International Conference on Developments in Education
Hosted from Delhi, India
https:
econferencezone.org 23
rd
Dec. 2022
42 |
P a g e
SHARQ MUTAFAKKIRLARI ASARLARI VOSITASIDA O‘QUVCHI -
YOSHLARDA AXLOQIY SIFATLARNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK
IMKONIYATLARI
Axmedova Feruzabonu Alisher qizi
Andijon Davlat Pedagogika Instituti Magistranti
Annotatsiya
Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari - jahon pedagogikasi rivojiga qo‘shilgan ulkan
xissasidir. Ushbu maqolada ularning boy merosi o‘qituvchining ma’naviy-axloqiy qiyofasi va
kasbiy etukligini takomillashtirishda muhim asos bo‘lib xizmat qilishi, o`quvchi-yoshlarni
tarbiyalashda nimalarga ahamiyat berish kerakligi haqida so`z yuritilgan.
Kalit so`zlar: o`qituvchi, o`quvchi, pedagogik jarayon, ilm
egallash, ma`naviyat, milliylik,
ta`lim-tarbiya, asar, fazilar, ahloqiy sifat, mutafakkir, muhit, hadis, hadisshunos, munosabat,
oila.
Yoshlar tarbiyasida mutafakkirlarning qarashlari, olimlarning fikrlarini o‘rganar ekanmiz,
beixtiyor millatimizga xos bo‘lgan axloqiy, tarbiyaviy fazilatlar ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi.
Shuningdek, ilk tarbiya,
samimiy munosabat, go‘zal muomala oiladan ota-onalarimizning
namunasi timsolida shakllanadi.
Sharqning buyuk mutafakkirlari Al Xorazmiy,
Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon
Beruniy, Maxmud Qoshg‘ariy, Yusuf
Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Amir Temur, Ulug‘bek,
Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Haydar Xorazmiy, Xofiz
Xorazmiy kabi buyuk siymolar millatimizning iftixorlari ekanligini bilishimiz zarur.
Al-Xorazmiyning asarlarda insonni ulug‘lash, adolat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik,
xalqparvarlik, mardlik,
saxiylik, kamtarlik, rostgo‘ylik, do‘stlik, olijanoblik, muruvvatlilik,
odob-axloq, ilm-ma’rifat g‘oyalari ilgari surilgan.
Mutafakkir insonning insonga bo‘lgan samimiy muhabbatini ta’riflab quyidagicha yozadi:
»Muhabbat har qanday qimmat narsaning bahosidir va u
har qanday yuqori narsaning
shotisidir. Muhabbat xor-xashaklarga bardosh berilmasa va uning loyqa suvlarini ichmasa,
unda yaxshilik bo‘lmaydi. Muhabbat qanday yaxshi shafedir va uning egasiga qalb qanday
yaxshi yordamchidir». Mutafakkir yoshlarni navqironlik davrining har daqiqasini qadriga
etishga, halol mehnat qilib,
farovonlik, baxt-saodatga erishishga chaqiradi.
Abu Nasr Forobiy (873-950) ilmning turli sohalariga oid katta ilmiy meros qoldirdi.
M.Xayrullayev o‘zining “Forobiy va uning falsafiy asarlari” monografiyasida Forobiyning
119 ta asari ro‘yxatini keltiradi. O‘z davrining zukko, ilmli mutafakkiri Forobiy 70 dan ortiq
tilni mukammal bilgan va ko‘pgina tillardagi eng muhim asarlarni asliyatda mutolaa qilgan.