiya va Portugaliya). AQSH generali D.Eyzenxauer uning qo`mondo-ni etib tayinlandi.

NATO - Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti - 1949-yil 4-aprelda o’nta Yevropa davlatlari, AQSh va Kanada tomonidan tuzilgan harbiy-siyosiy ittifoq, "sovuq urush" davrida ular soni 16 ga yetdi. So’nggi yillarda Vengriya, Polsha, Chexiya ham unga qo’shildi.

1949-yilning 1-oktabrida kommunistik Xitoy Xalq Respublikasining tashkil topishi, 1950-yilda esa SSSR bilan XXR o`rtasida “Do`stlik, ittifoqlik va o`zaro yordam to`g`-risida” shartnoma imzolanishi AQSHni qattiq tashvishga solib qo`ydi. XXRning tashkil topishi bilan “jahon sotsializm tizimi” shakllanishi nihoyasiga yetdi. 1955-yilda Germa-niya Federativ Respublikasi NATOga a’zo etib qabul qilindi. Sharqiy Yevropa davlatlari (SSSR, Polsha, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya, Chexoslovakiya va Germaniya Demok-ratik Respublikasi) bunga javoban 1955-yilning 14-mayida o`zlarining harbiy-siyosiy it-tifoqi – Varshava shartnomasi tashkiloti (VSHT)ni tuzdilar. Shunday qilib, dunyo, shu jumladan Yevropa ikkiga bo`lindi.



Varshava shartnomasi - 1955-yil 14-mayda Bolgariya, Vengriya, GDR, Polsha, Ruminiya, SSSR, Chexoslovakiya va Albaniya o’rtasida do’stlik, hamkorlik va o’zaro yordam haqi- da tuzilgan shartnoma bo’lib, ishtirokchi davlatlar xavfsizligi- ni ta'minlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Varshava shartnomasi tashkiloti (VSHT) NATOga qarama-qarshi ra- vishda tashkil etilgan. 1991 -yilda f aoliyatini tugatgan.

O’IYK - 1949-yilda sotsialistik blokka kiruvchi mamlakatlarning iqtisodiy sa'y-harakatlarini birlashtirish va muvofiqlashtirish yo’li bilan hosil qilingan hukumatlararo iqtisodiy tashkilot. 1991-yilda parchalanib ketdi.

YKPB - Yevropa ko’mir va po’lat birlashmasi - 1951- yili Fransiya, GFR, Italiya, Belgiya, Gollandiya va Lyuksemburg o’rtasida tuzilgan shartnoma bo’lib, bu mam- lakatlar uchun ko’mir va po’lat umumiy bozorini yaratish va bojxona to’lovlarini man etishni ko’zda tutgan.

Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (YIH)-"Umumiy bozor" - 1957-yilda tashkil etilgan bo’lib, ishtirokchi mamlakattar o’rtasida savdoda barcha cheklanishlarni sekin-asta bar- taraf etish va bojxona siyosatini olib borishni ko’zda tutadi.

Rim protokollari imzolangan dastlabki yillar umidli natijalarni bera boshladi. 1968-yilga kelib "Umumiy bozor" mamlakatlari o’rtasida barcha bojxona soliqlari bartaraf etildi. Bu hol rejalashtirilgan muddatdan oldin- roq ro’y berdi.

Ikkinchi jahon urushidan so`ng Koreyaning shimolini SSSR, janubini esa AQSH ar-miyasi ishg`ol etdi. Germaniya bo`linganidek, bu yerda ham bir davlat ikkiga bo`lindi va ikki hukumat tuzildi. 1949-yilda SSSR va AQSH Koreyadan o`z armiyalarini olib chiqib ketdilar. 1950-yilning 25-iyunida Shimoliy Koreya armiyasi chegarani buzib o`tdi Maastrixt bitimlari

1991-yil dekabrda YIH integratsiyam chuqurlashtmshga yana bir muhim qadam qo’ydi. Hamjamiyatning 12 a'zosi golland shahri Maastrixtda yagona Yevropani yaratishni ko’zda tutuvchi Maastrixt bitimlari deb ata- luvchi hujjatlarni imzolashdi. Maastrixt bitimlarida uch guruh shartnomalar - yagona Yevropa valyutasi tashkil etish, Yevropa siyosiy ittifoqini shakllantirish va Yevropa komissiyasini tasdiqlash ko’zda tutildi.

YIH o’z nomini Yevropa hamjamiyati (YH) deb o’zgartirdi. YH mamlakatlari Yevropa siyosiy ittifoqi (Yevroittifoqi)ni yaratish yo’li bilan tashqi siyosat va mudofaani muvofiqlashtirish hamda bu yo’nalishda yagona asoslarni ishlab chiqishni mo’ljal qilishdi. Kelgusida yagona tashqi va umumiy harbiy siyosatni shakllantirish ko’zda tutilgan Maastrixt bitimlarining uchinchi guruhi Yevropa komissiyasini tuzishga tegishli. U Bryusselda ishlay boshlashi va YH mamlakatlari sog’liqni saqlash, xalq talimi, qishloq xo’jaligi va ekologiya sohalari siyosatini tartibga soluvchi muassasa bo’lishi lozim edi. Yevropa komissiyasi davlat ustidan turuvchi hukumat boshqaruvi ftmksiyalariga ega bo’la bordi va YHning barcha mamlakatlari unga o’z vakolatlarini berishi lozim edi. Bu milliy suveren huquqlarni cheklash bo’lardi, biroq YH marnlakatlari yo’lboshchilari bu yo’ldan yagona Yevropani mustahkamlash uchun borishdi.

YH bu orada yangi a'zolar - Finlyandiya, Shvetsiya va Norvegiya bilan to’ldi. Endi uning tarkibida 15 davlat bor va bir necha davlat qabul qilinishini kutmoqda.

2002-yil 1-yanvardan e'tiboran Maastrixt bitimlariga muvofiq Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida (Angliyadan tashqari) Yevropaning yangi pul birligi- "yevro" muo- malaga kiritildi. 15 mamlakat xalqlari hech bir afsus- nadomatsiz o’zlarining eski valyutalari - gulden, frank, marka, taler, shillinglari bilan xayrlashishdi va yangisini qabul qilishdi.

Yevropa siypsiy ittifoqini yaratish sohasida muvaf- faqiyatlarga erishildi. NATOning 1998-yil Serbiyaga qarshi harbiy operatsiyasi Yevropa davlatlarining birga- likdagi siyosatini ishlab chiqish jarayonini tezlashtirdi. Shu bois, 1999-yil dekabrda Xelsinkidagi Yevropa Ittifoqi sammitida unga kiruvchi 15 G’arbiy Yevropa davlatlari rahbarlari inqirozli joylarda tinchlikni saqlash uchun o'z Yevropa qurolli kuchlarini yaratish haqida qaror qabul qildi, Yevroittifoq tashqi ishlar vazirlari ken- gashi qoshida harbiy masalalar va xavfsizlik bo’yicha doimiy qo’mita tashkil etildi, unga YH mamlakatlari bosh shtablari rahbarlari kirgan.



Demarkatsiya - davlatlar o’rtasidagi chegarani qonun- chilik tartibida o’rnatish.

Demilitarizatsiyalashgan zona - xalqaro shartnoma yoki bitim bilan o’rnatilgan shunday hududki, unda harbiy- sanoat korxonalari, istehkomlari qurish, belgilangan miq- dordan ortiq qurolli kuchlar saqlash man etiladi.

Jeneva bitimi.

SEATOning tashkil topishi

1954-yil aprel-iyunda Jene- vada Hindixitoy yarimorolida tinchlikni o’rnatish haqida bitimni ishlab chiqqan kon- ferensiya bo’lib o’tdi.

Jeneva bitimi Vyetnam, Laos va Kampuchiya xalqla- riga mustaqillik berishni ko’zda tutdi, ular neytralitetini kafolatladi, ular hududiga chet el qo’shinini kiritish, har- biy bazalarni yaratish va yangi qurol-aslahalarni olib kirishni man etdi. Amerika hukumati Jeneva konferen- siyasi qarorlariga qarama-qarshi o’laroq, Janubiy Vyetnamga harbiy yordam ko’rsatish haqida qaror qabul qildi.

AQSH Janubi-sharqiy Osiyoda o’z pozitsiyasini kuchaytirishga intilib 1954-yil 8-sentabrda Manilada Janubi-sharqiy Osiyo mudofaasi to’g’risidagi Shartnomani (SEATO) imzolashga muvaffaq bo’ldi. SEATOga AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Pokiston, Tailand va Filippin a'zo bo’lib kirdi. Hindiston, Indoneziya^ Birma va Seylon unda ishtirok etishdan bosh tortdi.

SEATO AQSHning harbiy-havo va harbiy-dengiz floti kuchlariga tayanar edi.



SEATO - Janubi-Sharqiy Osiyo shartnomasi tashkiloti (ingliz.) - milliy-ozodlik harakatlari bilan kurashish uchun tashkil etilgan harbiy-siyosiy guruh. U 1954-yil 8-sentabr- da tashkil etilgan bo’lib, 1977-yil iyundan o’z faoliyatini to’xtatgan.

Shimoliy Koreya Ja-nubiy Koreyaga hujum qildi. AQSH ushbu masalaning BMTda muhokama etilishiga erishdi. BMT Shimoliy Koreyani agressor deb tan oldi va unga qarshi urush harakatlari boshlashga ruxsat etdi.



BMTning tashkil topishi

Ikki yirik hukmron davlat o’rtasidagi qurolli ziddiyat- ning oldini olishda Birlashgan Millatlar Tashkilotining hissasi juda katta. BMT tashkil etilgan kundan boshlab dunyoda tinchlikni saqlash va xalqaro keskinlikni yumshatish borasida muhim vositachilik rolini o’ynab kelmoqda. Hozirda unga 186 mamlakat a'zo. BMT tashkilotlarida yadro xavfining oldini olishdan tortib ekologiya va madaniy aloqalar muammolarigacha bo’lgan yirik dunyoviy masalalar hal etiladi.

"Birlashgan millatlar" atamasi ilk bor 1942-yil 1-yan vardagi Vashington deklaratsiyasida paydo bo’ldi. Unga ko’ra SSSR, AQSH, Angliya, Xitoy va boshqa 22 davlat fashizmga qarshi kurashda bir-biri bilan hamkorlik qilish

hamda bir tomonlama sulh tuzish yoki umumiy dushman bilan kelishish majburiyatini olgan edi. Millatlar ligasi o’rnini bosish mumkin bo’lgan Xalqaro tashkilotni tash- kil etish to’g’risidagi masala 1943-yil oktabrda tashqi ish- lar vazirlarining Moskva konferensiyasida muhokama qilingan edi. Unda qabul qilingan deklaratsiyaga asosan 1944-yilgi Dumbarton - Oks (Vashington) konferen- siyasida SSSR, AQSH, Angliya va Xitoy vakillari mazkur tashkilot Nizomi to’g’risida muzokaralar olib bordilar. Konferensiyada qabul qilingan takliflar 1945-yil iyunda qabul qilingan va 1945-yil 24-oktabrdan kuchga kirgan BMT Ustavining asosini tashkil etdi. 24-oktabr - butun jahonda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil etilgan kun sifatida nishonlanadi.


Xalqaro kuchlar 15-sentabrda Koreya yarim oroliga tashlandi va ular Shimoliy Kore-ya armiyasi harakatini to`xtatdi hamda Janubiy Koreya hududidan surib chiqardi. Oktabr oyi oxiriga kelib esa AQSH harbiy kuchlari Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyan shahrini egalladi. Shundan so`ng XXR o`z harbiy kuchlarini Shimoliy Koreyaga yordamga yu-bordi. SSSRning ham Koreya urushiga aralashishi mumkinligi aniq-ravshan bo`lib qoldi. Shundan so`nggina AQSH Shimoliy Koreyaga qarshi urush harakatlarini to`xtatishga majbur bo`ldi. 1953-yilda yarash bitimi imzolandi. Unga ko`ra, har ikki koreys davlati chegarasi urushgacha bo`lgan holatida (38-parallel kenglikda) tiklandi. Shu tariqa Kore-ya yarim orolida urush to`xtadi. Biroq, mamlakat ikkiga bo`linganicha qoldi. Shimoliy Koreya SSSR bilan, Janubiy Koreya esa AQSH bilan yaqin munosabat o`rnatdi.

Ikkinchi jahon urushidan so`ng buyuk davlatlar Falastinda yahudiylarning o`z davlati-ga ega bo`lishga intilishlarini qo`llab-quvvatlay boshladi. Ayni paytda BMT ham 1947-yil 29-noyabrda Falastinda ikkita davlat (yahudiylarning Isroil va arablarning Falastin davlati) tashkil etilishi haqida qaror qabul qildi. Dunyoning turli burchaklaridan ming-minglab yahudiylarning Falastinga ko`chib kelishi arab va yahudiylar o`rtasida nizoni kuchaytirdi. 1948-yil 14-mayda Isroil davlati tashkil etildi-yu, lekin, Falastin davlati tu-zilmay qoldi. Bu esa birinchi arab-Isroil urushini keltirib chiqardi. Falastin hududi Isroil tomonidan bosib olindi. 1949-yilda BMT urush harakatlarining to`xtatilishiga erishdi. Biroq, arab-Isroil janjali davom etdi.

1947-yilda Buyuk Britaniya Hindistonga mustaqillik berishga qaror qildi. Biroq, ing-lizlar Hindistondan chiqib ketish oldidan uni diniy belgiga ko`ra ikkiga – Hindiston va Pokistonga bo`lib yubordilar. Shu tariqa, keyinchalik qator qurolli to`qnashuvlarga olib kelgan Hindiston-Pokiston mojarosiga zamin yaratildi. Bu mojaroda SSSR Hindiston ta-rafini ola boshladi.

Tez orada Hindixitoyda ham qarama-qarshilik o`chog`i vujudga keldi. Bunga SSSR va XXRning yer yuzi mintaqa xalqlari milliy-ozodlik urushini qo`llab-quvvatlashi ham-da ularni o`z ta’sir doiralarida saqlab turishga intilishlari sabab bo`ldi. Chunonchi, 1945-yil 2-sentabr kuni V’etnam Demokratik Respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi. Hokimi-yat tepasiga kommunistlar kelishdi. Bu hol Fransiyani tashvishga solib qo`ydi. U o`z mustamlakachilik tartiblarini tiklash maqsadida V’etnamga qarshi urush harakatlarini boshladi. Laos va Kambojada mustamlaka tartibini tikladi. Hindixitoy xalqlari fransuz mustamlakachilariga qarshi ozodlik urushini boshladilar. Bu urush 1954-yilda g`alaba bilan yakunlandi. Shu yilning aprel-iyun oylarida Jenevada Hindixitoyda tinchlik o`rna-tishga bag`ishlangan konferensiya bo`lib o`tdi. Fransiya Hindixitoy davlatlarining mus-taqilligini tan oldi va o`z qo`shinlarini bu hududdan olib chiqib ketish majburiyatini oldi. Ayni paytda, V’etnam ikki davlatga – shimolda V’etnam Demokratik Respublikasi va janubda V’etnam Respublikasiga bo`lindi.

Bu davrda AQSH yer sharining turli nuqtalarida o`z ta’sir doirasini kuchaytirish uchun jon-jahdi bilan harakat qilardi. Shu maqsadda u 1951-yilda ANZYUS (Avstraliya, Yangi Zelandiya va AQSH ishtirokida), 1954-yilda SEATO (AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Avstraliya, Yangi Ze­landiya, Pokiston, Tailand va Filippin ishtirokida), 1955-yilda SENTO (Eron, Turkiya, Pokiston va Iroq ishtirokida) harbiy-siyosiy bloklarini tuz-di. AQSH kommunistlar hukmronligidagi yagona V’etnam davlati vujudga kelishiga as-lo toqat qila olmas edi. 1964-yilning avgust oyida VDRning harbiy-dengiz kuchlari Ton-kin qo`ltig`iga kirgan AQSH harbiy kemalariga hujum qildi. AQSH bu voqeani o`ziga qilingan agressiya, deb baholadi. AQSH samolyotlari VDR hududini bombardimon qi-lishni boshladi. 1965-yildan boshlab esa AQSH qurolli kuchlari VDRga qarshi urush ha-rakatlarini boshlab yubordi. Biroq, AQSH armiyasi V’etnam xalqining qattiq qarshiligi-ga duch keldi. Urush harakatlari 8 yil davom etdi. AQSH V’etnam xalqining irodasini buka olmadi. Nihoyat, 1973-yilning yanvar oyida Parijda V’etnamda urushni to`xtatish va tinchlikni tiklash to`g`risidagi bitimlar imzolandi. AQSH V’etnamdan o`z qo`shinla-rini olib chiqib ketishga majbur bo`ldi. U qo`llab-quvvatlayotgan V’etnam Respublikasi hukumati 1975-yilda quladi. 1976-yilning 2-iyulida V’etnam yagona davlatga birlashdi. Bu hodisa AQSHning Hindixitoydagi jiddiy mag`lubiyati edi.

2-masala:

50-yillarda Yaqin Sharq G`arbning buyuk davlatlari va SSSR o`rtasidagi keskin qa-rama-qarshilik maydoniga aylandi. SSSR arab davlatlarini, AQSH esa Isroilni qo`llab-quvvatlashni yangi kuch bilan davom ettirdi. 1952-yilda amalga oshirilgan inqilob na-tijasida Misrda Buyuk Britaniya tayanchi bo`lgan monarxiya ag`darildi. 1956-yilda esa Misr Suvaysh kanalini milliylashtirdi. Bunga chiday olmagan Buyuk Britaniya Misrga qarshi agressiya uyushtirdi. Unda Fransiya va Isroil ham qatnashdi. BMT va SSSRning qat’iy pozitsiyasi tufayli agressiya to`xtatib qolindi. Shu tariqa 3 davlat agressiyasi mu-vaffaqiyatsizlikka uchradi. Natijada Buyuk Britaniya va Fransiya pozitsiyalariga katta putur yetdi. Ayni paytda Yaqin Sharqda SSSRning obro`si ko`tarildi. 1958-yilda Iroqda monarxiya ag`darildi. Shunday sharoitda “Eyzenxauer doktrinasi” ilgari surildi. Unga ko`ra, Yaqin Sharqda endi AQSH Buyuk Britaniya va Fran­siya o`rnini to`ldirishi kerak edi. Bu hodisa SSSRning G`arb davlatlari bilan munosabatlarini yanada keskinlashtirib yubordi. “Sovuq urush” vasvasasi kuchaydi.

50-yillarning ikkinchi yarmida SSSR turli tuzumdagi davlatlarning tinch-totuv yasha-shi mumkinligi g`oyasini ilgari surdi. Bu g`oyaning puch emasligini isbotlash maqsadida o`z armiyasining sonini 2 mln. kishiga qisqartirdi va SSSR-AQSH rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvini o`tkazish tashabbusi bilan chiqdi, va nihoyat, 1960-yilning may oyida SSSR rahbari N.Xrushchyov va AQSH prezidenti D.Eyzenxauerning uchrashuvi o`tkazilishiga kelishildi. Biroq bu uchrashuv amalga oshmay qoldi. Bunga AQSHning 1-may kuni SSSR hududiga josus samolyoti uchirishi sabab bo`ldi. Josus samolyoti Sverd-lovsk osmonida urib tushirildi. Uchuvchi G.Pauers tiriklayin asir olindi. AQSH ig`vo-garligi fosh bo`ldi.

1961-yilda SSSR va AQSH munosabatlarini nihoyatda keskinlashtirib yuborgan vo-qea sodir bo`ldi. Bu “Berlin devori”ning qurilishi edi. Devor Sharqiy Berlin (GDR)ni G`arbiy Berlin (GFR)dan ajratib tashladi. Tez orada dunyoni yadro urushi halokati yoqa-siga olib kelib qo`ygan voqea ham sodir bo`ldi. Bu voqea tarixga “Karib inqirozi” nomi bilan kirgan. Bu inqiroz qay tariqa yuz berdi? 1959-yilning yanvarida Kubada amerika-parast hukumat ag`darildi. Hokimiyat tepasiga F.Kastro boshchiligida vatanparvar kuch-lar kelishdi. F.Kastro Kubada sotsializm qurilishini e’lon qildi. Tabiiyki, AQSH shun-daygina biqinida “sotsialistik” davlatning vujudga kelishiga toqat qila olmas edi. SSSR rahbariyati esa Kuba inqilobini sotsializmning butun dunyo bo`ylab tarqalishi, deb baho-ladi. Shuning uchun ham Kubani qo`llab-quvvatladi.

1961-yilning aprel oyida AQSH Kubaga qarshi emigrantlar isyonini uyushtirdi. Bu “Karib inqirozi”ni keltirib chiqardi. Kuba rahbari F.Kastro yordam so`rab SSSRga mu-rojaat qildi. SSSR rahbariyati yashirin ravishda Kuba hududiga o`rtacha olislikka ucha-digan va atom bombasi bilan ta’minlangan raketalarni joylashtirdi. Bundan xabar topgan AQSH ma’muriyati Kubaga nisbatan dengiz qamalini uyushtirdi. Dunyo yadro urushi yoqasiga kelib qoldi. N.Xrushchyov va AQSH prezidenti J.Kennedi 1962-yilning 28-ok-tabrida oxir-oqibatda o`zaro kelishuvga erishdilar. Unga ko`ra, SSSR Kubadan o`z rake-talani olib chiqdi. AQSH esa Kubaga bostirib kirmaslikka so`z berdi hamda Turkiyadan raketalarini olib chiqib ketdi.

“Karib inqirozi” buyuk davlatlarni yadro qurollari masalasida ehtiyotkorona siyosat yuritishga majbur etdi. Buning aks sadosi o`laroq, 1963-yilning 15-avgustida Moskvada SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya o`rtasida “Atmosfera, fazo va suv ostida yadro qurol-lari sinovini taqiqlash to`g`risida” shartnoma imzolandi. Biroq, bu shartnoma ular o`rta-sidagi dushmanlik munosabatini zarracha kamaytirgan emas. Aksariyat, mintaqaviy mo-jarolar SSSR-AQSH munosabatlarini yanada keskinlashtirib yuborgan. Bunday min-taqaviy yirik mojaro 1967-yilda ro`y bergan ikkinchi arab-Isroil urushi edi. Atigi olti kun davom etgan bu urushda Isroil armiyasi Misr, Iordaniya va Suriya armiyasini tor-mor keltirdi. Isroil bu davlatlar hududlarining bir qismini bosib oldi.

Yangi urush xavfining kuchayishi tinchlik tarafdorlarining birlashishini taqozo etgan. Mashhur fan va adabiyot arboblari tashabbusi bilan tinchlik tarafdorlarining xalqaro ha-rakati vujudga keldi. 1948–1949-yillarda ko`pgina mamlakatlarda tinchlik uchun kurash-chilarning milliy qo`mitalari tashkil etildi. 1949-yilning aprel oyida Parij shahrida tinch-lik tarafdorlarining birinchi butunjahon kongressi o`tkazildi. Kongress “Tinchlikni kutib turmaydilar, tinchlikni kurash bilan qo`lga kiritadilar” shiori ostida o`tdi. Tinchlik uchun kurash turli irq va millatlarga, siyosiy va diniy qarashlarga mansub millionlab kishilarni birlashtirdi. Kongress Jahon Tinchlik Kengashi (JTK)ni tuzdi. Kengash doimiy qo`mita-si raisligiga atoqli fransuz atomchi olimi, fashizmga qarshi kurash ishtirokchisi F.Jolio-Kyuri saylandi. Doimiy qo`mita 1950-yilda mashhur Stokgolm chaqirig`ini qabul qildi. Bu atom qurolini taqiqlash haqidagi chaqiriq edi. Bu chaqiriqni 500 mln.dan ortiq odam imzoladi. JTK 1951-yilda buyuk davlatlar o`rtasida “Tinchlik pakti”ni imzolash to`g`ri-sida murojaat qabul qildi. Uni 600 mln.dan ortiq kishi imzoladi. 1955-yilda esa “Atom urushi”ni tayyorlashga qarshi jahon xalqlariga murojaat qabul qildi. Uni 650 mln.dan ortiq kishi imzoladi. Bu murojaat barcha mamlakatlarda atom quroli zaxiralarini yo`qo-tishni va uni ishlab chiqarishni darhol to`xtatishni talab qilgan edi. Keyinchalik yadro quroli xavfi xususida xalqaro shartnomalarning imzolanishida, tinchlik harakatida JTK ham muhim rol o`ynagan. 1986-yil oktabrda Kopengagen shahrida (Daniya) tinchlikse-var kuchlarning xalqaro tinchlik yiliga bag`ishlangan jahon kongressi o`tkazildi. Kong-ress “Tinchlikni va insoniyat kelajagini saqlab qolaylik” shiori ostida o`tdi. Kongress ishida jahonning 136 mamlakatidan 2,5 mingga yaqin delegat qatnashdi. Kongress “Ko-pengagen chaqirig`i” nomli hujjatni qabul qildi. Unda yadro quroli poygasini to`xtatish va kosmosda yadro quroli bo`lishiga yo`l qo`ymaslik talab etilgan edi.

1961-yil 1–6-sentabr kunlari Belgrad shahrida Osiyo va Afrikaning 25 davlati Kon-ferensiyasi bo`lib o`tdi. Bu konferensiya tufayli “Qo`shilmaslik harakati” deb atalgan harakat vujudga keldi. Xo`sh, bu qanday harakat edi? Bu – turli tuzumdagi davlatlarning tinch-totuv yashashi tarafdori bo`lgan, mustamlakachilikning batamom va abadiy bar-ham topishi uchun kurashadigan, harbiy-siyosiy bloklarga qo`shilmaydigan, ularni qora-laydigan, yadro qurolining taqiqlanishi va dunyoda iqtisodiy tenglik uchun kurashadigan harakat edi. “Qo`shilmaslik harakati”ning vujudga kelishida Hindiston, Yugoslaviya va Misr tashabbuskor bo`ldi. Ularni buyuk davlatlar o`z o`rtalaridagi mojarolarga Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlarini ham tortishga zo`r berib intilayotganligi qattiq tashvishlantirgan edi. “Qo`shilmaslik harakati” a’zolari kuchaygan xalqaro keskinlik va qurollanish poygasi uchun AQSH va SSSRning birday mas’ul ekanligini ta’kidladilar.

3-masala:

60-yillardan boshlab SSSR-XXR munosabatlari keskinlasha bordi. XXR rahbariyati SSSRning “kichik ukasi” bo`lishni istamay qo`ydi. Ular mustaqil siyosat yuritishga intil-dilar. Dunyo shu davrgacha ikkiga bo`lingan bo`lsa, Xitoy rahbarlari “Uchinchi dunyo nazariyasi”ga katta e’tibor bilan qaray boshladilar. “Uchinchi dunyo” deyilganda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining mustaqillikdan so`ng rivojlanayotgan davlatlari tushuni-lar edi. XXR rahbariyati ana shu dunyoning liderligiga da’vo qilib chiqdi. SSSR-XXR munosabatlaridagi keskinlik tobora chuqurlashib bordi. Oxir-oqibatda bu 1969-yilda Sovet-Xitoy chegarasida qurolli to`qnashuvga olib keldi.

AQSH esa V’etnamda olib borayotgan urushning istiqbolsizligini anglab yetdi. Bu omillar SSSR va AQSHni o`zaro munosabatlardagi keskinlikni yumshatishga majbur etdi. Bu xalqaro keskinlikning yumshashi uchun asosiy omil bo`ldi. Ikkinchidan, xalqaro keskinlikning yumshashida GFRning o`sha davrdagi rahbari V.Brandtning xalqaro vo-qealarni ziyraklik bilan baholay olishi ham katta rol o`ynadi. U xalqaro hayotdagi mav-jud reallikni to`g`ri baholay oldi. Chunonchi, u SSSRni harbiy kuch bilan mag`lubiyatga uchratishning imkoni yo`qligini, NATOning bunga qodir emasligini to`g`ri baholadi. Bundan tashqari, Yevropa yadro va oddiy qurollarning ulkan omborxonasiga aylangan edi. Bu omborxona istalgan paytda portlashi mumkin edi. Shunday sharoitda V.Brandt hukumati SSSR va uning ittifoqchilari bilan yaxshi qo`shnichilik munosabatlarini o`r-natishga qaror qildi. Xalqaro keskinlikning yumshashi nimalarda o`z ifodasini topgan?

1969-yilda SSSR bilan AQSH o`rtasida strategik qurollarni cheklash haqida muzoka-ralar boshlandi. 1970-yilda yadro qurolini tarqatmaslik to`g`risida shartnoma imzolandi. Unga 100 dan ortiq davlat qo`shildi. 1970-yil 12-avgustda SSSR-GFR, GFR-Chexos-lovakiya va Polsha-GFR o`rtasida imzolangan shartnomalar Yevropada tinchlikni mus-tahkamlash ishiga beqiyos katta hissa qo`shdi. Shartnomaga ko`ra, GFR Ikkinchi jahon urushi natijasida Yevropada tarkib topgan chegaralarning buzilmasligini tan oldi. Ayni paytda, GFR va GDR o`rtasida o`zaro munosabatlar asosi haqidagi shartnoma ham im-zolandi. Bu bilan har ikki nemis davlati bir-birini tan oldilar. 1972–1974-yillarda oliy darajada o`tkazilgan Sovet-Amerika muzokaralari natijasida SSSR va AQSH o`rtasida yadro qurolini tarqatmaslik, yadro quroli sinovlarini to`xtatish to`g`risida shartnoma va strategik qurollarni cheklash (SQCH-1) to`g`risida muvaqqat bitim imzolandi.

Xalqaro munosabatlardagi bunday o`zgarishlar Yevropa qit’asida xavfsizlik va dav-latlararo hamkorlik uchun qulay sharoit yaratdi. 1975-yilning 30-iyul – 1-avgust kunlari Xelsinki shahri (Finlyandiya)da 35 davlat (shu jumladan, AQSH va Kanada) rahbarlari Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo`yicha kengash o`tkazdilar. 1-avgust kuni ken-gashning yakunlovchi akti imzolandi. Uni imzolagan 35 davlat rahbarlari o`z davlatlari tashqi siyosatda quyidagi tamoyillarga amal qilishini tan oldilar:

– davlatlarning suveren tengligi, huquqlarni va o`zgalar suverenitetini hurmat qilish;

– kuch ishlatmaslik va kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik;

– chegaralar buzilmasligi;

– davlatlarning hududiy birligi;

– nizolarni tinch yo`l bilan hal etish;

– ichki ishlarga aralashmaslik;

– inson huquqlarini va asosiy erkinliklarini hurmatlash;

– teng huquqlilik va xalqlarning o`z taqdirini o`zlari hal etishi;

– davlatlararo hamkorlik;

– xalqaro huquqlar bo`yicha majburiyatlarni vijdonan bajarish.

1979-yilda SQCH-2 shartnomasi imzolandi. Biroq, yuqorida qayd etilganlardan xal-qaro keskinlikning yumshashi yillarida xalqaro hayot faqat silliq yo`ldan ketgan ekanda, degan xulosa chiqmasligi zarur. Bu yillar (69–79-yillar)da ham dunyo mintaqaviy siyo-siy mojarolardan, urushlardan xoli bo`lgan emas.

1971-yilda Hindiston va Pokiston o`rtasida yana urush boshlandi. Bunga Pokistonda boshlangan bo`linish jarayoni bahona bo`ldi. Pokiston G`arbiy va Sharqiy qismlardan iborat edi. Ularni Hindiston hududi ajratib turardi. Sharqiy Pokistonda aholi ko`p bo`lsa-da uni G`arbiy Pokiston vakili boshqarar edi. Bu hodisa keskin norozilik keltirib chiqar-di. Sharqiy Pokiston keng muxtoriyat talab eta boshladi. Biroq hukumat bunga rozi bo`l-madi. Natijada Sharqiy Pokistonda separatchilar harakati kuchaydi. Hindiston separat-chilarga yordam uchun o`z armiyasini yubordi. Buning oqibatida Sharqiy Pokiston ajra-lib chiqdi va u yerda mustaqil Bangladesh davlati tashkil etildi. Bu urushda SSSR Hin-distonni qo`llab-quvvatladi.

1973-yilning oktabr oyida uchinchi arab-Isroil urushi yuz berdi. Uni Isroilning Yaqin Sharq muammosini tinch yo`l bilan hal etishni istamasligi, arablarning esa 1967-yilgi mag`lubiyat uchun qasos olishga intilishlari keltirib chiqardi. Urush Misr armiyasining Isroilga to`satdan hujum qilishi bilan boshlandi. Birinchi bor arab quroli Isroilga zarba bera boshladi. Biroq Isroil tez orada o`zini o`nglab oldi. Misr va Suriya armiyasini che-kinishga majbur etib, Qohira va Damashq shaharlariga bevosita tahdid sola boshladi. BMT Xavfsizlik Kengashining qat’iy talabi bilan urush harakatlari to`xtatildi. Urush arab davlatlari harbiy qudratining o`sganligini namoyish etdi. Ayni paytda Yaqin Sharq muammosini kuch bilan hal etish mumkin emasligini ham isbotladi. AQSHning faol ara-lashuvi bilan Yaqin Sharq muammosini ikki tomonlama shartnomalar imzolash orqali hal etishga kirishildi. Xususan, 1975-yilda Sinay yarim orolida Isroil va Misr qo`shin-larini ajratish to`g`risida shartnoma, 1978-yilda esa bu ikki davlat o`rtasida Kemp-Devid shartnomasi imzolandi. Unga ko`ra, Misr va Isroil o`rtasidagi urush holati barham topdi. Isroil bosib olgan Misr yerlarini qaytarib berdi. 1979-yilda Misr-Isroil tinchlik shartno-masi ham imzolandi. Biroq, Yaqin Sharq muammosining asosiy masalalari – Isroil bosib olgan arab davlatlari hududlarini qaytarib berish va Falastin arab davlatini tuzish hal etil-madi.

70-yillar boshidan boshlab AQSH-XXR yaqinlashuvi boshlandi. Chunonchi, 1971-yilda AQSH prezidentining Milliy xavfsizlik bo`yicha yordamchisi G.Kissinjer maxfiy ravishda Pekinda qabul qilindi. 1972-yilda esa AQSH prezidenti R.Nikson Xitoyga ras-miy safar bilan bordi. Bu xalqaro siyosiy hayotning eng shov-shuvli voqeasi bo`ldi. AQSH-XXR munosabatlarining yaxshilanish jarayoni boshlandi. 1979-yilga kelib bu ik-ki davlat o`rtasida elchilar darajasida diplomatik aloqalar o`rnatildi.

AQSH-XXR munosabatlarining yaxshilana borishi SSSRni tashvishga solib qo`ydi. Buning ustiga Janubi-Sharqiy Osiyoda Sovet-Xitoy munosabatlari keskinlashib bordi. Bunga V’etnam Sotsialistik Respublikasi (VSR) rahbariyatining SSSR tarafida turishi va VSRning 1979-yilning yanvar oyida Kambodjadagi xitoyparast “Qizil kxmerlar” huku-matini ag`darib tashlashi sabab bo`ldi. Xitoy V’etnamga qarshi harbiy harakat boshladi. SSSR, do`stlik to`g`risidagi shartnomaga ko`ra, VSRni qo`llab-quvvatladi. Tez orada Xitoy urush harakatlarini to`xtatdi va qo`shinlarini V’etnamdan olib chiqib ketdi.

4-masala:



70-yillarning oxiridan boshlab xalqaro munosabat­larda yana keskinlik davri boshlan-di. Xo`sh, buning sababi nimalardan iborat bo`lgan edi? 70-yillarda dunyoning turli nuq-talarida shunday voqealar yuz berdiki, ayrim siyosatchilar ularga to`g`ridan-to`g`ri SSSRning g`alabasi, AQSHning esa mag`lubiyati, deb baho berdilar. Chunonchi, 1974-yilda Efiopiyada monarxiya ag`darildi. Hokimiyat tepasiga marksizm-leninizm ta’limo-tiga amal qiluvchi siyosiy guruh keldi. Bu guruh Efiopiyada sotsializm qurishni o`zining maqsadi, deb e’lon qildi. 1975-yilda Portugaliya mustamlakachilik imperiyasi quladi. Natijada, kechagi mustamlakalar bo`lmish Angola va Mozambikda inqilobiy-demokratik hokimiyat o`rnatildi. Ular, birinchi navbatda, SSSRga tayana boshladilar. 1978-yilda SSSRning ara­lashuvi bilan Afg`onistonda davlat to`ntarishi o`tkazildi. Uning tashkilot-chilari bu voqeani “inqilob” deb atadilar va maqsadlari SSSR nusxasidagi sotsializm qu-rish ekanligini ma’lum qildilar. 1979-yilda Nikaraguada amerikaparast hukumat ag`da-rildi. Huddi shu yili Eronda AQSHning O`rta Sharqdagi tayanchi – shoh hokimiyati ag`-darildi. AQSH hukmron doiralari bu voqealarga AQSHning mag`lubiyati deb qaradilar. O`ta o`ng kuchlar esa bu voqealar hukumat noqobilligining va Moskva aralashuvining oqibati, deb jar soldilar.

Tabiiyki, bunday sharoitda xalqaro keskinlikning yumshashi bundan keyin ham da-vom etishi mumkin emas edi. Ikkinchidan, SSSR 70-yillarda o`z tashqi siyosatida katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Ularning eng asosiysi SSSRning Sharqiy Yevropadagi mav-qeyini G`arbga tan oldirish bo`ldi. Bu hol, shubhasiz, SSSRning o`ziga bo`lgan ishon-chini yanada mustahkamladi. Endi, SSSR xalqaro miqyosda, o`z xohishicha, Xelsinki yakuniy akti talablari ruhiga zid ravishda harakat qila boshladi. Chunonchi, 70-yillarning ikkinchi yarmida o`z ittifoqchilari bo`lgan Sharqiy Yevropaning ba’zi davlatlari hudu-dida o`rtacha olislikka uchadigan yangi tipdagi raketalari (SS-20)ni joylashtirdi (bu ra-ketalarning har biri bir vaqtda uchtadan yadro bombasini mo`ljalga yetkazish imkoniga ega bo`lgan). Bundan maqsad – G`arbiy Yevropa davlatlariga tazyiq o`tkazish edi.

SSSRning bu qadamini G`arb davlatlari, birinchi navbatda, AQSH keskin qoraladi. 1979-yilning dekabr oyida NATO bu davlatlardan raketalarni olib chiqib ketishni SSSR- dan talab qildi. Ayni paytda, bu talab bajarilmasa, 1983-yilda G`arbiy Yevropaning 5 davlati (Buyuk Britaniya, GFR, Belgiya, Gollandiya va Italiya) hududiga AQSHning o`rtacha olislikka uchadigan raketalari joylashtirilishini ham ma’lum qildi. Shu tariqa, o`rtacha olislikka uchadigan raketalar xususida keskin kurash boshlandi. Bu oxir-oqibat-da Yevropada keskinlikning yumshashi jarayonini barbod qildi.

1979-yilning dekabr oyida Afg`onistonga SSSR armiyasining kiritilishi xalqaro kes-kinlikni yanada kuchaytirib yubordi. SSSR armiyasi kiritilgach, Afg`onistonda fuqarolar urushi yangi pallaga kirdi. BMT Bosh Assambleyasi SSSRdan Afg`onistondagi armiya-sini olib chiqib ketishini talab qildi. 1980-yilgi Moskva yozgi Olimpiada o`yinlarini ko`p davlatlar boykot qildilar. AQSH Senati SQCH-2 shartnomasini tasdiqlashni rad etdi. Amerika hukumati SSSRga g`alla sotishni to`xtatdi. AQSH keskinlikni yumshatish siyo-satidan voz kechdi va qayta qurollanishni avj oldirdi.

1983-yilda AQSH prezidenti R.Reygan “Strategik mudofaa tashabbusi” rejasini ma’-lum qildi. Bu reja raketaga qarshi qurolni qisman kosmosga joylashtirishni nazarda tutar edi. Bu reja amalga oshsa, raketadan mudofaaning mavjud tizimi butunlay yaroqsiz hol-ga kelar edi. Bundan tashqari, 1983-yildan boshlab AQSH Yevropa davlatlari hududiga o`z raketalarini joylashtirishni boshladi. Bu hol SSSRning strategik ahvolini nihoyatda murakkablashtirdi. Chunki, AQSHning bu raketalari SSSR hududini nishonga olar edi. SSSRning Sharqiy Yevropa davlatlari hududiga joylashtirgan raketalari esa AQSH hu-dudiga yetib bora olmas edi. SSSRning xalqaro obro`siga katta putur yetdi. 1979-yildan boshlab Yaqin Sharqda tashabbusni AQSH o`z qo`liga oldi. Endi, Yaqin Sharq muam-mosini SSSRning ishtirokisiz hal etishga kirishildi. Shunday qilib, xalqaro munosabatlar keskinlashib ketdi.

SSSR rahbariyati 80-yillarning ikkinchi yarmida qurollanish poygasining yangi bosqi-chiga mamlakat iqtisodiyoti bardosh bera olmasligini anglab yetdi. Shuning uchun SSSR rahbariyati tashqi siyosat yo`nalishini o`zgartirishga majbur bo`ldi. 1985-yilda SSSR rahbari M.Gorbachyov SSSRning kollektiv xavfsizlik tamoyillariga tarafdorligini va xalqlarning taraqqiyot yo`lini tanlashda suveren huquqlarini hurmat qilishini e’lon qildi. Tashqi siyosatdagi bu o`zgarish “yangi siyosiy tafakkur” iborasida o`z ifodasini topdi. SSSR rahbariyati tezda gapdan amaliy ishga o`tdi. 1985–1988-yillar oralig`ida 4 marta oliy darajada sovet-amerika uchrashuvi o`tkazildi. 1987-yilda SSSR va AQSH o`rtasida o`rtacha va qisqa olislikka uchadigan raketalarni tugatish to`g`risida shartnoma imzolan-di. 1989-yilda SSSR Afg`onistondan qo`shinlarini olib chiqib ketdi. Shu yili M.Gorba-chyovning XXRga safari uyushtirildi. Buning natijasida Sovet-Xitoy munosabatlarini yaxshilashga asos solindi. SSSR tashqi siyosatida ro`y berayotgan chuqur o`zgarishlar 1989-yilda Sharqiy Yevropa (SSSR ittifoqchilari) davlatlarida ro`y bergan inqiloblar tu-fayli jiddiy sinovdan o`tdi. SSSR bu inqiloblarni bostirishga harakat qilmadi. Kechagi it-tifoqchilar SSSR vasiyligidan qutuldilar. SSSR, hatto, 1990-yilning 3-oktabrida ikki ne-mis davlatining birlashishiga ham to`sqinlik qilmadi. Aksincha, Germaniya birlashgan-dan so`ng 1990-yilning 9-noyabrida SSSR va GFR o`rtasida yaxshi qo`shnichilik, she-rikchilik va hamkorlik to`g`risida shartnoma imzolandi. SSSR Sharqiy Yevropadan o`z qo`shinlarini olib chiqib keta boshladi. AQSH va uning ittifoqchilari 1991-yili Iroqning o`zboshimchaligiga qarshi harbiy kuch ishlatganida SSSR o`z ittifoqchisi Iroqni qo`llab-quvvatlamadi. 1990-yilning noyabrida Parijda Yevropada oddiy qurol-yarog` va qurolli kuchlar sonini qisqartirish to`g`risidagi shartnoma imzolandi. YXHT qatnashchilari bo`l-gan davlatlar Yevropa uchun Parij Xartiyasini qabul qildilar. Unda davlatlararo munosa-batlarning Xelsinki tamoyillari tasdiqlandi. Shu tariqa “sovuq urush” barham topa bordi. 1991-yilda SSSRning qulashi bilan “sovuq urush” tugadi. Lekin, AQSH-Rossiya ziddi-yatlari davom etmoqda.

XX-asr so`nggi o`n yilligining eng yirik voqeasi SSSRning qulashi bo`ldi. 1991-yil 8-dekabrda Rossiya, Ukraina va Belorussiya rahbarlari Minsk shahridagi uchrashuvlarida SSSR tarqatib yuborilganligini e’lon qildilar. Buning sababi – aynan shu uch davlat 1922-yilning 30-dekabrida SSSRni tashkil etgan edilar. Ayni paytda, bu uch davlat rah-barlari Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi (MDH)ni tashkil etganliklarini ham ma’lum qil-dilar. Sobiq ittifoqdosh respublikalardan yana sakkiztasi, shu jumladan, O`zbekiston Respublikasi ham MDH haqidagi shartnomani imzoladilar. Dunyo hamjamiyati Rossiya Federatsiyasini sobiq SSSRning qonuniy vorisi, deb tan oldi. Rossiya Federatsiyasi so-biq SSSR imzolagan shartnomalarga rioya qilish majburiyatini o`z zimmasiga oldi ham-da BMT va uning Xavfsizlik Kengashida SSSRning o`rnini egalladi. SSSR tarqalib ket-gach, uning yadro qurollari to`rt davlat (Ukraina, Belorussiya, Rossiya va Qozog`iston) hududida qoldi. Xalqaro hamjamiyat ularning Rossiyada to`planishi choralarini ko`rdi va bunga erishdi.

SSSRning qulashi jahondagi siyosiy vaziyatni tubdan o`zgartirib yubordi. Dunyoning ikkiga bo`linishi barham topdi. AQSH dunyoning yagona “o`ta buyuk” davlati bo`lib qoldi. AQSH prezidenti J.Bush o`z xalqini “sovuq urush”da erishilgan g`alaba bilan qizg`in tabrikladi.

90-yillar xalqaro hayotda ko`p millatli davlatlarning parchalanishi va milliy davlatlar-ning vujudga kelishi bilan ham ajralib turadi. Chunonchi, Chexoslovakiya va Yugoslavi-ya bo`linib ketdi. Chexoslovakiya 1993-yilning 1-yanvarida Chexiya va Slovakiya dav-latlariga ajraldi. Yugoslaviya bo`linguniga qadar 6 respublikadan iborat edi.

1991-yil iyun oyida Xorvatiya, Sloveniya va Makedoniya o`z mustaqilligini e’lon qil-dilar. 1992-yilning yanvar oyida Bosniya va Gersegovina ham ajralib chiqdi. Serbiya va Chernogoriya esa Yugoslaviya Ittifoqi (YuI) davlatini tuzdilar. Yugoslaviyaning parcha-lanish jarayoni yana davom etmoqda. Xususan, Chernogoriya YuI tarkibidan ajralib chiqdi. Kosovoda yashovchi albanlar esa mustaqil Kosovo davlati tuzilganligini e’lon qildilar.

5-masala:

Yaqin Sharq muammosining asosiy masalasi – Falastin arab davlatini tashkil etish va Isroil bosib olgan arab yerlarini qonuniy egalariga qaytarib berish hamon hal etilmay ke-linmoqda. Falastin arab davlatini tashkil etishga quyidagi uchta katta muammo g`ov bo`-lib turibdi:


  • 1,5 mln.dan ortiq arab qochoqlarini avvalgi yashash joylariga qaytarish;

  • Falastin davlatining poytaxti muammosi. Falastinliklar Quddus shahrini o`z davla-tining poytaxti bo`lishini istaydilar. Isroil esa uni o`z davlatining poytaxti, deb e’lon qilgan. Uzoq muzokaralardan so`ng bu shaharni ikkiga bo`lishga kelishildi, Isroildagi o`ta o`ng kuchlar va Falastinning ekstremistik tashkilotlari shaharning bo`linishiga aslo rozi bo`lmayotirlar va bunday bo`linishga butun choralar bilan qarshilik ko`rsatmoqdalar;

  • Isroildagi o`ta o`ng millatchi va Falastindagi ekstremistik kuchlarning barcha mu-ammolarni kuch yordamida hal etishga urinayotganliklari. Ularning ikki tomonla-ma har qanday kelishuvga qarshiligi.

Shu tariqa, Yaqin Sharq muammosi hamon o`z yechimini to`la topganicha yo`q. Le-kin, 2005-yilga kelib G`azo sektori (Falastin)dan 8,5 ming yahudiylarning ko`chib keti-shi vaziyatni biroz iliqlashtirdi.

Afg`onistondagi turli etnik, siyosiy-diniy kuchlar o`rtasida hokimiyat uchun kurash uzoq davom etdi. 1996-yilda Afg`onistonning katta qismida tolibonlar hokimiyati o`rna-tildi. Ular Afg`onistonni islom davlatiga aylantirdilar. Tolibonlarga qarshi kuchlar “Shi-moliy alyans” (ittifoq)ga birlashdilar. Tolibon va Shimoliy alyans o`rtasida qirg`in-barot urush olib borildi. Pokiston va Saudiya Arabistoni tolibonlar hokimiyatini tan oldilar va unga keng ko`lamli yordam ko`rsatdilar. Afg`onistondagi holat nafaqat ushbu davlatni-ng, balki, uning qo`shnilari, qolaversa, jahon hamjamiyatining muammosiga aylandi. Afg`oniston hududi ayni paytda narkotik moddalar va qurol-yarog` kontrabandasi, diniy ekstremizm va fanatizm, terrorchilik o`lkasi bo`lib qoldi. Binobarin, “Afg`oniston mu-ammosi” yalpi xavfsizlikka ham jiddiy tahdid solayotgan muammoga aylandi.

O`zbekiston Respublikasi Afg`oniston muammosini hal etishga doir qator takliflarni ilgari surdi. O`zbekiston Prezidenti I.Karimov 1993-yildayoq BMT e’tiborini Afg`onis-ton muammosiga qaratgan edi va, birinchi navbatda, muxolif kuchlarga qurol sotilishini taqiqlab qo`yishni taklif etgandi. Shuningdek, muxolifat kuchlari, buyuk davlatlar va chegaradosh davlatlar ishtirokida Afg`oniston muammosini hal etishga qaratilgan xalqa-ro uchrashuv o`tkazishni taklif etdi. Bunday uchrashuv 1998-yilda Toshkentda o`tkazil-di. U tarixga “6+2” guruhi uchrashuvi (Eron, Pokiston, Turkmaniston, O`zbekiston, Qir-g`iziston va Tojikiston, shuningdek, AQSH va Rossiya) nomi bilan kirdi. Uchrashuvda Afg`oniston muxolifat kuchlari vakillari ham ishtirok etdi. Uchrashuv yakunida Afg`o-niston muammosi bo`yicha Toshkent Deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu hujjat “6+2” guru-higa a’zo davlatlar hamda Afg`onistonda nizolashayotgan ichki kuchlar uchun tinchlikka eltuvchi xartiya vazifasini o`tashi mumkin edi. Biroq, ichki muxolifat o`rtasidagi niho-yatda keskin ziddiyat Toshkent Deklaratsiyasini amalga oshirishga imkon bermadi.

2001-yil 11-sentabrda AQSHda bo`lib o`tgan terrorchilik harakatidan keyin Afg`o-nistonga AQSH boshchiligida hujum boshlandi va tolibonlar hokimiyati ag`darib tashla-nib, M.Karzay boshchiligida yangi dunyoviy hukumat tuzildi. To`g`ri, Afg`oniston mu-ammosi tezda hal etiladigan muammolardan emas. Chunki, bu 20 yildan ortiq davr mo-baynida to`plangan muammodir.

O`zbekiston 1992-yilning fevral oyida YXHT, 1992-yilning 2-martida BMTga a’zo bo`lib kirdi. 1993-yil sentabr oyida BMTning 48-sessiyasida O`zbekiston Prezidenti I. Karimov birinchi bor ishtirok etdi va ma’ruzasi bilan O`zbekistonni yana bir bor dunyo-ga tanitdi. O`zbekiston tez orada jahondagi 105 davlat a’zo bo`lgan “Qo`shilmaslik hara-kati”ga qabul qilindi. I.Karimov 1995-yilda BMTning 50 yilligi munosabati bilan uning yubiley sessiyasida ishtirok etdi va nutq so`zladi. Prezident o`z nutqida davlat arboblari va siyosatchilar diqqatini milliy xavfsizlik masalasini hozirgi kun talab va ehtiyojlari nuqtayi nazaridan qayta ko`rib chiqishga da’vat etdi. Shuningdek, iqtisodiy, ilmiy-texni-kaviy salohiyati va xalqaro obro`-e’tibori yuqori bo`lgan Yaponiya va GFRni BMT Xavfsizlik Kengashi doimiy a’zoligiga qabul qilishni taklif etdi. Ayni paytda, I.Karimov BMT Bosh kotibining vakolatlarini kengaytirish masalasini ham ko`tarib chiqdi. Dunyo-dagi qator mamlakatlararo va mintaqalalararo xalqaro tashkilorlarni ham BMT doirasiga kiritishni taklif etdi.

1993-yil yanvarda Toshkentda besh davlat ishtirokida “Markaziy Osiyo Hamdo`stli-gi” tashkil etildi. Mart oyida bu davlatlar “Orol muammosi bo`yicha” birgalikdagi hara-kat bitimini imzoladilar.

1996-yilning 21-iyunida Florensiya shahri (Italiya)da Yevropa Ittifoqi bilan O`zbekis-ton Respublikasi o`rtasida sheriklik va hamkorlik haqida bitim imzolandi. Ayni paytda O`zbekiston NATOning “Tinchlik yo`lida hamkorlik” dasturida faol ishtirok etib kel-moqda.

O`zbekiston mintaqaviy iqtisodiy tashkilot – EKO a’zoligiga qabul qilindi. Bundan tashqari Yevropa va Osiyoni bir-biriga bog`laydigan “Yevropa-Kavkaz-Osiyo” transport yo`li – TRASEKA loyihasida ishtirok etmoqda.

Shuning uchun O`zbekiston dunyodagi barcha davlatlar bilan tinch-totuv yashash, do`stlik, birodarlik, iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirish, ekstremizm va terror-chilikka qarshi birgalikda kurash g`oyasini ilgari surmoqda. 1999-yilning 18–19-noyabr kunlari Turkiyaning Istambul shahrida YXHTning oliy darajadagi sammiti bo`lib o`tdi. Unda birinchi bo`lib so`zga chiqqan I.Karimov jahon jamoatchiligini tashvishlantirayot-gan diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm va mintaqaviy mojarolar masalasiga alohida e’tibor berdi. U Xavfsizlik Xartiyasi loyihasi yuzasidan quyidagi takliflarni bildirdi:

birinchidan, YXHTning mintaqaviy xavfsizlik, jumladan, Markaziy Osiyo bo`yicha mintaqaviy xavfsizlik tizimini shakllantirishda yanada faolroq bo`lishi;

ikkinchidan, YXHTning xalqaro ziddiyatlarning oldini olishga qaratilgan xalqaro or-gan sifatidagi vazifalarini aniq belgilash, shuningdek, uning iqtisodiyot va ekologiya so-halarida tutgan o`rnini mustahkamlash;

uchinchidan, YXHT tizimini isloh qilish, uni bugungi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar oqi-miga moslashtirish, bu tashkilotni hayot keltirib chiqarayotgan yangi-yangi muammolar-ni hal etishga ko`proq jalb etish.

Ayni paytda, I.Karimov Istambul sammitida xalqaro terrorizmga qarshi kurash mar-kazini tashkil etish masalasini keskin qo`ydi. Bu markazning asosiy vazifasi terrorizm ko`rinishlari bilangina emas, eng avvalo, xalqaro terrorizmni mablag` bilan ta’minlayot-gan, qo`llab-quvvatlayotgan, qurol-yarog`larini joylarga jo`natayotgan manbalarga qar-shi kurash bo`yicha qabul qilingan qarorlarning so`zsiz bajarilishi bo`yicha faoliyatlarini muvofiqlashtirishdan iborat bo`lishi lozimligi ta’kidlab o`tildi.

Istambul sammiti dunyoga O`zbekiston so`zining qudratini, uning siyosiy irodasini va jahon taraqqiyotiga kuchli ta’sir ko`rsatishi mumkinligini namoyish etdi.

1996-yil Shanxayda, 1997-yil Moskvada bo`lib o`tgan Xitoy, Rossiya, Qozog`iston, Qirg`iziston va Tojikiston davlat rahbarlarining sammitida harbiy sohada hamda chegara hududlarida o`zaro ishonchni mustahkamlash, qurolli kuchlarni qisqartirish to`g`risida shartnoma imzolandi. 2001-yil iyun oyida Shanxay sammiti bo`lib o`tdi. Uning ishida O`zbekiston Prezidenti I.Karimov ham qatnashdi va O`zbekistonning “Shanxay forumi”-ga to`la huquqli a’zo bo`lishi to`g`risida bayonot imzolandi. O`zbekiston Prezidentining taklifi bilan “Shanxay forumi” Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) deb o`zgartirildi.

2002-yil Sankt-Peterburgda, 2003-yil Moskvada SHHT sammitlari bo`lib o`tdi. Tosh-kentda mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo`mitasini ishga tushirishga qaror qilin-di. 2004-yil Toshkentda, 2005-yil Astanada navbatdagi sammitlar bo`lib o`tdi. Unda xavfsizlik va savdo-iqtisodiy hamkorlik bo`yicha masala ko`rildi. Butun dunyoda yadro-viy, kimyoviy, biologik, elektron terrorchilik xavfi paydo bo`lganligi, terrorchilikning bazalarini yo`qotish, odamlar ongini zaharlaydigan, terrorchilikni moliyalashtiradigan markazlarga qarshi keskin kurash olib borish zarurligi ta’kidlandi. Tashkilot safi kengay-moqda.

6-masala:

Tarix va geografiya fanlarida “Sharq” va “G`arb” tushunchalari bir xil ma’noni ang-latmaydi. Ayni paytda ular turli tarixiy davrlarda turlicha mazmunga ham ega bo`lgan. Masalan, “Sharq” so`zi dastlab noxristian olamga nisbatan ishlatilgan. Bu so`z mustam-laka hududlarga nisbatan qo`llanildi. “Sovuq urush” yillarida esa “Sharq” so`zi SSSR va uning ittifoqchilariga, “G`arb” so`zi esa AQSH va uning ittifoqchilariga nisbatan ishla-tildi. Keyinchalik “Sharq” so`zi iqtisodiyoti bozor munosabatlariga asoslanmagan tota-litar davlatlarga nisbatan, “G`arb” so`zi esa iqtisodiyoti bozor munosabatlariga asoslan-gan demokratik davlatlarga nisbatan ishlatildi. Yer yuzida bugungi kunda 190 dan ortiq davlat bor. Mutaxassislarning fikricha, ulardan atigi 75 tasi iqtisodiyoti bozor munosa-batlariga asoslangan demokratik davlat hisoblanadi.

G`arbning ikkinchi jahon urushidan keyingi taraqqiyotining o`ziga xos asosiy xususi-yatlaridan biri “farog`at davlati”ning vujudga kelganligi edi. Bunday davlat XX-asrning 50-yillarida qaror topdi. 60–70-yillarda esa ravnaq topdi va yanada mustahkamlandi.

Farog`at davlati – bu, bozor iqtisodiyotini saqlagan holda, o`z fuqarolari uchun faro-von hayot va shu hayotni ta’minlashga qodir ijtimoiy ta’minot darajasini kafolatlaydigan demokratik davlatdir.

Insoniyat bunday davlatni XX-asrning 50-yillarida yarata oldi. Buning sababi – aynan shu davrga kelganda ilg`or, sog`lom fikrli kishilar, siyosatchilar fuqarolarning ijtimoiy himoyasi masalasi, huquq erkinligini, binobarin, davlat ana shu huquqning amalda ro`-yobga chiqishini kafolatlashi zarurligini to`la anglab yetganliklari edi. Xo`sh, qanday omillar “farog`at davlati”ni qurishga imkon bergan?

Bu omillarning birinchisi – Ikkinchi jahon urushidan keyin yangidan boshlangan de-mokratik harakatning kuchli to`lqini edi. Demokratik kuchlar chuqur ijtimoiy islohotlar o`tkazilishini talab qildilar. Ikkinchidan, “farog`at davlati”ning qaror topishida “sovuq urush” ham katta rol o`ynadi. G`arb siyosatchilari o`z davlatlari hududida qo`poruvchi kommunistik g`oyalarning ildiz otishini aslo istamaganlar.

Fuqarolarni qo`poruvchi kommunistik g`oyalar ta’siridan himoya qilishning eng sa-marali vositasi adolatli va farovon jamiyat qurish edi. Farog`at davlati o`z-o`zidan quri-lib qolmas edi, albatta. Chunki bunday davlat fuqarolar ijtimoiy himoyasiga juda katta mablag` sarflashni zaruratga aylantirar edi. Bunday mablag`ga ega bo`lish hamda ishla-yotgan fuqarolarga yuqori ish haqi to`lash uchun davlatning iqtisodiyoti gurkirab rivoj-lanishi zarur edi.

50-yillarining boshlarida G`arbiy Yevropa davlatlari ishlab chiqarishning urushdan oldingi darajasini asosan tikladilar. 50–60-yillarda esa iqtisodiyotning yuqori sur’atlarda rivojlanishiga erishdilar. Xo`sh, qanday omillar iqtisodiyotning yuksak sur’atlarda rivoj-lanishini ta’minladi?



Birinchidan, AQSH va G`arbning boshqa davlatlari Ikkinchi jahon urushi davridayoq va urushdan keyin Yevropada moliyaviy va pul beqarorligi vujudga kelishining oldini olish choralarini ko`rgan edilar. Xususan, Xalqaro valuta fondi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tashkil etildi.

Ikkinchidan, “Marshall rejasi” beqiyos katta rol o`ynadi. Unga ko`ra, AQSH 1948–1952-yillar oralig`ida G`arb davlatlariga 13 mlrd. dollar miqdorida yordam ko`rsatdi.

Uchinchidan, xalqaro savdo uchun qulay sharoit yaratildi. Bu proteksionizm va boj to`siqlarini amalda bartaraf etish edi. Masalan, faqat AQSHning o`zi olib kelinadigan to-varlar uchun to`lanadigan bojni 50 foizga kamaytirdi. Bu hol xalqaro savdo gurkirab ri-vojlanishiga olib keldi.

To`rtinchidan, xalqning intellektual quvvatiga alohida e’tibor berilib, ishlab chiqa-rishga yangi texnika va texnologiya o`z vaqtida joriy etildi. Sanoat texnika va texnolo-giya asosida qayta qurildi. Qishloq xo`jaligi to`la mexanizatsiyalashtirildi. Qishloq xo`-jaligida tor ma’noda inqilob – biotexnologiya va kimyolashtirish amalga oshirildi.

Beshinchidan, neftdan yoqilg`i o`rnida keng miqyosda foydalanishga o`tildi. U iqtiso-diy hayotning asosiy harakatlantiruvchi vositasiga aylandi. Buning ustiga uning bahosi juda arzon edi. Bir barrel (159 litr) neftning narxi atigi 1,5 dollar edi.

Oltinchidan, G`arb davlatlarida davlat iqtisodiyotni tartibga solish siyosatini yuritdi. Bu siyosat aralash iqtisodiyotni vujudga keltirish orqali amalga oshirildi. Iqtisodiyotda xususiy mulk, xususiy tadbirkorlik faoliyati va davlat mulki uyg`unligiga erishildi.

Yettinchidan, iqtisodiyotning yuksak darajada rivojlanishi masalasi hukumat siyosati darajasiga ko`tarildi. Iqtisodiyotni sarmoyalash har tomonlama rag`batlantirildi.

Yuqorida qayd etib o`tilgan omillar 1975-yilga kelib G`arb davlatlarining hammasida mustahkam ijtimoiy ta’minot tizimi to`la qaror topishiga olib keldi. Davlat bevalar, ye-timlar, nogironlar, ko`p bolali oilalar, kambag`allik chegarasidan past darajada yashayot-gan fuqarolarga yordam ko`rsatilishini tashkil etishni o`z zimmasiga oldi. Mehnat qila-yotganlarning 52 foizidan 67 foizigacha bo`lgan qismi ishsizlikdan; 48 foizidan 94 foizi-gacha qismi baxtsiz hodisalardan; 72 foizidan 100 foizigacha qismi kasallik tufayli meh-natga vaqtincha yaroqsizlikdan sug`urta qilindi. Pensiya yoshiga yetganlarning 80–100 foizi pensiya ta’minoti oladigan bo`ldi. Davlat byudjetining 28 foizidan 60 foizigacha qismi ijtimoiy sohalarga ajratildi. Ishlayotgan xodimlarga yuqori ish haqi to`lana bosh-landi. Bular aholining iste’mol quvvatini oshirdi. Davlat mehnat munosabatlari masala-sini qonun bilan tartibga soldi. Mehnat to`g`risidagi qonunlarda ish bilan band bo`lish, ishga yollash va ishdan bo`shatish kabi masalalarda ishchilarning zarur huquqlari kafo-latlandi. Shu tariqa, G`arbda yetuk industrial jamiyat qurilishiga erishildi.

G`arb davlatlarining iqtisodiy sohada birlashish jarayoni G`arbning XX-asr ikkinchi yarmidan keyingi taraqqiyotining yana bir o`ziga xos xususiyati edi. Urushdan keyingi ahvol Yevropa davlatlarini iqtisodiy muammolarni birgalikda hal etishga undadi. 1951-yilda Yevropaning olti davlati (Belgiya, Italiya, Luksemburg, Gollandiya, GFR va Fran-siya) ko`mir va po`lat bo`yicha Yevropa uyushmasini tuzdilar. 1957-yilda esa u “Yev-ropa iqtisodiy hamjamiyati”ga aylantirildi (u “Umumiy bozor” deb ham ataladi). Unga ko`ra, bu olti davlat o`zaro savdoda boj to`siqlarini tugatish va qishloq xo`jalik mahsu-lotlarining yagona bozorini vujudga keltirishga qaror qildilar. Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya (1973), Yunoniston (1981), Portugaliya, Ispaniya (1986), Avstriya, Finlandiya va Shvetsiya (1995) ham ushbu hamjamiyatga a’zo bo`lib kirdilar. 1990-yildan boshlab sarmoya, tovar va ishchi kuchlarining YIH doirasida erkin harakat qilishiga xalaqit qi-luvchi barcha to`siqlar olib tashlandi.

1991-yilda Yevropani birlashtirish yo`lida yana bir katta qadam qo`yildi. Shu yilning dekabr oyida Gollandiyaning Maastrixt shahrida YIHning 12 a’zosi yagona Yevropani vujudga keltirish to`g`risida shartnomalar imzoladilar. Shartnomalar quyidagi 3 guruh-dan iborat edi:

– Yevropaning yagona valyutasi (yevro)ni joriy etish;

– Yevropa siyosiy ittifoqini shakllantirish;

– Yevropa Komissiyasini tasdiqlash.

1991-yildan boshlab Maastrix shartnomasi bilan YIH Yevropa Ittifoqi deb atala bosh-ladi. Yevropa siyosiy ittifoqi dastlabki bosqichda G`arbiy Yevropa davlatlarining tashqi va mudofaa siyosati masalalarini muvofiqlashtirishga, bu sohalarda yagona yo`nalish asoslarini ishlab chiqishga, kelgusida esa yagona tashqi va harbiy siyosat yuritishiga xiz-mat qilishi ko`zda tutildi.

Yevropa Komissiyasi esa Yevropa Ittifoqiga a’zo bo`lgan davlatlarning sog`liqni saq-lash, xalq ta’limi, qishloq xo`jaligi va ekologiya sohasidagi siyosatlarini tartibga solish bilan shug`ullanuvchi muassasa vazifasini o`tashi lozim edi. Yevropa Ittifoqi a’zolari bo`lgan davlatlar hukumatlari bu sohalar bo`yicha vakolatlarini Yevropa Komissiyasiga topshirishi belgilab qo`yildi.

To`g`ri, barcha shartnomalar ham amalda ularning yaratuvchilari o`ylagan darajada bajarilayotgani yo`q. Biroq, eng asosiysi, yagona Yevropani bunyod etish borasida tari-xiy ishlar amalga oshirildi. 1999-yilning dekabr oyida Yevropa Ittifoqi a’zolari (ularning soni 15 ta edi) qurolli kuchlarni tuzish haqida qaror qabul qildilar. Uning vazifasi – har-biy inqirozlar yuz bergan hududlarda tinchlikni saqlashdan iborat, deb belgilandi. Yev-ropa Ittifoqi mamlakatlarida (Buyuk Britaniyadan tashqari) 2002-yil 1-yanvardan yangi valyuta – “yevro” muomalaga kiritildi.

Yevropa Ittifoqi safi ham kengayib bora boshladi. 2004-yilda Vengriya, Polsha, Che-xiya, Slovakiya, Sloveniya, Kipr, Latviya, Litva, Estoniya va Malta, 2007-yilda Bolga-riya va Ruminiya ushbu ittifoqqa a’zo bo`lib kirdilar. Yevropa Ittifoqi a’zolarining soni 2007-yilda 27 taga yetdi. Bu hamjamiyatda 500 mln.ga yaqin kishi yashaydi. Norvegiya-da Yevropa Ittifoqiga a’zo bo`lish to`g`risida ikki marta referendum bo`lib o`tdi, lekin, u hali a’zo bo`lgunicha yo`q. Nomzodlar: Makedoniya va Xorvatiya.

Yevropa Kengashi – xalqaro va davlatlararo tashkilot. U 1949-yil 5-mayda tashkil etilgan. Dastlab unga 10 ta davlat a’zo edi. Yevropani birlashtirishda bu kengash katta rol o`ynadi. Hozirgi kunda Yevropaning deyarli barcha davlatlari, shu jumladan, Sharqiy Yevropa davlatlari va Rossiya Federatsiyasi ham bu tashkilotning a’zolaridir. Yevropa Kengashining oliy organi – Tashqi ishlar vazirlari Qo`mitasi va Parlament Assambleya-sidir. Yevropa Kengashining vazifasi demokratiya va qonuniylikni, shuningdek, inson huquqlarini rivojlantirishga va himoya qilishga ko`maklashishdan iboratdir. Yevropa Kengashining oliy organlari a`zo davlatlarning o`z zimmalariga olgan majburiyatlarni amalda bajarishlarini nazorat qiladi. Bu boradagi xulosalarini tegishli hukumatlarga ma’-lum qiladi. Demokratiya, qonuniylik va inson huquqlari sohasida qo`pol buzilishlarga yo`l qo`ygan davlatlarni Yevropa Kengashi a’zoligidan chiqarishgacha choralar ko`radi. Yevropa Kengashining qarorgohi Fransiyaning Strasburg shahrida joylashgan. Bu ken-gashga hozirgi kunda 50 ga yaqin davlat a’zo. Kengash iqtisodiy va harbiy-siyosiy ma-salalar bilan shug`ullanmaydi.

XX-asr ikkinchi yarmidan keyingi G`arb taraqqiyoti o`z boshidan kechirgan yana bir xususiyat – bu konservativlik to`lqini va uni yengib o`tish jarayoni edi. Xo`sh, konser-vativlik to`lqini nima va u qanday vujudga kelgan? Konservativlik to`lqini – bu “faro-g`at davlati”ni tugatish tarafdorlarining hokimiyat tepasiga kelishi edi. 1974–1975-yil-larda, shuningdek, 1980–1982-yillarda industrial davlatlarda iqtisodiy inqirozlar ro`y berdi. Natijada, ishlab chiqarish va xalqaro savdo hajmi kamaydi. Ishsizlik ommaviy tus oldi. Inflatsiya kuchaydi. An’anaviy, eski tartiblar tarafdorlari (konservatorlar) bunda “farog`at davlati”ni ayblay boshladilar. Inflatsiya – ijtimoiy sohalarga, davlat xarajatla-rining haddan tashqari ko`payishi oqibati ekanligini isbotlashga urindilar. Shu tariqa, “farog`at davlati”ni tugatish harakati vujudga keldi. U tarixga “konservativlik to`lqini” nomi bilan kirgan. 80-yillarda G`arbning ko`pgina davlatlarida konservatorlar hokimiyat tepasiga keldilar ham. Ular davlatning iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirdilar. Erkin tadbirkorlikning keng rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratish choralarini ko`rdilar. Inflatsiyani pasaytirish uchun qat’iy moliyaviy siyosat yurita boshladilar. Xususan, ijti-moiy xarajatlarni kamaytirdilar. Iqtisodiyotdagi davlat sektori xususiylashtirildi.

Biroq “konservativlik to`lqini” farog`at davlatini tugata olgani yo`q. U faqat ijtimoiy himoya uchun sarflanadigan davlat xarajatlarini davlatning iqtisodiy imkoniyati darajasi-ga moslashtirdi, xolos. Ayni paytda, hayot “farog`at davlati” ham barcha ijtimoiy muam-molarni amalda hal eta olmasligini isbotladi. Masalan, ishsizlik muammosi jamiyatning doimiy yo`ldoshi bo`lib keldi va hozir ham shundayligicha qolmoqda.

XX-asrning 70–90-yillarida rivojlangan G`arb mamlakatlarida ishchi kuchining ishlab chiqarish sohasidan xizmat ko`rsatish sohasiga o`tishi jarayoni davom etdi. Bu – indus-trial jamiyatning o`ziga xos xususiyatlaridar yana biri edi. Masalan, AQSH, Kanada va Buyuk Britaniyada bu ko`rsatkich 90-yillar o`rtalariga kelganda 70–72 foizni tashkil et-di. 2–3 foiz ishchi kuchi qishloq xo`jaligida band bo`ldi, xolos.

Xizmat ko`rsatish sohasida ishlovchilar sonining ko`payishiga ilmiy-texnika inqilobi natijasida yaratilgan o`ta zamonaviy texnika va texnologiyalarning ishlab chiqarishga jo-riy etilishi sabab bo`ldi. 1973-yilda dastlabki shaxsiy kompyuter ham yaratildi. 1977-yil-dan boshlab u keng ko`lamda ishlab chiqarila boshlandi. Sanoat ishlab chiqarishida to`-la kompyuterlashtirish boshlandi. Kompyuterlashtirish, o`z navbatida, ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni – robotlarni, ishlab chiqarishning moslashuvchan tizimi va avto-matik loyihalashtirishni qo`llash imkonini berdi.

Sanoatda, xizmat ko`rsatish sohasida o`sha yuqori malakali kadrlar ishlay boshladi. Endi ular moddiy iste’mol buyumlari bilan bir qatorda axborot ham yaratdilar. Shaxsiy kompyuterlar, xalqaro telealoqalar va internet axborot ayirboshlashni, ularni tezda ishlab chiqarishga joriy etish muammosini muvaffaqiyatli hal etdi.

Keyingi 50 yil ichida G`arb davlatlari aholisi ijtimoiy tarkibida tub o`zgarishlar yuz berdi. Bu hodisa G`arbda jamiyat taraqqiyotining o`ziga xos xususiyatlaridan biridir. Chunonchi, qishloq xo`ja­ligi bilan shug`ullanuvchilarning soni keskin kamaydi. Bugun-gi kunda bu soha bilan 2–7 foiz aholi shug`ullanmoqda, xolos.

Yollanma mehnat bilan shug`ullanuvchilar soni ishga yaroqli aholining 90 foizini tashkil etadi. Ularning uchdan ikki qismi xizmat ko`rsatish sohasida mehnat qiladi. Yol-lanma ishchi kuchi yuqori malakaga ega. Bu hol ularga yuqori ish haqi olish imkonini berdi. Binobarin, ularning moddiy ta’minoti keskin yaxshilandi. Bugungi kunda G`arb davlatlari aholisining uchdan ikki qismini o`rta tabaqa vakillari tashkil etadi. Aholining o`ndan bir qismigina boy-badavlat qatlamga mansubdir. Aholining 20 foizigacha bo`l-gan qismi kambag`al hisoblanadi. Ular davlatning hamda xayriya jamg`armalarining yordamini oladilar.

Keyingi 50 yil ichida G`arbda kommunizm mafkurasi to`la mag`lubiyatga uchradi. Fashizm g`oyalari to`la barham topmagan bo`lsada, u endilikda ijtimoiy tayanchga ega emas. Bugungi kunda G`arb jamiyatida konservatizm, liberalizm, sotsializm va millat-chilik kabi g`oyaviy yo`nalishlar mavjud. Siyosiy partiyalar ularning birini o`z mafku-ralariga asos qilib olganlar. Urushdan keyingi yillarda G`arbiy Yevropaning qator dav-latlarida konservativ partiyalarning tiklanishi dinning kuchli ta’siri natijasi bo`ldi. Urush, uning dahshatli oqibatlari aholi o`rtasida dinning ta’sirini kuchaytirdi. Masalan, Italiyada Xristian-demokratik partiyasi, GFRda Xristian-demokratik ittifoqi va Xristian-sotsialis-tik ittifoqi partiyalarining vujudga kelishi ana shu omil bilan izohlanadi. Ayni paytda, Fransiya, Belgiya, Avstriya va Gollandiyada ham diniy partiyalar jamiyat siyosiy hayo-tida sezilarli kuchga aylangan edi. AQSH va Buyuk Britaniyada kuchli ikki partiyaviy ti-zim saqlanib qolaverdi. Sotsialistik va sotsial-demokratik partiyalarning ham ta’siri o`sib bordi. XX-asr 90-yillari oxiriga kelib Yevropa Ittifoqiga a’zo 15 davlatning 13 tasida hu-kumatni ana shu partiyalar vakillari boshqarishdi.

Urushdan keyingi yillarda G`arbning deyarli barcha yetakchi davlatlari­da (AQSHdan tashqari) yangi konstitutsiyalar qabul qilindi. Ular zamon talabiga mos demokratik ruh-dagi konstitutsiyalar edi. Chunonchi, Fransiya, GFR, Italiya va boshqa davlatlar konsti-tutsiyalarida urushning xalqaro mojarolarni hal etish vositasi ekanligini qoralovcni mod-dalar o`z ifodasini topdi. Yaponiya Konstitutsiyasiga esa, Yaponiya urushga milliy siyo-sat vositasi sifatida qarashdan voz kechadi, degan modda kiritildi.

Bugungi kunda dunyoda ijtimoiy taraqqiyotning quyidagi ikki asosiy modeli mavjud:

1. Liberal-demokratik taraqqiyot modeli.

2. Totalitar taraqqiyot modeli.

Bu ikki model o`rtasidagi qarama-qarshilik hozirgi kunda ham davom etmoqda. Agar XX-asrning 20–40-yillarida totalitar taraqqiyot modelining mavqeyi kuchli bo`lgan bo`l-sa, 1950-yillardan boshlab liberal-demokratik taraqqiyot modeli keng quloch yozdi. Bu-gungi kunda dunyo davlatlarining 75 tasida liberal-demokratik tartiblar to`la qaror top-gan. Bu kam, albatta. Biroq, shuni unutmaslik lozimki, demokratik jamiyat osonlik bilan qaror topmaydi. Hozirgi G`arbda taraq­qiyotning liberal-demokratik modeli to`la qaror topdi. Dunyo tobora liberal-demokratik model izidan bormoqda.

Xulosa qilib shuni aytish lozimki, bu davrda bozor iqtisodi qonunlariga rioya qilgan davlatlarda farovon hayot vujudga keldi. Bu mamlakatlar iqtisodi gullab-yashnadi. Kam rivojlangan davlatlar xomashyo bazasi sifatida saqlab qolindi. Rivojlangan davlatlar si-yosatida bozor uchun kurash kuchaydi. Yevropa iqtisodiy aloqalarda yangi bosqichga ko`tarildi. Axborot jamiyati vujudga keldi. Aholining ijtimoiy tarkibida o`zgarishlar yuz berdi. Dunyo siyosiy taraqqiyotida liberal-demokratik model g`alaba qildi.

Shunday qilib, XX-asrning ikkinchi yarmi va XXI-asr boshidagi xalqaro munosabat-larda BMTning roli oshdi. Yevropada integratsiya jarayoni kuchaydi. Sotsializm qo`r-g`oni yemirildi. Ko`pgina yangi davlatlar xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a’zolari bo`lib qoldilar. AQSH dunyoning yakka hukmron, qudratli davlatiga aylandi. Lekin, qu-rollanish, narkobiznes, ekologik, sog`liqni saqlash, inson huquqlarini himoya qilish mu-ammoligicha qolmoqda.

Qisqacha ma’lumot:

• 1946-yil 5-mart - U.Cherchillning Fulton (AQSh) shahridagi nutqi, "sharqiy kommunizm" bilan kurashish uchun ingliz-amerika ittifoqini yaratishga da'vat

• 1947-yil 12-mart - AQSH kongressida "Trumen doktrinasi" tasdiqlandi. "Erkin xalqlar"ga yordam ko’rsatish (amalda - boshqa davlatlar ichki ishlariga aralashish)

• 1948-1952-yillar - "Marshall rejasi"ni amalga oshirish - G’arbiy Yevropa mamlakatlariga amerika

• moliyaviy yordami

• 1949-yil - SSSRda atom bombasi sinovi

• 1949-yil 4-aprel - 12 davlat Shimoliy Atlantika shartnomasi (NATO)ga imzo chekdi

• 1949-yil - o’zaro Iqtisodiy Yordam Kengashi (o’IYK) Sharqiy Yevropa va SSSR mamlakatlari o’rtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun tashkil etildi

• 1953-yil SSSRda vodorod bombasining yaratilishi

• 1955-yil 14-may - mamlakatlardan biriga hujum

• qilinganda harbiy yordam ko’rsatish uchun Varshava : shartnomasiga imzo chekildi

• 1966-yil -SSSRda, 1974-yilda -AQSHda raketaga qarshi mudofaa tizimlarining yaratilishi

• 70-yillar - qurollanish poygasiga har yili 350-400 milliard dollar, 80-yillarda - 600 milliard dollargacha sarflandi

• 1949-yil - Yevropa Kengashi tashkil topdi

• 50-yillar - Yevropa iqtisodiyoti va siyosati rivojla- nishida AQShning asosiy roli

• AQSh va SSSR ziddiyatlarining chuqurlashuvi

• Iqtisodiy hamkorlik sohasida Yevropa mamlakatlari- ning birlashuvi (1950-yil - o’IYK, 1957-yil - YIH ("Umumiy bozor")

• 1991-yil dekabr - Maastrixt bitimlarining imzolanishi

• 1963-yil - SSSR va AQSH o’rtasida o’zaro ishonch tiklanishining boshlanishi

• 1963-yil avgust - atmosferada yadro quroli sinovini taqiqlash

• Xalqaro munosabatlarda Angliya pozitsiyasining susayishi

• 1968-yil - qarama-qarshilikdan muzokaralarga o’tish jarayonining boshlanishi

• 1972-yil - AQSH va XXR diplomatik munosabatlari- ning o’rnatilishi

• 1973-yil - L.Brejnevning AQSHga tashrifi, iqtisodiy hamkorlik va yadro qurollarini qisqartirish to'g'risida- gi bitimning imzolanishi

• 1975-yil 21-iyul - Yevropada xavfsizlik choralari va iqtisodiy hamkorlik to'g'risidagi Xelsinki bitimining imzolanishi

• 1985-yil - AQSH va SSSR harbiy kuchlarining strategik jihatdan muvozanatga kelishi

• 1987-yil - M.Gorbachevning AQSHga tashrifi - raketa-yadro qurollarini qisqartirish hamda kichik va o’rtacha olislikdagi raketalarni yo’q qilish to'g'risida- gi shartnomalar imzolanishi

• 1991-yil - "sovuq urush"ning tugashi "

• Asosiy maqsad - yer yuzida tinchlik o’rnatish uchun : kurash, davlatlar va millatlar o’rtasidagi nizo va janjallarni hal etish

• 186 davlat BMT tarkibiga kiradi

• 1945-yil iyun - BMT Nizomining qabul qilinishi va 1945-yil 24-oktabrda kuchga kirishi 24-oktabr - BMT kuni

• 1990-1999-yillar - BMT va Xalqaro huquq o’n yilligi

• 1992-yil 2-mart - o’zbekiston Respublikasining BMTga a'zo bo’lib kirishi

Tayanch so`z va iboralar:

fashizm; Xalqaro tribunal; atom bombasi; trotil; “sovuq urush”; “sharqiy kommunizm”; “Trumen doktrinasi”; “Marshall rejasi”; NATO; VSHT; BMT; ANZYUS; SEATO; SENTO; agressiya; monarxiya; “Karib inqirozi”; “Berlin devori”; JTK; “Tinchlik pakti”; “Qo`shilmaslik harakati”; SQCH; YXHT; MDH; separat; “Qizil kxmerlar”; “marksizm-leninizm”; suveren; diniy ekstremizm; xalqaro terrorizm; “Tolibon”; “Shimoliy alyans”; “6+2” guruhi; muxolifat; TRASEKA; EKO; Shanxay forumi; SHHT.


Nazorat uchun savollar:

  1. Nyurnberg jarayoni haqida qanday xulosaga keldingiz? Bugungi kunda ham

insoniyatga qarshi jinoyatlar jazosiz qolmayaptimi?

  1. “Sovuq urush” vujudga kelmasligi mumkin edimi? “Marshal rejasi” qanday

reja edi?

  1. NATO va Varshava harbiy-siyosiy bloklari haqida nimalarni bilib oldingiz?

  2. Jahon Tinchlik Kengashi nima? “Qo`shilmaslik harakati” qanday harakat?

  3. Nega XX-asr 70-yillarining oxiriga kelib xalqaro ahvol yana keskinlashdi?

  4. XX-asr 80-yillar o`rtalariga kelib SSSR tashqi siyosatida qanday o`zgarish ro`y

berdi?

  1. “Sovuq urush” tugagan bo`lsada, nega dunyo hamon mo`rtligicha qolmoqda?

  2. “Farog`at davlati” nima va u qanday qurildi?

  3. Urushdan keyingi yillarda G`arb davlatlari iqtisodiyotining gurkirab rivojlanishiga

qanday omillar ta’sir ko`rsatdi?

  1. Yevropa iqtisodiy hamjamiyati qay tariqa vujudga keldi? Maastrix shartnomasi

nima?

  1. Yevropa Komissiyasining vazifalari nimadan iborat? Yevropa Kengashi haqida

nimalarni bilib oldingiz?

  1. “Konservativlik to`lqini” nima edi? Axborot jamiyati haqida qanday

tasavvurdasiz?

  1. Urushdan keyingi yillarda G`arb davlatlari aholisi tarkibida qanday o`zgarishlar

yuz berdi?

  1. Ijtimoiy taraqqiyotning ikki modelini taqqoslang.



Mavzu: Amerika Qo`shma Shtatlari.

Reja:


1) Ikkinchi jahon urushining oqibatlari. Ichki siyosatda liberalizm va

konservatizmning o`rni.

2) Amerika Qo`shma Shtatlarining ichki siyosati.

3) Amerika Qo`shma Shtatlarining tashqi siyosati.

4) AQSH – O`zbekiston munosabatlari.

Adabiyotlar:

1. Lafasov M. “Jahon tarixi” (1918–2009-yillar). Toshkent. “Turon-Iqbol”. 1.

168-178 betlar

1-masala:

Amerika Qo`shma Shtatlari. Poytaxti – Vashington. Aholisi – 290 mln. 342 ming 600 kishi (2003). Maydoni – 9 mln. 363,2 ming kv. km. Asosiy tillari – ingliz (rasmiy), ispan, fransuz, nemis va italyan. Asosiy dinlari – protestant va katolik. Pul birligi – dollar = 100 sent. Milliy bayrami: 4-iyul – Mustaqillik kuni (1776).

Urush AQSHni iqtisodiy va harbiy jihatdan dunyoning eng qudratli davlatiga aylantirdi. Bunga:

Birinchidan, urushning AQSH hududiga daxl qilmaganligi uchun erishildi. To`rt yillik harbiy harakatlar davrida AQSH tomonidan 300 ming kishi halok bo`ldi. Ko`rilgan moddiy zarar 1,2 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bu urushga aloqador barcha mamlakatlar yo`qotishining atigi 0,4 foi-zi demakdir.

Ikkinchidan, fashistik davlatlar blokiga qarshi urushayotgan davlatlarga ko`plab miq-dorda qurol-yarog` va boshqa sanoat hamda qishloq xo`jalik mahsulotlari sotish hisobiga erishildi. Chunonchi, 1941–1945-yillarda AQSH o`z ittifoqchilariga 46 mlrd. (shu jum-ladan, Buyuk Britaniyaga 30 mlrd., SSSRga esa 9 mlrd.) dollarlik harbiy mahsulotlar yetkazib berdi.

Uchinchidan, chet davlatlar AQSHdan 41 mlrd. dollar miqdorida qarz bo`lib qoldilar.

Dunyo oltin zaxirasining 65 foizi AQSH xazinalarida to`plandi. Dollar xalqaro savdo va iqtisodiy aloqalarda hukmron valyutaga aylandi. Harbiy buyurtmalar AQSH sanoati-ning gurkirab rivojlanishini ta’minladi. Sanoatning yillik o`rtacha o`sish sur’ati 15 foizni tashkil etdi. 1947-yil dunyo sanoat ishlab chiqarishining 54 foizi AQSH hissasiga to`g`ri keldi. Xalqaro savdoda yetakchi o`rinni egalladi. Flotining quvvati ham 5 baravar ortdi. AQSH dunyoning birinchi dengiz davlatiga aylandi.

AQSH ichki siyosatini belgilashda liberalizm va konservatizm mafkuralarining roli katta ahamiyatga egadir. Demokratlar partiyasi ichki siyosatda liberalizm mafkurasiga, Respublikachilar partiyasi esa konservatizm mafkurasiga amal qiladilar. Liberalizm - insonning shaxsiy erkinligini himoya qiluvchi va davlat imkon qadar fuqarolarning shaxsiy hayotiga kam aralashuvini targ'ib etuvchi mafkura. Liberalizm mafkurasining mohiyatini mavjud jamiyatni isloh etish tashkil etadi. Bu islohotlar quyidagi mazmunga ega bo`lishi ko`zda tutilgan:


  • mamlakat miqyosida yagona ijtimoiy ta’minot tizimini yaratish; monopoliyalar iq-tisodiy faoliyati va narx-navoning shakllanishi ustidan jamoatchilik nazoratini o`r-natish; bevosita demokratiyani yanada kengaytirish; davlat boshqaruvi va siyosiy partiyalar boshqaruvi tizimida turli millat, irq va jins vakillarining ishtiroki ular soniga nisbatan proporsional bo`lishiga erishish;

  • soliq siyosati yordamida milliy daromadni qayta taqsimlash; milliy daromaddan tekin tibbiy xizmat, aholining kam ta’minlangan qatlamiga moddiy yordam ko`rsa-tishga, kam ta’minlangan oilalarga, bolalarga nafaqa to`lash, maktablarda tekin no-nushta va tushlik hamda tekin umumiy o`rta ta’lim berilishiga erishish.

AQSHda bu maqsadlar ro`yobga chiqarildi ham. Biroq, shuni ta’kidlash zarurki, liberalizm mafkurasi ijtimoiy ta’minot hajmi aholi tadbirkorlik faoliyati pasayishiga olib kelishini nazarda tutmaydi. Keyingi yillarda yangi liberalizm (neoliberalizm) oqimi ham paydo bo`ldi. Bu oqim tarafdorlari ijtimoiy xarajatlar kambag`allarni ovqatlantirish yoki ishsizlarga nafaqa to`lashga emas, ularni kasbiy qayta tayyorlashga sarflanishi kerak, deb hisoblaydi. Shu orqali ular kichik tadbirkorlikni rag`batlantiradilar.

AQSH ichki siyosatini belgilashda konservatizm mafkurasi ham katta ta’sirga ega. Konservatizm xususiy tadbirkorlikka maksimal darajada erkinlik berilishini yoqlaydi. Kambag`allar uchun soliq yo`li bilan xususiy tadbirkorlardan qo`shimcha mablag` olinishini qoralaydi. Konservatizm mafkurachilari: “davlat kambag`allar uchun miskinlar uyi emas, har bir kishi mehnat qilishi, o`zini-o`zi ta’minlashi zarur”, “hech kim jamiyatdan xayr-ehson kutmasligi lozim”, – deb hisoblaydilar. Ayni paytda, konservatorlar ijtimoiy ta’minot unga chindan ham muhtojlargagina berilishining tarafdoridir.



2-masala:

Urushdan keyingi dastlabki yillarda ichki siyosatda rekonversiya, ya’ni, mamlakat hayotini harbiy izdan tinch izga solish muammosi birinchi o`ringa chiqdi. Urush yillarida AQSH qurolli kuchlarida 12 mln. kishi xizmat qildi. Ularni ish bilan, uy-joy bilan ta’minlash zarur edi. Yana bir muammo – urush yillarida davlat qurgan qurol-yarog` korxonalari taqdiri masalasi edi. Davlat ularni qurishga 17 mlrd. dollar sarflagan. Urushdan keyin ularni yarim bahosiga korporatsiyalarga sotdi.

Ichki siyosatda mayda va o`rta korxonalar ko`payishiga alohida e’tibor berildi. Urushdan keyingi dastlabki yillarda mamlakatda 9 mln. shaxsiy firmalar faoliyat ko`rsatdi. Prezident G.Trumen (1945–1952) 1948-yilda ijtimoiy himoya sohasida quyidagi tadbirlarni ilgari surdi:


  • ish o`rinlarining to`la bandligini ta’minlash;

  • adolatli mehnat munosabatlarini joriy etish;

  • davlat uy-joylari qurish va xaroba kulbalarni yo`q qilish.

Bu yo`l “adolatli yo`l” deb nom oldi. G.Trumen davrida qonun asosida minimal ish haqi, sug`urta nafaqalari miqdori oshirildi. Pensiya bilan ta’minlanmagan 10 mln. fuqaroga pensiya tayinlandi. Kam ta’minlangan oilalar uchun 800 ming turar-joy qurildi. Kreditga tovar sotish joriy etildi. Bu tadbirlar aholining xarid quvvatini oshirdi va sanoatning iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmog`i yanada gurkirab rivojlandi. Mamlakatda dunyoda yo`q yangi tovar – televizor ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi. Har bir oilaga telefonga ega bo`lish imkoni yaratildi.

Adolatli mehnat munosabatlarining joriy etilishi juda katta to`siqlarga uchradi. Kasaba uyushmalarining qudrati AQSH Kongressida ko`pchilik o`ringa ega bo`lgan Respublikachilarning g`ashini keltirdi. Bu holatga barham berish uchun “Taft-Xartli qonuni” deb atalgan qonun loyihasini tayyorladilar. Qonun tashkiliy va birdamlik ish tashlashlarining o`tkazilishini taqiqladi. Alohida murakkab mehnat mojarolarini majburiy ravishda arbitrajda hal etish belgilab qo`yildi. Davlat xizmatchilarining ish tashlash o`tkazishlari taqiqlandi. To`g`ri, prezident G.Trumen bu qonunni tasdiqlamagan. Biroq, AQSH Kongressi prezident vetosini bekor qila olgan va “Taft-Xartli qonuni” kuchga kirgan.

AQSHda harbiy biznesning rivojlanishi va urushdan keyingi qurollanish poygasi Amerikada harbiy-sanoat kompleksi (HSK)ning tashkil etilishiga sabab bo’ldi. U davlatning harbiy harakatlari to’xtovsiz o’sishi va imkon qadar ko’p daromad olishdan manfaatdor bo’lgan hukm- dor sinfning turli guruhlarini ifodalaydi. HSKning asosiy komponentlarini qurol ishlab chiqaruvchi sanoat va har- biy korporatsiyalar, harbiy vazirliklar hamda bir qator davlat va siyosiy tashkilotlar tashkil etadi.

Harbiy-sanoat kompleksi (HSK) - harbiy mahsulot ish- lab chiqaruvchi, harbiy kuchlar qurilishini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi, yangi qurollanish tizimini tashkil etuvchi sanoat korxonalari va bir qism davlat apparati bir- lashmasi.

HSK o’ziga xos "davlatdagi davlat" bo’lib qoldi. U mamlakat iqtisodida katta rol o’ynaydi. Chunki, o’z ixtiyoridagi katta mablag’ iqtisodining davlat boshqaruvi muhim mexanizmi bo’lib xizmat qiladi.

HSK yadrosi - yirik harbiy-sanoat korporatsiyalari sanaladi. Ular qurol ishlab chiqarishni monopollashtir- gan Pentagonning bosh pudratchisidir.

Pentagon (yunoncha so’z bo’lib - beshburchak degan ma'noni anglatadi) - AQSH harbiy muassasasi. U joytash- gan bino beshburchak shaklida qurilgan.

Tinch hayotga qaytgan -lerika xalqi chuqur ijtimoiy va iqtisodiy o’zgarishlarni kutayotgan va bu hol mamlakat erishgan ishlab chiqarish darajasiga mos hayot darajasini ta'minlar edi.

Shu bois F.Ruzveltning "Yangi yo’nalishi" uning o’limidan so’ng yo’q qilinmadi va aksincha keyinchalik rivojlantirildi. U Amerika jamoatchiligi ilg’or kuchlarining mafkurasiga aylandi.

Ushbu mafkuraning mohiyati mavjud jamiyatni islohlashtirishdan iborat edi. Uning amaliy mazmuniga quyidagi islohotlar kiritildi:



- mamlakatda ijtimoiy ta'minotning yagona umumdavlat tizimini tashkil etish;

- monopoliyaning iqtisodiy faoliyati va narx siyosati ustidan demokratik jamoatchilik nazoratini o’rnatish;

- haqiqiy demokratiyani kengaytirish, referendum o’tkazish, deputatlarni chaqirib olish;

- turli millat hamda irqqa mansub erkak va ayollarning davlat strukturasi, siyosiy partiyalardagi vakillari soni tengligini belgilash;

- tekin tibbiy xizmat, arzon turarjoy, kam ta'minlangan oilalar nafaqasi, bolalar nafaqasi, maktablarda bepul nonushta tashkil etish xarajatlarini ko’paytirish, bepul o’rta ta'lim darajasini ko’tarish uchun soliq orqali milliy daromadni keskin qayta taqsimlash.

1952-yilgi prezidentlik saylovlarida Respublikachilar partiyasi nomzodi mashhur harbiy qo`mondon, general D.Eyzenxauer (1953-1961) g`alaba qozondi. Uning ichki siyosatida o`zgacha fikrlovchilarni ta’qib etish kampaniyasi boshlandi. Bu kampaniyani respublikachi senator J.Makkarti boshqargan edi. Senatda “Amerikaga qarshi faoliyatni tekshirish komissiyasi” tashkil etilib, u ilg`or fikrlovchi kishilarni ta’qib eta boshladi va AQSH konstitutsiyasini buzgan holda ularga qamoq jazosi, jarima solish va ishdan haydash kabi hukmlar chiqara boshladi. “Makkartizm” mamlakatdagi har qanday o`zgacha fikrni amalda yo`q qilib, AQSHning demokratik an’analariga katta ma’naviy zarar yetkazdi. 1954-yil-da Senat J.Makkartining xatti-harakatini qoralab chiqdi. Biroq, uning siyosati ko`pincha siyosiy qotillik, o`zga maslakdagilarga qarshi terror qilish, ziyolilarni ta’qib etish va qora tanli aholini kamsitishda o`z tasdig`ini topdi.

50-yillarda negr xalqining o`z haq-huquqlari uchun kurashi kuchaydi. Bu kurashning rahbari ruhoniy Martin Lyuter King edi. U kurashning kuch ishlatmaslik yo`lini tanla-gan. 1956-yilda AQSH Oliy sudi avtobuslarda oq tanli va qora tanlilar uchun alohida joy ajratishni, maktablarda esa oq tanli va qora tanlilarni ajratib o`qitishni qonunga zid, deb topdi.

1960-yilgi prezidentlik saylovlarida demokrat J.Kennedi (1961–1963) g`alaba qozondi. U qisqa muddatli prezidentligi davrida katta ishlarni amalga oshirishga ulgurdi. Chunonchi, J.Kennedi kosmosda AQSHning yetakchi davlat bo`lishini ta’minlash maqsadida “Apollon dasturini ilgari surdi. Uning maqsadi Amerika raketasini Oyga qo`ndirishga erishish edi (bu maqsadga 1969-yilda erishilgan). Iqtisodiy taraqqiyotni rag`batlantirish uchun ichki bozorni kengaytirishga sarflanadigan xarajatlarni, minimal ish haqini oshirish, ishsizlik bo`yicha nafaqa berish muddatlarini uzaytirish va uy-joy qurilishini kengaytirish kabi tadbirlar rejalashtirildi. Ushbu islohotlar katta xarajatlarni talab qilib, hukumat bunga soliqlarni ko`paytirish orqali erishishni mo`ljallagan edi. Islohotlarni amalga oshirishga urinish hukumat bilan yirik korporatsiyalar o`rtasida nizolarga olib keldi. Demokratik partiya ichida parchalanish yuz berdi. Prezident islohoti atrofida keskin siyosiy kurash avj oldi. Oxir-oqibatda 1963-yil 22-noyabrda J.Kennedi Dallas (Texas shtati)da otib o`ldirildi.

Undan so`ng prezidentlik lavozimini texaslik boy neft sanoatchisi, vitse-prezident L. Jonson(1963-1968) egalladi. U “buyuk jamiyat dasturini ilgari surdi va o`z oldiga kambag`allikni va irqiy adolatsizlikni tugatish vazifasini qo`ydi. “Kambag`allikka qarshi kurash” dasturini amalga oshirish maqsadida ilk bor AQSHda ijtimoiy muammolarni va kambag`allikni bartaraf etishni kompleks hal etishga harakat boshlandi. F.Ruzvelt davridan buyon mamlakat ijtimoiy islohotlarning bunday jadalligini bilmagan edi. Kam daromadli fuqarolarga yordam berish dasturi qabul qilindi. Hukumat barcha bosqichdagi ta’limni rivojlantirish, arzon turar-joy qurilishi, yoshlarga kasbiy ta’lim berishga yirik subsidiyalar ajratdi. 1965-yil iyulda qariyalar uchun tibbiy sug`urta to`g`risida qonun qabul qilindi, kam daromadli oilalar imtiyozli tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega bo`ldi. L.Jonson ma’muriyatining, ayniqsa, irqiy kamsitishga barham berishga qaratilgan chora-tadbirlari katta ahamiyat kasb etdi. Bunda negrlarni ishga qabul qilish, ijaraga turar-joy berishda kamsitishga chek qo`yish nazarda tutilgandi. Yangi prezident ma’muriyati fermerlarga yirik subsidiyalar berdi. 1968-yili hukumat ushbu maqsadlar uchun 3,5 mlrd. dollar ajratdi. Umuman olganda, hukumat barcha ijtimoiy chora-tadbirlarga 1964–1968-yillar davomida 10 mlrd. dollar ajratdi.

Biroq, Vetnam urushi mamlakatga katta kulfat keltirdi. 1968-yil kuziga kelib AQSH Vetnamda 30 ming askarini yo`qotdi va 180 ming askari yaralandi. Ijtimoiy islohotlarga pul ajratish keskin qisqarib ketdi. Fuqarolar erkinligiga hujum kuchaydi. Mamlakatda ijtimoiy va irqiy mazmundagi chiqishlar holatida urushga qarshi harakatlar kuchaydi. Vetnamda Songmi qishlog`i va uning 400 nafar aholisining qirib tashlanishi ushbu harakatlar yanada avj olishiga sabab bo`ldi.

Biroq, bunga javob sifatida ilg`or arboblarga qarshi terror kuchaytirildi. 1968-yil aprelda negrlarning fuqarolik huquqi uchun kurashuvchi M.King o`ldirildi. O`sha yilning iyun oyida esa Los-Anjelosda sobiq prezident J.Kennedining ukasi, AQSH presidentligiga nomzod Robert Kennedi o`ldirib ketildi. Mamlakatda o`ta keskin siyosiy holat yuzaga keldi.

Shunday sharoitda, 1968-yilgi prezidentlik saylovida Respublikachilar partiyasi nomzodi R.Nikson (1968–1974) g`alaba qozondi. R.Nikson hokimiyat tepasiga kelgan davrda AQSHni chuqur iqtisodiy va siyosiy inqiroz qamrab olgan edi. 1971-yilga kelib ishsizlar soni 5 mln. kishini, ya’ni butun ishga yaroqli aholining 6 foizini tashkil etdi. Og`ir iqtisodiy inqirozdan chiqish uchun qator keskin choralar ko`rildi. Narx va maoshlar muzlatib qo`yildi, davlat xarajatlari qisqartirildi, dollarni oltinga almasntirish vaqtincha to`xtatildi va AQSHga keltirilayotgan tovarlarga 10 foizli boj to`lovlari kiritildi. Qishloq xo`jalik mahsulotlari ishlab chiqarishga bo`lgan ilgarigi cheklanishlar bartaraf etildi. Ijti-moiy to`lovlar 45 foizga oshirildi. Kambag`allarga ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini talon orqali tekin berish joriy etildi.

1972-yilgi prezidentlik saylovlarida R.Nikson yana g`alaba qozondi. Biroq, uning keyingi prezidentligi uzoqqa cho`zilmadi. Bunga “Uotergeyt ishi” deb nom olgan janjal sabab bo`ldi. Demokratlar partiyasining qarorgohi bo`lgan “Uotergeyt” mehmonxonasiga 1972-yilning 17-iyunida eshituvchi apparat o`rnatgan shaxslar ushlangan. Tergov natijasida bu ish respublikachilar tomonidan uyushtirilganligi, hatto, unda R.Niksonning ham qo`li borligi aniqlandi. Bu hodisa AQSH Konstitutsiyasini qo`pol ravishda buzish edi. 1974-yilning 9-avgustida R.Nikson iste’foga chiqadi va shu yo`l bilan impichment(davlat lavozimidan majburiy cheklantirish)dan qutulib qoladi. Respublikachilar partiyasining vakili, vitse-prezident J.Ford (1974–1977) AQSH prezidentligi vazifasini bajarib turdi. U ijtimoiy sohalardagi byudjet xarajatlarini qisqartirishga chaqirdi. Bu neokonservatizm konsepsiyasi va Nikson kursidan jiddiy chekinish edi. Respublikachilar partiyasi o’z ta’sirini yoqota bordi va demokratlarga o’z mavqeini bera boshladi.

1976-yilgi prezidentlik saylovlarida g`alaba qozongan J.Karter(1977-1981) davrida ichki siyosatda harbiy xarajatlarni keskin oshirish izidan borildi. 1980-yilda harbiy xarajatlar rekord darajaga, ya’ni, 130 mlrd. dollarga o`sdi. Bundan tashqari inflatsiyani kamaytirish maqsadida ish haqi muzlatildi va ijtimoiy xarajatlar qisqartirildi. Mamlakatda fermerlik harakati jonlandi. Fermerlar qishloq xo`jalik mahsulotlariga narxlarni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash tizimini tiklashni talab etishdi. Amerikaning tub aholisi bo`lgan hindular harakati faollashdi. 1978-yilda Vashingtonda hindularning qirilib ketishga mahkum etgan genotsid va irqiy ta’qiblarga qarshi umummilliy yurishi bo`ldi. Mamlakatda demokratik harakatning yangi ko`tarilishi boshlandi. J.Karterning tashqi siyosati

AQSH o'z tashqi siyosatida Misr va Isroil o rtasida tinchlik sulhi tuzishni tiqishtirishga muvaffaqiyatsiz urindi. 1978-yil sentabrida Kemp- Devidda (AQSH) Misr prezidenti A.Sadat va Isroil bosh vaziri M.Begin o’rtasida imzolangan bitim butun arab dunyosida qoralandi. A.Sadatning o’ldirilishi bu jara- yonga chek qo’ydi.

1979-yil noyabrdagi Eron Islom inqilobining g’alabasi AQSHni Yaqin Sharqdagi muhim strategik joy- lardan mahrum etdi.

AQSH va SSSR o’rtasidagi munosabatlar jiddiy ravishda yomonlashdi. Sovet Ittifoqining Afg’onistonga bostirib kirishini ro’kach qilgan LKarter hukumati Moskvadagi Olimpiya o’yinlarini boykot qildi, Sovet Ittifoqiga don va boshqa tovarlar yetkazib berishdan bosh tortdi, fan-texnika sohasida almashuvlarni chekladi.

Amerika xalqiga tashqi siyosatdagi ko’rinib turgan barbodliklar og’riqli ta'sir etdi. Mamlakatda neokonser- vatizmning iqtisodiy g’oyasi tez sur'atlarda rivojlana boshladi.



Ronald Reygan (1911-yilda tug'ilgan) - AQSHning respublikachilar partiyasidan 40-prezident (1981-1989). R.Reygan ma'muriyati sovet-amerika munosabatlarini yaxshilash va xalqaro keskinlikni pasaytirishga imkon yaratdi.

1980-yilgi prezidentlik saylovlarida g`alaba qozongan respublikachilar nomzodi R. Reygan mamlakat tarixidagi eng keksa prezident edi, chunki u prezidentlik o’rindig’iga o’tirganda 70 yoshda bo’lgan. Biroq shunga qaramay keksa yosh unga 1984-yilda ikkinchi marta bu lavozimga o’tirishga xalaqit bermadi. “neokonservatizm” yo`lidan bordi. U mamlakat tarixidagi eng keksa prezident edi, chunki, u prezidentlik o`rindig`iga o`tirganda 70 yoshda bo`lgan. Biroq, shunga qaramay keksalik unga 1984-yilda ikkinchi marta bu lavozimga o`tirishiga xalaqit bermadi. R.Reygan ma’muriyatining iqtisodiy siyosati “reyganomika” nomini oldi. Unga ko`ra quyidagilar amalga oshirildi:

– yirik korxonalardan olinadigan soliqlar kamaytirildi;

– ijtimoiy sohalarga byudjetdan ajratiladigan xarajatlar kamaytirildi;

– bankdan olingan kreditlar uchun to`lanadigan foizlar miqdori oshirildi;


  • harbiy harajatlar keskin darajada oshirildi (u 1980-yildagi 130 mlrd. dollardan 1987-yildagi 282 mlrd. dollarga yetdi);

  • davlatning iqtisodiyotga aralashuvi kamaytirildi.

R.Reygan ma’muriyatining iqtisodiy siyosati mamlakat sanoatining rivojlanishi va muhim tarmoqlarini ilmiy-texnik jihatdan jihozlashda muhim o`zgarishlarga olib keldi. Ayni paytda inflatsiya to`xtatildi. 1983-yildan iqtisodiy ko`tarilish boshlandi. Ishsizlik 10 mln.dan 7 mln.ga kamaydi. R.Reygan kasaba uyushmalariga nisbatan keskin siyosat qo`lladi. R.Reygan tashqi siyosati

R.Reygan ma'muriyatining tashqi siyosatida sof kuchlarni "sovuq urush"ga ilhomlantirishga intilish va xalqaro munosabatlarda AQSH ustunligini tasdiqlash muhim o’rin tutdi. Bu ma'muriyatning konsepsiyasi shunday jaranglaydi: "Dunyo kuch - iqtisodiy, harbiy va strategik omil bilan qaror topadi". Unga ko’ra, dunyoda AQSHga nisbatan dushmanlik ortib bormoq- da va faqat harbiy qudrat hamda qafiy xatti-harakat- largina xavfsizlikni ta'minlaydi. R.Reygan ma'muriya- tining ilk tashqi siyosiy harakati Grenadaga havo desanti tushirish va orolning qonuniy hukumatini yo’q qilish bo’ldi. U kongressning man etishi, BMT, shuningdek, Markaziy Amerika mamlakatlari qoralashiga qaramay, Nikaraguadagi reaksion kuchlarni qo’llab- quvvatladi. Amerika ma'muriyati ulkan harbiy xarajatlarni oqlash uchun xalqaro keskinlikni oshirishga intilib, ochiqdan-ochiq tajovuzkorona xatti-harakatlarni amalga oshirdi.Ayni paytda R.Reygan ma'muriyati Sovet Ittifoqi bilan munosabatlarni biroz yaxshilashga intildi. 1986- 1988-yillarda M.S.Gorbachev bilan oliy darajada bo’lib o’tgan uchrashuvlar sovet-amerika munosabatlarini sozlash va xalqaro vaziyatni yaxshilashga imkon yaratdi.

1988-yilgi prezidentlik saylovlarida yana bir respublikachi – J.Bush(1989-1993) g`alaba qozondi. U R.Reygan siyosatini davom ettirdi.

1992-yil va 1996-yilgi prezidentlik saylovlarida demokrat B.Klinton (1993-2000)g`alaba qozondi. Bunga uning jamiyatdagi illatlarni – kambag`allik chegarasidan past darajada yashashni (ular aholining 12,5 foizini tashkil etardi), turar-joyi yo`qlarni (12 mln. amerikaliklar uy-joyga ega emas edi), narkomaniya, jinoyatchilik va shu kabilarni keskin kamaytirish ha-qidagi va’dalari va bu borada jiddiy o`zgarishlarni amalga oshirganligi tufayli erishdi. U bergan va’dalarining barchasini ham bajara olmadi. 1994-yilda AQSH Kongressining ikkala palatasida ko`pchilik o`rinni egallagan respublikachilar B.Klinton taklif etgan qonun loyihalarini rad etish yo`lidan bordi.

2000- va 2004-yillarda AQSHda o`tkazilgan prezidentlik saylovlarida Respublikachilar partiyasi g`alaba qozondi. AQSH sobiq prezidenti J.Bushning o`g`li kichik J.Bush(2000-2008) prezident etib saylandi. Kichik J.Bush ta’limni insonparvarlashtirish orqali irqiy kamsitish illatlariga to`la barham berishni o`z ichki siyosatining asosiy vazifasi deb e’lon qildi. Iqtisodiyotni boshqa davlatlar hisobiga ko`tarish yo`lini tutdi. 2000-yil prezidentlik saylovlarida respublikachilar partiyasi g’alaba qozondi. AQSH sobiq prezidenti J.Bushning o’g’li Jorj Bush (kichik) prezident etib say- landi. Mamlakat ichki va tashqi siyosati o’zgarmadi. 2001-yil 11-sentabrda AQSHda terroristik harakatlar amalga oshirildi. Natijada Nyu-Yorkdagi savdo markazi vayron qilindi va uch ming atrofida odam halok bo’ldi.

AQSH terroristik aktlarga javoban ularni amalga oshirishda ayblangan Al-Qoida terroristik tashkiloti va Afg’onistondagi Tolibonlarning pozitsiyalarini bpm- bardimon qilish choralarini ko’rdi. 2002-yildagi antiterroristik kompaniyasi AQSH harbiy byudjetini 120 milliard dollarga oshirish imkonini berdi. Mamlakatda iqtisodiy pasayish va ishsizlikning o’sishi boshlandi.

2003-yilda AQSH Iroqqa qarshi urush boshladi. Amerikalik ekspertlarning taxminicha Iroq hududida ommaviy qirg’in qurollari bor edi. 2003-yil mayda AQSH mamlakatga qo’shin kiritdi.

2009-yildagi prezidentlik saylovlarida tarixiy voqea sodir bo`ldi. AQSH tarixida birinchi marta qora tanli fuqaro – B.Obama(2009-hozirgacha) demokratlar nomzodi sifatida prezidentlik saylovida g`alaba qozondi.



N

Tasvir

Nomi

Ichki siyosati

Tashqi siyosati

Tanlagan yo’li

Partiya hukmronlik yillari

32



Franklin D. Roosevelt
(1882–1945)
[1][1][1]

Y

Y

"Yangi yo’nalishi"

Demokrat 19 -1945

33



Harry S. Truman
(1884–1972)
[1][1][1]

qonuniy ravishda eng kam ish haqi miqdori ko’paytirildi,

davlat tomonidan ajratiladigan sug’urta nafaqalari oshdi,

nafaqa ta'minoti tizimiga ilgari nafaqa olmagan qo’shimcha 10 mln. kishi jalb etildi.

turar-joy qurilishi dasturi

kam ta'min- langan oilalar uchun 800 ming yangi uy-joy qurildi.


Harbiy-sanoat kompleksi (HSK) tashkil topdi.

Yaponiyada atom bombasining muvaffaqiyatli qo’llanishi harbiy partiyada

Amerika diplomatiyasi atom bilan shantaj qilib qo’rqituvchi atom diplomatiyasiga aylandi.

"Trumen doktrinasi", "Marshall rejasi"



NATO harbiy blokining tashkil etilishi Amerika tashqi siyosatini "kuch pozitsiyasi"dan yuritishning ketma-ket bosqichi edi.

Adolatli yo`l”

Demokrat 1945-1952

34



Dwight D. Eisenhower
(1890–1969)
[1][1][1]

Y

Y

Y

Respublikachi 1953-1961

35



John F. Kennedy
(1917–1963)
[1][1][1]

Partiyalar ichida bo’linish texasda o’ldirilaqdi


Y

Y

Demokrat

1961-1963



36



Lyndon B. Johnson
(1908–1973)
[1][1]

“Kambag`allikka qarshi kurash”

Y

"Buyuk jamiyat"

Demokrat

1963-1968



37



Richard Nixon
(1913–1994)
[1][1][1]

iqtisodiy va siyosiy inqiroz

“Uotergeyt ishi”

yangi iqtisodiy siyosat”

Respublikachi 1969-1974

38



Gerald Ford
(1913–2006)
[1][1][1]

Y

Y

Y

Respublikachi 1974-1977

39



Jimmy Carter
(1924-yilda tugʻilgan)
[1][1][1]

“Butun dunyoda” inson huquqlarini himoya qilish

Y

Y

Demokrat 1977-1981

40



Ronald Reagan
(1911–2004)
[1][1][1]

reyganomika”

"Dunyo kuch - iqtisodiy, harbiy va strategik omil bilan qaror topadi"

neokonservatizm yo`li

reyganomika”



Respublikachi 1981-1989

41



George H. W. Bush
(1924-yilda tugʻilgan)
[1][1][1]

Y

Y

Y

Respublikachi 1989-1993

42



Bill Clinton
(1946-yilda tugʻilgan)
[1][1][1]




20-yanvar2001-yil

"yangi demokrat"

Demokrat 1993-2000

43



George W. Bush
(1946-yilda tugʻilgan)
[1][1][1]

irqiy kamsitish illatlariga to`la barham berish




Y

Respublikachi 2001-2009

44



Barack Obama
(1961-yilda tugʻilgan)
[1][1][1]




Mansabda

Y

Demokrat 2009-hozirgacha

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin