Yoshlarda axloqiy sifatlarni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari


International Conference on Developments in Education



Yüklə 319,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix20.06.2023
ölçüsü319,79 Kb.
#133290
1   2   3   4   5   6   7
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Delhi, India 
httpseconferencezone.org 23
rd 
Dec. 2022 
44 | 
P a g e
haqqini ado etish, fitnadan, g‘iybat va kibrdan uzoq bo‘lish, adolat bilan ish tutish kabi insonga 
xos fazilatlar hadislar orqali yoritilganki, zero ularni haq deb o‘zida mujassam etgan inson 
hech qachon xor bo‘lmaydi, deb umid qilamiz. 
Abu Ali ibn Sino kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan ma’rifatni egallashga 
da’vat etadi. Zero, ma’rifatli kishi jasur, o‘limdan ham qo‘rqmaydigan, faqat haqiqatni bilish 
uchun harakat qiladigan bo‘ladi, deydi Ibn Sino. Bilimsiz kishilar johil bo‘ladi, ular haqiqatni 
bila olmaydilar, deb ularni etuk bo‘lmagan kishilar qatoriga qo‘shadi. Bunday kishilardan 
ilmiy fikrlarni sir tutish kerakligini ta’kidlaydi.
U haqiqatni bilish uchun bilimga ega bo‘lish kerakligi, lekin har qanday bilim ham haqiqatga 
olib kelmasligi, inson o‘z bilimining haqiqiyligini bilishi uchun mantiqni ham bilishi 
zarurligini uqtiradi. Ibn Sinoning ta’lim metodlari haqidagi ta’limoti asosida ham bilimlarni 
egallashda mantiqiy tafakkur, shaxsiy kuzatish va tajribalarga tayanish kerak, degan g‘oya 
yotadi. 
Ibn Sino ta’limotida bilishda qaysi metodlardan foydalanilmasin – u og‘zaki ifodami, 
bilimlarni tushuntirishmi, turli ko‘rinishdagi suhbatmi, tajribalarmi, baribir talabada haqiqiy 
bilim hosil qilish mustaqil, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarini 
amaliyotga tatbiq eta olish qobiliyatini tarkib toptirish asosiy maqsad bo‘lgan. 
Ibn Sino ona allasining tarbiyaviy ahamiyatini quyidagicha ta’riflaydi: «Bolaning talabini 
qondirmoq uchun unga ikki narsani qo‘llamoq kerak. Biri - bolani sekinsekin tebrating
ikkinchisi uni uxlatish uchun odat bo‘lib qolgan musiqa – allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish 
miqdoriga qarab bolalarning tanasi bilan badan tarbiyaga va ruhiyati bilan musiqaga bo‘lgan 
iste’dodi hosil qilinadi».
Abu Rayxon Beruniyning ta’kidlashicha, inson aql sohibi ekanligi bilan hayvondan farqlanadi. 
Bu farq insonning jamiyatdagi turfa ehtiyojlari bilan izohlanadi. Mazkur ehtiyojlar eng avvalo 
undan «yashiringan narsani bilishga» intilishda va kelajakda bo‘ladiganini ko‘rib qo‘yishda, 
nimani halokatga ketayotgan bo‘lsa, oldindan hozirlanib, oldini olish imkoniyatiga ega 
bo‘lishda ko‘zga tashlanadi». Abu Rayxon Beruniy axloqlikning ijtimoiy mezoni sifatida 
inson hayotida mehnatning ahamiyatini shunday ta’kidlaydi: «Baxtsizlikdan, johillikdan 
qutulish uchun mehnat qilish zarur».
Kaykovusning «Qobusnoma» asari Sharq pedagogik fikr taraqqiyotida inson kamolotini 
shakllantirishda muhim o‘rin egallaydi. Unda Sharq pandnomalaridagi an’anaga binoan va X 
asrda paydo bo‘lgan yoshlar jamoasi juvonmardlik tarbiyasi ifodalanadi. Muallif juvonmardlik 
haqida eng oxirgi bobda so‘z yuritadi. U odamlarning xislatlarini uch xilga bo‘ladi: aql, rostlik 
va juvonmardlik. Juvonmardlikning asosini Kaykovus uch narsada deb biladi. Birinchisi
aytgan so‘zning ustidan chiqish, ya’ni rostlik; ikkinchisi rostlikka xilof qilmaslik; uchinchisi, 
xayr ishini ilgari tutish.



Yüklə 319,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin