International Conference on Developments in Education Hosted from Delhi, India https: econferencezone.org 23 rd Dec. 2022 47 |
P a g e
Haydar Xorazmiy asarlarida odob-axloq masalalariga alohida o‘rin berilgan. U yosh avlodni
har tomonlama etuk inson bo‘lishga chaqiradi, hatto bu fikrini shahzodalar, zamon
hukmdorlariga ham dadillik bilan uqtiradi.
U jamiyatda har bir kishining tutgan o‘rniga to‘xtalar ekan, insonni o‘z ortidan yaxshi nom
qoldirishga hamda yoshlarni fursatni boy bermasdan ilmu-hunar o‘rganishga chaqiradi. Hofiz
Xorazmiy jamiyatda har bir kishining tutgan o‘rniga to‘xtalarkan, u insondan hayotda
yodgorlik sifatida yaxshi nom qolgani ma’qul, deydi. Uning fikricha, tiriklikda xayrli ishlarni
qilib, ezgulik bilan nom chiqargan kishining xotirasi abadiydir. Xorazmiy yoshlarni fursatni
qo‘ldan boy bermasdan ilm-hunar o‘rganishga da’vat etadi.
Jahon otin Uvaysiyning ma’rifiy faoliyatida ayollar savodxonligini oshirish, aqliy tarbiya
masalalariga alohida o‘rin berilgan, U o‘z davrining yosh tolibalariga hayotga muhabbat
tuyg‘ularini singdirib borgan, tez fikrlash, chiroyli so‘zlash va boshqa tarbiya vositalari bilan
bog‘liq bo‘lgan chiston-topishmoq usullarni yaratishni o‘rgatgan. Shuning uchun ham
Uvaysiy ijodiy merosini o‘rganish va uni hozirgi davr milliy ta’lim-tarbiya tizimi mazmuniga
kiritish muhim ahamityaga ega.
Shunday qilib, inson va uni tarbiyalash masalalari Sharq mutafakkirlari va allomalari o‘z
asarlarida insonning bilim olishi, hunar egallashi, undagi yuksak ma’naviyaxloqiy sifatlarni
ulug`laydilar va barchani ushbu fazilat va xislatlar egasi bo`lishga chorlaydilar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Muslimov N.A., Usmonboeva M.H., Sayfurov D.M., To‘raev A.B. / Pedagogik
kompetentlik va kreativlik asoslari. – Toshkent, 2015. – 120 b.
2. Navoiy. Mahbubul-qulub. Asarlar, 12 tom. - T.: «Badiiy adabiyot» nashri, 1966. – 60 b.
3. Oybek. “Navoiy”. T: “SHarq”, 1995. B.36.
4. Sa’diy, Musliqiddin. Guliston. – Toshkent: Badiiy adabiyot, 1968. -184 b.
5. Salimov B. A.Navoiy ijodida insoniylik g‘oyalarining aks ettirilishi va uning
ahamiyati.//A.Navoiy va XXI asr. Respublika ilmiy-nazariy anjuman materiallari. 2016.
B.139.
6. Sino, ibn Abu Ali. Tib qonunlari. Uch jildlik saylanma. 1-jild. – Toshkent: Meros, 1993. -
182 b.
7. Tllashev X.X., Kamolova N.K. O‘rta asr qomusiy olimlari va ularning ma’naviy – ma’rifiy
qarashlari. - T.: «Cho‘lpon», 2004.
8. Tolipov O‘.Q., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. – T.:
«Fan», 2006. 99-b.
9. Tursunova M. Adabiyot darslarida sharhlash usuli. «Alpomish» dostoni misolida // Til va
adabiyot ta’limi, 1992 yil, 4-5 sonlar.