Ijtimoiy hamkorlik doirasida ta’lim jarayonini tashkil etish metodikasi xuramov Ilxom Panjiyevich


-rasm. Ijtimoiy hamkorlik doirasida ta’lim mazmunini aniqlash va ta’lim jarayonini amalga oshirish tizimi Manbalarni o‘rganish, talablarni aniqlash



Yüklə 33,62 Kb.
səhifə2/3
tarix03.04.2023
ölçüsü33,62 Kb.
#92914
1   2   3
Xuramov I.P Maqola 44444 2023

1.1-rasm. Ijtimoiy hamkorlik doirasida ta’lim mazmunini aniqlash va ta’lim jarayonini amalga oshirish tizimi
Manbalarni o‘rganish, talablarni aniqlash. Hududiy miqyosdagi mehnat bozori tahlili amalga oshiriladi. Ushbu jarayon mazkur bobning birinchi bo‘limida yoritib berilgan bo‘lib, tahlil natijasida quyidagilar aniqlanadi:
- har bir kasb va ixtisosliklar uchun ko‘nikma va malakalar ro‘yxati;
- joriy va kelgusida zarur bo‘ladigan ko‘nikma va malakalar o‘rtasidagi bo‘shliqlar ro‘yxatini tuzish;
- ish beruvchi va mutaxassis kadrlar orasida muhim notengliklar va munosabatlarni o‘rganish.
Dastlabki vaziyatni tahlil qilish o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- o‘quvchining kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlari, uning kasbiy rivojlanish bosqichi, kasbiy ta’lim oldi tayyorgarligi, kasbga qiziqishi va ba’zi ta’sir etuvchi tashqi ijtimoiy sharoitlar;
- professional ta’limi o‘qituvchilarining shaxsiy, kasbiy va pedagogik imkoniyatlari;
- professional ta’limining ichki va tashqi infratuzilmasi, pedagogik yondashuvi. Bularga ijtimoiy hamkorlar bilan mustahkam aloqa va tegishli qarorlar qabul qilish, ota-onalarni hamkorlikka jalb etilishi, ishlab-chiqarish korxonalari bilan aloqa tarmog‘i va boshqalar kiradi;
- professional ta’limi o‘quv reja va fan dasturlarini takomillashtirish doirasida hisobga olishi kerak bo‘lgan aniq sohalar bo‘yicha milliy ko‘rsatkichlar va hududning o‘ziga xos xususiyatlari.
Ta’lim vazifalarini shakllantirishda manfaatdorlar va ijtimoiy hamkorlar asosiy muhim hissa qo‘shuvchilar hisoblanadi.
Har bir kasbiy soha mazmuni (misol uchun, oziq-ovqat, yengil sanoat, qurilish va h.k.) uning kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishi bo‘yicha aniqlanishi kerak. Manfaatdorlarning takliflari kasb-hunar ta’limi vazifalari va mazmunini ishlab chiqishda muhim xisoblanadi.
Ta’lim mazmunlarini tuzish. O‘qitish mazmunini ishlab chiqishda hududdagi ish beruvchilarning talablari, mazkur ishlab chiqarish korxonalarida amalda qo‘llanilayotgan texnika va texnologiyalar, o‘quvchining tushunish saviyasi va ushbu fan bilan o‘quvchining qay darajada xabardorligi inobatga olinishi kerak.

Yüklə 33,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin