Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar


Byudjet tashkiloti shtatlar jadvalini tuzish, ro’yxatdan o’tkazish va tasdiqlash jarayonida kimlar ishtirok etadi?



Yüklə 105,64 Kb.
səhifə10/37
tarix18.12.2023
ölçüsü105,64 Kb.
#184150
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar-fayllar.org

8. Byudjet tashkiloti shtatlar jadvalini tuzish, ro’yxatdan o’tkazish va tasdiqlash jarayonida kimlar ishtirok etadi?
a. Byudjet tashkiloti.
b. Tegishli moliya organi.
c. Yuqori turuvchi idoralar.
d. Byudjet tashkiloti, Tegishli moliya organi, Yuqori turuvchi idoralar.
9. Byudjet tashkiloti tomonidan to’lov kontrakt mablag’i hisobidan elektr ta’minoti uchun qilingan xaqiqiy xarajatga qanday pravodka beriladi?
a. Dt 251 Kt 232.
b. Dt 251 Kt 159.
c. Dt 211 Kt 251.
d. Dt 251 Kt 179.
10. Byudjet tashkiloti xarajatlar smetasida xarajatlar necha guruhdan iborat?
a. 5 ta guruhdan iborat.
b. 2 ta guruhdan iborat.
c. 3 ta guruhdan iborat.
d. 4 ta guruhdan iborat.


4-MAVZU: DAVLAT BYUDJETI VA DAVLAT MAQSADLI JAMG‘ARMALARI BYUDJETLARI XARAJATLARI KASSA IJROSI HISOBI


REJA:
1. Davlat Byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari Byudjetlari xarajatlarini kassa ijrosini tashkil etish tartibi.
2. Davlat Byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalar Byudjetlari xarajatlarining kassa ijrosi hisobini hujjatlashtirish.
3. Davlat Byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari Byudjeti xarajatlarining analitik va sintetik hisobi.
4. Davlat Byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari Byudjetlari xarajatlari hisobini yuritishda xorij tajribasi.


1.Davlat Byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari Byudjetlari xarajatlarini kassa ijrosini tashkil etish tartibi. 
“Byudjet kodeksi”ga asosan Davlat Byudjeti xarajatlari tasdiqlangan Byudjetdan mablag‘ ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi:
1) Byudjet mablag‘lari oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida;
2) joriy Byudjet transfertlari shaklida;
3) kapital xarajatlar shaklida:
asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog‘liq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;
chet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olishga;
davlat ehtiyojlari uchun yerga bo‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga;
davlat zaxiralarini vujudga keltirishga;
4) kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan Byudjet transfertlari shaklida;
5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan Byudjet ssudalari shaklida;
6) davlat maqsadli jamg‘armalariga beriladigan Byudjet dotatsiyalari va Byudjet ssudalari shaklida;
7) davlat qarzini qaytarish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha to‘lovlar shaklida;
8) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.
Respublika Byudjetidan xarajatlarni moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
1) fan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (respublikaga bo‘ysunadigan Byudjet tashkilotlari bo‘yicha);
2) ijtimoiy ta’minot;
3) mudofaa, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash;
4) sudlar va prokuratura organlari faoliyatini ta’minlash;
5) davlat zaxirasi va safarbarlik zaxirasini vujudga keltirish hamda ularni saqlash;
6) davlat markazlashtirilgan investitsiyalarini amalga oshirish;
7) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari hamda missiyalari faoliyatini ta’minlash;
8) iqtisodiyot turli tarmoqlarining respublikaga bo‘ysunadigan Byudjet tashkilotlarini saqlash;
9) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;
10) yer tuzish, meliorativ, tabiatni muhofaza qilish va epizootiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
11) qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurash;
12) gidrometeorologiya, do‘lga qarshi kurash chora-tadbirlari;
13) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.



Yüklə 105,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin